Biologiya va geografiya


Kurs ishning ilmiy yangiligi



Download 185,29 Kb.
bet2/4
Sana07.12.2022
Hajmi185,29 Kb.
#880377
1   2   3   4
Bog'liq
Fotima kurs idhi

Kurs ishning ilmiy yangiligi. Geografiya ta’limida o‘qituvchi o‘quvchilarni faollashtiradigan o‘zi va o‘rganishi uchun qulay bo‘lgan usul va uslublarni, o‘qitish shakllarini, vaziyatlarini izlaydi, zamonaviy pedagogik texnologiyaga suyanib, o‘quv jarayoni samaradorligini oshirish. O‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatib, o‘quv jarayonining yuqori sifat va samaradorligiga erishishni ta’minlash.
1. O`qitish vositalari va ulardan foydalanish texnologiyasi
O`qitish vositalari - bu bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirish maqsadida o`quv jarayonini tarbiyaga kiritilgan turli xil bilim manbalaridir. O`quv dasturi bo`yicha o`quvchilar o`zlashtirishi lozim bo`lgan o`quv materiali turli manbalardan olinadi. Ushbu bilimlar o`quvchilar tomonidan qabul qilinishi va o`zlashtirishi uchun aniq bir pedagogik va metodik sharoitlar bo`lmog`I lozim. Mazkur maqcadni amalga oshirish uchun o`qituvchi o`quvchilarni bilish faoliyatini tashkil qilmog`i lozim. O`quvchilar bilim faoliyatini tashkil qilishgaquyidagilar kiradi:
- eshitirish;
- eshitgan geografik ma`lumotlarni belgilash;
- eshitgan geografik ma`lumotlarni eslab qolish;
- nashriy manbalardan ma`lumotlarni qabul qilish;
- kuzatish va h.k.
Umumiy o`rta ta`lim maktablarida ta`limiy va tarbiyaviy vazifalarni echish maqsadida o`quv jarayoni tarkibiy vazifalarini echish maqsadida o`quv jarayoni tarkibiga kiritilgan bilim manbalari o`qitish yoki o`quv vositalariga aylanadi.
Masalan, tog` jinslari ochilmasi o`quvchilar tomonidan o`rganilgan taqdirdagina o`qitish vositalariga aylanadi.
O`qitish vositalari tabiat va jamiyat haqidagi ilmiy bilimlarni shakllantirishda katta ahamiyatga ega. O`qitish vositalarining asosiy vazifasi bilim olish jarayonida ko`rgazmalilikni ta`minlashdir.
Geografiya voqea va hodisalarni tasvirlash usuliga ko`ra o`qitish vositalari to`rt turga bo`linadi (I.S. Matrusov, L.M. Pancheshnikova):
a) natural ob`ektlar;
b) geografik borliq, voqea va hodisalarni tasvirlash;
v) predmet va hodisalarni tasvirlash;
g) tabiat hodisalarini tiklash va tahlil qilish uchun priborlar.
Natural, ya`ni tabiiy ob`ektlarga quyidagilar kiradi:
- sinf sharoitida o`rganiladigan tabiat ob`ektlari va inson xo`jalik faoliyati predmetlari (namunalar, gerbariylar, sanoat va qishloq xo`jaligi maxsulotlari namunalari);
- bevosita o`quv sayohati jarayonida o`rganiladigan tabiiy ob`ektlar va xo`jalik faoliyati mahsulotlari: bevosita tabiiy sharoitda o`rganiladigan ob`ektlarga geografik ochilmalar; daryolar, soylar, ko`llar, tuproqlar, o`simliklar va xayvonot dunyosi kiradi. Xo`jaliq faoliyati mahsulotlariga ekinzorlar, polizlar, bog`lar, uzumzorlar va boshqalar kiradi;
Natural o`quv vositalari yordamida o`rganilgan predmet va xodisalar haqida bevosita tasavvurlar hosil qilinadi.
Geografik voqea va hodisalarning tasviri quyidagi guruhlarga bo`linadi:
- tabiiy va xo`jaliq ob`ektlarining modellari. Ularga rel`ef shakllari, daryo vodiylari, botiqlar, tekisliklar, muzliklar, g`orlar, suv omborlari va boshqa xo`jalik ob`ektlarining modellari kiradi;
- texnik ko`rgazma vosita qo`llanmalar. Mazkur vositalarga qo`yidagilar kiradi:
- devoriy rasmlar, portretlar, diapozitivlar, diafilmlar, kinofilmlar; kinolavhalar;
- videotasmalar va h.k.
Shartli belgilar yordamida geografik predmet va hodisalarni bayoni va tasviri (so`zli, belgili, sonli). Mazkur vositalar quyidagi guruhlarga bo`linadi:
- verbal vositalar. Darsliklar, ma`lumotnomalar, matn jadvallari;
- kartografik vositalar: kartalar, atamalar, karta- sxemalar, chiziqli kartalar,
devoriy kartalar;
- chizmali sxematik qo`llanmalar: Ularga quyidagilar kiradi; tarkibiy sxemalar masalan gidrosferaning tuzilishi, xalq xo`jaligini tuzilishi; sinflashtirish sxemalari (tog` jinslari, landshaftlar va h.k); tabiiy va iqtisodiy voqea va xodisalarning o`zaro aloqalari va o`zaro tasviri;
- chizmali statistik qo`llanmalar; chizmalar diagrammalar, jadvallar.
Kompyuterning ishlanib chiqilishi bilan o`qitishni kompyuterlashtirish yangi zamon talabiga aylandi. Uning o`kitish jarayonida foydalanilganligiga ko`p vaqt bo`lgani yo`q. Lekin bu ozgina vaqt ichida kompyuterning o`qitishdagi ahamiyati juda kuchli sezilmoqda. Sababi kompyuter o`qituvchining o`qitishdagi, o`quvchining o`qishidagi zamonaviy, texnik vosita sifatida bilim berishda va bilimni o`zlashtirishda katta imkoniyatlarga ega.
Boshlang`ich sinflarda kompyuter o`quvchilarni o`quv va hisoblash ko`nikmalari bilan ta`minlashda keng foydalanilmoqda. Masalan, o`quvchilar matematikadan kompyuter yordamida qo`shish, olish, ko`paytirish va bo`lish amallarini bajarishga, har turli didaktik o`yinlar o`ynashga, ona tilidan mashg`ulotlar ishlashga o`rganadi.
Yuqori sinflarda kompyuterdan barcha fanlarni o`qitishda foydalaniladi.
Masalan, biologiya darslarida kompyuterda paxtaning tarkibi modellashtiriladi, kimyo darslarida har turli reaktsiyalar ishlanadi, Qoraqalpog`iston tarixi darslarida xronologik jadvallar tuziladi.
O`zbekiston geografiyasi darslarida ayrim hududlarga iqtisodiy geografik tavsif ishlanadi, va h.k. Kompyuter yordamida o`kuvchilarga fan (mavzu) bo`yicha ko`rgazmali ma`lumotlar, masala, misol, mashg`ulot, test va boshqa materiallar tez tavsiya qilinishi va tez echilishi mumkin.
O`qitish jarayonida kompyuterni qo`llash uchun fan metodistlari tomonidan muayyan tilda, algoritmda plenkaga yozilgan maxsus o`qitish dasturlari tuziladi.
O`quvchilar dastlab kompyuterda u dasturning ayrim qismlarini bajarishga, keyin butun dasturni bajarishga o`rganadi.
Maktablarimizda matematika, fizika, kimyo, biologiya, geografiya va boshqa fanlarni o`qitishda kompyuterni foydalanish o`qitish qoidasiga aylanmoqda. U o`quvchilarimizning o`z-o`zini tekshirishida, topilgan hato kamchiliklarni mustaqil tuzatishda, o`qituvchining bilim berishida, har bir o`quvchining bilimni o`zlashtirish sifatini aniqlashda, reyting tekshirish va baholashda tengi yo`q o`qitishning ajoyib texnik murakkab xizmatini bajaradi.
Faqat bu emas kompyuterdan sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda ham har tomonlama foydalanishga bo`ladi.
Ta’lim sohasini axborotlashtirish natijasida qator atama va tushunchalar vujudga keladi. Ammo maktablarda kompyuterlarni paydo bo‘lishi bilan vujudga kedgan tushuncha va atamalar bilan bir tekisda va mazmunda emas. Bu so‘z "kompyuterlashtirish" va "Axborotlashtirish" tushunchalari haqida beriladi. Ba’zi hollarda ikkala atamadan u yoki bunisi shakllanadi.
"Kompyuterlashtirish" yoki "Axborotlashtirish" deganda umumta’lim maktablarini, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini kompyuterlar bilan ta’minlash hamda turli ma’lumotlarni uzatish va olish tushuniladi.
XX asrning 80-yillaridan boshlab har bir maktabda kompyuter xonalari tashkil qilina boshlandi. Kompyuter xonalarida 10 tadan ortiq bo‘lgan, ammo ularning sifati ya’ni ko‘rsatkichlari past bo‘lgan.
Ammo olib borilgan tadqiqot ishlarini umumta’lim maktablarini kompyuterlashtirish natijasida ta’lim-tarbiya jarayonida keskin o‘zgarishlar sodir bo‘lmadi. Mazkur hol quyidagi holatlarda namoyon bo‘lgan: a) o‘qitishni va mustaqil o‘quv faoliyatini texnologiyasini motivatsiyasi o‘zgarmadi; b) o‘qituvchi faoliyatining motivatsiyasi o‘zgarmadi; v) o‘quv jarayonini boshqarish texnologiyasi o‘zgarmadi; g) bu yerda gap XX asrning 80-yillaridagi ommavity maktablar haqida ketmoqda. Chuqurlashtirilgan maxsus maktablarda esa ta’lim jarayonida katta o‘zgarishlar sodir bo‘lgan.
Keyinchalik amaliy pedagogikada kompyuterlarni qo‘llash bo‘yicha ustivor yo‘nalishlar shakllandi. Ular quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
informatika va hisoblash texnikasi asoslarini o‘rganish;
ta’lim jarayonida axborot texnologiyalarini qo‘llash;
axborot texnologiyalari yordamida ta’lim muassasalarini va mintaqaviy ta’lim tizimlarini boshqarish.
Bu esa axborot texnologiyalarni qo‘llashni birinchi darajali ishlar qatoriga qo‘shimcha imkon beradi. Ushbu sohada olingan samaralar umumta’lim maktablarini kompyuterlashtirishga ketgan harajatlarni qoplashi mumkin.
Ta’lim jarayonini samaradorligini oshirishda yangi ta’lim texnologiyalari katta samaraga ega. Yangi ta’lim texnologiyalari quyidagilarga imkon beradi: a) har bir maktab o‘quvchisida o‘zining shaxsiy ta’liminlanishi rivojlantiriladi; b) o‘quv jarayonini tubdan o‘zgartirishga va uning tizimli tafakkurlash tomoniga loyihalashga imkon beradi; v) o‘quvchilarni bilish faoliyatini samarali tashkil qilishiga imkon beradi. Bunday yondashish kompyuterni bilish vositasiga aylantiradi. Maktablarda kompyuterni o‘rni qanday bo‘lishi degan savol ta’limni kompyuterlashtirish dastlabki bosqichlardayoq qo‘yilgan edi. Ammo kompyuterni o‘rganishdan undan foydalanishga o‘tish juda qiyinchilik bilan amalga oshmoqda. Ko‘p hollarda geografiya va boshqa fanlardan ishlab chiqarilgan kompyuter texnologiyalari talabsiz qolib ketadi. Buning asosiy sabablaridan biri odatiy darslarni davomi bo‘lib qolishidadir. Elektron darsliklar ko‘p hollarda darsliklarni bir nusxasiga (kopiyasiga) aylanib qolmoqda. Shuning uchun ularga talab kamroq bo‘lib qolmoqda. Ularni samaradorligi tajribali o‘qituvchi samaradorligidan yuqori bo‘lmayapti.
Elektron darsliklarni yoki kompyuter texnologiyalaridan foydalanishga talabni kamayib borishining asosiy sabablardan biri o‘quvchilarni zamonaviy ta’lim talablari va zamonaviy ta’lim talablari bilan shaxsga yo‘naltirilgan yondashish va va sinf-dars tizimida faollanishiga yo‘naltirilgan bir-biriga mos kelmasligidir.
Kompyuterlarni yangi avlodini yaratishi bilan yangi texnologiyalar ishlab chiqariladi, shu bilan birga ta’lim texnologiyalari ham ishlab chiqiladi. Kompyuterda matn, chizma, audeo va video ma’lumotlarni birlashtirilishi o‘quv ma’lumotlarini sifatini keskin oshirib yuboradi.
Kompyuterlar industriyasini rivojlantirishi pedagogik jarayonlarda inqilobiy o‘zgarishlarni keltirib chiqardi. Uning asosida esa o‘quvchini individual faoliyatini ta’minlaydigan texnologiyalarga o‘tish yotadi. Bunday texnologiyalarga o‘tish dasturiy vositalarni yaratish bilan bog‘liq yaxlit kompyuterlashtirilgan predmetli kurslarda odatiy dasturiy asosnomalarning ayrim qismlari saqlanib qolinadi, ular esa maktab darsliklarini turli darajada qaytarishadi. Shuning uchun mazkur kurslar quyidagicha yo‘naltirilgan bo‘lmog‘i lozim; a) ixcham (Kompyuter) mavjud bo‘lilshi, u o‘quvchilarni mustaqilligini yuqori darajada ta’minlashi lozim; b) turli sohadagi bilimlarni yuqori darajadagi integratsiyasi mavjud bo‘lgan predmetlarni o‘rganishda; maktablarda o‘quvchilarni qisman yoki to‘la kompyuterlar bilan almashtirish; v) sinf-dars tizimiga asoslanmagan eksperimintal ta’limiy texnologiyalarni yaratish; g) o‘quv jarayonida kompyuterlardan foydalanishni yangi yondashuvlarini ishlab chiqish; d) shaxsga yo‘naltirilgan dasturiy asoslarni ishlab chiqish.
Ta’lim muassasalarida kompyuterlardan samarali foydalanish qator tashkiliy-pedagogik ishlarni yechish bilan bog‘liq.
O‘qituvchilarni kompyuterli maktablarda ishlashga tayyorlash muhim muammo bo‘lib hisoblanadi. Kompyuter texnologiyalarini maktablarda dastlabki davrlarda kam talab etilishi Oliy ta’limda ushbu soha bo‘yicha yetarli bilim berilmaganligidir. Elektron pochta imkoniyatlaridan foydalanishni dars va darsdan tashqari vaqtlarda jahon kommunikatsion tarmog‘idan foydalanish maxsus metodik tayyorgarlikni talab qiladi. Maktablarni zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ta’minlash ham dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Geografiya fani va geografiya ta’limida informatsion texnologiyalar keng qo‘llanilmoqda.

  • Geografiya ta’limida informatsion texnologiyalardan foydalanishni quyidagi shart-sharoitlarini ta’kidlab o‘tish lozim:

  • geografiya o‘qituvchisi informatsion texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi shart;

  • maktab o‘quvchilari kompyuterlardan foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi shart;

  • maktabda kompyuter sinflari bo‘lishi shart.

Geografiya ta’limida informatsion texnologiyalarni qo‘llash quyidagi sohalarda olib borilmoqda: elektron darliklardan foydalanish; elektron xaritalardan foydalanish; internet imkoniyatlaridan foydalanish; video filmlardan foydalanish; masofaviy o‘qitish texnologiyalaridan foydalanish.
Hozirgi davrda juda ko‘p darsliklarning elektron versiyalari yaratilmoqda. Shu munosabat bilan o‘quvchilar berilgan mavzuni elektron darslikdan topib uni o‘qituvchi yordamida, yoki mustaqil o‘rganishi mumkin. Darsni o‘qituvchi boshqarib turishi mumkin. Bunda o‘qituvchi matnni o‘rganishda izoxlar berib boradi. Matndagi chizmalar, rasmlar, xaritalar, jadvallar alohida tushuntiriladi. Darsni oxirida o‘qituvchi kompyuter orqali o‘quvchilarga savollar berishi mumkin. O‘quvchilar esa kompyuter orqali javob berishadi. Ularning bergan javoblari o‘qituvchi tomonidan baholanadi.
Geografiya ta’limida xaritalar asosiy o‘quv vositasi bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun xaritalar bilan mustaqil ish bajarayotganda elektron xaritalardan foydalanish mumkin. Elektron xaritalar orqali quyidagi ishlarni bajarish mumkin:
elektron xaritalar orqali tabiiy va iqtisodiy geografik tavsiyalar tuzish; masalan, iqlim xaritalaridan foydalanib ma’lum bir materik yoki xudud iqlimi tavsifini tuzish, yoki iqtisodiy geografik xaritalardan foydalanib ayrim mamlakatlarga yoki xududlarga iqtisodiy ta’rif berish va h. k.;
internet imkoniyatlaridan foydalanib geografiyaning turli sohalari bo‘yicha yangi-yangi ma’lumotlar olish mumkin. Masalan, kundalik iqlim haqida, aholi haqida, xo‘jalik va geosiyosiy sharoit haqida va h.k;
geografiya ta’limida video filmlar juda katta ahamiyatga. Video filmlardan quyidagi sohalar bo‘yicha foydalanish mumkin: a) boshlang‘ich tabiiy geografiya kursida; b) materiklar va okeanlar tabiiy geografiya kursida; v) O‘rta Osiyo va O‘zbekiston tabiiy geografiyasini o‘rganish kursida; g) O‘zbekiston ijtimoiy va iqtisodiy geografiyasini o‘rganish kursini;
d) Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasini o‘rganish kursida; 
e) fakultativ mashg‘ulotlarda; 
j) geografik to‘garaklarda va h.k;
- masofaviy o‘qitish geografiya ta’limida endi rivojlanib kelmoqda. Masofaviy o‘qitish usulidan malaka oshirish kurslarida keng foydalanish mumkin. Informatsion texnologiyalardan foydalanish geografiya ta’limida katta imkoniyatlarga ega. Geografiya ta’limini axborotlashtirishni to‘xtovsiz takomillashtirib bormoq zarur.
Yuqori malakali kadrlarni tayyorlash ta’lim jarayoniga yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan o‘qitish texnologiyalarni qo‘llash va keng ko‘lamli axborot- kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanishda tezkorlikka erishishni taqozo etibgina qolmasdan, ushbu maqsadlarning ijobiy natijaga ega bo‘lishi, eng avvalo, yosh avlodga ilmiy bilimlar asoslarini puxta o‘rgatish, ularda keng dunyoqarash hamda tafakkur ko‘lamini hosil qilish, ma’naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirish borasidagi ta’lim-tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etishga bog‘liq.
Mustaqillik tufayli geografiya fanining taraqqiyotida ham olamshumul o'zgarishlar yuz berdi. Mamlakatimiz geografiyasining salohiyatini oshirish, joriy etilayotgan uzluksiz ta'lim tizimida uning o'rnini belgilash hamda “Ta'lim to' g'risida”gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da belgilangan talablarni bajarish zamonaviy texnika vositalari va axborot texnologiyalari bilan o'quvchilarni qurollantirishni taqozo etmoqda.
Zamonaviy sharoitda innovatsion harakterga ega vositalar ham qo’llanilmoqda. Ularning texnologik-didaktik imkoniyati talabalarning o’quv-bilish faolligini oshirish bilan birga, o’qitish sifatini yaxshilab, samaradorligini oshirishga yordam beradi. Hozirgi kunda har bir ta'lim muassasasida tashkil etilayotgan o’qitish jarayonida kompyuter, skaner, videoko’z, videokamera, proektor, elektron doska, modem, telefon, internet, multimedia, mikrofon, karnay (kolonka), vebkamera, CD- ROM kabi texnik vositalar, ma’lumotlar ombori (bazasi) va vebinar texnologiyalar kabi innovatsion xarakterga ega vositalar samarali qo’llanilmoqda.
Umumiy o'rta ta'lim tizimida o'qituvchi tomonidan bajariladigan muhim vazifa o'quvchilarning olgan bilim, ko'nikma va malakalarini kelajak hayotida amalda qo'llash ya'ni kompetensiyaviy ta'lim-tarbiya berishdan iborat. Biz pedagoglar har bir o'quvchiga shaxs sifatida qarashimiz kerak. Sababi, maktab ostonasidan kirgan har bir o'quvchi - ertangi kundagi jamiyat a'zosi, kelajak egasidir. Yosh avlodga sifatli ta'lim-tarbiya berish uchun hozirgi taraqqiyot bosqichida bo'layotgan iqtisodiy-ijtimoiy va yangi texnologik o'zgarishlar, ta'lim tizimini yangi pog'onaga ko'tarish uchun ta'lim sohasida eng maqbul usullarni qo'llash ehtiyoji tug'ilmoqda. Ta'lim tizimida geografiya fanining o'rni bo'lakcha. Geografiya yer yuzasining tabiati, aholisi va xo'jalik faoliyatini o'rganuvchi ko'hna hamda navqiron fandir. Fanlar ichida geografiya fanidagidek ko' plab ma'lumotlarga va qo'shimcha manbalarga boy fanni uchratish qiyin. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ta'lim tizimida ham izchil amalga oshirilmoqda.
Chunki bu soha o'quvchilarga murakkab ilmiy tushunchalarni izohlashda, biron-bir hududning aniq tasvirini ko'rsatishda, turli interfaol mashg'ulotlarni o'tkazishda yengillik tug'dirmoqda. O'qituvchilar uchun dars o'tish jarayonida asosiy ko'makchiga aylanganligini aytib o'tish joizdir. Geografiya darslarida ma'ruza, og'zaki bayon, tushuntirish orqali ko'p samaraga erishib bo'lmaydi. Biz o'qituvchilar har bir darsda o'quvchilarni lol qoldirishni unutmasligimiz kerak.
Zero, "donolikka intilish lol qolishdan boshlanadi”. Har bir geografiya o'qituvchisining o'z darslariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni avvalo Microsoft - Word, Excel, Power Point dasturlaridan boshlashi zarur. Bugungi kunda yangi axborot texnologiyalarining yutuq va imkoniyatlaridan ta’limda foydalanish ta’lim samaradorligini oshirishning qudratli omili ekanligi shubhasiz bo‘lsada, bu yutuq va imkoniyatlardan qanday qilib, qaysi usul, yondoshuv va nisbatda, qanday tamoyillarga asoslangan holda foydalanish masalasi dolzarb hisoblanadi.
Yuqoridagilar geografiya o‘qitishda Axborot texnologiyalaridan foydalanish masalasiga ham taalluqli, albatta. Geografiyadan darsning turli bosqichlarida Axborot texnologiyalarini qo‘llash, xar hil ta’limiy (o‘quv) maqsadlarga erishishning samarali vositasi bo‘lib qoladi. Chunonchi, masalan:
1) yangi materialni tushuntirishda multimedia proektori yordamida ekranga tushiriladigan interaktiv illyustratsiya;
2) O‘quvchilar tomonidan dars paytida kompyuter texnologiyalari yordamida o‘quv materialini mustaqil o‘rganish jarayonida, bunda o‘qituvchi tomonidan masalaning shartlari berilishi nazarda tutiladi;
3) Kompyuterli modellashtirishni yoki kompyuter modellashtirish bilan real eksperimentni birgalikda muvofiqlashgan holda qo‘llash bilan laboratoriya ishlari ko‘rinishidagi tadqiqotchilik faoliyatini tashkil qilishda. Shuni ta’kidlash joizki, real laboratoriya ishlariga nisbatan kompyuterni qo‘llab bajariladigan ishlarda o‘quvchilar eksperimentni mustaqil planlashtirishda, ularni o‘tkazishda va natijalarini tahlil qilishda keng imkoniyatlarga ega bo‘ladilar.
4) Bilim va malakalarni o‘zlashtirish jarayonida qaytarish, mustahkamlashda;
5) Uyda sharoit (kompyuter) bo‘lganda topshiriqni tegishli o‘quv kompyuter dasturlarini ishlatgan holda bajarish.
Geografiya darslarida axborot texnologiyalarini qo‘llab o‘qitish, ayniqsa boshlang'ich tabiiy geografiya kursida dars samaradorligini sezilarli darajada oshirishi mumkin.
Bugungi kunda maktab o’quvchisi va o’qituvchilariga qo’yilayotgan talablardan biri EHM larini ishlatish va xalq ho’jaligining turli sohalarida qo’llanilishini boshqarishni taqozo etmoqda. Bu sohada jahon miqiyosidagi raqobatlarga chidamli mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun, avvalo yеtuk mutaxassislarni tayyorlash bosh masala qilib olindi. Xalq ta’limi sohasidagi DTS talablarini mazkur yo’nalishlarni inobatga olgan holda yaratildi. Har bir maktab bitiruvchisi oldiga mustaqil ravishda informatika va HT bo’yicha kеyingi hayotining unumli faoliyatida amalga oshirish imkoniyatlarini ochib bеradigan kafolatli tayyorgarligini ta’minlashni maqsad qilib qo’ygan.

Download 185,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish