Hamxo‘raklik - Bir tur boshqa turning oziq qoldiqlari bilan oziqlanish. (Masalan, ayrim qushlar timsoh va sirtlonning, tasqara esa sherning ovqat qoldiqlari bilan oziqlanadi). (70 - bet ) 77. O‘zaro raqobat - o‘xshash ekologik ehtiyojlarga ega turlar orasidagi munosabatlardir. Bunday turlar birga yashaganda birining mavjudligi hamma
vaqt ikkinchisining yashash imkoniyatlarini kamaytiradi. (71 - bet ). 78. Amensalizm - o‘zaro biotik munosabat turi bo‘lib, bu munosabatda bir turning faoliyati ikkinchi turga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan organizmning o‘zi esa bu munosabatdan foyda ham, zarar ham ko‘rmaydi. (Mog‘or zamburug‘lari tashqi muhitga antibiotiklar ishlab chiqarib, bakteriyalarning o‘sishini va ko‘payishini to‘xtatib qo‘yadi). ( 73 - bet). 79.
Do'stlaringiz bilan baham: |