Interferonlar -hujayraning immun tizimini faollashtiruvchi, oqsil tabiatli biostimulyatorlardir. Bundan tashqari, ular virusga qarshi faollikka ega bo’lib, rak hujayralarini ko’payishdan to’xtatish xususiyatiga ega. Odam interferonlarining uch sinfi ma’lum : , va . O’tgan asrning 70- yillaridayoq, inson -interferonini sintez qiluvchi gibrid DNK ni bakterial hujayraga o’tkazishga muvofiq bo’lingan edi. Oradan ko’p o’tmay bunga o’xshash konstruksiyalar - va - interferonlar uchun ham tuzildi. E.coli bakteriyasi hujayrasiga, bakterial triptofan yoki laktoza operoni va interferon geni saqlovchi, gibrid DNK o’tkazilishi bilan u yoki bu xususiyatga ega bo’lgan interferon sintez qiluvchi bakteriya shtammlari yaratilgan edi. Keyinroq esa, shtammlarni hosildorligini oshirish hamda virusga qarshi xususiyatlarini ko’paytirish maqsadida rekombinant DNK da modifikasiya (xususan ba’zi-bir aminokislotalarni almashtirish) qilindi va xo’jayin hujayraning genotipi hamda ularni o’stirish sharoitlari tanlandi. Har uch sinfga mansub interferonlar sintez qiluvchi bakteriyalar shtammlari Rossiyaning ko’pgina olimlari tomonidan ham yaratilgan edi. Xususan, - va - interferonlar shtammlari biorganik kimyo institutida - interferon shtammi esa Rossiya FA Genetika va sanoat mikroorganizmlari seleksiyasi institutida yaratilgan edi. Interferonlar ishlab chiqarish uchun E.coli dan tashqari Methylomonas, Salmonella, Pseudomonas kabi grammanfiy bakteriyalardan ham foydalanish mumkin. Masalan, Pseudomonas sp. shtammi asosida - interferon ishlab chiqarish birinchilardan bo’lib Rossiyada yo’lga qo’yilgan edi. Interferon sintez qiluvchi achitqi zamburug’larini transmutantlari ham yaratilgan bo’lib, ularning bakterial shtammlardan ancha afzallik tomonlari ham bor. Xususan, achitqi zamburug’lari arzon oziqa talab qiladi, faglar ta’siriga va lizisga chidamli, oson cho’kadi, eng muhimi preinterferonlar hosil bo’lishini to’g’ri tashkil qiladi.
Interleykinlar -qisqa polipeptidlar bo’lib, ular organizmda immun javob tashkil bo’lishida qatnashadilar. Gen muxandisligi usullari asosida E.coli ning har xil tipga mansub, Interleykinlar ishlab chiqaruvchi shtammlari yaratilgan. Latviyada (Organik sintez institutida) Interleykin-2 sintez qiluvchi shtamm yaratilgan bo’lib, buyrak raki xastaligini davolashda keng ishlatilib kelinmoqda. SHuningdek, Interleykin - 1 sintez qiluvchi E.coli shtammi ham yaratilgan. Bu oqsil nafaqat immun reaksiya buzilganda shuningdek, ba’zi bir shishlarni
qaytarishda ham ishlatilmoqda. YUqori sifatli va yuqori faollikka ega bo’lgan dori - darmonlar ishlab chiqarish uchun oxirgi vaqtda gen muxandisligi usullaridan foydalanib bifunksional (ya’ni, ikki xil faollikka ega bo’lgan) oqsillar yaratilmoqda. Masalan, aminokislotalarning ketma-ketligi Interleykin-2 ga va makrofag hamda granulositlarni koloniyalarini mo’’tadil qiluvchi faktorga o’xshagan oqsil moddalardir. Tibbiyot uchun zarur bo’lgan oqsil peptid preparatlari ishlab chiqarish zamonaviy biotexnologiyaning eng gurkirab rivojlanayotgan yo’nalishlaridan biri va bu yo’nalishga rivojlangan mamlakatlar ko’plab mablag’ ajratib turibdilar. Misol tariqasida raqamlarga murojaat etamiz: birgina AqSH davolovchi polipeptidlarni ishlab chiqarish uchun 1987 yil 568 mln. dollor; 1995 yil 1.117 mln. dollor ajratgan bo’lsa 2000 yilda bu raqam 100 mlrd. dollorni tashkil etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |