Bir necha ergash gapli murakkab qo'shma gaplar



Download 31,1 Kb.
Sana07.02.2017
Hajmi31,1 Kb.
#2050
BIR NECHA ERGASH GAPLI MURAKKAB QO'SHMA GAPLAR
Agar siz yoqtirgan odam sizga mehr-muruvvatini ayamasa, e'tibor bilan qarasa, bu olam-olam quvonch bag'ishlaydi. (Qamchibek Kenja)

Bilim shundayki, u yalong'och bo'lganingda ham o'zing bilan qoladi, hammomga kirganingda uni suv ham yo'qota olmaydi.

Boshimda tegirmon toshi yurgizsinlar, etimni nishtar bilan tilsinlar, men sizdan ajralmayman. (Hamza)

Kimning bilagida kuchi bo'lsa, kim ishning havosini olsa, kim qilayotgan ishidan bir nima chiqishiga ishonsa, o'sha zarbdor boladi. (Abduila Qahhor)

Kun shu qadar isidiki, chumchuqlarning ham ovozi chiqmay qoldi, hamma o'zini salqinga oldi. (M.Pirmatov)

Odamlarimizning huquqiy ongi yuksak bo'lsa, har kim o'z haqini tanisa va o'zini-o'zi himoya qilishni bilsa, demokratik jamiyatga erishgan bo'lamiz.

Reja bajarilsa, dasturxon mo’l bo'lsa, yor-u do'st, birodarlar qalin bo 'lsa, tantanalar qishgacha davom etaveradi. (Oybek)

Shunday bo'lmog'iga barcha sabablar bor edi, chunki ular bir qishloqda o'sib-ulg'aygan edilar, bunisining asrori unisiga besh qo'lday ayon edi. (Murod Muhammad Do'st)

Shuni ta'kidlash lozimki. miyada jismoniy harakat yuzaga keladi, mushakchalar bilan boyitib boradi.

To’g’risi shuki, keksa professor unga yoqib qolgan edi, uning samimiy maslahatlaridan qoniqadi, doim bu oqil odamga munosib bo'lishga tirishar edi. (M. Mazratqutov)

Tol ekdik suv bo’yiga, Soya-salqin bo'lsin deb, G'ayrat qilgan botiriar yotib damin otsin deb. (Qo'shiq)

Xalqimiz shuni istaydiki, yurtimiz tinch bo'lsin, turmushimiz farovon bo'lsin, mustaqilligimiz barqaror bo'lsin. (O. Sharafuddinov)

*Hosilimiz mo'l bo'lsa, uyimiz donga to'lsa, turmush bo'lar farovon. (U. Shukurov)

BIR NECHA BOSH GAPLI MURAKKAB QO'SHMA GAPLAR
Boshimda o'ynar qamchilar, qon ko'zlarimdan tomchilar, Bir benavo gul yanchilar, ozodkorim kelmasa. (Komil Yashin)

Bu gap kutilmagan bo’lsa ham, Mirhamidxo'janing yoshiga munosib ravishda tarang va tiniq qizil yuzi oqarishdi, oq oralagan cho'qqi soqoli xiyol titradi. (Abdutia Qahhor)

Butun dunyoga ma’lumki, siz ham shuni unutmangki, Orolni saqlab qolish hammamizning burchimiz. (I. Yusupov)

Chindan ham odam yurakdan yayrab kulsa, sog’lig'i yaxshilanadi, yengil tortadi, ruhi tetiklashadi, ishtahasi ochiladi, umri uzayadi. (G'afur G’ulom)

G'anim kelsa, xonumoni kul bo'lur, o'z yurtida pachaqlash ma'qul bo’lur. (G'afur G'ulom)

Kimdir mendan zulm emas, mehr topa olsa, bu — mening eng katta yutug'imdir, insoniarga tekkan eng katta foydamdir. (Q.Ergasheva)

Kimki ota-onasini hurmat qilsa, u boshqalardan izzat topadi, el orasida yaxshi deb nom qozonadi.

Kimki tez-tez dalalarga chiqib tursa, bahri-dili ochiladi, tanasiga quvvat yuguradi. (Oybek)

Kimki umid bilan daraxt o'tqazsa, bir kuni kelib bu daraxt shig'il meva beradi, uni ekkan egasiga olqish-u rahmatlar yog'diradi.

Kimning qalbi pok bolsa, uning ishlari o'z-o'zidan yurishib ketaveradi, hamma unga madadkor bo’ladi.

O’zbek yoshlarining peshonasi shuning uchun ham yorug', iqboli balandki, ularning O 'zbekistondek jannatmonand yurti bor. (Azim Suyun)

Qo'shnilaring ko'nsa, hammalaring yerlaringni qo'shib yaxlit qilinglar, bir kunda haydatib beraman. (Abdutia Qahhor)

Shirinsuxanlik shunday boylikki, u senga obro' keltiradi, u orqali bitmagan ishlaring bitadi, do'stlaring ko'payadi.

Shu narsa ayonki, hamma shu narsani yaxshi biladiki, odobsiz kishilar hech qachon e’tibor qozonmaydi.

ARALASH MURAKKAB QO'SHMA GAPLAR
(Tarkibida ergashgan, bog'langan yoki bog'lovchisiz qo'shma gaplar mavjud bo'lgan gaplar aralash murakkab qo'shma gaplar hisoblanadi.)
Agar kishi o'z hirslaridan ustun tura olsa, u o'zidagi bor nuqsonlarni yo'q qiladi va ular yaxshi sifatlarga aylanadi. (Beruniy)

Akang armiyadan kelsa, issiqxonani ishga solamiz, lekin sen akangga yordamchiiik qilasan. («Fidokor»)

Bilginki, hunarsiz kishi quruq savlatdir, quruq savlat esa qotib turgan suratga o'xshaydi.

Bilmaydiki, ishining chatog'i chiqqanida Chorshanbi emas, uning o'zi qochib ketadi, Chorshanbi qurg'ur tagiga suv ketishi bilan mening yonimga yugirib keladi, men uni qutqarib olaman, ikki o'rtada Suyarqul ukamizning qurbon bolgani qoladi. (Murod Muhammad Do'st)

Birov sening aybingni yuzingga aytsa, so'zini qaytarma, chunki u sening uchun ko'zgudir; ko'zgu xira bolib qolsa, boshqa aybingni ko'rsatadimi? (Navoiy)

Esida bor: otasi bilan mana shu o'rindiqqa o'tirsa, mototsikl degani qattiq ovoz chiqarib yurib ketdi-yu, nevara qo'rqqanidan otasini mahkam quchoqlab, ko'zlarini yumib oldi. (Tog'ay Murod)

Har kimning zari bo’lmasa-da, ammo hunari bolsa, dunyoda hech bir xavf-u xatar bolmaydi, shuning uchun kishi hunar ziynati bilan bezanmog'i lozim.

Hirot, tashqaridan qaraganda, avvalgiday tinch, hamma o'z ishi bilan mashg'ul bolganday ko'rinsa ham, lekin kosib-hunarmandlar, dehqonlar hali g'azabdan tushmagan edilar. (Oybek)

Hovlida qarindosh-u qo'ni-qo'shnilar ham yurishadi, nariroqda esa doshqozon tola sumalak qaynaydi, ayollardan kimdir uni kovlab turadi, atrofida ikki-uch kampir choy ichishib o'tirishadi, bolalarning qollarida esa yog'och qoshiq, galma-gal qozon girdiga yopishardilar. (Ulug'bek Hamdam)

Insonlik mohiyati baxt-saodatga erishuvdir, inson bu maqsadni o'zining oliy g'oyasi va istagiga aylantirsa, u baxt-saodatga erishadi. (Forobiy)

Keyinroq ham ko'zimiz tushib turardi, biroq endi u shunday bir yuksaklikda va qamrovi shu qadar keng ediki, bu kengliklar bizga o'xshash jo'n odamlarning shuuriga sig'masdi. (Murod Muhammad Do’st)

Ko'lga yetib kelsak, birdaniga miltiq gumburladi va suv yuzida pitirlayotgan ikki-uchta o'rdak ko'rindi. (Mirzo Karim)

Qiz avval qo'rqdi, otasi uning Sidiqjon bilan so'zlashib turganini emas, boqqa tushganini bilsa ham, terisiga somon tiqadi - bu xususda otasining qamchisidan qon tomar edi; keyin yangi bir olamga kirib, otasining qamchisini ham, jingul ostida pusib yotgan kurk tovuqni ham unutdi. (Abdulla Qahhor)

Quvishga quvdim-u, hali ham ichim achiydi, bola bechora nima gunoh qilibdi.

Sen abujahl (yovvoyi) tarvuzini ko'r, shirin tarvuzlar kabi chiroylidir, ammo achchiq bolgani uchun zarracha qiymati yo'q. (Muhammad Javhar Zamindor)

Sen suratga boq, u odamga o’xshasa-da, joni bolmaydi.

She'r shuning uchun muqaddaski, uning bir vazni ilohiy, bir vazni insoniydir, uning bir satri osmoniy, bir satri zaminiydir. (A. Oripov)

Shuni unutmaki, sen yer farzandisan va yerni ardoqlash, uni obod qilish sening vazifangdir. (Yo’ldosh Sulaymon)

Shuni unutmangki, siz kelajagimizsiz va butun umidimiz sizlardan. (Gazetadan)

Uni tanib olish qiyin edi, chunki yelkalari kengaygandi, qiyofasi ancha keskinlashgandi va katta ko'zlari dumaloq shakl olgan edi. (Oybek)

*Umrimning anchagina qismi harbiy ishlarda o'tgan, men bu yerda hech qanday qiyinchilik tortmayman, lekin sog'ligim o'z hukmini o'tkazib turibdi. (G'afur G'ulom)

QISMLARI UYUSHGAN MURAKKAB QO'SHMA GAPLAR
(Bir turdagi uch va undan ortiq gaplardan tashkil topgan gaplar qismlari uyushgan murakkab qo'shma gaplar deyiladi.)
O'zbekning kurashi hamisha halol, Unda yo'qdir g’irrom, yo'qdir yomonlik. Doimo do'stlarga tilaydi kamol, Tilaydi barchaga do'stlik, omonlik. (Rustam Musurmon)
Avliyolar bosgan tuproq aziz derlar, Qat-qatidan chiqaverar ekan sirlar, Har tuproqdan har kun o'tmas axir pirlar, Ko'kragimni hayrat tiklar, Temur bobo.
Dunyo bilar mehnatsiz bir damimiz yoq, Erkinlikdan balandroq bir g'amimiz yoq, Eshitsinlar, hech kimsadan kamimiz yoq, Sizdan qolgan zuryodmiz mard, yovqur, bobo.
Siz tuzgan ul tuzuklarni o'qib kun-tun, Tiklanarmiz, yechimlarni topgay tugun. Bo'lmagaymiz hech kimsaga qaram, zabun, o'zbek bugun o'z-o'zini tanir, bobo.
Avliyolar alqagan el emish a'lo, So'zi butun, tizzasi tik, ko'ksi samo, Muzaffarlik ko'rib o'tgan bir avliyo — o'zingizsiz, Sohibqiron Temur bobo. (Zamira Ro'ziyeva)
Yer shivirlaydi, yulduz jivirlaydi, bahordan darak keladi. (O’. Hoshimov)
O'sha yillar... mashoq terar edik, mol boqardik, g'o'za jo'yakka kultuvatsiya yurgizardik. (A. Oripov)
Olam keng,

Ellar ko'p.

Yurtlar beshumor:

Har yurt o'z ahliga go'zal va ajib.

He baxt,

Quyoshiston ta'rifli diyor

Nurli peshonamga bolibdi nasib...

Men yurtimni yozsam, bo’lmog'i kerak

Osmon oq qog'oz-u

Dengiz siyohdon.

U quyoshday munis, hayotbaxsh siyna,

Zamin-u zamiri tuganmas kondir;

Yeri nasya emas. balki naqdina

Jannat deb atalgan O'zbekistondir. (E. Vohidov)
Ayol — tig’; toshlarni mumdek tilguvchi, Ayol — nur, qalblarni yoqib ketguvchi, Quyoshga bas kelar bitta kulgichi, Ayol omon bolsa, dunyo go'zaldir.
Ona — u, bagrida millat beshigi, Qalbida yopilmas qadr eshigi, Allasi oromdir — hayot qo'shig'i, Ayol omon bo’lsa, dunyo go'zaldir. (Mahmud Toir)
Meni bilsang, Qo'ng'irotning og'asi, Boshimda botir yigitning jig'asi. Yoz bolsa, yaylovim Amu yoqasi, Meni bilsang, Qo'ng'irot elning to'rasi.
Ko'kqamish kolidan suqsur uchirdim, Suqsurni izlagan lochin bolaman. Bogiarim zumraddan, changalim polat, Qo'ng irotdan qo'yilgan shunqor bo’laman.
Download 31,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish