O’qishdan to’xtadingmi? Demak, sen fikrlashdan to’xtading.
©
Biologiyadan masalalar to’plami.
29
1. Arpa o‘simligida xlorofill pigmentini sintezlashda
ikkita ferment qatnashadi. Ularning bo‘lmasligi
pigment sintezining buzilishiga olib boradi. Har bir
fermentning sintezi har xil autosomalarda
joylashgan dominant (A va B) genlar
bilan ifodalanadi. Birinchi ferment sinteziga
javobgar genning bo‘lmasligi o‘simliklarning oq
rangda, ikkinchi ferment sinteziga javobgar
genning bo‘lmasligi o‘simliklarning sariq rangda
bo‘lishiga olib keladi. Ushbu genlarning birgalikda
bo‘lmasligi o‘simlikning oq rangini, birgalikda
bo‘lishi yashil rangini ta’minlaydi. Agar
digeterozigotali arpalar o‘zaro chatishtirilsa,
avlodda olingan barcha o‘simliklar orasidan oq
rangli o‘simliklarning necha foizi gomozigotali
bo‘ladi?
A) 50 B) 6,25 C) 25 D) 12,5
2. Insonlarda yuqori qovoqning osilgan bo‘lishi,
qoshning sertuk bo‘lishi, burunning katta bo‘lishi
dominant belgi hisoblanadi. Agar qoshi sertuk,
qovog‘i normada, burni katta, genotip bo‘yicha
gomozigota erkak siyrak qoshli, qovog‘i osilgan va
burni kichik gomozigotali ayolga uylansa, ularning
farzandlari orasida necha foizining qoshi sertuk,
qovog‘I osilgan va burni katta bo‘ladi?
A) 75 B) 25 C) 0 D) 100
3. Otlarda tanasi qora rangda bo‘lishi malla rang
ustidan ustunlik qiladi. Lekin bu ranglar ikkinchi
juft allel bo‘lmagan gen tomonidan boshqarilib,
uning retsessiv alleli (b) rang ta’sirini bo‘g‘ib, oq
rangni yuzaga chiqaradi. Digeterozigota otlar
chatishtirilganda necha xil genotipik (a) va
fenotipik (b) sinf hosil bo‘ladi?
A) a-9 b-4 B) a-16 b-16 C) a-9 b-3 D) a-16 b-8
4. Qoramollarda shoxsizlik geni shoxlilik geni
ustidan, qora rang geni qizil rang geni ustidan
dominantlik qiladi. Agar ikkala belgi bo‘yicha
geterozigota buqa va sigirlar chatishtirilganda
nazariy jihatdan 448 ta buzoq olinsa, ulardan
qanchasi shoxsiz bo‘ladi?
A) 112 B) 336 C) 364 D) 84
5. Kataraktaning ikki xil irsiy shakllari bor. Birinchisi
autosoma dominant tipda, ikkinchisi autosoma
retsessiv tipda birikmagan holda irsiylanadi.
Kataraktaning autosoma dominant tipi bilan
kasallangan geterozigotali, retsessiv tipi bo‘yicha
sog‘ va gomozigotali qo‘yko‘z er-xotin nikohidan
sog‘lom, ko‘k ko‘zli farzand tug‘ilgan. Tug‘ilgan
farzandlarning necha foizi faqat ikkita belgi
bo‘yicha geterozigotali bo‘ladi?
A) 50 B) 31,25 C) 25 D) 43,75
6. Otlarda tanasi qora rangda bo‘lishi malla rang
ustidan ustunlik qiladi. Lekin bu ranglar ikkinchi
juft allel bo‘lmagan gen tomonidan boshqarilib,
uning retsessiv alleli (b) rang ta’sirini bo‘g‘ib, oq
rangni yuzaga chiqaradi. aaBB genotipli otning
fenotipini aniqlang.
A) malla B) oq C) yo’l-yo’l D) qora
7. Viadont tovuqlarda chipor patning ba’zilari oltin
rangda ba’zilari kumush rangda tovlanadi. Oltin
rangli chipor belgi retsessiv, kumsuh rangli chipor
belgi dominant bo‘lib, bu belgilar jinsga bog‘liq
holda irsiylanadi. Kumush rang chipor patli tovuqni
Do'stlaringiz bilan baham: |