hujayra va to’qimalarni sun’iy sharoitda o’stirish texnologiyasi; genetik muxandislikning
o’simliklar seleksiyasida qo’llanilishi; gen muxandisligiga asoslangan biotexnologiyaning
agrar sanoatdagi ilmiy-texnik taraqqiyotni tezlashtirishdagi roli; gibridomalar olish
texnologiyasi va uning qishloq xo’jaligida va chorvachilikda qo’llanilishi hamda genetik
muxandislikning istiqbollari haqidagi aniq bilimlarni o’rganishdan iborat.
5.Replikasiya jarayoni DNK-polimeraza I, II, III, DNK-ligaza va revertaza fermentlari
yordamida amalga oshadi. rep-belok yordamida DNK qo’sh zanjiri ajraladi va DNKga
bog’lanadigan oqsil molekulalari yordamida DNKaning ajralgan zanjirlari stabil holatda saqlanib
turiladi. DNK-polimeraza III fermenti DNK ning 3' uchidan 5' uchigacha DNKning bitta
zanjirini to’la sintez qilish qobiliyatiga ega. DNK sintezi faqat DNK ning 3' uchidan 5' uchiga
qarab borishi tufayli DNK ning ikkinchi zanjiri praymaza, DNK-polimeraza I va DNK-ligaza
fermentlari yordamida amalga oshadi.
6.Ajratib olingan hujayralar va to’qimalarni o’stirish uchun mo’ljallangan ozuqa muhitlari,
o’simliklarni yaxshi o’sishi uchun kerak bo’lgan barcha makroelementlar (azot, fosfor, kaliy,
kalsiy, magniy, oltingugurt va boshqalar) va mikroelementlar (bor, marganes, rux, mis, molibden
va boshqalar) hamda vitaminlar, uglevodlar, fitogormonlar yoki ularni sintetik analoglarini
saqlashi kerak. Ba’zi ozuqa muhitlari aminokislotalar, kazsin gidrolizoti, EDTA
(etilendiamintetrasirka kislota) yoki uni natriyli tuzi (bu tuz temirni hujayra kirishiga yordam
beradi) va boshqa kerakli moddalar saqlaydi.
7.O’simliklardan ajratib olingan hujayralar va to’qimalarni yaxshi o’stirish uchun,
o’stirishni ma’lum shartlariga roiya qilish kera. Ko’pchilik kallus to’qimalari yorug’likga
ehtiyoji yo’q, chunki ularni xloroplastlari bo’lmasdan, geterotorf oziqlanadilr. Ba’zi – bir yashil
rangdagi kallus to’qimalar bundan mustasno. Ba’zi bir holatlarda kallus to’qimalar avtotrof
oziqlanishiga qobiliyatli emas, bularni doimiy yorug’lik sharoitida o’stiriladi, bu esa
muvoffaqiyatli morfogenez uchun majburiy sharoitdir ko’proq kallus to’qimalar qorong’ilikka
olinadi.
8.O’simliklarni «moslashgan» va shish to’qimalrini umumiy xususiyati ularni gormonga
ehtiyojsizligidir, boshqacha aytganda har ikkala to’qima ham gormon saqlamagan muhitda o’sa
oladilar. Bu xususiyat ularning kalluli to’qimalardan farqli tomonidir. Ma’lumki, kallusli
to’qimlarni tabaqalashmaganligi va proleferasiyasi uchun ozuqa muhiti tarkibida gormon
saqlashi shart.
9.1977 yilda CHilton o’zini shogirdlari bilan koronchato’y gallni shishlari
agrobakteriyalarni Ti plazmidasini ma’lum qismini o’simlikni yadro DNK siga kiritish natijasida
paydo bo’lishini isbotladilar.
10. F.Skug va E.Miller, 1957 yilda auksin va sitokinin tipidagi fitogarmonlarni balansidagi
farq, bir tomondan hujayrani tabaqasizlangan va tashkil bo’lmagan proiferasiyaga, ikkinchi
tomondan esa, u yoki bu tipdagi morfogenezni ikkilamchi tabaqalanishini kuchayishiga olib
kelishini ta’kidlab o’tgan edilar.
11. Antibiotiklar - mikroorganizmlar sintez qiluvchi eng yirik sinov farmasevtik preparatlar
hisoblanadi. Ulardan ba’zi-birlari qishloq xo’jaligida xilma-xil zararkunandalarga qarshi
(masalan, polioksin, baridamisin, kosgalisin va x.k.) ishlatilsa, boshqalari tibbiyotda (penisillin,
tetrasiklin, sefolasporin S va x.k.) keng qo’llaniladi.
12.Antibiotiklarni (antibiotik moddalar) turli xil guruh organizmlar (bakteriyalar,
zamburug’lar, yuqori o’simliklar, hayvonlar) ishlab chiqaradilar. Birinchi antibiotikaning
ochilish tarixi SHotlandiya mikrobiologi A. Fleminga (1881-1955) nomi bilan bog’liq.
13.
Gormonlar:
Gormonlar xususiyati o’zidan uncha katta bo’lmagan peptid molekulalari
va oqsil molekulalarini nomoyon qiladi. Gormonlar molekulasi tuzilishi va hajmiga (kattaligiga)
bog’liq holda uch guruhga bo’linadi
14.
Do'stlaringiz bilan baham: