Dorivor resurslar. O`simliklarning nam saqlashdagi, tuproq eroziyasiga qarshi kurashdagi, planeta iqlimini toza saqlashdagi roli va madaniy, estetik ahamiyati.
O'zbekistonda dorivor o'simliklar juda ko'p bo'lib, eng muhimlari shalfey, etmak, ermon, itjumrut, gazanda, suvqalampir, qoqi o't, momaqaymoq, na'matak, itburun, bangidevona, rovach, yantoq, zira va boshqalar. Shuningdek O'zbekistonda yovvoyi holda o'suvchi foydali o'simliklardan pista, bodom, do'lana, olcha, yong'oq, shashir, tog'asiz, qamish kabilar ko'plab o'sadi.
O'simliklarning, xususan o'rmonlar maydonining qisqarishi va holatini yomonlashuvi kishilik jamiyatining rivojlanishi bilan bog'liqdir. Ibtidoiy jamiyatda kishilar o'zi uchun zarur bo'lgan narsalarning bir qismini o'simliklardan olib, uning qisman bo'lsa-da, o'zgarishiga sababchi bo'lgan. Feodalizm va kapitalistik davrlarda Yer sharidagi o'rmolar shafqatsizlarcha kesildi, undan yoqilg'i
sifatida, qurilishda va kema ishlashda keng ko'lamda foydalanishi tufayli uning maydoni keskin qisqardi. Ayniqsa Yer sharining aholi zich yashaydigan joylarida o'rmonlarning 2/3 qismi yo'q qilindi. Natijada 500 mln. ga erdagi o'rmonlar maydoni qisqarib, dasht biyobonga aylantirildi.
O'rmonlar ayniqsa aholi zich, kesish va tashish qulay bo'lgan joylarda va daryo vodiylarida ko'plab kesilgan. Chunki ularni suvda oqizish oson bo'lib, tashish arzonga tushgan. Bunga Oka daryosini misol qilib ko'rsatish etarlidir. Agar Okaning yuqori oqimida XVIII asrda o'rmon bilan qoplanganlik darajsi 15,8%, XIX asrda kelganda uning miqdori 3,6% tushib qolgan.
O'rmonlarni rejasiz, tartibsiz kesilishi o'z navbatida tabiatdagi muvozanatni buzilishiga sabab bo'ldi va insonnig xo'jalik faoliyati uchun qo'yidagi salbiy oqibatlarning vujudga kelish jarayonini tezlatirdi: tuproq eroziyasi tezlashdi, daryo va ko'llarning rejimi o'zgarib, suvi kamaya boshladi, suv toshqinlari, sel tez-tez bo'ladigan bo'lib qoldi, mikroiqlimga ta'sir etdi, cho'llarda ko'chma qumlar maydoni kengaydi va hokazo.
Tog'li rayonlarda suvning toshishiga, selga qarshi kurashda o'rmonlarning ahamiyati juda katta. Chunki o'rmonlar tog' yon bag'riga yoqqan yog'ining 90%ini ushlab qolsa, aksincha o'rmon yonbag'irlarida yog'inning 90%i oqimga aylanib selni vujudga keltiradi. Shu sabali Yer sharidagi qaysi tog'li joylarda o'rmonlar betartib kesilgan bo'lsa, o'sha erlarda tez-tez xavfli suv toshqinlari va sel bo'lib turadi.
O'rmonlar sayyoramiz havosini tozalab turishda juda katta ahamiyatga ega. Chunki 1 ga o'rmon 18 mln. m3 havoni tozalab turadi. Binobarin, o'rmonli erlardaga havo shahar havosidan 200 marta tozadir. Chunki 1 ga erdagi archa o'rmonlari katta bir shahar havosini tozalb tura oladi. Bulardan tashqari o'rmonlar tabiatni yanada go'zal, shifobaxsh qiladi va u orqali kishiga madaniy- estetik zavq beradi.
O'zbekiston tog'laridagi asosiy o'rmonlar Ugom, Piskom, Chotqol, Hisor, Turkiston, Zarfshon kabi tog' tizmalarida joylashgan.
Kishilar o'zlarining faoliyatida o'simliklardan haddan tashqari ko'p va betartib foydalanishlari oqibatida sayyoramizning o'simlik qoplamida jiddiy, salbiy o'zgarishlar sodir bo'lmoqda, juda qup o'simliklar turlari kamayib, noyob turga aylanib bormoqda. Shu sababli hozirgi kunda Yer sharining yashil boyliklarini muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish, qayta boyitib borish muhim masalaga aylanib qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |