-rasm. DNK, RNK va nukleotidlar. Nukleotiddagi azot atomi shtrih chiziqda belgilangan. Uning shu
eridan dezoksiriboza yoki riboza ulanadi.
Nativ
7
DNK spiral hosil qiluvchi 2 ta polimer zanjirdan iborat. Zanjirlar bir-biri
bilan vodorod bog'lari orqali bog'langan. Adenin faqat timin bilan, guanin esa faqat
sitozin bilan birikadi. Adenin-timin juftligi 2 ta, guanin-sitozin juftligi 3 ta vodorod
bog'lari orqali birikkan.
Ikki zanjirli DNK uzunligi komplementar nukleotidlar juftlarining soni bilan
o'lchanadi. Masalan, odamning DNK molekulasi 263 million nukleotidlar juftidan
tashkil topgan.
DNK molekulasi zanjirlari bir-biriga antiparallel; biri 3'→5' yo'nalishda,
ikkinchisi 5'→3' yo'nalishda tuzilgan.
Genetik informatsiyani tashuvchisi ikki talabga javob berishi lozim:
yuqori aniqlikda replikatsiyalanishi kerak;
oqsil molekulalari sintezini kodlashi kerak.
Komplementarlik printsipiga muvofiq, har bir DNK zanjiri yangi komplementar
zanjirning hosil bo'lishi uchun matritsa bo'lib hizmat qila oladi.Agar hujayra
bo'linadigan bo'lsa, ribosomalarda DNK molekulasidan nusha ko'chiriladi. Bunda DNK
zanjirlari bir-biridan ajraladi. Har bir zanjir o'sha zahoti aynan o'zi bilan bir hil bo'lgan
ikkinchi zanjirni sintezlaydi. Natijada 2 ta bir hil hromosoma hosil bo'ladi. Hosil
bo'lgan hromosomalar bo'linayotgan hujayralarga taqsimlanadi. Hujayraviy tuzilishga
ega bo'lgan barcha tirik organizmlarda irsiy belgilar ota-onadan keyingi avlodlarga shu
tarzda o'tadi.
Replikatsiyaning har bir raundida DNK molekulasi bilan bir hil 2 ta yangi
molekula hosil bo'ladi. Strukturaviy gendagi nukleotidlar ketma-ketligi u kodlaydigan
oqsildagi aminokislotalar ketma-ketligini belgilaydi. Shuningdek DNKning har bir
zanjiri yangi hosil bo'ladigan zanjir uchun matritsa (qolip) vazifasini bajaradi.
Matritsadagi azot asoslari ketma-ketligi yangi zanjirdagi azot asoslari ketma-ketligi
qanday bo'lishini belgilaydi.
Prokariot va eukariot hujayralarda DNK sintezi turli hil fermentlar ishtirokida
kechadi. Asosiy rolni DNK-polimeraza fermenti o'ynaydi. Bu ferment fosfodiefir
bog'lari hosil bo'lishini katalizlaydi. Hamda o'sayotgan polinukleotid zanjiri zvenolarini
komplementarlik printsipi asosida bir-biriga ulaydi.
DNKni parchalash uchun agaroza (dengiz suv o'tlaridan ajratiladigan polisaharid)
asosida mahsus gellar yaratilgan. Agaroza gelida DNK molekulasini parchalash usuli
Do'stlaringiz bilan baham: