Tabiiy resurslar va ularning tasnifi.
Inson jamiyatining tabiatga ta’siri, asosan, insonning tabiiy resurslarga bo’lgan extiyojini kondirilishiga qaratilgan. Jamiyat hayotini tabiiy resurslarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Insonning hayoti, xo’jalik faoliyati uchun zarur bo’lgan barcha tabiiy jismlar, xodisalar va jarayonlar tabiiy resurslar deb tushiniladi. Tabiiy resurslar real va potensial tabiiy resurslarga ajratiladi. Jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichida inson tomonidan foydalaniladigan barcha resurslar real tabiiy resurslar deydi. Potensial tabiiy resurslar deganda tabiatda mavjud, lekin jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichida ayrim sabablarga kura inson tomonidan foydalanilmaydigan resurslar tushuniladi. Masalan, dengiz va okean suvlari tozalash texnik vositalarining mukammal emasligi natijasida ichimlik suvi sifatida foydalanilmaydi.
Tabiiy resurslar inson ta’siri nuqtai nazaridan 2 guruhga ajratiladi:
1.Tugaydigan.
2. Tugamaydigan tabiiy resurslar.
Tugaydigan tabiiy resurslar o’z navbatida 2 guruhga ajratiladi:
a) tiklamaydigan tabiiy resurslar (foydali qazilmalar);
b) tiklanadigan tabiiy resurslar (o’simlik va hayvonot dunyosi, qisman tuproq).
Tugamaydigan tabiiy resurslarga suv resurslari, iqlim resurslari (atmosfera, shamol energiyasi va h.o.) va kosmik resurslar (quyosh radiasiyasi) kiradi. Bu resurslardan foydalanish ularning kamayishiga olib kelmaydi. Lekin bu resurslarga inson ta’sirining olib borishi ular holatining o’zgarishga olib kelishi mumkin. Masalan, suv resurslarining ifloslanishi, atmosfera tarkibining o’zgarishi va h.o.
Foydalanilgan adabiyotlar:
I.A. Karimov “Ozbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari” Toshkent 1995 yil
I.A. Karimov “O`zbekiston XXI-asr bo`sag`asida havfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolotlari!” Toshkent “O`qituvchi” 1997 yil
I.A. Karimov “O`z kelajagimizni o`z qo`limiz bilan qurmoqdamiz” Toshkent “O`qituvchi” 1999 yil
I.A. Karimov “Ijtimoiy ishlarimizni oxirigacha yetkazaylik” Toshkent “O`qituvchi” 1994 yil
I.A. Karimov “Yuksak malakali mutaxassislar taraqqiyot omili” Toshkent “O`qituvchi” 1995 yil
I.A. Karimov “O`zbekiston mustaqil taraqqiyot yo`lida” Toshkent “O`zbekiston” 1991 yil
I.A. Karimov “Hushyorlikka dav`at” Toshkent “O`qituvchi” 1999 yil
Yu. Shodimetov “Ijtimoiy ekologiyaga kirish” Toshkent 1994 yil
Vernadskiy “Biosfera” Moskva 1967 yil
G.A.Novikov “Osnova obshey ekologii i oxrana prirodi”.
A.Xo`jaxonov “Atrof muhitni muhofaza qiling” Toshkent “Ibn Sino” 1985 yil
P. Baratov “Yer bo`limi va o`lkashunoslik” Toshkent “O`qituvchi” 1990 yil
www.ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |