Mavzuni mustahkamlash va yakunlash:
Bu bosqichda o‘quvchilarga mavzudagi asosiy tushunchalar va dasturda ishlash, turli shakllar yasash bilan bog‘liq darslik va qo‘llanmadagi savollar bilan murojaat qilinadi. Masalan:
Yoy chizish uchun uskunalar panelining qaysi piktogrammalaridan foydalanish mumkin?
Qalam va mo‘yqalam yordamida nima ish bajarish mumkin?
Darslikdagi 4-5-mashqlar amaliy bajarish uchun tavsiya etilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Uyga vazifa:
Bunda o‘quvchilarga quyidagicha vazifa topshirish mumkin:
Darslikdagi 4–5–topshiriqlar.
2*. Boshqotirmalar, topishmoqlar yechish yoki tuzish.
Paint uskunalar panelida … uskuna joylashgan (eniga). (O‘nolti)
Mo‘yqalam uskunasi yordamida … xil ko‘rinishdagi chiziq chizish mumkin. (O‘nikki)
Ishchi maydoni o‘lchamlarini o‘zgartirish uchun rasm menyusidagi … amali bajariladi. (Xususiyatlar)
Faylni saqlash uchun fayl nomi yozib bo‘lingandan so‘ng … tugmasi bosiladi (bo‘yiga). (Enter)
Tasvirni … uskunasi yordamida kattalashtiriladi. (Lupa)
Paintdagi … uskunasi yordamida aylana chizish ham mumkin (eniga). (Ellips)
Paintda rasmni chizish yoki tahrir qilish uchun …dan foydaniladi. (Piktogramma)
… uskunasi yordamida hato qilgan joyingizni o‘chirishingiz mumkin. (O‘chirg‘ich)
Uskunalar panelidagi qaysi uskuna yordamida ishchi maydonning biror qismiga belgilangan rangli bo‘yoq purkash mumkin? (Purkagich)
To‘g‘ri to‘rtburchak uskunasi va Shift klavishi yordamida nima chizish mumkin (bo‘yiga)? (Kvadrat)
Savol va topshiriqlar
Qalam rangini o‘zgartirish imkoniyatini ko‘rsating.
O‘chirg‘ich haqida ma’lumot bering.
Rangni aniqlash uskunasi nima uchun kerak?
Egri chiziq chizish uskunasidan foydalanishni tushuntiring.
Yarim doira shaklini chizish uchun bajarish kerak bo‘lgan amallar ketma-ketligini yozing.
F aqat purkagichdan foydalanib rasm chizing.
Quyidagi rasmlarni hosil qiling:
6-sinf uchun
Mavzu: Hujjatlarni tahrir qilish bo’yicha amaliy ish.
Maqsad: O’quvchilarga hujjatlarni tahrir qilishni amaliy ish yordamida tushuntirish.
Darsning jihozi: Kompyuterlar va ularning qurilmalari, ko’rgazmali qurollar, plakatlar va kartochkalar.
Darsning tipi:Mustahkamlash darsi.
Darsning turi: Aralash dars uslubida.
o’quvchilarning darsga tayyorligi;
sinf xonasini va kompyuter va uning qurilmalarini darsga tayyorligi;
davomatni aniqlash;
Uy vazifasini tekshirish: Savol javob o’tkazish
Blok deganda nimani tushunasiz?
“Delete” bilan “Backspace” klavishlarining (tugmalarning) bir biridan farqi.
Matnning berilgan qismidan nusxa ko’chirish qanday amalga oshiriladi.
Matnning berilgan qismidan nusxa olib kerakli joyga joylashtirish uchun qanday vazifa bajariladi.
Matnning berilgan qismini olib tashlash uchun qanday vazifa bajariladi.
Matnning berilgan qismini kesib olib, boshqa joyga joylashtirish qanday amalga oshiriladi.
Matnning berilgan qismidagi yozuv ko’rinishi qanday o’zgartiriladi.
Matnning berilgan qismidagi shriftning o’lchamini o’zgartirish qanday amalga oshiriladi
Matnning berilgan qismidagi shriftning rangini qanday o’zgartiriladi.
O’tgan darsda matn protsessorida “Hujjatni tahrir qilish” mavzusi o’tilgan bo’lib, bu darsda o’tilgan mavzuni mustahkamlash uchun amaliy ish bajaramiz. Buning uchun sinfdagi o’quvchilar ikki guruhga bo’linishadi. Bir guruh o’quvchi kompyuterda berilgan vazifani (1-guruh vazifasi . Bu vazifada so’zlar ustun ko’rinishida berilgan bo’lib, ustunning quyi qismida shu so’zlarga mos sozlar berilgan. Ulardan so’z birikmasi hosil qilish kerak. Hosil qilingan so’z birikmalari ustida amallar bajarish kerak. Bu vazifalar har bir o’quvchining kompyuteriga kirtilgan.) bajarishadi. Ikkinchi guruh o’quvchilari esa, fasllar, oylarni ifodalangan yozuvlarni ajratgan holda doskaga (2-guruh vazifasi. Fasl (yarim qalin, shrift o’lchami48), 3 ta oy(shrift o’lchami 26), sher(shrift o’lchami 14), (4 ga (guruhga)bo’linib)) ketma-ketligida 4ga bo’lib joylastirishadi. Har bir faslga rang berishadi va 1 ta kuplet faslga tegishli she’r yoziladi. 1-guruh vazifasini bajarib bo’lganidan keyin, uni analiz qilib bo’lib, ikkinchi guruh o’quvchilari doskada bajarilgan vazifani kompyuterga kiritishadi.
1-guruh vazifasiga misol
1) Grafik
Sistema
Kompyuter
Maktab
Konstitutsiya
Informatika
bloki , muharriri, daftari, o’yini, kuni, bog’i
Yuqoridagi ustunga quyidagi so’zlardan kerakligini qo’yib, so’z birikmasini yasang. Buning uchun quyidagi so’zlardan birini qirqib olib, kerakli ustundagi so’zning yoniga joylashtiring. Masalan,
Informatika daftari .
So’z birikma hosil qilganingizdan so’ng, informatika faniga tegishli bo’lgan so’z birikmalarini alohida nusxalab, matinni quyi qismning o’ng tomonga joylashtiring.
Nusxalagan matiningizning shrifti o’lchami -36, rangi ko’k va yarim quyuq bo’lsin . (,)-belgilarini o’chirib tashlang.
2) Oppoq
Matn
Kompyuter
Ishchi
Ona
Chiroyli
maydon, bino, qurilmalari, Vatan, qor, muharriri
Yuqoridagi ustunga quyidagi so’zlardan kerakligini qo’yib, so’z birikmasini yasang. Buning uchun quyidagi so’zlardan birini qirqib olib, kerakli ustundagi so’zning yoniga joylashtiring. Masalan,
Qiziqarli asar
So’z birikma hosil qilganingizdan so’ng, informatika faniga tegishli bo’lgan so’z birikmalarini alohida nusxalab, matinni quyi qismning o’ng tomonga joylashtiring.
Nusxalagan matiningizning shrift o’lchami -24, rangi havo rangda va tagiga chizilgan , og’ma bo’lsin . (,)-belgilarini o’chirib tashlang.
2- guruh vazifasi
Do'stlaringiz bilan baham: |