Biologiya va geografiya


Geografiyani o`qitishda audio, vidieolardan foydalanish



Download 185,29 Kb.
bet3/4
Sana07.12.2022
Hajmi185,29 Kb.
#880377
1   2   3   4
Bog'liq
Fotima kurs idhi

2. Geografiyani o`qitishda audio, vidieolardan foydalanish
Kinofilmlardan geografiya darslarida foydalanish dars mavzusi, dars turi va boshqa holat va sharoitlarga qarab turlicha bo`lishi mumkin. Dars jarayonida kinofilmlardan to`la foydalanish mumkin, uning bo`limlardan va qism yoki lavhalaridan foydalanish mumkin. Kinofilmni namoyish qilish darsning turli xil bosqichlarida amalga oshirish mumkin. Ayrim kinofilmlardan to`la ayrimlaridan qisman foydalanish mumkin.
Kinofilmlari dars jarayonida foydalanishga ko`ra quyidagi guruhlarga bo`linadi:
- maxsus o`quv maqsadlarida chiqarilgan filmlar;
- ilmiy- ommabop kinofilmlar;
- tabiat komponentlarining ayrim qismlariga bag`ishlangan filmlar (tog`lar, o`rmonlar, daryolar, ko`llar, hayvonot dunyosi va x.k.);
- badiiy filmlar
- videofilmlar.
Maxsus o`quv kurs, aniq bir mavzuga bag`ishlangan bo`ladi. Masalan, tog`lar, Sahroi Kabir cho`li, tundra, o`rmonlar va h.k. Ilmiy- ommabop kinofilmlar asosan keng xalq ommasiga mo`ljallab chiqariladi. Dars jarayonida uning ayrim qismlaridan foydalanish mumkin.
Tabiat komponentlarini ayrim qismlariga bag`ishlangan kinofilmlardan ham dars jarayonida foydalanish mumkin. Masalan, hayvonotlarni ayrim turlariga, okean mavjudotlariga, aholiga va uning turmush tarziga bag`ishlangan filmlar. Badiiy filmlarni ham ayrim dars mavzusiga oid qismlardan foydalanish mumkin. Bunday filmlar toifasiga sarguzasht filmlar ko`proq kiradi. Unda tasvirlangan tabiat manzaralari, o`simlik va hayvonot dunyosi dars jarayonida foydalanish mumkin.
Turli xil videofilmlardan ham mavzuga mos joylardan foydalanish mumkin.
Yuqorida aytilganidek, kinofilmlardan darsning boshida, ya`ni o`tilgan darslarni takrorlashda, yangi mavzuni o`tishda, olingan bilimlarni mustahkamlashda foydalanish mumkin.
Takrorlash darslarida mavzu bo`yicha kinofilm yoki uning bir qismi namoyish qilinadi va o`quvchilardan unga izoh berish yoki uni tushuntirib berish talab qilinadi.
Yangi mavzuni o`rganishda mavzuga oid kinofilm to`la ko`rsatiladi. Bunda filmga o`qituvchi izoh beradi. O`tilgan mavzuni mustahkamlashda ham kinofilmlardan foydalanish mumkin. Bunda kinofilm namoyish qilinadi va uning mazmuni o`quvchilardan so`raladi.
Ayrim xollarda kinofilmlar darsni kirish qismi sifatida ko`rsatiladi. Filmni dars jarayonidagi o`rni darsning maqsadi va mazmuni va o`ziga xos xususiyatlari bilan aniqlanadi. O`quv filmlaridan bilim olish manbai sifatida ham foydalanish mumkin. Undan mustaqil ishlarni bajarish bo`yicha o`quv qo`llanma sifatida ham foydalansa bo`ladi. Masalan, berilgan savollarga javob topish, namoyish qilinayotgan materiallarni mavjud (bor) material bilan darslik bilan, o`qituvchini ma`ruzasi, qator boshqa filmlarni mazmuni bilan solishtirish. Filmlar o`qituvchilar bilimini tekshirishda va o`rganilgan mavzu mazmunini o`zlashtirish darajasini aniqlashda, o`tilgan materiallarni umumlashtirishda yoki ma`lum mavzuni umumiy tavsifi o`tishda foydalanish mumkin. Bundan tashqari filmlar yordamida sinf sharoitida sayohatlar ham uyushtirish mumkin, yoki bo`lmasa o`quvchilar bevosita ko`rolmaydigan jarayonlarni ko`rsatish mumkin. Masalan, “Qora metallurgiya”, “Sintetik tolalar”, “Tropik o`rmonlar”, “Cho`llar”, “Dashtlar”. Dars jarayonida filmlar bilan ishlash metodikasi quyidagi qismlardan iborat:
a) o`quvchilarni ma`lum bir mavzu bo`yicha kinofilmni ko`rishga tayyorlash;
b) o`quvchilarni filmni ko`rish jarayonidagi ishlarini tashkil qilish;
v) ko`rilgan film mazmunini mustahkamlash; g) kinolashtirilgan darsni samaradorligini tekshirish.
