Bir bosh bo'lakli gaplar



Download 135 Kb.
bet3/3
Sana22.01.2022
Hajmi135 Kb.
#399687
1   2   3
Bog'liq
3-4 topshriqlar

Shaxsi umumlashgan gap. 
Kesim  fe'l  bilan  ifodalanib,  mazmunan  umumga  qaratilgan  bir  sostavli 
gaplar shaxsi umumlashgan gap deyiladi. 
So'zlovchi bu tip gaplarni qo'llash bilan o'z xabariga nasixat, xikmatli so'z 
xarakterini beradi, ibora qilinayotgan xarakatning tipikligini ta'kidlaydi. Bunda 
umumga  qaratilgan  xayotiy  xulosalar,  uzoq  asrlik  xayotiy  tajribalar,  umumiy 
qoidalar, mehnat yakunlari, umumlashgan muloxazalar ifoda qilinadi. 
Shaxsi  umumlashgan  gaplarning  kesmi  ko'pincha  buyruq  maylining  2-
shaxs formasi bilan ifodalanadi. 
Maqollar ko'proq shaxsi umumlashgan gap shaklida bo'ladi: 

Salobatli  bo'lma,sabotli  bo'l.Yetti  o'lchab  bir  kes.  Bugungi  ishni  ertaga 


qoldirma,  kabilar.  Shaxsi  umumlashgan  gaplarning  bosh  bo'lagi  ba'zan 
birinchi  shaxsning  ko'plik  formasida  bo'lishi  xam  mumkin. Masalan:  Tinchlik 
uchun kurashaylik!  
Shaxsi  umumlashgan  gaplarning  bosh  bo'lagi  -  kesim  quydagicha ifodalanadi: 
1.Aniq  maylidagi  fe'l  formalari  bilan:  Xayajondan  nima  deyishga  so'z xam topolmay qolar ekansan. 
2.Buyruq-istak mayli formalari bilan: Burinni ayasang,seni talaydi. 
Shaxsi  umumlashgan  gaplarda  xarakat  hammaga  qaratilgan.  Unda 
zamon  xam  umumiy  bo'ladi.  Bu  jixatdan  bunday  gaplarda  shaxs  va 
zamon  tushinchasini  bir-biridan  ajiratib  bo'lmaydi.  Shuning  uchun  xam 
shaxsi umumlashgan gaplarning shaxsini xam, zamonini xam o'zgartirib 
bo'lmaydi.  Agar  o'zgartirilsa,  gap  tipi  xam  o'zgaradi.  Shaxsi 
umumlashgan gaplarda undalma, kirish so'z, kirish gaplar, modal so'zlar 
ishtirok etmaydi.  
Ertak — xalq ogzaki poetik ijodining asosiy janrlaridan biri; toʻqima va uydirmaga asoslangan sehrli sarguzasht va maishiy xarakterdagi epik badiiy asar. Asosan, nasr shaklida yaratilgan. M. Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asarida etuk shaklida uchraydi va biror voqeani ogʻzaki tarzda hikoya qilish maʼnosini bildiradi. E. Surxondaryo, Samarqand, Fargʻona oʻzbeklari orasida matal, Buxoro atrofidagi tuman va qishloqlarda ushuk, Xorazmda varsaqi, Toshkent shahri va uning atrofida choʻpchak deb ataladi. E. hayot haqiqatining xayoliy va hayotiy uydirmalar asosida tasvirlanganligi, tilsim va sehr vositalariga asoslanishi, voqea va harakatlarning ajoyibgʻaroyib holatlarda kechishi, qahramonlarning gʻayritabiiy jasorati bilan folklorning boshqa janrlaridan farq qiladi. E.larda uydirma muhim mezon boʻlib, syujet voqealarining asosini tashkil etadi, syujet chizigʻidagi dinamik harakatning konflikt yechimini taʼminlaydi. Uydirmalarning turli xil namunalari taʼlimiyestetik funksiyani bajaradi, janr komponenti sifatida oʻziga xos badiiy tasvir vositasi boʻlib xizmat qiladi. Uydirmalar voqea va hodisalarni hayotda boʻlishi mumkin boʻlmagan yoki mavjud boʻlgan hodisalar tarzida tasvirlaydi. Xayoliy va hayotiy uydirmalarning ishtiroki, syujet chizigʻida tutgan oʻrni va vazifasiga koʻra, E.ni 2 guruhga — xayoliy uydirmalar asos boʻlgan E., hayotiy uydirmalar asos boʻlgan E.larga boʻlish mumkin. Xayoliy uydirmalar asosidagi E. syujeti moʻʼjizali, sehrli; hayotiy uydirmalarga asoslangan E. syujeti esa hayotiy tarzda boʻlib, unda real voqea-hodisalar tasvirlanadi. E.da, asosan, uch maqsad hikoya qilinadi. Birinchisida ideal qahramonning jasorati, yovuz kuchlarga qarshi chiqib, xalq manfaatini himoya qilishi, ikkinchisida, asosan, bosh qahramonning oʻzga yurt malikalariga yoki parizodlariga oshiq boʻlib uylanishi, kasalga dori topishi, ajdar va devlar olib qochgan kishilarni ozod qilishi, uchinchisida esa adolatsizlikka, zulmga qarshi chiqishi kabi maqsadlar bayon qilinadi. Birinchi maqsad pahlavonning faol harakati va gʻayritabiiy kuchqudrati bilan amalga oshsa, ikkinchi maqsad passiv qahramonga yordam beruvchi tilsim vositalari yordamida, uchinchi maqsad esa bosh qahramonning aqlidroki, tadbirkorligi bilan amalga oshadi.

Pyesa (frans. piece) — 1) teatr (shuningdek, radio va televideniye)da qoʻyish uchun moʻljallangan dramatik asar (qarang Drama); 2) yakkanavoz sozanda yoki cholgʻuchilar ansambli uchun kichik musiqa asari.
Qoʻshiq — keng maʼnoda sheʼriymusiqiy janr; vokal musiqannnt eng ommalashgan, koʻproq band shakliga asoslangan turi, shuningdek, kuylashga moʻljallab toʻqilgan sheʼriy asarlarning umumiy ifodasi. Xalq ijodiga mansub, bastakor va kompo-zitorlar yaratgan, ommabop musiqa yoʻnalishidagi Q.lar farqlanadi. kelib chiqishi, janri va mazmuniga qarab marosim qoʻshiqlari, ommaviy qoʻshiq, shahar, dehqon, bolalar, maishiy, harbiy, lirik, raqs va boshqa Q.lar ajratiladi. Q. kuyi dia-pazoni ixchamligi, musiqa rivoji band (yoki band-naqarot) shakliga asoslanganligi, ohanglar tizimida soʻz va kuy intonatsiyalari mushtarakli-gi, sheʼriy matndagi gʻoyaviy-emotsional mazmun rivojining umumiy tarzda (badiiy yakuni sifatida) ifo-dalanishi bilan ajralib turadi. Q.ning yana oʻziga xos tomoni — sheʼriy matn va kuy shakllarining oʻzaro mutanosibligi, bir xil hajmdagi tuzil-malar (sheʼrda — band, kuyda — davr)ga asoslanganligidan iborat. Q.ning sheʼriy matnlari aniq kompozitsiyasi, har bir bandida muayyan tugal fikr ifodalanganligi bilan ajralib turadi. Sharqda xalq Q.lari oʻziga xos milliy xususiyatlarga ega boʻlib, Oʻrta Osiyoda ir (jir), terma, oʻlan, lapar, yalla kabi nomlar bilan ataladi. Bular negizida bastakorlar ijodi, 20-asrda zamonaviy Q. shakllari rivoj topgan. Yevropa professional musiqa sanʼatida Oʻrta asrdagi shoirxonan-dalar (Fransiyada truver va trubadurlar, Germaniyada minnezingerlar va boshqalar)ning asarlari. meysterzingerlar sanʼati namunalari, Uygʻonish davrish yaratilgan koʻp ovozli italyan sapgopePa, nemischa 1es1, fransuzcha spapzop, 17—18-asrlardan ommaviy tus olgan gomofoniya uslubidagi Q.lar, romantizm davridagi kompozitorlar ijodidagi Q., 20-asrda keng rivoj topgan ommaviy qoʻshiq, estrada Q.lari va boshqa professional Q.ning rivojlanish bosqichlaridir. Shoirlardan P.Beranje, R.Byorns, R.Hamzatov, V.Visotskiy va boshqa, Oʻzbekistonda — Hamza, Habibiy, Sobir Ab-dulla, Mirtemir, Chustiy, T.Toʻla, P.Moʻmin, N.Narzullayev, Muham-mad Yusuf, E.Vohidov, J.Jabborov va boshqalarning Q. sheʼriyati rivojidagi xizmatlari katta.

Download 135 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish