Biotexnologiya asoslari



Download 1,37 Mb.
bet24/67
Sana28.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#587159
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   67
Bog'liq
kerekli kitob dissertasiyy uchun-конвертирован

Anzamisinlar - bunga kiruvchi antibiotiklarni aktinomisetlar, nokardiyalar, ayrim tur yuksak o’simliklar sintezlaydi. Bu guruh antibiotiklar o’zining nomini molekulasining xarakterli tuzilishidan olgan. Guruhdagi birikmalar aromatik yadroga u bilan bog’langan makrosiklik alifatik bog’ga ega, uni anza-bog’ deb aytiladi (anda - lotinchada qalam degani). SHuni aytib o’tish kerakki, anzamisinlarning makrolid antibiotiklardan farqi ularni lakton bog’iga ega emasligidir. Anzomisinlar, bakteriyalarga nisbatan ayrim viruslarga va bir qancha eukariotlarga biologik ta’sir ko’rsatadi. Ma’lum tabiiy anzomisinlar ichida quyidagilarni aytish mumkin: streptovarisinlar (Str.spectobilis kulturasi hosil qiladi), rafomisinlar (Nocordia mediterranea, Micromonospora ning ayrim turlari hosil qiladi); galamisinlar, Micromonospora halaphytica da kuzatilgan, maytanzinoidlar Nocordia va ayrim o’simliklar sintezlaydi; naftomisin Str.collinus sintezlaydi; geldanomisin Str.hudroscopicus hayot faoliyatidagi maxsulot va boshqalar.
Eng katta amaliy qiziqishga ega rafamisinlardir, bular juda katta guruhni tashkil qiladi (mingga yaqin), tabiiy va yarim sintetik preparatlardir. Bu anzamisinlar ichida rafamisin SV
(riftosin); rifomisin va rifomid keng spektr ta’sirga ega antibiotiklardir, bular tibbiyotda keng qo’llaniladi.
Rifampisin klinikada o’pka siliga qarshi qimmatli preparat sifatida qo’llaniladi. Bu antibiotik bakteriya DNK siga bog’liq bo’lgan RNK-polimerazani sintezini to’xtatadi.
Aktinomisetlar sintez qiladigan antibiotiklarga muhim amaliy ahamiyatga ega bo’lgan novobiosinni albatta aytib o’tish lozim bo’ladi. Bu antibiotik Str.gpheroides kulturasidan olingan. U grammusbat va ayrim grammanfiy bakteriyalarni o’sishini to’xtatadi. Antibiotikni muhim xususiyati penisillinga, streptomisinga, eritromisinga, tetrasiklinga, neomisinga chidamli bakteriyalarni o’ldiradi.
Novobiosin pnevmoniyaning turli xil shakllarini davolashda, enterokokklarga, anginalarga va boshqa yuqumli kasalliklarga qarshi ishlatiladi.


Zamburug’lar sintez qiladigan antibiotiklar

Miselial zamburug’lar nisbatan ko’p miqdorda antibiotik modda hosil qiladi. Eng katta qiziqish uyg’otadiganlari: penisillinlar, sefolosporinlar, grizeofulvin, trixotesin, fumagillin va ayrim boshqa zamburug’larni hayot faoliyatidagi maxsulotlar, tibbiyotshunoslikda va qishloq xo’jaligida keng qo’llaniladi.


Antibiotiklar sintez qiluvchi zamburug’lardan eng ko’p ishlatiladigani Penicillium chrysogeum dir. Bu zamburug’ o’zining hayot faoliyatida penisillinni turli xil shakllarini hosil qiladi. Zamonaviy mikrobiologiya fanining rivojlanib borishi, yuqori faollikka ega bo’lgan zamburug’larning yangi-yangi turlarini topishga imkon yaratdi.


Sanoat sharoitida antibiotiklar olish texnologiyasi

Antibiotiklarni tibbiyotda, qishloq xo’jaligida va xalq xo’jaligining boshqa sohalarida keng qo’llanilishi, bu biologik faol moddalarni katta hajmda ishlab chiqarish vazifasini qo’ydi. Bu ulkan vazifa katta quvvatga ega bo’lgan antibiotika sanoatini yaratish orqali echildi.


Antibiotikani sanoat asosida ishlab chiqarishda bir qancha ketma-ket bosqichlar yotadi:

    • yuqori maxsuldor shtamm-produsent yaratish,

    • antibiotik hosil qiluvchi shtammni eng ko’p miqdorda maxsulot chiqarishi uchun mo’tadil sharoit yaratish,

    • antibiotikni ajratish va tozalashni muvofiqlashtirilgan usulini tanlash va amaliyotga qo’llash,

    • tayyor preparatni yaratish va uning sifatini nazorat qilish.

Har bitta bosqich maxsus mutaxassis bilan ta’minlanishi kerak (genetik, mikrobiolog, texnolog va boshqalar).


Antibiotika sanoati hozirgi vaqtda katta quvvatga ega bo’lgan yaxshi taraqqiy qilgan soha bo’lib farmasevtika sanoati Davlat aksionerlik konserniga qaraydi. Ayniqsa u AqSH da, Angliyada, YAponiyada, Fransiyada, Italiyada keng taraqqiy etgan. Masalan AqSH da har yili 100 millionlab dollarga sotiladigan miqdorda antibiotiklar ishlab chiqariladi.
Antibiotiklarni sanoat usulida tayyorlash - murakkab, ko’p bosqichli bo’lib, bir qancha texnologik ketma-ketlikni o’z ichiga oladi:

      • Antibiotikani sintezlaydigan kultura-shtammni o’stirish uchun muhit tayyorlash va ekish uchun etarli maxsulot tayyorlash;

      • Antibiotikani biosinteziga mo’tadil sharoit yaratish;

      • Kultural suyuqlikga birlamchi ishlov berish;

      • Antibiotik moddalarni ajratish va uni tozalash;

      • Tayyor maxsulotni ajratish, tozalash va dori shaklida sotishga tayyorlash.



Antibiotiklarni qo’llash

Antibiotik moddalar xalq xo’jaligining turli xil sohalarida hamda ilmiy tadqiqot laboratoriyalarida ishlatiladi. Ular tibbiyotda, qishloq xo’jaligida, oziq-ovqat va konserva sanoatida ishlatiladi, biologik tadqiqotlarda esa maxsus ingibitor sifatida qo’llaniladi.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish