22.02.2021
Bioorganik kimyo - Vikipediya
https://uz.wikipedia.org/wiki/Bioorganik_kimyo
1/2
Bioorganik kimyo
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bioorganik kimyo — organik kimyo bilan biol.ning bir qancha sohalaridan tarkib topgan fan. 20-
asrning 2-yarmida vujudga kelib, molekulyar biologiya, biokimyo va biol.ning boshqa tarmoqlari
bilan chambarchas bogʻlangan holda rivojlanmoqsa. Asosan, biopolimerlar (oqsillar va peptidlar,
nuklein kislotalar va nukletoidlar, lipidlar, polisaharidlar va boshqalar) hamda bioregulyatorlar
(fermentlar, vitaminlar, gormonlar, jumladan fitogormonlar, shuningdek sintez yoʻli bilan
tayyorlangan biologik faol birikmalar, mas, dori preparatlar, oʻstiruvchi moddalar,
insektofungitsidlar, gerbitsidlar va h. k.ni tadqiq qiladi, ularni kimyoviy jihatdan toza holda sintez
qiladi, tuzilishini aniqlaydi, bu moddalarning tuzilishi bilan biologik xossalari oʻrtasidagi
bogʻlanishni ochib beradi, biopolimerlar, shuningdek tabiiy va sintetik bioregulyatorlar biologik
taʼsirining kimyoviy tomonlarini oʻrganadi.
Bioorganik kimyo da asosiy muammolarning hal qilinishi biol.ning yanada rivojlanishi uchun katta
ahamiyatga ega. Eng muhim biopolimerlar bilan bioregulyatorlarning tuzilishini va xossalarini
aniqlamasdan hayotjarayonlarining mohiyatini bilish, ayniqsa, koʻpayish (urchish) va irsiy
belgilarning nayelga oʻtishi, hujayralarning oʻsishi, immunitet, xotira, nerv impulsi va boshqa
murakkab hodisalarni boshqarish yoʻllarini topish mumkin emas. Fermentlarning tuzilishini va taʼsir
mexanizmini oʻrganish asosida yuksak darajada faol katalizatorlar vujudga keltirish, muskul
qisqarishini oʻrganish asosida kimyoviy energiyani bevosita mexanik energiyaga aylantirish, biologik
sistemalarda axborot (informatsiya) saqlanishi va naslga utishi prinsiplari, hujayralardagi koʻp
komponentoy sistemalarning oʻz-oʻzini boshqarish prinsiplaridan texnikada foydalanish
muammolarini hal etish Bioorganik kimyo sohasida oʻtkaziladigan tadqiqotlarga bogʻliq.
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Bioorganik
_kimyo&action=edit) Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Bioorganik_kimyo&oldid=2054418" dan olindi
Bu sahifa oxirgi marta 13-Sentabr 2019, 12:39 da tahrir qilingan.
Adabiyotlar
22.02.2021
Bioorganik kimyo - Vikipediya
https://uz.wikipedia.org/wiki/Bioorganik_kimyo
2/2
Matn Creative Commons Attribution-ShareAlike litsenziyasi boʻyicha ommalashtirilmoqda, alohida holatlarda qoʻshimcha
shartlar amal qilishi mumkin (batafsil).