14-rasm. Agrobakterial ransformatsiyaning asosiy bosqichlari: I-o'simlik hujayrasi
devori gidrolizlanadi, gidroliz
mahsulotlari
VirA
hemoretseptorlarini faollantiradi; II-
VirG –
vir-genlarning transkriptsiyasi va ekspressiyasi
aktivatori; III-
VirD1
va
VirC1
yordamida
VirD2
ni T-DNKga bog'lanishi va TDNKning o'ng (RB-right bound) va chap
(LB-left bound)
tomonidan uzilishi; IV-
VirE2
ni T-zanjir bilan bog'lanishi va T-zanjir+
VirD2 + VirЕ2
kompleksini
bakteriya hujayrasi g'ovagidan o'tishi; V- operon
VirB
agrobakteriya hujayrasi devorida g'ovak hosil qilgan; VI- T-
DNKning o'simlik hromosomasiga integratsiyasi;
Transformatsiya jarayonining dastlabki bosqichlari o'simlikning
jarohatlangan
eridan boshlanadi. O'simlik jarohtlanganida quyi molekulyar fenol birikmalar
(masalan, atsetosiringon), uglevodlar (masalan, glukoza va glyukuron kislota)
ajraladi. pH muhit esa kislotali bo'ladi. Agrobakteriya plazmidasidagi
T-DNKni
kesilishidan tortib o'simlik hromosomasiga integratsiyasigacha bo'lgan jarayonlarni
Ti-plazmidaning
vir
zonasidagi genlar bajaradi.
O'simlik
jarohatidagi signallarni
VirA
va
ChvE
oqsillari qabul qiladi.
ChvE
oqsilini agrobakteriyaning hromosoma genlari sintezlaydi. U atsetosiringonga
nisbatan sezgir bo'lib,
VirA
oqsiliga ta'sir qiladi. Natijada
VirA
oqsili fenol
birikmalarini sezishni boshlaydi.
VirA
oqsili - proteinkinaza fermenti.
U bakteriya
hujayrasi ichki membranasini ikki marta teshadi. Shuningdek
VirG
oqsiliga fosfor
donori bo'lib hizmat qiladi. O'z navbatida
VirG
boshqa
vir
-genlar transkriptsiyasini
boshlanishiga sababchi bo'ladi.
Agar o'simlik kasallangan yoki boshqa sabablar
bilan yahshi rivojlana
olmaydigan bo'lsa, vir genlar faollanmaydi, T-DNK ham o'simlik hromosomasiga
birikmaydi.
VirD
operoni bir qancha metabolitlarni sintezlaydi. Bu metabolitlardan biri – ikki
komponentli endonukleaza fermenti. Bu ferment T-DNKni kesadi. Kesilgan T-
DNKni
VirB
va
VirE
oqsillari agrobakteriyadan o'simlikka o'tkazadi. T-DNKni
bakteriyadan o'simlik hujayrasiga o'tishi uchun 30 minut vaqt talab etiladi. T-
DNKning o'simlik genomiga qo'shilishi ko'p bosqichli jarayon hisoblanadi. Genomga
T-DNKning bir necha nushalari joylashishi mumkin. Jarayon tugaganidan so'ng T-
DNK o'simlik genomining bir qismiga aylanadi. T-DNK o'simlik hujayrasidagi
RNK-polimeraza II fermenti yordamida transkriptsiyalanadi.
Agar
yuqorida
keltirilgan
ma'lumotlarga
e'tibor
bergan
bo'lsangiz,
agrobakteriyaning o'zi o'simlik hujayrasiga kirmaydi. Bakteriya o'zining T-DNKsini
o'simlik hujayrasiga kiritdi, hromosomaga joylashtirdi va o'simlikni
opinlar sintez
qiluvchi «fabrika»ga aylantirdi. Opinlar esa bakteriya uchun azot va uglerod
manbaidir.
Do'stlaringiz bilan baham: