BIOS sozlashlarini oldingi holatiga qaytarish yo’llari
akmx 24.10.2015 BIOS sozlashlarini oldingi holatiga qaytarish yo’llari2015-10-24T08:01:23+00:00BIOS 1 ta fikr
BIOS dasturida har xil sozlashlar mavjud bo‘ladi va bu sozlashlarni bilmasdan o‘zgartirish, kompyuter bilan sodir bo‘ladigan har xil nohushliklarga olib keladi. Shuning uchun, BIOS bilan ishlaganda ehtiyot bo‘ling, agar bilmasdan buzib qo‘ysangiz, darhol BIOS dasturidagi sozlashlarni ishlab chiqarilgan paytdagi sozlashlarga(odatiy sozlashlarga) qaytaring(сброс настроек по умолчанию).
Sozlashlarni odatiy holga qaytarishning quyidagi usullari mavjud.
№ 1 variant.
Kompyuterni o‘chiring va tok manbaidan uzing, undan so‘ng, kompyuter ichini oching va u yerdan BIOS dasturi sozlashlarini odatiy holga qaytaruvchi tugmani bosing. Bu tugma faqat ma’lum bir platalrda mavjud. Natijada, BIOS sozlashlari zavodda chiqarilgan sozlashga qaytariladi.
№ 2 variant.
Agar sizning platangizda bunday tugma bo‘lmasa, navbatdagi usul yordamida BIOS sozlashlarini orqaga qaytaring.
BIOS bir necha kichik dasturlardan iborat bo‘ladi, sozlashlar amalga oshiriladigan dastur BIOS Setup deyiladi. Qachon siz maxsus tugmalar orqali BIOS’ga kirganingizda, siz faqat BIOS sozlashlariga kirgan bo‘lasiz. Bu sozlashlar maxsus mikrosxemada joylashgan bo‘ladi va CMOS deb yuritiladi. Sozlashlarni oldingi holatiga qaytarish uchun, CMOS «перемычка«sini olib, yonidagisiga bir necha sekundga ulaymiz va orqaga qaytaramiz. Shunda BIOS sozlashlari orqaga qaytadi, bu «перемычка» BIOS batareyasi yonida joylashgan bo‘ladi.
№ 3 variant.
Agar yuqoridagi usullar orqali sozlashlarni oldingi holatiga qaytaraolmasangiz, eng sodda usulini taklif qilaman. Bu BIOS batareyasini bir necha soniyaga(30-45 soniya) olib, qaytadan qo‘yishdan iborat. Bu unchalik qiyin emas, faqat batareykani topsangiz bas. Batareyka kottaroq va dumaqloq ko‘rinishga ega va 3V dan iborat. Agar bu batareyka ishdan chiqsa, kompyuterning ba’zi sozlashlari(vaqt, kun) buzilib ketadi va kompyuterni yoqganingizda «CMOS-cherksum error» yoki «Battery Low Lewel» degan xatoliklar chiqadi.
№ 4 variant.
BIOS sozlashlarini oldingi holatiga qaytarishning yana bir usuli bu BIOS’ga kirganda ma’lum bir menyu orqalidir. Bu menyu «Load Fail — Safe Defaults» deb nomlanadi. BIOS turi va versiyasiga qarab har xil joyda joylashgan bo‘lishi mumkin. Odatda BIOS Setup oynasida bo‘ladi.
Hozircha shu, keyingi maqolalardan boshlab BIOS bilan bevosita ishlaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |