Vitamin PP.
Vitamin PP (nikotin kislota, nikotinamid, niatsin) 1937-yilda K. Elvegeym tomonidan jigar ekstraktidan ajratilgan. Nikotinkislota piridin qatoriga kiruvchi birikma bo’lib, karboksil guruhni saqlaydi (nikotinamid amid guruhi borligi bilan farqlanadi).
C vitamini
C vitamini (askorbin kislota) kuchli kislota bo’lib, 2- va 3-uglerod atomlarida qayta dissotsiyalanuvchi yenol gidroksil guruhlarini saqlaydi. Askorbin kislota oshqozon-ichak yo’llarida oddiy diffuziya bilan so’riladi. Qonda erkin va oqsillar bilan bog’langan holda uchraydi. Askorbin kislotasi ko’p miqdorda buyrak usti bezi, jigar va o’pkada joylashgan. Erkin holatda yoki uning mahsulotlari siydik orqali chiqariladi. Askorbin kislotasi oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalarida vodorod donori hisoblanib, degidroaskorbin kislota bilan redoks-juftlik hosil qiladi. Askorbin kislota quyidagi jarayonlarda ishtirok etadi:1) triptofanni gidroksillanishi (serotonin biosintezi);
XULOSA
Ba’zi fiziologik xolatlarda vitaminlarga bo’lgan extiyojni oshishi. Bunga xomiladorlik, laktasiya, tireotoksikoz va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin.
Ichakda mikrofloraning rivojlanishi ya’ni infeksion jarayonlar tufayli vitaminlarni parchalanib ketishi.
Ichakni sekretor va motor funktsiyasini izdan chiqishi tufayli vitaminlarni so’rilishini susayishi.
Jigar, oshqozon osti bezi kasalliklari tufayli o’t yo’lini to’sib qo’yilishi natijasida yog’lar so’rilishini va bu orqali yog’da eruvchi vitaminlarning so’rilishini izdan chiqishi.
Shu mulohazalardan kelib chiqqan xolda aytish mumkinki, tibbiy amaliyot uchun gipo- va avitaminozlarning ekzogen va endogen tavsifga ega ekanligini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Ekzogen tavsifli gipo- va avitaminozni davolash va oldini olish uchun ratsionni tegishli vitaminlar bilan boyitish lozim bo’ladi.
Endogen tavsifli kasallikni davolash uchun esa, uning sababini aniqlagandan so’ng muayyan vitaminni qo’shimcha ravishda qonga yuborish amaliyotidan foydalaniladi. So’ngi yillarda olib borilgan tadqiqotlar natijasida Osiyo, Afrika va Janubiy Amerikaning ayrim xududlarida vitaminlarning tanqisligi bilan bog’liq kasalliklarning kelib chiqishi, bu mamlakatlarda turmush darajasini pastligidir degan fikrga kelingan. Shu nuqtai nazardan R. Garris, K. Skriver va V.B. Spirichevlarning fikrlariga ko’ra, oziqa tarkibi bilan bog’liq kasalliklarning kelib chiqishi vitaminlarning miqdoriy ko’rsatkichi bilangina emas, balki ovqatlanish madaniyati va uni samaradorligini oshishi muammolarini yechimini qidirish lozim bo’ladi. Shu nuqtai nazardan bu narsa tibbiy muamo emas, balki ijtimoiy-iktisodiy muammo tusini olmoqda. Shu sababli biokimyo va uning tarmog’i bo’lgan vitaminologiyaning rivojlanish istiqbollarida jahon aholisini samarali oziqlanishini ta’minlashga erishish vazifasi turadi
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Pleshkov B.P. Bioximiya selskoxozyaystvennx rasteniy. M. “Kolos” 1969g.
2. Lebedov S.I. Fiziologiya rasteniy. M. 1988 g.
3. Yakushkina N.I. Fiziologiya rasteniy. M. 1980 g.
4.Mustaqimov G.D. O`simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya asoslari. T.1995 y.
4. Xo`jaev J. X O`simliklar fiziologiyasi Toshkent “Mexnat” 2004
5. Rubin B.A. Kurs fiziologii rasteniy. M. 1976 g.
6. www.ziyonet.uz
7.http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |