Bir o’lchovli massivlar Hafta: 12 Mavzu: 12 Kirish Massivlar o’zida ma’lumotlarning kata to’plamini saqlay oladi. Dasturlash jarayonida katta miqdordagi ma’lumotlar bilan ishlashga to’g’ri keladi. Misol uchun, 100 ta sonni o’qib olish, so’ngra ularning o’rtacha qiymatini hisoblash va nechta son o’rtacha qiymatdan katta ekanligini hisoblovchi dastur tuzish talab etilgan bo’lsin. Dastlab dastur sonlarni o’qib oladi, so’ngra o’rta arifmetigini hisoblaydi va har bir sonni o’rta arifmetik qiymatdan kattaligiga tekshiradi. Buni bajarish uchun barcha sonlarni o’zgaruvchilarda saqlash kerak. 100 ta o’zgaruvchi e’lon qilish va bir xil kodni 100 marta takroran yozib chiqishga to’g’ri keladi. Bu yo’l bilan dastur tuzuish amaliyotga to’g’ri kelmaydi. Bu muammoni qanday yechsa bo’ladi? Kirish Buning uchun tashkilllashtirilgan yondashuv zarur bo’ladi. C++ va boshqa yuqori bosqichli dasturlash tillarida massiv tushunchasi kiritilgan bo’lib, unda bir xil turdagi ketma-ket joylashgan elementlar to’plami saqlanadi. Bu misolda barcha 100 ta sonni massivda saqlash mumkin va ularga bitta massiv o’zgaruvchisi bilan murojaat qilish mumkin. Masalaning yechimi 7.1-listingda berilgan. Listing 7.1 AnalyzeNumbers.cpp Listing 7.1 AnalyzeNumbers.cpp Massiv asoslari Massivdan bir turdagi ko’p qiymatlarni o’zida saqlash uchun foydalanialdi. Massiv elementiga murojaat uning indeksi orqali amalga oshiriladi. Massiv ma’lumotlar to’plamini saqlash uchun foydalaniladi, ammo uni bir turdagi o’zgaruvchilar to’plami deb ham qarash mumkin. son1, son2,…, va son99 o’zgaruvchilarini massiv orqali namoyish qilishda son[0], son[1], … , va son[99] ko’rinishda yoziladi. Massivlarni e’lon qilish Massiv e’lon qilish uchun dastlab elementlar turini va elementlar sonini berish kerak: elementTuri massivNomi[ULCHAMI]; elementTuri ixtiyoriy biror tur bo’lishi mumkin va massivdagi barcha elementlar bir xil turda bo’ladi. ULCHAMI butun turdagi konstanta bo’lib, u massivda nechta element bo’lishini anglatadi. Quyida 10 ta double turidagi elementlardan iborat massiv keltirilgan: double myList[10]; Massivni initsializatsiya qilish Massivning tasvirlanishi Eslatma! Maslahat Massiv elementlariga murojaat Massiv elementlariga murojaat uning indeksi orqali amalga oshiriladi. Massivda dastlabki element 0-indeksda joylashadi, shuning uchun massiv indekslari 0 dan massivUlchami-1 gacha bo’ladi. Massivdagi har bir elementga quyidagicha murojaat qilinadi: massivNomi[indeks]; Misol uchun myList[9] myList massivinng oxirgi elementiga murojaatni bildiriadi. Massiv elementlariga murojaat Quyidagi kod myList[0] ni 1 ga oshiradi: myList[0]++; Quyidagi kodda esa max funksiyasi myList[1] va myList[2] elementlaridan kattasini qaytaradi: cout< Quyida myList[0] ga 0, myList[1] ga 1, … , va myList[9] ga 9 ta’minlanadi: Ogohlantirish! Massiv elementlarini funksiyaga yuborish
Do'stlaringiz bilan baham: |