BIR O’LCHOVLI MASSIVLARNI FUNKSIYA PARAMETRI SIFATIDA QO’LLANILISHI Dasturda ikki asosiy tur ma'lumot strukturalari mavjuddir. Birinchisi statik, ikkinchisi dinamikdir. Statik deganimizda hotirada egallagan joyi o'zgarmas, dastur boshida beriladigan strukturalarni nazarda tutamiz. Dinamik ma'lumot tiplari dastur davomida o'z hajmini, egallagan hotirasini o'zgartirishi mumkin. Agar struktura bir hil kattalikdagi tiplardan tuzilgan bo'lsa, uning nomi massiv (array) deyiladi. Massivlar dasturlashda eng ko'p qo'laniladigan ma'lumot tiplaridir. Bundan tashqari strukturalar bir necha farqli tipdagi o'zgaruvchilardan tashkil topgan bo'lishi mumkin. Buni biz klas (Pascalda record) deymiz. Masalan bunday strukturamiz ichida odam ismi va yoshi bo'lishi mumkin. Bu bo'limda biz massivlar bilan yaqindan tanishib o'tamiz. Bu bo'limdagi massivlarimiz C uslubidagi, pointerlarga (ko'rsatkichlarga) asoslan strukturalardir. Massivlarning boshqa ko'rinishlarini keyingi qismlarda o'tamiz. Massivlar hotirada ketma-ket joylashgan, bir tipdagi o'zgaruvchilar guruhidir. Alohida bir o'zgaruvchini ko'rsatish uchun massiv nomi va kerakli o'zgaruvchi indeksini yozamiz. C++ dagi massivlardagi elementlar indeksi har doim noldan boshlanadi.
Massiv bir o`lchamli deyiladi, agar uning elementiga bir indeks orqali murojaat qilish mumkin bo`lsa.
Bir o`lchamli massivni e`lon qilish quyidagicha bo`ladi:
[ elementlar_soni ] = { boshlang'ich qiymatlar };
Quyida massivlarni e`lon qilishga bir necha misollar keltirilgan:
1) float a[5];
2) int m[6];
3) bool b[10]; 1) a elementlari haqiqiy sonlardan iborat bo`lgan, 5 ta elementdan tashkil topgan
massiv. Indekslari esa 0 dan 4 gacha bo`lgan sonlar
float a[5];
Massiv a[0] a[1] a[2] a[3] a[4]
elementilari qiymati 4 -7 15 5.5 3
2) m elementlari butun sonlardan iborat bo`lgan, 6 ta elementdan tashkil topgan
massiv. Indekslari esa 0 dan 5 gacha bo`lgan sonlar.
int m[6];
Massiv m[0] m[1] m[2] m[3] mas2[4] mas2[5] elementilari qiymati 2 -17 6 7 13 -3
3) b elementlari mantiqiy qiymatlardan (true, false ) iborat bo`lgan 10 ta elementdan tashkil topgan massiv. Indekslari esa 0 dan 9 gacha bo`lgan sonlar.
Massiv elementlariga murojaat qilish oddiy o`zgaruvchilarga murojaat qilishdan biroz farq qiladi. Massiv elementiga murojaat qilish uning indeksi orqali bo`ladi.
a[1] = 10; a massivining 1 – elementi 10 qiymat o’ zlashtirsin;
cin >> a[2]; a massivining 2 – elementi kirtilsin;
cout << a[3]; a massivining 3 – elementi ekranga chiqarilsin;
Massivni e'lon qilishda uning elementlariga boshlang'ich qiymat berish mumkin va buning bir nechta usuli mavjud.
1) O'lchami ko'rsatilgan massivni to'liq initsializatsiyalash.
int k[5] = { 2, 3, 7, 8, 6};
Bu yerda 5 ta elementdan iborat bo'lgan k massivi e'lon qilingan va massivning
barcha elemantlariga boshlang'ich qiymat berilgan.
2) O'lchami ko'rsatilgan massivni to'liqmas initsializatsiyalash.
int k[5] = { 2, 3, 7 };
Bu yerda 5 ta elementdan iborat bo'lgan k massivi e'lon qilingan va massivning
dastlabki 3 ta elemantlariga boshlang'ich qiymat berilgan.
3) O'lchami ko'rsatilmagan massivni to'liq initsializatsiyalash.
int k[] = { 2, 3, 7, 8, 6};
Shuni takidlash lozimki, agar massiv o'lchami ko'rsatilmasa, uni to'liq initsializatsiyalash shart. Bu xolda massiv o'lchami kompilyatsiya jarayonida massiv elementlari soniga qarab aniqlanadi. Bu yerda massiv o'lchami 5 ga teng.
4) O'lchami ko'rsatilgan massivning barcha elementlariga boshlang'ich qiymat 0
berish:
int k[5] = { 0 };
O'lchami ko'rsatilgan massivning barcha elementlariga boshlang'ich qiymat 0 berish
#include
using namespace std;
int main()
{
int a[10] = { 0 };
//massivning barcha elementlariga 0 qiymat berish
for (int i = 0; i < 10; i++)
cout << "a[" << i << "]=" << a[i] << endl;
// system ("pause"); Visual studio uchun qora ekranni tutib turish
return 0; } Berilgan massiv elementlarini yig`indisini topish dasturini tuzing
#include using namespace std;
int main()
{
int s=0;
int a[10] ;
//massivning barcha elementlariga 0 qiymat berish
for (int i = 0; i < 10; i++) {
cout << "a[" << i << "]="; cin >> a[i]; s=s+a[i]; } cout << "Massivning yig`indisi=" <return 0; } Shu kabi bir qancha misollar keltirish mumkin.Masalan massiv elementlari yig’indisining o’rtacha qiymatini topishni ko’rib chiqamiz.
# include using namespace std; int main() { int n,i; cin>>n; float a[n]; for(i=0;i { cin>>a[i];} float s=0,l; for(i=0;i { l++; s+=a[i]; } cout<<”o’rtacha qiymati = ”< } Keyingi misolimizda bazaviy toifasi haqiqiy bo’lgan 10 ta elementli a massivi berilgan.Juft indeksli elementlardan alohida , toq indeksli elementlardan alohida massiv hosil qilishni ko’rib chiqsak;
# include using namespace std; int main () { float a[10],b[5],c[5]; for(int i=0;i<10;i++) { cin>>a[i];} for(int i=0;i<5;i++) { c[i]=a[2*i+1]; b[i]=a[2*i]; cout<<” c= ”< cout<<” b= ”< } } Massivlarni fayllarga chiqarish ,so’zli yoki belgili(char toifasida) massivlar ham mavjud.Bu tushunchalar haqida keyingi bo’limlarda tanishib o’tamiz.