B) Okean biomassasi. Suv biosferaning muhim tarkibiy qismlaridan bo’lib, tirik organizmlarning yashashi uchun eng zarur omillardan biri hisoblanadi. Suvning asosiy qismi okean, dengizlar bo’lib, ularning tarkibida 60 ga yaqin kimyoviy elementlar va tuzlar bo’ladi. Organizmlar hayoti uchun zarur bo’lgan kislorod va karbonat angidridi suvda yaxshi eriydi. Suvdagi hayvonlar nafas olish jarayonida CO2 ajratadi. O’simliklar fotosintez natijasida suv kislorod bilan boyiydi. Okean suvlarining 100 metrgacha bo’lgan yuqori qatlamida bir hujayrali suv o’tlari juda ko’p bo’lib, ular mikroplanktonni (yunoncha "planktos"- sayyor, ko’chib yuruvchi degan so’zdan olingan) hosil qiladi. Sayyoramizdagi fotosintez jarayoninig 30 % ga yaqini suvda kechadi. Suv o’tlari quyosh energiyasini qabul qilib uni kimyoviy reaktsiyalar energiyasiga aylantiradi. Suvda yashaydigan hayvonlarning asosiy oziqasi planktonlardir. Suvning tubiga yopishib hayot kechiruvchi organizmlar bentos deb ataladi (yunoncha "bentos" - chuqurdagi degan so’zdan olingan). Okeanning tubida juda ko’p bakteriyalar mavjud bo’lib ular organik moddalarni anorganik moddalarga aylantiradi. Gidrosfera ham biosferaga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Gidrosfera sayyorada issiqlik va namlikning taqsimlanishida moddalar aylanishida muhim rol o’ynaydi.
Inson Yer yuzasidagi hayot rivojlanishi (biogenez)ning navbatdagi bosqichi bo’lib, eng kuchli tabiiy omildir. U nafaqat Yer sayyorasi, balki Koinotni o’zgartirishga ham qodir. Hozirda biosferani noosfera (“fikrlovchi qobiq”)ga aylanishi kuzatilmoqda. V.I.Vyernadskiyning fikricha noosfera biosferaning qonuniy rivojlanishi natijasi bo’lib, inson bilan tabiatni o’zaro ongli aloqa munosabatlaridan iboratdir.
2. Biosferada g e o l o g i k moddalar a y l a n i sh i g a 50% ga yaqin, biologikka esa 0,1-0,2% Quyosh energiyasi sarflanadi. Biologik aylanishga juda kam energiya ketsa ham biosferadagi bu jarayonda birlamchi mahsulot yaratiladi.
Biosferada kimyoviy elementlar doim sirkulyatsiya qilib, tashqi muhitdan organizmga, undan esa yana tashqi muhitga o’tib turadi. Bu holatni b i o re o k i m yo v i y ts i k l deb aytiladi. Bunda O2, S02, N20, azot, fosfor, oltingugurt va boshqa elementlar aylanib turadi. Biogeoximik tsiklda moddalar migratsiyasini S02 misolida kuzatish mumkin, jumladan, o’simlik -> S02 ni fotosintezda o’zlashtiradi, S02 va suvdan “ uglevod, organik modda hosil bo’ladi va 02 ajralib chiqadi “ hosil bo’lgan uglevodni hayvonlar o’zlashtiradi -> ular nafas olganda S02 ajralib chiqadi.
O’lgan o’simlik va hayvonlar er usti yoki er ostida mikroorganizmlar yordamida chiriydi. Buning natijasida o’lik organik moddalarning uglerodi S02 gacha oksidlanadi va S02 atmosferaga chiqadi.
Atmosferadagi kislorod fotosintez hisobiga to’planadi. Uning to’planishiga ikkinchi manba suv molekulasidir. O’simliklar tomonidan ajratilgan O2 ning molekulalar soni S02 ning molekulalar soniga proportsionaldir. O’simliklarning nafas olishida ajralgan O2 o’z navbatida uglerodning oksidlanishida foydalanadi va geterotrof organizmlarning nafas olishiga ishlatiladi, ma’lum qismi atmosferada qoladi. Atmosferadagi erkin 02 ning fondi 1,6 • 1015 g bo’lib, yashil o’simliklar uni 10 000 yilda yaratadi. Har bir kimyoviy element katta va kichik tsikllarda o’ziga xos tezlik bilan migratsiya qiladi. Jumladan, atmosferadagi jami O2 tirik moddalar tanasidan 2 ming yilda o’tsa, S02 - 300 yilda o’tadi. Boshqa elementlar esa tezroq o’tadi.
Tirik organizmlar o’z tanalarida ma’lum miqdorda tashqi muhitdan o’tgan moddalarni to’playdi. Masalan, suvo’tlar 10% gacha magniy, braxopodlar chanog’ida 20% gacha fosfor, oltingugurt, bakteriyalarda 10% gacha oltingugurt, boshqa bakteriyalarda temir to’planadi. Ko’pchilik organizmlar kaltsiy, kremniy, natriy, yod kabi elementlarni to’playdi. Tirik moddalar biosferadagi katta va kichik moddalar aylanish jarayonida atomlar migratsiyasida aktiv qatnashadi.
Tirik organizmlar tanalarida atomlar har qanday kichik biologik aylanishda ko’p martalab qatnashadi va tashqi muhitga chiqadi, u erdan organizmlar yana o’zlashtiradi va hokazo. Biologik aylanish tubandagi belgilar bilan xarakterlanadi, ya’ni; 1) biologik aylanishning hajmi, bu ma’lum ekosistemadagi tirik organizmlar tanasidagi kimyoviy moddalarning miqdori bilan; 2) biologik aylanishning tezligi - ma’lum vaqtda hosil bo’lgan va chirigan moddaning miqdori orqali ifodalanadi.
Biologik moddalar aylanish tezligi quruklikda yillar, o’n yillar, suvda esa bir necha kun, haftaga tengdir. Lekin kislorodsiz oltingugurtvodorodli botqoqliklarda ming-ming yillardan ham ortiqdir. Biosferada ayrim elementlarning hamma tsikllari bir-birlari bilan juda muhim bog’langan.
Biosferaning turg’unligi. Biosfera katta va murakkab ekosistema bo’lib, uning qismlari va undagi jarayonlar orqali ishlaydi va boshqariladi.
Biosferaning turg’unligi, undagi tirik organizmlarning xilma-xilligiga asoslangan. Uning ayrim guruhlari turli funktsiyalarning, moddalarning umumiy oqimini va energiya taqsimlanishini bajaradi. Bu xususiyatlar biogen va abiogen jarayonlarning hamjihatligidan kelib chiqadi. Biosferada murakkab orqaga qaytar va bir-biriga bog’liq sistemalar harakat qiladi.
Bundan 600 mln. yil avval Kembriy davridan boshlab Er yuzida hosil bo’lgan asosiy modda almashishlar keyingi yillarda o’zgargan emas. Jumladan, fundamental, geoximik jaraenlarda kaltsiy, kremniy qatlamlarining hosil bo’lishi, temir va marganets rudalari, mineral sulfatlar va fosforning to’planishi kabi turli tezlikdagi jarayonlar bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |