Mashg’ulot maqsadi. An’anaviy ta’lim texnologiyasining afzalligi va kamchiliklarini aniqlash.
Mashg’ulot natijalari.
1. An’anaviy ta’lim jarayonini pedagogik texnologiyalarga asoslangan jarayon bilan taqqoslay oladilar.
2. An’anaviy ta’lim texnologiyasini takomillashtirish maqsadida qaysi texnologiyalardan foydalanish zarurligini biladilar.
3. Ma’ruza, seminar, sinov darslarida pedagogik texnologiyalardan samaradli foydalana oladilar.
Zarur bo’ladigan materiallar Kodoskop, lineyka, ma’ruza matnlari.
Mashg’ulotning borishi.
Darslarni takomillashtirishda quyidagilarga e’tibor karatiladi:
1.Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish.
2.Ta’lim jarayonini demokratizatsiyalash.
3.O’kuvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish, o’zaro hamjixatlikka asoslangan kulay ijtimoiy-psixologik muhit yaratish.
4. O’kuvchilarning ijodiy va mustaqil ishlarini samarali tashkil etish.
5. Ma’ruza, seminar, an’anaviy va sinov darslarida ta’lim texnologiyalari elementlari va metodlaridan foydalanish;
Topshiriq.
1. An’anaviy ta’lim jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyaga asoslangan ita’lim jarayoni bilan taqqoslang.
Savollar.
1. An’anaviy ta’lim texnolgiyasining o’ziga xos xususiyatlari, afzalligi, kamchiliklari.
2. O’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish yo’llari.
3. An’anaviy darslarni takomillashtirish masalalari.
4. Ma’ruza darslarida qaysi texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiq.
5. Seminar va sinov darslarida qaysi texnologiyalardan foydalansa bo’ladi
MAVZU: Biologiya darslarida “Kichik guruxlarda ijodiy izlanishni tashkil etish” metodidan foydalanish.
Mashg’ulot maqsadi. Biologiya darslarida “Kichik guruxlarda ijodiy izlanishni tashkil etish” metodidan foydalanishning texnolgik bosqichlari va xaritasini tuzishni o’rgatish.
Mashg’ulot natijalari.
1. “Kichik guruxlarda ijodiy izlanishni tashkil etish” metodi xaqida tushunchalarga ega bo’ladilar.
2. Texnologik bosqichlarni tuzishni o’rganadilar.
3. Darslarda ushbu usulni qo’llay oladilar.
Zarur bo’ladigan materiallar Kodoskop, lineyka, ma’ruza matnlari.
Mashg’ulotning borishi.
Kichik g’uruxlarda ijodiy izlanshshsh tashkil etish metodi. Bu metod 1976 yili Telь-Aviv universiteti professori Sh.Sharan tomonidan ishlab chiqilgan. Bu metodda ko’proq o’quvchilarning mustaqil va ijodiy ishiga z’tibor qaratiladi.
O’quvchilar aloxida individual yoki 6 kishi kichik guruhlarda ijodiy izlanish olib boradilar. Ijodiy izlanish kichik guruhlarda tashkil etilganda darsda o’rganish lozim bo’lgan o’quv materiali kichik qismlarga ajratiladi. Keyin bu qismlar yuzasidan topshiriqlar har bir o’kuvchiga taqsimlanadi. Shunday qilib, har bir o’quvchi umumiy topshiriqning bajarilishiga o’z hissasini qo’shadi. Kichik guruhlarda topshiriq yuzasidan munozara o’tkaziladi. Guruh a’zolari birgalikda ma’ruza tayyorlaydi va sinf o’quvchilari o’rtasida o’z ijodiy izlanish natijasini e’lon qiladi. Kichik guruhlar o’rtasida o’tkazilgan o’quv bahsi, munozara o’quvchilar jamoasining hamkorlikda bajargan mustaqil faoliyatning natijasi, yakuni sanaladi. Hamkorlikda ishlash natijasida qo’lga kiritilgan muvaffaqiyatlar sinf jamoasidagi har bir o’quvchining, muntazam va faol aqliy mehnat qilishiga, kichik guruhlarning, umuman sinf jamoasini jipslashtirishga, avval o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malakalarni yangi va kutilmagan vaziyatlarda qo’llab, yangi bilimlarni o’zlashtirilishiga zamin tayyorlaydi.
Topshiriq.
1. Texnologik xaritasini avvalgi mashg’ulotlar asosida tuzib chiqing.
2. Mashg’ulot davomidagi faoliyatingizdan qoniqish xosil qilgan bo’lsangiz tanlangan mavzuingiz bo’yicha xamkorlikda o’qitish metodlaridan foydalangan xolda dars ishlanmasini ishlang.
Savollar.
1. Hamkorlikda o’qitish texnologiyasining o’ziga xos xususiyatlari va asosiy g’oyasi.
2. Hamkorlikda o’qitish texnologiyasining metodlari. Biologiya darslarida «Komandada o’qitish», «zig zag»yoki «arra», «Birgalikda o’qiymiz», «Kichik guruhlarda ijodiy izlanishni tashkil etish» metodidan foydalanish va ularning o’ziga xos xususiyatlari.
“Loyiha” metodi
Bu ta’lim oluvchilarning individual yoki guruhlarda belgilangan vaqt davomida, belgilangan mavzu bo‘yicha axborot yig‘ish, tadqiqot o‘tkazish va amalga oshirish ishlarini olib borishidir. Bu metodda ta’lim oluvchilar rejalashtirish, qaror qabul qilish, amalga oshirish, tekshirish va xulosa chiqarish, natijalarni baholash jarayonlarida ishtirok etadilar. Loyihani ishlab chiqish yakka tartibda yoki guruh bilan bo‘lishi mumkin, lekin har bir loyiha o‘quv guruhining birgalikdagi faoliyatining muvofiqlashtirilgan natijasidir.
Loyiha o‘rganishga xizmat qilittti, nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq etish, ta’lim oluvchilar tomonidan mustaqil rejalashtirish, tashkillashtirish va amalga oshirish imkoniyatini yarata oladigan bo‘lishi kerak.
“Loyiha” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:
1. Pedagog loyiha ishi bo‘yicha topshiriqlarni ishlab chiqadi. Ta’lim oluvchilar mustaqil ravishda darslik, sxemalar, tarqatma materiallar asosida topshiriqqa oid ma’lumotlarni yig‘adilar.
2. Ta’lim oluvchilar mustaqil ravishda ish rejasini ishlab chiqadilar. Ish rejasida ta’lim oluvchilar ish bosqichlarini, ularga ajratilgan vaqt va texnologik ketma-ketlikni, material, asbob-uskunalarni rejalashtirishlari lozim.
3. Kichik guruhlar ish rejalarini taqdimot qiladilar. Ta’lim oluvchilar ish rejasiga asosan topshiriqni bajarish bo‘yicha qaror qabul qiladilar. Ta’lim oluvchilar pedagog bilan birgalikda qabul qilingan qarorlar bo‘yicha erishiladigan natijalarni muhokama qilishadi. Bunda har xil qarorlar taqqoslanib, eng maqbul variant tanlab olinadi. Pedagog ta’lim oluvchilar bilan birgalikda “Baholash varaqasi”ni ishlab chiqadi.
4. Ta’lim oluvchilar topshiriqni ish rejasi asosida mustaqil ravishda amalga oshiradilar. Ular individual yoki kichik guruhlarda ishlashlari mumkin
Xulosa
«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida uzluksiz ta’lim o'quvchilami o‘quv fanlari bo'yicha muayyan bilimlarni egallashlari barobarida, ularning bilim olishga bo'lgan ehtiyoji, mustaqil va ijodiy fikrlash, tashkilotchilik qobiliyatlari, amaliy tajriba va mehnat ko'nikmalarini rivojlantirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlarni, atrof-muhitga ongli munosabatni tarkib toptirishi lozimligi qayd etilgan. Shuningdek, o'quvchilami ma’naviy-axloqiy tarbiyalash va ta’limtarbiya ishlarining samaraii shakllari va usullarini ishlab chiqish, ularni amaliyotga joriy etish ko'rsatilgan. Bu vazifalarni amalga oshirish uzluksiz ta’lim tizimida pedagogik faoliyat ko'rsatadigan o'qituvchilar zimmasiga yuklanadi. Shu sababli, uzluksiz ta’lim tizimi uchun biologiyadan zamon talablariga javob beradigan, ijodkor va ijtimoiy faol, raqobatbardosh pedagogik kadrlar tayyorlash maqsadida bakalavriat yo'nalishi «Biologiya va inson hayotiy faoliyati muhofazasi» mutaxassisligi o'quv rejasiga «Biologiyani o'qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish» o'quv kursi kiritildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |