Bir qancha jinoyat sodir etganligi uchun jazo tainlash Mundarija: I. Kirish II. Asosiy qism


Bir necha jinoyat uchun jazo tayinlash asosi sifatida jinoyat huquqida bir qancha jinoyatlar sodir etish holatlari, turlari va yuridik tavsif



Download 40,42 Kb.
bet7/12
Sana21.09.2021
Hajmi40,42 Kb.
#180989
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Bir qancha jinoyat sodir etganligi uchun jazo tainlash

1. Bir necha jinoyat uchun jazo tayinlash asosi sifatida jinoyat huquqida bir qancha jinoyatlar sodir etish holatlari, turlari va yuridik tavsif

Mamlakatimizni demokratik yangilashning bugungi bosqichdagi eng muhim yo’nalishlaridan biri bu – qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, shaxs huquqi va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish va liberallashtirishdan iboratdir1 . Ushbu maqsadni ro’yobga chiqarishda, albatta jinoiy-huquqiy qonunchilikni takomillashtirish ham alohida ahamiyat kasb etadi. Zero, jinoyatchilikning oldini olish va uni imkoni boricha kamayitirish demokratik fuqarolik jamiyati qurishning muhim mezonlaridan biridir. Bu o’rinda esa, jinoyat uchun jazo tayinlash instituti o’ziga xos o’ringa ega. Chunki, yuqorida qayd etilganidek, jinoyat uchun jazoning muqarrarligi uning oldini olishda, shaxsni qonunga hurmat va itoat ruhida tarbiyalashda katta o’ringa ega. Ma’lumki, bir shaxs tomonidan bir necha jinoyatlar sodir etilishi insoniyat tarixining har qanday davrida mavjud bo’lgan va u o’zining ijtimoiy xavfi yuqoriligi bilan ajralib turadi. Bir necha jinoyatlar uchun uchun jazo tayinlashning asosi bo’lib ikki va undan ortiq jinoyatlarning bir shaxs tomonidan sodir etilishi hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda, avvalo, tadqiqot doirasida bir necha jinoyatlar tushunchasi, uning turlari, xususiyatlarini ko’rib chiqishimiz zarur. Bu esa, mamlakatimiz Jinoyat kodeksining bir qancha jinoyatlar sodir etish to’g’risidagi VIII bobini atroflicha tahlil qilishni taqozo etadi. Shu o’rinda aytish kerakki, bir necha jinoyatlar sodir etish holatlari bir qator mamlakatimiz va xorij olimlari tomonidan tadqiq qilinib, o’ziga xos qarashlar va fikrlar ilgari surilgan. 1 Karimov I.A. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” nomli ma’ruzasi. – T.: “O’zbekiston”, 2010. 8-bet. 9 Jinoyat huquqida “bir qancha jinoyatlar” va “bir necha jinoyatlar” tushunchalari mavjud bo’lib, ular haqida to’xtalsak. Chunki, bitiruv-malakaviy ishining o’rganish obyekti bevosita bu tushunchalar bilan bog’liq. Amaldagi Jinoyat kodeksida ushbu tushunchalarning aniq bevosita ta’riflari keltirilmagan va ushbu tushunchalar bir-biri bilan bir ma’nolidek, ko’rinsa-da, ular mustaqil tushunchalardir. Chunki “bir necha jinoyat” tushunchasining huquqiy ma’nosiga to’xtalsak, u “bir qancha” jinoyat tushunchasiga nisbatan tor ma’nodagi tushuncha bo’lib, agar bir qancha jinoyat sodir etish takroran jinoyat sodir etish, jinoyatlar majmui va retsidiv jinoyatlarni qamrab olsa, O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 59-moddasining mazmuniga ko’ra, “Shaxs tomonidan Jinoyat kodeksi Maxsus qismining turli moddalarida nazarda tutilgan ikki yoki undan ortiq jinoyatlarni sodir etib, ularning birortasi uchun shaxs sudlangan bo’lmasa” bir necha jinoyat sodir etish deb topiladi. Chunki, takroran jinoyat sodir etish, jinoyatlar majmui turli moddalarda nazarda tutilgan jinoyatlarni qamrab olgani holda, bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlanadi. “Bir qancha jinoyatlar” atamasi xususida ham ko’plab olimlar tomonidan har xil fikrlar bildirilgan bo’lib, jumladan А.M.Yakovlevning fikriga ko’ra, bir qancha jinoyat sodir etish tushunchasi takroran jinoyat sodir etish, retsidiv jinoyatlar va jinoyatlar majmuida namoyon bo’ladi. P.S. Dagel esa, bir qancha jinoyat sodir etish deganda, “ikki yoki undan ortiq jinoyatlarni” yoki “bir necha jinoyatlarni sodir etish”ni nazarda tutadi. N.А Bekbergenov tomonidan esa, bir qancha jinoyat sodir etishda uning miqdor ko’rsatkichlari emas, balki har bir qilmishning mustaqil huquqiy ahamiyatga ega ekanligi, uning asosiy va zaruriy belgisi sifatida ta’kidlanadi1 . Bu borada yuridik fanlar doktori M.H. Jiyanovning ta’rifi alohida e’tiborga loyiq va u ushbu ta’rifni Jinoyat kodeksida mustahkamlashni taklif qiladi: “Jinoyat kodeksi Maxsus qismining bir moddasida yoki bir moddasining bitta qismida yoki turli qismida yoxud turli moddalarida nazarda tutilgan, jinoiy huquqiy ahamiyatini Yuqoridagi fikrlardan ko’rishimiz mumkinki, ushbu muammoni tadqiq qilgan olimlarning barchasi bir qancha jinoyatlar kamida ikkita jinoyatdan iborat bo’lishini va bu jinoyatlar yagona subyekt tomonidan sodir etilishini ta’kidlaydilar. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi normalari ham A.M. Yakovlevning fikriga monand bo’lib, bir qancha jinoyatlar sodir etish deb nomlanadigan VIII bobi takroran jinoyat sodir etish, jinoyatlar majmui va retsidiv jinoyatni o’z ichiga oladi. M. Usmonaliyev fikricha, bir qancha jinoyat sodir etilgan deb topish uchun qilmishlarda quyidagi shartlar bo’lishi kerak: - shaxs tomonidan har biri mustaqil jinoyat tarkibini tashkil qiluvchi ikki yoki undan ortiq jinoyatlar sodir etilgan bo’lishi kerak; - Bunda jinoyatlarning bir vaqtda (jinoyatlarning ideal jami) yoki har xil vaqt (real jami)da sodir etilganligining ahamiyati yo’q; - dastlabki sodir etilgan jinoyat bilan keyingi sodir etilgan jinoyat o’rtasida JKning 64-moddasida nazarda tutilgan muddatlar o’tib ketmagan bo’lishi kerak; - shaxs ushbu jinoyatlarda bajaruvchi, tashkilotchi, dalolatchi yoki yordamchi sifatida qatnashganligi, jinoyatga tayyorgarlik ko’rish, suiqasd qilish bosqichida to’xatilganligi yoki oxiriga etkazilganligining ahamiyati yo’q; - agarda shaxs Jinoyat kodeksining 64-68-moddalari asosida javobgarlikdan, 69-moddasi asosida jazodan ozod qilingan bo’lsa (150-156- moddalar bundan mustasno), jinoyat huquqida nazarda tutilgan bir qancha jinoyatlarni tashkil qilmaydi; - oldingi jinoyat uchun sudlanganlik muddati o’tmasdan yoki qonunda belgilangan tartibda olib tashlanmasdan yangi jinoyat sodir etish ham bir qancha jinoyat sodir etish hisoblanadi2 . 11 Professor M.H. Rustamboyev ham yuqoridagiga monand tarzda fikr bildirib, bir qancha jinoyatlar tushunchasining quyidagi xususiyatlarini keltirib o’tgan: 1) shaxs tomonidan ikki yoki undan ortiq mustaqil jinoyatlarning sodir etilgan bo‘lishi lozim; 2) har bir jinoyat sud hukmida ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Agar shaxs jinoyat sodir etgan bo‘lsa, lekin jinoiy ish dastlabki tergov va sud tomonidan qonunda ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra tugatilgan bo‘lsa (O‘zR JPKning 83,84- moddalari), bu shaxs ilgari jinoyat sodir etgan hisoblanmaydi; 3) jinoiy javobgarlikka tortish muddatining o‘tib ketganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilinmagan bo‘lishi (64-modda), ilgari chiqarilgan hukmning ijro etish muddati o‘tib ketmagan bo‘lishi (69-modda), sudlanganlik muddatining o‘tib ketmaganligi yoki amnistiya akti yoxud afv etish orqali jazodan ozod qilinmagan bo‘lishi kerak; 4) har bir jinoyat tugallangan yoki tugallanmagan bo‘lishi lozim. M.M. Qodirov va M.M. Qalandarovlar fikricha, bir qancha jinoyatlarning quyidagi asosiy belgilari mavjud: - shaxs tomonidan jinoyat qonunining bir yoki bir necha moddalari (yoki moddalarining qismlari)da nazarda tutilgan ikki yoki undan ortiq jinoyatlarning sodir etilishi; - sodir etilgan har bir qilmishning mustaqil jinoyat hisoblanishi va alohida modda (yoki moddaning qismi) bo’yicha kvalifikatsiya qilinishi; - bir qancha jinoyatlarni vujudga keltiruvchi jinoyatlarning har qaysisi uning sodir etilganligi faktidan kelib chiqqan jinoiy-huquqiy oqibatning saqlanib qolishi1 . Yuqoridagilardan kelib chiqib umumlashtirgan holda, bir qancha jinoyat sodir etishning quyidagi huquqiy belgilarini ko’rsatishimiz mumkin: - bir qancha jinoyatlar miqdor ko’rsatkichlariga ega, ya’ni shaxs (yoki shaxslar) tomonidan ikkitadan kam bo’lmagan (undan ham ko’p bo’lishi mumkin) jinoyat sodir etilgan bo’lishi zarur. Bu, bir tomondan, bir qancha jinoyatlarni 1 Jinoyat huquqi. Umumiy qism: Darslik (To’ldirilgan va qayta ishlangan ikkinchi nashri) / R. Kabulov, A.A. Otajonov va boshq. – T.: O’zbekiston Respublikasi IVV Akademiyasi, 2012. – 184-b. 12 tashkil qiluvchi har bir jinoiy qilmish Jinoyat kodeksining 14-moddasi talablariga muvofiq yagona jinoyat deb tan olinishi zarurligini bildirsa va yagona jinoyatlarni bir qancha jinoyatlardan farqlashga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan, ma’muriy yoki intizomiy huquqbuzarlik maqomiga ega bo’lgan qilmishlar bir qancha jinoyat sodir etish kabi baholanmasligini bildiradi; - bir qancha jinoyatlar sifat ko’rsatkichlariga ega, ya’ni bir qancha jinoyatlar tarkibiga kiruvchi har bir jinoyat o’zining jinoiy - huquqiy ahamiyatini yo’qotmagan bo’lishi va jinoiy-huquqiy munosabatlarni vujudga keltirishga qodir bo’lishi zarur. Аmaldagi qonun hujjatlariga muvofiq jinoyat quyidagi hollarda o’zining jinoiy-huquqiy ahamiyatini yo’qotishi mumkin: a) javobgarlikka tortish muddatining o’tib ketishi munosabati bilan; b) shaxs amnistiya akti asosida javobgarlikdan ozod qilinganda; v) sudlanganlik holatining tugallanishi munosabati bilan; g) sudlanganlik holatining olib tashlanishi munosabati bilan; d) jinoyat ishini qo’zg’atishga to’sqinlik qiluvchi protsessual holatlarning mavjudligi tufayli (masalan, jabrlanuvchining shikoyati asosida qo’zg’atiladigan jinoiy ishlar bo’yicha shunday shikoyatning mavjud bo’lmasligi, muayyan jinoyat ishini to’xtatish bo’yicha chiqarilgan qaror yoki ajrimning bekor qilinmaganligi kabilar); e) 661 -modda - yarashish natijasida (aybdorning jabrlanuvchi bilan yarashishi). - bir qancha jinoyat sodir etishning asosiy huquqiy belgilaridan yana biri shundan iboratki, bir qancha jinoyatlarni tashkil qiluvchi ikki yoki undan ortiq jinoyatning har biri aynan bir shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan sodir etiladi. Boshqacha qilib aytganda, bir qancha jinoyatlarni tashkil qiluvchi jinoiy qilmishlarni bir-biriga bog’lab turuvchi umumiy element sifatida, jinoyat subyekti tan olinadi; - bir qancha jinoyatlarning ayrim turlarini bir-biridan farqlashga yordam beruvchi belgilardan yana biri vaqt hamdir. Аmaldagi jinoyat qonuni mazmuniga ko’ra bir qancha jinoyatlar turli davrlarda yoki bir vaqtda ham sodir etilishi 13 mumkin. Takroriy jinoyatlar, retsidiv jinoyatlar va jinoyatlarning real jami bo’yicha jinoyatlarning turli davrlarda sodir etilishi talab qilinsa, jinoyatlarning ideal jamini bir vaqtda bir qilmish bilan sodir qilingan ikki yoki undan ortiq jinoyatlar tashkil qiladi; - qonun chiqaruvchi bir qancha jinoyat sodir qilganlik uchun javobgarlik asoslarini belgilar ekan, jinoyat tushunchasini keng talqin qiladi va jinoyat deganda nafaqat tamom bo’lgan jinoyatlarni, balki jinoyatga tayyorgarlik ko’rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish (JKning 25-moddasi) hamda ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyat (JKning 27-moddasi) larni ham nazarda tutadi; - bir qancha jinoyat sodir etish ijtimoiy hodisa sifatida turli shakllarda namoyon bo’lishi mumkin. Davlatimizning amaldagi jinoyat qonunida bir qancha jinoyat sodir etishning uchta shakli nazarda tutilgan. Bular takroran jinoyat sodir etish (JKning 32-moddasi), jinoyatlar majmui (JKning 33-moddasi) va retsidiv jinoyat (JKning 34-moddasi) lardir. Bir qancha jinoyat sodir etishning yuqorida sanab o’tilgan shakllari jinoyat qonuni Maxsus qismida nazarda tutilgan jinoyatlarning turli mezonlar asosida birikuvidan hosil bo’lishi mumkin. Masalan, takroran sodir etilgan jinoyatlar JK Maxsus qismining aynan bir moddasida, qismida, Kodeksda alohida ko’rsatilgan hollarda esa turli moddalarida nazarda tutilgan ikki yoki bir qancha jinoyatlarning birikuvidan hosil bo’lishi mumkin. Endi O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi bo’yicha bir qancha jinoyatlarning har bir shakliga alohida to’xtalsak. Jinoyat kodeksining 32-moddasida takroran jinoyat sodir etish tushunchasi berilgan bo’lib, unga ko’ra Jinoyat kodeksi Maxsus qismining aynan bir moddasida, qismida, Kodeksda alohida ko’rsatilgan hollarda esa, turli moddalarida nazarda tutilgan ikki yoki bir qancha jinoyatni shaxs turli vaqtlarda sodir etgan, ammo ularning birortasi uchun ham sudlangan bo’lmasa, takroran jinoyat sodir etish deb topiladi. Ushbu normadan kelib chiqqan holda M.H. Rustamboyev takroran jinoyat sodir qilishning quyidagi belgilarini keltirib o’tgan: 14 1) takroran jinoyat sodir etish bir necha jinoyat sodir etishning shakli bo‘lib, unga ko‘ra shaxs javobgarlikka tortiladigan aynan bir-biriga o‘xshash bo‘lgan ikki yoki bir necha jinoiy qilmishni sodir qiladi; 2) sodir etilgan qilmishlar jinoyat qonuni maxsus qismining aynan bir moddasida, qismida, kodeksda alohida ko‘rsatilgan hollarda esa turli moddalarida nazarda tutilgan qilmishlarni ham qamrab oladi; 3) sodir etilgan jinoiy qilmishlarning birortasi uchun ham shaxs sudlangan bo‘lmasligi; 4) jinoyat takroran sodir etilgan deb hisobanishi uchun ular turli vaqtlarda sodir qilingan va mustaqil jinoyat tarkibini tashkil qilishi1 . M. Usmonaliyev takroran jinoyat sodir qilishning har uchta turi uchun umumiy belgilar sifatida quyidagilarni ko’rsatib, ulardan birortasining yetishmasligi qilmishni takroran deb baholamaslikka olib kelishini qayd qilgan: a) turli vaqtlarda Jinoyat kodeksi Maxsus qismida nazarda tutilgan ikki yoki bir necha jinoyat sodir etilganligi; b) jinoyatlarning, albatta, turli vaqtlarda sodir etilganligi; v) javobgarlikka tortiladigan birinchi jinoyat bilan keyingi sodir qilingan jinoyat o’rtasida JK 64-moddasida nazarda tutilgan (jinoiy javobgarlikka tortish muddatlari) o’tib ketmagan bo’lishi; g) shaxs sodir etilgan jinoyatlarning birortasi uchun ham hali sudlanmagan bo’lishi kerak2 . O’zbekiston Respublikasi JK Maxsus qismining bir qancha moddalari faqat bitta qismdan iborat bo’lib, shaxs ana shunday jinoyatlarni har xil vaqtda sodir etib, ulardan birortasi uchun ham sudlangan bo’lmasa, faqat keyingi sodir qilgan jinoyati uchun takroran sodir qilgan deb javobgar qilinadi. Sud bunday jinoyatlarni sodir qilgan shaxslarga nisbatan jazo tayinlashda O’zbekiston Respublikasi JKning 56-moddasi birinchi qismi “n” bandiga binoan jazoni og’irlashtiruvchi holat 1 Rustamboyev M.H. O’zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. M.Usmonaliyev. Jinoyat huquqi (Umumiy qism). 15 sifatida jazo tayinlaydi. Masalan aytaylik, kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga o’rtacha og’ir yoki og’ir shikast yetkazgan shaxs buning uchun sudlanmasdan turib JKning 64-moddasida nazarda tutilgan muddatlar o’tmasdan yana xuddi shunday jinoyatni sodir qilsa, jinoyatlarning jami tariqasida emas, balki jinoyat takroran sodir etilgan deb JKning 106-moddasining o’zi bilan javobgar qilinadi. Sud jazo tayinlash vaqtida JKning 56-moddasiga binoan jazoni og’irlashtiruvchi holat deb hisoblaydi. Аmmo JKning Maxsus qismi moddasining “takroran qilinsa” degan yoki undan og’irroq qismi bilan jazo tayinlanayotgan bo’lsa, JK 56-moddasi birinchi qism “n” bandi qo’llanilmaydi. Bunday holda bir qancha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlashning qoidalari ham qo’llanilmaydi. Jinoyat kodeksi 32-moddasi birinchi qismi mazmuniga e’tibor bersak, shaxs turli vaqtlarda Jinoyat kodeksi Maxsus qismining bitta moddasi yoki bitta moddasining bitta qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan bo’lib, ulardan biri oxiriga yetkazilgan, ikkinchisi tayyorgarlik ko’rish yoki suiqasd qilish bosqichida to’xtatilgan aynan bir xil jinoyatlar sodir etilgan bo’lsa, takroran jinoyat sodir etish deb topiladi. Ammo M.I. Tkachenko, V.P.Malkov, Yu.А.Krasikov, А.Zelinskiy va boshqalar bu holatga zid fikrlar bildirib, “shaxs bir xil jinoyatlarni turli vaqtlarda sodir qilib, ulardan biri uchun jinoyatga tayyorgarlik ko’rish yoki suiqasd qilganlik uchun yoxud ishtirokchilikda sodir etishda ayblanib, javobgarlikka tortilgan taqdirda jinoyatlar majmui deb hisoblash kerak”, - deb yozganlar. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to’g’risida”gi qarorining 49-bandida ko’rsatilganki, “shaxs bir necha aynan o’xshash qilmishni sodir etgan bo’lib, ulardan ayrimlari tugallangan jinoyat, boshqalari esa — jinoyatga tayyorgarlik, suiqasd tariqasida kvalifikatsiya qilinganda yoki ayrimlari mustaqil, boshqalari esa ishtirokchilikda sodir etilganda jinoyatlar majmui bo’yicha jazo tayinlash qoidalari qo’llaniladi”. 16 O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorining ushbu tushuntirishi Jinoyat kodeksining 32-moddasi qoidalariga ma’lum ma’noda to’g’ri kelmasa-da, olimlarning “bunday holda jinoyatlar jami tariqasida jazo tayinlanishi kerak”, degan fikrlari ma’lum darajada adolatli hisoblanadi. Chunki, tamom bo’lgan jinoyat, jinoyatga tayyorgarlik ko’rish, jinoyat sodir etishga suiqasd qilish va ishtirokchilikda sodir qilingan jinoyatlarni ijtimoiy xavflilik jihatidan aynan teng deb hisoblash noto’g’ri. Jinoyat takroran sodir etilgan, deb kvalifikatsiya qilinganida har doim og’irroq jazo turi tayinlanadi. Shaxs jinoyatda ishtirokchi sifatida topilib, uning qilmishi kvalifikatsiya qilinganida, javobgar bajaruvchi sifatida qatnashmaydi. Demak, bunday hollarda qilmish takroran qilingan, deb kvalifikatsiya qilinib, jazo tayinlanganida, muayyan normaning javobgarlikni og’irlashtiruvchi turi sifatida qaralishi lozim. Qilmishni takroran sodir qilingan deb kvalifikatsiya qilish, jinoyatni avtomatik ravishda og’ir yoki o’ta og’ir turiga aylantirib yuboradi. Natijada bunday hollarda shaxsga nisbatan javobgarlik yoki jazodan ozod qilish va qonunda nazarda tutilgan boshqa imtiyozlarni qo’llash mumkin bo’lmay qoladi. Bunday holda jinoyatlarni jinoyatlar majmui deb kvalifikatsiya qilinganida esa, jinoyatlarni qisman yoki to’la qo’shgan taqdirda ham uni tasnifiga ta’sir qiluvchi kvalifikatsiya qilish belgisi o’zgarmay qolaveradi. Bunday holda shaxsga nisbatan javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish yoki qonunda nazarda tutilgan imtiyozlarni qo’llash mumkin bo’ladi. Bitiruv malakaviy ishining tadqiqot doirasidan kelib chiqib, retsidiv jinoyatga to’xtalmasdan bir qancha jinoyatlar sodir qilishning shakli sifatida jinoyatlar majmui (jami)ni ko’rib chiqishni ma’qul topdik. Jinoyatlar majmui tushunchasi JK ning 33-moddasida bayon qilingan bo’lib, unga muvofiq JK Maxsus qismining turli moddalarida yoki bitta moddasining turli qismlarida nazarda tutilgan, javobgarlikka tortiladigan ikki yoki bir qancha jinoiy qilmishni sodir etish, agarda ulardan birortasi uchun ham shaxs sudlangan bo’lmasa, jinoyatlar majmui deb topiladi. 17 Ushbu ta’rifdan kelib chiqqan holda jinoyatlar majmuining quyidagi huquqiy belgilarini ajratish mumkin: 1) jinoyatlar majmui bir qancha jinoyatlar sodir etishning shakli bo’lib, unga ko’ra shaxs javobgarlikka tortiladigan ikki yoki bir necha jinoiy qilmishni sodir etadi; 2) sodir etilgan qilmishlar jinoyat qonuni Maxsus qismining turli moddalarida yoki bitta moddasining turli qismlarida nazarda tutilgan bo’ladi; 3) sodir etilgan jinoiy qilmishlarning birortasi uchun ham shaxs sudlangan bo’lmaydi. Shuni aytish kerakki, qonun chiqaruvchi JK 33-moddasida “jinoiy qilmish” tushunchasini qo’llar ekan, uni keng tushunadi va bu tushunchaga nafaqat tamom bo’lgan jinoyatlarni, balki jinoyatga tayyorgarlik ko’rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish (JK 25-modda) hamda ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyat (JK 27- modda) larni ham kiritadi1 . Ushbu qilmishlar sodir qilingan paytda qilmishning jinoyatlar majmui tariqasida baholanishini yuqorida takroran jinoyat sodir etish tushunchasiga to’xtalganimizda ko’rib chiqqan edik. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 15-mayda qabul qilingan “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar to’g’risida” gi qarorida tushuntirish berilishicha, jinoyatlar majmui deganda, shaxs tomonidan Jinoyat kodeksi Maxsus qismining turli moddalari yoki bitta moddasi turli qismlarida nazarda tutilgan ikki yoki undan ortiq jinoyat, ular qasddan yoxud ehtiyotsizlik oqibatida qilinishidan qat’i nazar sodir etilishi tushunilishi lozim. Jinoyat kodeksi 33-moddasining ikkinchi qismiga ko’ra, agar shaxs sodir etgan qilmishda JK Maxsus qismi ayni bir moddasining turli qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlarning alomatlari mavjud bo’lsa, u moddaning og’irroq jazo belgilangan qismi bo’yicha javobgarlikka tortiladi. Bu qoidada faqat bir harakat bilan kodeks Maxsus qismining bitta moddasida nazarda tutilgan, ammo o’sha moddaning turli qismlarida kvalifikatsiya qilish mumkin bo’lgan belgilar bor 1 M.H.Jiyanov. 18 qilmishlar nazarda tutilmoqda. Ammo sud amaliyotida bitta moddaning turli qismlarida nazarda tutilgan turli vaqtlarda sodir etilgan bir-biridan tamoman alohida-alohida bo’lgan jinoyatlar uchun jazo tayinlashda sodir qilingan jinoyatlarning eng og’iri bilan jazo tayinlashdek jiddiy xatolar juda kam bo’lsa-da uchrab turadi. Jinoyat huquqi nazariyasida jinoyatlarning ideal jami va jinoyatlarning real jami tushunchalari mavjud. Yuqorida nomi qayd qilingan Oliy sud Plenumi qarorida ham bu tushunchalarga to’xtalib o’tilgan bo’lib, jinoyatlar real majmui ikki va undan ortiq, har qaysisi Jinoyat kodeksi Maxsus qismi turli moddalarida (moddasi turli qismlarida) nazarda tutilgan muayyan jinoyat tarkibini tashkil etuvchi, jinoiy qilmish sodir etilganda mavjud bo’ladi. Jinoyatlar ideal majmuida esa, aybdorning bitta xatti-harakatida Jinoyat kodeksi Maxsus qismi turli moddalarida (moddasi turli qismlarida) nazarda tutilgan kamida ikkita jinoyat tarkibi belgilari mavjud bo’lib, qilmish ushbu normalardan birortasi bilan ham to’liq qamrab olinmaydi. V.P. Malkov jinoyatlarning ideal jami sun’iy ravishda tuzilgan yuridik konstruksiya bo’lmasdan shaxsning bir harakati bilan ikki yoki undan ortiq jinoyat sodir etish natijasidir - deb yozadi. M.M. Isayev, N.D. Durmanovlar jinoyatlarning ideal jami aybdorning bir harakati bilan ikki yoki undan ortiq jinoyat tarkiblarini bajarishidir, desa, Krasikov Y.А. Jinoyat kodeksi Maxsus qismining turli moddalari bilan qo’riqlanadigan turli obyektlariga zarar yetkazish yoki har xil yoxud bir qancha oqibatlarni kelib chiqishi bilan bog’liq bo’lgan yagona jinoiy qilmishdir1 , deb yozadi. Bu borada mamlakatimiz olimlaridan M.H. Jiyanov salmoqli ish olib borgan va u jinoyatlar ideal jami hamda jinoyatlar real jami tushunchalarini Jinoyat kodeksida norma darajasida belgilab qo’yishni taklif qilgan: “Jinoyat kodeksi Maxsus qismining turli moddalarida yoki bitta moddasining turli qismlarida nazarda tutilgan javobgarlikka tortilladigan ikki yoki bir necha jinoiy qilmishni 1 Usmonaliyev M. Jazo tayinlash. O’quv qo’llanma. – T.: “Yangi asr avlodi”, 2003. – 37-b. 19 turli vaqtlarda sodir etish, agarda ulardan birortasi uchun ham shaxs hali sudlangan bo’lmasa, jinoyatlar real majmui deb topiladi. Bir harakat bilan Jinoyat kodeksi Maxsus qismining turli moddalarida nazarda tutilgan ikki yoki bir necha jinoiy qilmishni sodir etish jinoyatlar ideal majmui deb topiladi”1 . M.H. Jiyanov jinoyatlar ideal jami va jinoyatlar real jami tushunchalarini huquqiy norma sifatida belgilab qo’yish orqali ushbu qoidalarni jazo tayinlashga ham tadbiq etishni taklif etgan. Chunki, uning fikricha jinoyatlar ideal jamining ijtimoiy xavflilik darajasi jinoyatlar real jamining ijtimoiy xavfliligidan kamroq. Jinoyatlar real jami va ideal jamining bir necha jinoyatlar uchun jazo tayinlashdagi o’ziga xos xususiyatlarini keyingi paragraflarda ko’rib chiqamiz.


Download 40,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish