O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT
PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
5110400-Biologiya yo’nalishi (sirtqi) 102-guruh
talabasi Turatova Ozoda Ulug’bek qizining
botanika fanidan
Mustaqil ishi
Toshkent-2022
Mavzu:Chang donachasining tuzilishi va rivojlanishi (mikrosporagenez).
Mikrosporalar ona mikrospora hujayralarining reduksion (meyoz) bо‘linishi vositasida vujudga keladi. Bu jarayon suksessiv (birin-ketin), simultan (birdaniga) yoki oraliq tiplardan iborat. Suksessiv bо‘linishning birinchi davrida hujayra tо‘siqlar bilan ajraladi va diada hujayralar hosil bо‘ladi. Bu jarayon ikkinchi marta takrorlanganda hujayra tо‘siqlar hosil qilib tо‘rtta mikrospora (chang) yuzaga keladi.
Mikrosporalarning suksessiv tip bilan hosil bо‘lishi bir urug‘pallali о‘simliklarga xos xususiyatdir. Ikki urug‘pallali о‘simliklarda bu jarayon simultan tipda boradi. Chang – (mikrospora) – yopiqurug‘li о‘simliklarning erkak gametofiti hisoblanadi. Changning shakli, katta kichikligi, tuzilishi har xildir. Ular о‘simliklarning har bir turida doimiy holda bо‘lib, nasldan-naslga о‘tadi. Changlarning o‘lchamlari har xil bо‘lib, sharsimon, ellipssimon, yulduzsimon, gildiraksimion va boshqa shakllarda bo‘ladi.
Chang pо‘sti (sporoderma) asosan ikki qismdan tashkil topgan, ichki pо‘sti – entina va tashqi pо‘sti – ekzina. Entina yupqa, asosan pektin moddasidan tuzilgan. Ekzina, entinaga nisbatan ancha qalin bо‘lib, kutinlashgan va turg‘unlashgan. Tarkibida uglevodlardan sporopolenin bor. Bu modda ishqor va kislotalarda erimaydi, shuning uchun ham juda pishiq. Ekzina о‘z navbatida ikki qismdan iborat: tashqi qavati sekzin – ekzinni eng mustahkam qavati va ichki qavati nekzindan iborat. Sekzin tuzilishi jihatidan nihoyat xilma-xil bо‘lib, u har xil bо‘rtmachalardan tashqari tikanaklar, tuklar bilan qoplangan.
Mikrosporalarning ona hujayralardan hosil bо‘lish jarayoniga mikrosporogenez (mikrospora –chang; yunon. genezis – hosil bо‘lish) deb ataladi.
Ontogenezining dastlabki davrida changdon hujayralari bir xil bо‘lib, keyinchalik subepidermik hujayralar takomillashib tashqi va ichki qavatga bо‘linadi. Ichki qavatdan changchini hosil qiluvchi arxespor tо‘qimasi, tashqi qavati – (pariyetal – lot. pariyetalis – devor) esa changdon devori, shuningdek changchining oziqlanishiga sarf bо‘ladigan hujayralarga aylanadi.
Pariyetal qavatni hosil qiluvchi boshlang‘ich tо‘qima markazga intiluvchi yо‘nalishda periklinal yoki tangental (uzunasiga, bо‘yiga) va antiklinal (egilish, bukilish) bо‘linib, uch-tо‘rt hujayra qavati yuzaga keladi. Bu, о‘z navbatida, vertikal va gorizontal bо‘linadi. Natijada uch qavatdan tashkil topgan (tо‘rt uyali, chanoqli) changdon hosil bо‘ladi. Changdonning usti epidermis, uning osti endotetsiy (fibroz) va ichki tapetum (yunon. ichki parda) hujayra qavatlaridan iborat.
Endotsetsiy – mikrosporangi (changdon)ning eng tashqi qavatini tashkil etadi. Uning ichki qatlam hujayralaridan kо‘p miqdorda fibroz (tolalar) hosil bо‘ladi. Changdon yetilgan paytda fibroz qavatining protoplazmatik suyukligi tez quriydi va changdonning ikkala pallasining yorilishiga sabab bо‘ladi. Endotetsiy ostida 1–3 qator mayda hujayralardan tashkil topgan о‘rta qavat joylashgan.
Changdonning ichki tapetum qoplovchi qatlami muhim fiziologik ahamiyatga ega, chunki spora hosil qiluvchi tо‘qimaga oziq moddalar shu qatlam orqali о‘tadi. Tapetum hujayralari quyuq va mо‘l protoplazma suyuqligiga ega. Chang tashkil topa boshlagan paytda ularning protoplazmasi bir necha bor bо‘linib, natijada arxesporiy protoplazma suyuqligi bilan о‘raladi. Arxesporiy hujayralari bо‘linib, mikrosporalarning ona hujayralarini hosil qilish paytida tapetum eriydi, ba’zan ayrim oilalarda tapetumning faqat pо‘sti erib, protoplazma quyuqlashadi va mikrospora uchun oziq bо‘lad
E’tiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |