VI-bosqich (1960 – 1975 yillar).
Bu davrni eng muhim voqeasi Nottingen universiteti
professori E.K.Kokking tomonidan fermentativ yo’l bilan pomidorini ildizi va mevasidan
protoplastlar olinishi va ularni nazorat qilinib turilgan sharoitda o’stirilganligi bo’lgan.
Keyinroq shu laboratoriyada Pauer o’zini shogirdlari bilan protoplastlarni sun’iy qo’shilish
sharoitlarini yaratishgan. Bu esa, somotik gibridlar yaratishda yangi yo’l bo’lib xizmat
qilgan. O’sha davrda yaratilgan yana bir usul – bu o’simliklarni in vitro sharoitida meristin
kulturalar ishlatib mikro ko’paytirishdir. Dastlab bu usul fransuz olimi J.Morel tomonidan
orxidey o’simligini sog’lom ko’chatini olish maqsadida yaratilgan.
¾
Do'stlaringiz bilan baham: |