Ishning bajarilishi
5 tomchi 1 % li tuxum oqsiliga 20 – 25 tomchi 96 % li spirt yoki atseton qo’shiladi. Eritma loyqalanadi. Uning ustiga 1 tomchi NaOH ning to’yingan eritmasidan qo’shiladi. Biroz turgach oqsil cho’kmaga tushadi.
6 – tajriba. Oqsillarni fenol va formalin bilan cho’ktirish
Ishning bajarilishi
2 ta probirka olib, ularga tuxum oqsili eritmasidan 1 ml dan quyiladi. So’ngra birinchi probirkaga formalin eritmasidan 1ml ikkinchisiga esa fenolning suvdagi to’yingan eritmasidan 1ml qo’shiladi. Reaksion aralashmalar 10 – 15 minut tindiriladi. Bunda ikkala probirkada ham cho’kma hosil bo’ladi, biroq fenol tasir ettirilgan probirkada cho’kma tezroq hosil bo’ladi.
7 – tajriba. Og’ir metall tuzlari tasirida cho’ktirish
Do'stlaringiz bilan baham: |