qo’llanmoqda. U spesefik turga ega bo’ladi va shuning uchun medisinada hayvon samototropini
qo’llaniladi.
Uchinchi guruh: glikozillangan gormonlardan tashkil topgan bo’lib, ikkita subedinisadan
iborat. Bu guruh: follikulstimulyator, lyutsonizirlovchi va tireotropinli gormonlar kiradi.
Bular hammasi glikozillangan bo’lgani holda bakteriya hujayrasida to’liq holda
sintezlanmaydi. To’liq sintezlansa gormonlar olish uchun ularning genlari achitqilarga (achitqi hosil
qilgan glkozillangan gormonlar odamga gormonlariga mos keladi) yoki to’qima hujayralariga
o’tqaziladi. Gen muhandisligi usullari yordamida aurikulin garmoni ishlab chiqiladigan
rekombinant mikroorganizmlar yaratilgan. U organizmda qon aylanishi bosimi, organizmdan tuz va
suvlar ajralish regulyasiyasi, yurak to’qimalari sintezida asosiy rol o’ynaydi.
Renin hosil qiluvchi gen markaziy zveno bo’lib, renin– antigiotezin–aldosterol va qon
bosimining oshishini ta’minlaydi.
Garmonlar maxsus hujayralarda ishlab chiqarilib qon orqali butun organizmga tarqatiladi va
xilma xil hujayra - nishonlarga ta’sir etib ularda o’tadigan ma’lum hayotiy zarur jarayonlarni
boshqarishda faol ishtirok etadilar.
Ko’pincha qanday sharoitda garmonlardan foydalaniladi?:
1.
Avloddan-avlodga o’tadigan ba’zi-bir nuqsonlarni (qand kasalligi, past bo’ylik, jinsiy sustlik
va x.q.) to’ldirish uchun yoki hayot davomida kelib chiqadigan kasalliklarni davolash uchun.
2.
Garmonlar tomonidan boshqarilib turiladigan jarayonlarni yanada jadallashtirish uchun
(ko’p nasllilikni jadallashtirish va x.k.).
Garmonlardan tibbiyotda yanada kengroq foydalanishga eng avvalo ularning kamligi to’g’on
bo’lib turibdi. O’tgan asrning 80-yillarigacha garmonlar manbai bo’lib, inson va hayvon to’qimalari
va organlari hamda donorlarning qonlari xizmat qilgan.
Ammo, keyingi yillarda biopreparatlar manbai sifatida inson organlaridan yoki qonidan
foydalanish cheklab qo’yildi. Bunga asosiy sabab insonlar orasida keng tarqalib ketadigan xilma-xil
virus kasalliklarini, ayniqsa OITS (SPID) ni tarqalishidan xadiksirashdir.
Hayvonlardan olinadigan oqsil tabiatli garmonlar inson oqsillaridan immunologik farq qiladi
va shu sababli insonlarda har xil allergik reaksiyalar chiqishiga sabab bo’ladi. Bunday
reaksiyalarning kuchi garmon tabiatiga hamda uni qabul qiluvchi kasallarni tabiati bilan uzviy
bog’liqdir.
SHunga qaramasdan hozirgi vaqtgacha ham ko’pchilik kasalliklarni oldini olish yoki davolash
uchun hayvon garmonlaridan foydalanib kelinmoqda.
Gen muxandisligi davriga kelgan biotexnologiya fani inson va hayvonlardan an’naviy usulda
olinib kelinadigan garmonlar va boshqa preparatlarni sanoat miqyosida ishlab chiqarish
mumkinligini butun dunyoga namoyish qildi. SHu tufayli ham, hozirgi vaqtda ko’plab hayotiy zarur
biopreparatlar gen muxandisligi usullaridan foydalanib yaratilgan mikroorganizmlar yordamida
ishlab chiqarilmoqda. Mana shunday preparatlardan eng muhimlarini ko’rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: