Biotexnologiya asoslari


Kallus to’qimasi morfogenetik reaksiyasi



Download 1,37 Mb.
bet18/67
Sana28.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#587159
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   67
Bog'liq
kerekli kitob dissertasiyy uchun-конвертирован

Kallus to’qimasi morfogenetik reaksiyasi:
A - proliferiruyuhiy kallus;
B - adventivno’y pochek;
V - ildiz (rizogenez) hosil bo’lishi.

Shuni ham alohida ta’kid lozimki, kallusli to’qimalar kulturasidan hosil bo’lgan ildizdan hech qachon butun o’simlik hosil bo’lmaydi, poyali organogenezda esa dastlab novda hosil bo’ladi va uni ko’proq auksin saqlagan ozuqa muhitlariga ko’chirib o’tkazilgandan keyin, o’zidan ildiz chiqaradi va butun o’simlik hosil qiladi.


F.Skug va E.Miller, 1957 yilda auksin va sitokinin tipidagi fitogarmonlarni balansidagi farq, bir tomondan hujayrani tabaqasizlangan va tashkil bo’lmagan proiferasiyaga, ikkinchi tomondan esa, u yoki bu tipdagi morfogenezni ikkilamchi tabaqalanishini kuchayishiga olib kelishini ta’kidlab o’tgan edilar. Demak, auksinlar va sitokininlar, ularni bir-birlariga nisbatiga qarab, yoki tabaqasizlanishi va kallusli rivojlanishga o’tish yoki tabaqalanish va kallusli to’qimalar morfogenezini chaqirishi nafaqat o’sishni boshqarish balki differensirovkani boshqarishga olib keladi. SHunday qilib, oziqa muhiti tarkibida:


Auksin  sitokinin  ildiz  kallusli to’qima

Sitokinin auksin poya novda ildiz o’simlik

Agar organogenzni auksin yoki sitokininlar yordamida kuchaytirish mumkin bo’lsa, somatik embriogenez- ekzogen fitogarmonlarga umuman bog’liq emas. Odatda embriogen zonalar kallusli to’qimalarda, kallus hosil qilish uchun ishlatilgan ozuqa muhitida paydo bo’ladi. Kallusli to’qimalarda somatik kurtaklarni rivojlanishi, ozuqa muhitidan tabaqasizlantiruvchi faktor (2,4–D yoki boshqa auksinlar) olib tashlangandagina boshlanadi. O’sayotgan kurtak ekzogen gormonlarga muhtojlik sezmaydi, chunki uni o’zi gormon sintez qilish imkoniyatiga ega va o’zini–o’zi gormon bilan ta’minlay oladi.


Somatik embriogenezni gormonga muhtojsizligi, Xaberlandt fikriga, keyinroq esa Stevard tomonidan ilgari surilgan «hujayrani ajratish jarayonini o’zi, ulardagi totipotentlikni namoyon bo’lishini kuchaytiradi, ya’ni morfogenezga o’tkazadi» degan fikriga argument bo’lib xizmat qiladi.
SHunday qilib, morfogenez uchun asosiy stimul bo’lib, oziqa muhit tarkibidagi gormonlarni bir-biriga nisbati va o’simlik hujayrasini organizmdan ajratib olish xizmat qiladi. Kallusli to’qimalar kulturasida morfogenezida qo’shimcha stimul bo’lib, ozuqa muhiti tarkibiga qo’shilgan kumush nitrat, ammoniy nitrat, ba’zi-bir aminokislotalar (proin, tirozin,ba’zida serin), poliaminlar (putressin va spermidin) xizmat qiladilar.
Ba’zi bir holatlarda morfogenez jarayonini manniy va sorbiy ham kuchaytiradi. NO3 ionlari kallus to’qimalarda hosil bo’lgan tartibli strukturalarni rivojlanishi va ta’sir ko’rsatadi, ularni induksiyasini esa NH4 ioni kuchaytiradi. Gibberel kislotasi poyani o’sishini kuchaytirsa, abssiz kislotasi somatik kurtaklarni differensiyasini kuchaytiradi.
SHunisi qiziqarliki, yuqorida keltirilgan moddalardan ba’zilari, masalan kumush nitrati eski ko’chatlarni regenerasiya xususiyatini uzaytiradi.
Morfogenezni kuchaytiruvchi u yoki bu ta’sir oqibatida kallusli hujayra deterinasiya holatiga o’tishi kerak bo’lsada, ularni 400-1000 dan bittasi regenerasiya yo’liga o’tadilar xolos. Demak, morfogenezga o’tish uchun induktorni bo’lishi etarli emas, balki hujayra unga javob berishga
tayyor bo’lishi kerak. Morfogenezni stimulini qabul qilish qobiliyati hujayrani kompentligi deb ataladi. Olimlarni fikriga hujayrani kompetentligi tasadduf voqeylik, shuning uchun ham juda kam uchraydi. SHu munosabati bilan o’zini kompetentsizligi tufayli morfogenez stimulini qabul qolaolmaydigan kallusli hujayralar hayoti to’g’risida savol tug’ilishi muqarrar.
Ko’chatlarda bu hujayralar bo’linishda davom etadi va ko’proq gormonga muhtojsizlik yo’liga o’tib oladi. Ammo, kallus to’qimalarni hammasi ham o’zini rivojlanishini gormonga muhtojsizlik bilan tugatmaydi.
Morfogenezni yangi markerlarini izlab topish ishlari davom etmoqda. Meristematik uchoq hujayralari va embrioidli strukturalar hosil bo’lishiga bosh bo’ladigan hujayralar kallusli hujayralardan RNK va DNK sintezini kuchligi bilan farq qiladi. Bu esa oqsil almashinuvini o’ziga xosligi bilan bog’liq. Oqsil almashinuvini o’zgarishi, tabaqasizlangan hujayralarda o’tadigan jarayonlarga o’xshash bo’lsada, ularni nihoyasi har xil. R.G.Butenkoning fikricha, reaksiyani spesifikasi (o’ziga xosligi), makromolekulalarni sintezini umuman kuchayishi bilan emas (bu proliferasiyani kuchaytirish uchun zarur), balki mana shu umumiy fonda sodir bo’layotgan noyob sintezlar va boshqaruvchi tipga ega bo’lgan oqsillarni paydo bo’lishini shart qilib qo’yishi bilan bog’liq.
Kallusli kulturalar to’qimalarini morfogenezga o’tishi, nafas olish metabolizmini o’zgarishi bilan olib boriladi. Umuman nafas olish (SO2 bo’yicha) kuchayadi, ammo uni xarakteri pentozofosfat yo’lini kuchayishi tomon o’zgaradi. Nafas olish fermentlarini faolligi oshadi.
Biokimyoviy o’zgarishdan keyin, hujayrani strukturasida reorganizasiya (qayta buzulish) boshlanadi. Hujayrani biokimyoviy o’zgarishi uni tuzilishini o’zgarishidan oldin turadi. Morfogenez yo’liga kirgan hujayralarda ribosomalar, mitoxondriyalar soni ko’payadi, ularni ichki tuzilishi o’zgaradi. Kallusli hujayralarda morfogenez jarayoni sinxronsiz o’tadi va uzoq davom etadi. Bir vaqtda kallusli to’qimalarda to’liq tuzilgan strukturalar hamda endigina bu yo’lga kirmoqchi bo’lgan hujayralarni ham kuzatish mumkin.
Meristematik uchoqni hujayralarini vaglobulyar proembrioni sintetik faolligini oshishi, ularni ozuqa muhitidagi moddalar intiladigan attragir (ozuqa muhitini fitogormonlar miqdori ko’proq bo’lgan organga yo’llantiruvchi) markazga aylantirib qo’yadi. Bunday holatda atrofdagi kallusli hujayralar emirilib, hosil bo’lgan embrioidlar kallusli hujayralar massasidan oson tushib ketadi.
Kallusli hujayralar bir-biri bilan plpzmodesmalar orqali bog’lanmaydi. Murtaksimon tuzilmalar yoki meristematik o’choq paydo bo’lganda, hujayralar oralig’ida qaytadan plazmodesmalar yordamida bog’lar paydo bo’ladi.
Morfogenezda o’tadigan va kallusli hujayralardan o’simlik paydo bo’lishi bilan tugaydigan barcha o’zgarishlar maxsus genlar orqali boshqarib (nazorat qilib) turiladi. Hozirgi vaqtda bir guruh olimlar – morfogenezni belgisi poligenli bo’lib, bir necha xromosomalar bilan nazorat qilib turiladi, deb hisoblasalar, boshqalari- bu belgi ikkita yadro geni bilan aniqlanadi, degan fikrga kelishgan. Kallusli hujayralarni morfo-genetik faolligi genetik tabiatga ega ekanligini o’zi, nima uchun ba’zi-bir hollarda kallusli to’qimalardan u yoki bu genotiplarni regenerasiyasini olish mumkin emasligini tushuntirib beradi. In vitro sharoitida morfogenetik faol genotiplarni chatishtirish – regenerasion imkoniyatlarni (qobiliyatlarni) oshishiga olib kelishi mumkin.


      1. O’SIMLIKLARNI KLONAL MIKROKO’PAYTIRISH

Urug’li o’simliklar ikki xil yo’l bilan: urug’dan va vegetativ yo’l bilan ko’payadi. Bu ikkala yo’lni ustivorligi ham kamchiligi ham bor. Urug’dan ko’payishning kamchiligiga eng avvalo, olingan ko’chatlarni genetik xilma-xilligi va yuvenil (urug’dan chiqqan maysadan yoki vegetativ kurtakdan reproduktiv organlar hosil qilish) davrining uzunligini ko’rsatish mumkin.


Vegetativ ko’payishda ona o’simlikni genotipi saqlanib qoladi va yuvenil davr qisqaroq bo’ladi. Ammo ko’pchilik turlar (eng avvalo yog’och hosil qiladiganlar) uchun vegetativ ko’payish muammosi oxirigacha o’z echimini topgani yo’q. Bunga asosiy sabablar quyidagilar:

    • Birinchidan, ko’pchilik turlar (navlar) hattoki, yuvenil bosqichda ham vegetativ usulda kerakli samara bilan ko’payavermaydi (eman, tilog’och, yong’oqdoshlar va boshqalar);


    • Download 1,37 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish