Ekologik piramida
1. Ekologik piramidani maysa-quyon-ilon-ilonburgut tashkil etadi. Produsentning massasi
3000 t bo‘lsa, II va III darajali konsumentning biomassasi necha kilogrammga ortgan?
A) 22000 B) 12000 C) 33000 D) 32000
2. Oziq zanjiri oʻsimlik(1) — hasharot(2) — tipratikan(3) — tulki(4)dan iborat boʻlib umumiy biomassa 19998 kg ga teng. Ekologik piramida qoidasidan foydalanib, tulki oziqlanishi mumkin boʻlgan biogeotsenozning maydonini (m²) aniqlang. Oʻsimlik biomassasi 1000 g/m² ga teng, organizimlar tana massasini 70%ini suv tashkil etadi.
A) 16000 m² yoki 16 gektar
B) 18000 m² yoki 10 gektar
C) 12000 m² yoki 12 gektar
D) 15000 m² yoki 15 gektar
3. Ekologik piramidani bug'doy-chigirtka-kaltakesak-lochin tashkil etadi. Produsentning biomassasi 100 t bo‘lsa, I darajali konsumentning biomassasi II darajali konsumentning biomassasidan qanchaga (kg) ko'pligi aniqlang.
A)6000 B) 7000 C) 8000 D) 9000
4. II darajali konsumentning biomassasi 170 kg ga ortgan bo‘lsa, III va I darajali konsumentning umumiy biomassasini (kg) aniqlang, (ekologik piramidani o‘simlik-chigirtka-kaltakesak-lochin tashkil etadi)
A) 1750 B) 1707 C) 1665 D) 1717
5. O‘simlik - quyon - tulkidan iborat oziq zanjirida quyonlar biomassasi 150 tonnaga ortgan. Bitta tulkining massasi 10 kg ga ortgan bo‘lsa, populyatsiyadagi tulkilar sonini aniqlang.
A) 100 B) 1500 C) 150 D) 15
6. O‘simlik - sichqon - burgutdan iborat oziq zanjirida sichqonlar biomassasi 150 tonnaga ortgan. Bitta burgutning massasi 5 kg ga ortgan bo!lsa, populyatsiyadagi burgutlar sonini aniqlang.
A) 30 B) 300 C) 3000 D) 150
7. Ekologik piramidada lochin,kaltakesak,chigirtka va bug`doy bo`lib,shu piramidada lochinni massasi 8 kg bo`lsa u holda oziq zanjirdagi hayvonlarni barcha hayotiy jarayonlari uchun sarf bo`lgan oziqni massasini umumiy toping.
A.7992 kg B.8888 kg C.7200 kg D.8,888 kg
8. Suv havzalaridagi oziq zanjirni tipik misolida ekologik piramidagi barcha organizmni massasi 55550 kg bo`lsa u holda uni necha % ini mayda baliq tashkil qiladi?
A.9 B.10 C.12 D.0,9
9. Suv havzalaridagi oziq zanjirni tipik misolida ekologik piramidagi umumiy biomassani 40 % dagi og`irligi 111,1 t tashkil qilsa u holda yirik baliqni 70 % og`irligini aniqlang.
A.150 kg B.194 kg C.175 kg D.180 kg
10. Ekologik piramidada lochin,kaltakesak,chigirtka va bug`doy bo`lib shu piramidagi avtotrof organizmni biomassasi geterotrof organizmni biomassasiga nibatan necha % farq qilishligini aniqlang.
A.90 B.70 C.10 D.80
11. Suv havzalaridagi oziq zanjirni tipik misolida ekologik piramidagi konsumentlarni 36 % dagi og`irlik 12 t tashkil qilsa u holda shu piramidadagi avtotrof organizmni necha foizi 90 tonnani tashkil qiladi?
A.40 % B.100 % C.30 % D.60 %
12. Suv havzalaridagi oziq zanjirni tipik misolida ekologik piramidagi yirik baliqni tana massasini 35 % ini muskull tashkil qilib muskullarini og`irligi 105 kg tashkil qilsa u holda shu piramidagi zooplanktonni 60 % dagi o`g`irligi aniqlang.
A.30 t B.18 t C.105 t D.19,5 t
13. Ekologik piramidada lochin,kaltakesak,chigirtka va bug`doy bo`lib shu ekologik piramidani umumiy biomassasi 16665 kg bo`lsa u holda shu piramidagi bug`doyni 60 %dagi og`irligini aniqlang.
A.9 t B.12 t C.20 t D.15 t
14. Ekologik piramida qoidasi buzilgan holatda ayiqni massasi 700 kg tashkil qilsa u holda zooplanktonni massasini(tonnada) aniqlang.(Ayiq qabul qilgan ozig`ini 8%,tulenda 12,5% yirik baliqda 11,4% mayda baliqda esa 18% i tanani tuzlishi uchun sarf bo`lgan )
A.70000 B.70000 C.3411 D.614
Do'stlaringiz bilan baham: |