O`quvchilarni dars oldidan aniq filmni ko`rishga tayyorlash film mazmunini faol tushunishga va uni to`la o`zlashtirishga imkon beradi. Filmni o`quvchilar o`qituvchi kuzatuvida ko`rishadi. Agar filmni ko`rish jarayonida nazorat bo`lmasa o`quvchilar filmga diqqat berishmaydi va boshqa narsa bilan shug`ullanisha boshlaydilar yoki bir-biri bilan gaplashib o`tirishadi. Natijada film mazmuni yuzaki o`zlashtiriladi.
Agar film qiziqarli bo`lsa o`quvchilar uni qiziqib diqqat bilan tomoshaqilishadi. Ammo ularni faoliyati shunda ham nazorat qilinsa filmni mazmunini tahlil qilaolishmaydi. Shuning uchun film boshlanishdan oldin o`qituvchi filmni maqsadini, unda nimalar tasvirlangannini, qanday savollarga o`quvchilar javob topishini kirish suhbatida tushuntiradi. Bundan tashqari o`qituvchi kirish suhbatida filmni qaerlariga e`tibor berishni, qaerlarni alohida ajratib tahlil qilinishini tushuntiradi. Masalan, O`zbekiston tabiiy geografiyasi kursida “Qizilqum” mavzusini o`tishda quyidagilarga e`tibor berish lozim;
- asosiy relef shakllariga;
- o`simlik bilan qoplanish darajasiga;
- hayvonot dunyosiga.
Filmni ko`rish jarayonida o`uvchilar qo`yidagi savollarga javob berishlari lozim: “Barxan nima”, “Qum tepaliklari” nima; asosiy transport vazifasini bajaruvchi hayvonni aniqlang;
Geografiya ta`limida o`quv kinofil`larni yana bir asosiy sharoitlardan biri o`qituvchini film namoyishida faol ishtirok etishidir. Eng yaxshi va qiziqarli film
bo`lgan taqdirda ham o`qituvchi darsni boshqarishi shart hisoblanadi. Film namoyishi jarayonida o`qituvchi ko`rsatilayotgan kinolavhalarga izoh berib boorish lozim. Kerakli joylarda film namoyishini to`xtatib bilimlarni chuqurlashtirishi mumkin. Ayrim nazariy qonun qoidalarni kengroq tushuntirib berish, so`ngra film namoyishini davom ettirish mumkin.
Filmni ko`rish davomida o`qituvchini izohlari o`quvchilarga xalaqit bermasligi lozim. Shuning uchun faqat kerakli joylaridagina izoh berish lozim.
Agar kinofilmda metodik xatolar bo`lsa o`qituvchi uni to`g`rilab ketishi lozim.
Ma`lum bir voqea hodisalarni mohiyatini o`quvchilar yaxshirioq tushunib olishlari uchun filmni namoyishini biroz to`xtatib turish mumkin.
Namoyish etilgan filmda berilgan bilimlarni mazmunini mustahkamlash. Bunda filmda keltirilgan dalillar, mulohozalar, tassurotlar, ilgari olingan bilimlar bilan solishtiriladi. Filmda olingan bilimlari bilan darslik matnini orasidagi aloqalar ochib beriladi. Dars yakunlanadi va xulosa qilinadi. Mazkur ishlarni amalga oshirish uchun o`qituvchi o`quvchilar bilan suhbat o`tkazadi va suhbat davomida frontal so`rov amalga oshiriladi. Filmni ko`rib bo`lgandan so`ng xomaki chizmalar, rasmlar, chizish mumkin, jadvallar to`ldirish mumkin, filmga annotatsiya tayyorlash mumkin, filmga taqriz yozish mumkin, yoki maxsus yozma ish tayyorlatish mumkin.
O`quvchilar filmda ko`rgan narsalariga kitobdan asosnoma topishlari, filmda namoyish etilgan geografik ob`ektlarni xaritalardan topishlari yoki filmdagi geografik ob`ekt, voqea va xodisalarni yozuvsiz xaritaga tushirishlari, ular asosida geografik tuzilishlari mumkin.
Kinolashtirilgan darsni samaradorligini aniqlash. Filmni ko`rish natijasida olingan yangi bilimlar, ma`lumotlar darsni oxirida amalga oshiriladi. Natijada filmni ayrim lavhalari qayta namoyish qilinadi va o`zlashtirilmagan bilimlar yana qaytadan namoyish etiladi va takrorlanadi. Eng asosiysi o`qituvchi izohi muhim o`rin tutadi. Filmni eng murakkab joylarida o`qituvchi namoyishini to`xtatib batafsil izoh bermog`i lozim. Shundagina darsning maqsadi amalga oshdi desa bo`ladi.
O`qituvchini kino filmlardan foydalanib dars o`tishga tayyorgarligi. Kinofilmlar darsga o`ziga xos xususiyatlarni beradi, o`quvchilarni bilish faoliyatini jadvallashtiradi, bilimlarni bevosita ko`rish orqali o`zlashtirishga imkon beradi, filmda geografik voqea va hodisalarni sodir bo`lishini kuzatishga imkon beradi. Ammo kino filmlar geografiya darslarini asosiy tarkibiy qismlarini ochib tashlay olmaydi. Masalan, bilimlarni tekshirish, uyga vazifa tushuntirish va mustahkamlash.
Geografik o`qituvchisi kinofilmlardan foydalanib dars o`tishga tayyorgarlik ko`rayotganda quyidagilarga e`tibor berishi lozim.
Darsni ta`limiy va tarbiyaviy maqsadlarini ishlab chiqish, darsni mazmunini ishlab chiqish, darsda foydalaniladigan ekranli va statistic ko`rgazmalar fondi bilan tanishtirish va dars mazmuniga mos keladigan ko`rgazmali vositalarni tanlash.Tanlab olingan ekran materiallarni dars mazmuniga mosligi aniqlanadi.
Dars rejasi ishlab chiqiladi va unda kirish so`zi ko`zda tutilmog`i lozim.
Bundan tashqari filmni namoyishi jarayonida o`quvchilarga beriladigan savollar va ularga beriladigan jadvallar (filmni ko`rish jarayonida) olinadigan aniqlab olinishi lozim. Filmni namoyishi davomida qisqa-qisqa izohlar ko`zda tutilmog`i lozim. Filmni eng maqul joylarida namoyish to`xtatilib o`quvchilar suhbat o`tkazishi ko`zda tutilmog`i lozim.
Ma`lum bir paytlarda filmni to`xtatib izoh berish uchun darsga tayyorgarlik jarayonida o`qituvchi plyonkasini to`xtatiladigan joylarini qilish bilan belgilab qo`yilishi lozim, agar biror lavhani alohida ko`rsatish lozim bo`lsa mazkur lavhani baholashi va oxirgi plyonkada siyoh yoki ip bilan belgilab qo`yiladi.
Darsda filmlarni namoyish qilishni samaradorligi uni qo`llash turiga bog`liq. Film darslarda muntazam va nomuntazam qo`llashi mumkin. Filmlar muntazam ko`rsatilganda o`quvchilarda uni ko`rish, tahlil qilish, qabul qilish ko`nikmalari shakllanadi. Dars samaradorligi ortadi. Nomuntazam, ya`ni onda-sonda dars paytida film namoyishi qilinsa u samara bermaydi, o`quvchilar unga ko`nikma olishmaydi.
Geografiya ta`lim sohasida ishlab chiqarilgan diafilmlar va diapozitivlar ko`pincha rangli qilib chiqariladi, bu esa o`quvchilarni bilim faoliyatini jadallashtiradi.
Diafilmlardan foydalanib dars o`tishda o`qituvchi quyidagi talablarga javob berish lozim:
- statistik proektsiya vositalarini dars rejasiga kiritish;
- darsni maqsadini ishlab chiqish;
- mavzu bo`yicha kadrlarni tanlash. Tanlangan kadrlar (lavhalar) o`quvchilar tomonidan bilimlarini o`zlashtirishiga yoki ularni mustahkamlashga imkon yaratish lozim;
- kadr (lavha) namoyish etilayotgan bilimlar o`quvchilar tomonidan o`zlashtirilishi uchun o`qituvchi kirish so`zini amalga oshirishi lozim. Agar namoyish etilayotgan lavhada beriladigan bilimlar sodda va oson bo`lsa kirish so`zi qisqa, murakkab bo`ladigan bo`lsa kirish so`zi kengroq bo`lmog`i lozim;
- o`quv vositasidan foydalanishdan ko`zlangan maqsadga erishish uchun
o`qituvchi qo`yidagi ishlarni amalga oshirish lozim; diafilm yoki diapozitiv namoyishi etiladigan lavhalarni chuqur o`rganish lozim; lavhalarni dars jarayonida namoyish qilish rejasini ishlab chiqmog`i zarur; har bir namoyish qilinadigan kadrlar uchun izohlar va savollar tizimini ishlab chiqish lozim; lavhadagi tushunarsiz va notanish so`zlarni tinglab olib ularga izoh berish lozim;
- o`quvchilarni fikrlash faoliyatini faollashtirish uchun namoyish qilinadigan lavhaga quyidagicha topshiriqlar tuziladi: savollarga javob bering; chizmani tuzing; reja tuzing va x.k.;
- namoyish etiladigan lavha mavzuni eng muhim qirralarni ochib bermog`i lozim.
Ikkinchi darajali qismlarga kamroq e`tibor berilishi zarur.
- Lavhani tagidagi yozuvlar o`qituvchini so`zlarini eshitishga xalaqit berishi mumkin. Shuning uchun iloji boricha ular ko`rsatilmasdan pastga tushib qo`yilishi mumkin:
- sinf bilan aloqani o`zmaslik uchun lavhaning boshi va oxiri ko`rsatilmaydi.
Geografiya darslarida epidoskop va kodoskoplardan foydalanish.
Geografiya darslari yaxshi o`tish va samarali bo`lishi uchun o`qituvchi turli manbalardan rasmlar, chizmalar, kartalar, diagrammlar, jadvallar va boshqa ko`rgazmali ma`lumotlarni namoyish etish uchun yig`adi. Mazkur materiallar epidoskop orqali namoyish qilinadi. Epidoskoplar har qanday manbalardan kesib olingan materiallarni ekranda ko`rsatib beradigan apparatdir. Epidoskop yordamida o`quvchilarga turli xil topshiriqlarni bajarishni talab qilish mumkin, o`quvchilar tomonidan bajarilgan o`y vazifalarni namoyish qilish mumkin (chizmalar, diagrammalar, yozuvsiz xaritalar, jadvallarni, to`ldirish va x.k.)
Epidoskop yordamida qisqa vaqt ichida o`quvchilar dars uchun xomaki karta,chizmalar, diagrammlar, rasmlar tayyorlashlari mumkin. Epidoskop yordamida darsni qiziqarli o`tish mumkin.
Kodoskopni turli xil yozuvlarni, chizmalarni, diagrammalarni namoyish qilishda ham qo`llash mumkin. Bunda o`qituvchi chizgan narsalar ekranda ko`rsatiladi. Murakkab chizmalarni namoyish qilishda ham kodoskop katta ahamiyatga ega. Bundan tashqari o`quvchilarni yozma javoblarni ham kodoskop orqali ko`rsatish mumkin.
Hozirgi davrda kundalik turmushni ham, o`qishni ham televideniesiz tassavur qilib bo`lmaydi. Ilgaritdan televedenieda har bir fan bo`yicha maxsus darslar o`tkazilar edi. Televediniedagi eng qiziqarli “Kino sayohatchilar klubini”, “Hayvonot olamida” va boshqa eshittirishlar muntazam olib borilar edi. XX asrning ikkinchi qismidan boshlab videomagnitofonlarni keng tarqalishi maktablarda ham o`z aksini topdi. Alohida darslarga, hayvonot olamiga o`simliklarga aholiga va uning turmush tarziga, turli davlatlar va hududlar tabiatiga bag`ishlangan videokassetalar keng targ`ib etilmoqda.
Shu munosabat bilan televedenieda foydalanishini mazmuni va shakllari o`zgaradi. Televedeniedan foydalanishni ikki yo`nalishga bo`lish mumkin: kundalik teleko`rsatuvlardan foydalanish; videokassetalardan foydalanish.
Kundalik teleeshittirishlardan foydalanish uchun teledasturlardan kerakli dars mavzusiga mos tushunadigan eshitirishlar tanlab olinadi va ular videokassetaga yozib olinadi. Mazkur videokassetaga yozib olingan material kerakli mavzuni o`tishda namoyish qilinadi.
Tayyor videokassetalardan foydalanish. Geografiya predmetlari mavzulari bo`yicha videokassetalar kartotekasini tashkil qilish mumkin. Hozirgi davrda har bir geografiya xonasida albatta videomagnitafonlar bo`lishi zarur. Ma`lum bir mavzuni o`rganayotganda unga mos bo`lgan videokasseta olinib namoyish qilish mumkin.
Televideniedan foydalanishga quyiladigan talablar quyidagilardan iborat:
-namoyish etiladigan telelavha dars mavzusiga mos bo`lishi shart;
-videomagnitofon va telnvizor bir kun oldin tayyorlab qo`yishi lozim;
-namoyish etiladigan videolavhalar aniq va ravshan ko`rinmog`i lozim;
-Videolavha dars vaqtini to`la ishg`ol qilish lozim emas. Darsni boshidava oxirida o`qituvchini izohi va tushuntirish uchun hamda xulosasi uchun vaqt qoldirishi lozim;
- video darslarni kurish o`quvchi nazoratida olib borilishi lozim;
Bundan tashqari geografiya darslarida radio eshittirishlardan magnitofonyozuvlaridan ham foydalanish mumkin.
Yuqorida darsni majmua sifatida ko`rib chiqqanimizda, uning unsurlaridan biri darsdagi texnik vositalar majmuini tashkil qilgan edi. Darsni dars deb hisoblanish uchun darsda quyidagi texnik vositalar mavjud bo`lishi lozim.
Avvalambor, texnik vositalarga inson tafakkuri va jismoniy harakatlari natijasida bunyod bo`lgan sun`iy moddiy narsalar kirishini ma`lum qilib qo`yaylik. Shu nuqtai nazardan kelib chiqqanda, eng asosiy texnik-vosita bu o`quv xonasi-sinf yoki laboratoriya va ustaxona. Keyingi zaruriy texnik vositalar: o`quvchilarning partasi yoki stol-stullari. Laboratoriya va ustoxonalarda olib boriladigan darslar uchun ularning jihozlari, undan keyingisi yozuv doskasi, yozuv bo`ri, yana keyingisi o`qituvchining ish stol iva stuli, minbari hisoblanadi. Bular o`zaro funktsional bog`liq bo`lib, bir-birini taqozo etadi. Chunonchi, sinf xonasi bo`lmasa, dars ijrosi bo`lmaydi. Sinf xonasi bo`lsa-yu, unda parta, stol va stellar bo`lmasa, dars o`tib bo`lmaydi. Avvalambor, sinf xonasi kerakli texnik vositalar bilan jihozlanmagan bo`lsa, u sinfxona deb hisoblanmaydi ham. U bo`sh xona deyiladi, sinf xonasi, stol-stul, o`qituvchining ish joyidagi stol-stullar bilan jihozlangan bo`lsa-yu, xonada yozuv doskasi bo`lmasa, dars to`laqonli o`tmaydi.
Doska bo`lsa-yu, unda yozish uchun bo`r bo`lmasa, doskaning bor bo`lgani bekor.
Dars yana to`laqonli o`tmaydi va hokazo.
Avvallari, texnik vositalar deganda, faqat o`qitishning texnik vositalari tushinilar edi. Endilikda majmular nazariyasi ta`lim-tarbiya jarayoniga kiribnkelgandan keyin, texnik vositalar deganda darsni tashkil qilish uchun zarur bo`lgan barcha sun`iy moddiy narsalar tushinilmoqda. Avvallari o`qitishning texnik vositalari deb nomlangan narsalar, shu kunda axborot texnologiyalari deyilmoqda.
Darsning texnik vositalari majmuining ajiralmas qismi hisoblangan o`quv xona yoki auditoriyani batafsilroq ko`rib chiqaylik. Darsda ishtirok etadigan texnik vositalarga, bilim berish joylari bo`lgan dars-lektsiya va dars-suhbatlar uchun o`quv xonasi yoki auditoriya bo`lishi shart. Agar dars amaliy mashg`ulot bilan bog`liq bo`lsa, uning uchun laboratoriya yoki ustoxona kerak bo`ladi. Agar kino darsi bo`lsa, kinozal yoki kino quyishga moslashtirilgan o`quv xonasi bo`lishi lozim. Yakuniy nazorat darsini test sinovlari orqali amalga oshirilsa, kompyuter sinflari bo`lishi kerak. Agar ekskursiya darslari bo`ladigan bo`lsa, ekskursiyaning turiga qarab, avtobus, muzey, kutubxona, korxona, zavod, fabrika degan moddiy unsurlar bo`lishi talab qilinadi.
O`quv xonasi yorug`, shinam, shiftlari baland, o`zi ozoda bo`lishini aytib quyishimiz joiz. Chunki, yorug` xonada bolalar charchamaydi, ko`zi toliqmaydi. Shiftlari baland bo`lgan xonada havo etarli darajada bo`ladi. Xonada havo kam bo`lsa, o`quvchilarga kislorod etishmay, tez charchab qolishadi. Ozoda va shinam bo`lishi ham, u erda o`qiydiganlar sog`ligiga va ahloqiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.
Darsdagi texnik vositalarning navbatdagisi xonaning mebel` jihozlaridir.
Ularga talabalar foydalanishi uchun parta yoki stol-stul, pedagoglar ish joyiga stol- stul va minbar kiradi. O`quv xonasidagi partalar bolalarning yoshiga mos ravishda qulay bo`lishi kerak. O`rindiqlari juda mustahkam bo`lishi bolalar xavfsizligini ta`minlaydi. Axir, yosh bolalar o`tirgan joylarida ha deb qimirlayberish xususiyatiga egadirlar. Bu ularning tabiatidan kelib chiqadi. O`qituvchining ish joyi zamon talabi darajasida bo`lishi, o`quv jarayonining sifatli o`tishini ta`minlaydi. Xona zamon talabi darajasida jihozlangan deganda, stol-stulning qulayligi, doskani o`chirish uchun latta va qo`l surtish uchun sochiqdan tortib, axborot texnologiyalarini boshqaruvchi pultlar nazarda tutiladi.
Darsdagi texnik vositalarning ajralmas qismi, o`qitish uchun mo`ljallangan axborot texnologiyalari hisoblanadi. Ularga epidoskop. kodoskop, kompyutermajmusi va hokazolar kiradi.
Umumiy o`rta ta`lim maktablarini axborotlashtirish zamonaviy ta`limning barcha sohalarini eng muhim va dolzarb vazifalardan biri bo`lib qolmoqda.
Hozirgi bilim olishni axborotlashtirish va axborot vositalaridan foydalanishnitashkil etish bo`yicha juda ko`p ishlar amalga oshirilgan.
Umumiy o`rta ta`lim maktablarini axborotlashtirish murakkab masalalardan bo`lib xisoblanadi. Chunki axborot vositalarini takomillashtirish va yangilarini ishlab chiqish bo`yicha muntazam ilmiy-tadqiqot va tajriba sinov ishlari olib boriladi. Buning natijasida axborot vositlarini yangi modellari vujudga keladi. Shuning uchun o`quv muassalarini axborotlashtirish uchun doimo axborot vositalarini yangilab turish lozim. Buning uchun esa moddiy mablag`lar zarur.
XX- asrning 80-yillaridan boshlab har bir maktabda kompyuter xonalari tashkil qilina boshlandi. Kompyuter xonalarini 10 dan ortiq kompyuterlar bo`lgan, ammo ularni sifati ya`ni ko`rsatkichlari past bo`lgan.
Ammo olib borilgan tadqiqot ishlari shuni ko`rsatadiki, umumiy o`rta ta`lim maktablarini kompyuterlashtirish natijasida ta`lim-tarbiya jarayonida keskin o`zgarishlar sodir bo`lmadi. Mazkur hol quyidagi xolatlarda namoyon bo`lgan:
a) o`qitish va mustaqil o`quv faoliyatini texnologiyasini motivatsiyasi o`zgarmadi;
b) o`qituvchi faoliyatini motivatsiyasi o`zgarmadi;
v) o`quv jarayonini boshqarish texnologiyasi o`zgarmadi;
g) bu erda gap XX – asrning 80- yillaridagi ommaviy maktablar haqidaketmoqda. Chuqurlashtirilgan maxsus maktablarda esa ta`lim jarayonida katta o`zgarishlar sodir bo`lgan.
Keyinchalik amaliy pedagogikada kompyuterlarni qo`llash bo`yicha ustivor yo`nalishlar shakllandi. Ular quyidagilarda namoyon bo`ldi:
- informatika va hisoblash texnikasi asoslarini o`rganish;
- ta`lim jarayonida axborot texnologiyalarini qo`llash;
- axborot texnoliyalari yordamida ta`lim muassalarini va mintaqaviy ta`lim tizimlarini boshqarish.
Bu esa axborot texnologiyalarini qo`llashni birinchi darajali ishlar qatoriga qo`shishga imkon beradi. Ushbu sohada olingan samaralar umum ta`lim maktablarini kompyuterlashtirisha ketgan xarajatlarini qoplashi mumkin.
Ta`lim jarayonini samaradorligini oshirishda yangi ta`lim texnologiyalarikatta ahamiyatga ega. Yangi ta`lim texnologiyalari quyidagilarga imkon beradi:
a) har bir maktab o`quvchisida o`zining shaxsiy ta`lim yo`nalishini rivojlantiradi;
b)o`quv jarayonini tubdan o`zgartirishga va uni tizimli tafakkurlash tomoniga loyihalashga imkon beradi; v) o`quvchilarni bilish faoliyatini samarali tashkil qilishga imkon beradi. Bunday yondoshish kompyuterni bilish vositasiga aylantiradi. Maktablarda kompyuterlarni o`rni qanday bo`lishi degan savo ta`limini kompyuterlashtirishni dastlabki bosqichlaridayoq qo`yilgan edi. Ammo kompyuterlarni o`rganishdan undan foydalanishga o`tish juda qiyinchilik bilan amalga oshirilmoqda. Ko`p hollarda geografiya va boshqa fanlardan ishlab chiqilgan kompyuter texnologiyalari talabsiz qolib ketadi. Buning asosiy sabablaridan biri ularni odatiy darslarni davomi bo`lib qolishidir. Elektron darsliklar ko`p hollarda darsliklarni bir nusxasiga (kopiyasiga) aylanib qolmoqda.
Shuning uchun ularga talab kamroq bo`lib qolmoqda. Ularni samaradorligi tajribali o`qituvchi samaradorligidan yuqori bo`lmayapti.
Elektron darsliklarni yoki kompyuter texnologiyasidan foydalanishga talabni kamayib borishining asosiy sabablaridan biri o`quvchilarni zamonaviy ta`lim talablari va zamonaviy tamoiyllar bilan shaxsga yo`naltirilgan yondoshish va sinf-dars tizimida foydalanishga yo`naltirilgan dasturlarni bir biriga mos kelmasligidir.
Kompyuterlarni yangi avlodini yaratish bilan yangi texnologiyalar ishlab chiqiladi, shu bilan birga ta`lim texnologiyalari ham ishlabchiqiladi.
Kompyuterda matn, chizma, audio va video ma`lumotlarni birlashtirish o`quvma`lumotlari sifatini keskin oshirib yuboradi.
Kompyuterlar industriyasini rivojlantirish pedagogik jarayonda inqilobiy o`zgarishlarni keltirib chiqardi. Uning asosida esa o`quvchini individual faoliyatini ta`minlaydigan texnologiyalarga o`tish yotadi. Bunday texnologiyalarga o`tish dasturiy vositalarni yaratishi bilan bog`liq. Yaxlit kompyuterlashtirilgan predmetli kurslarda odatiy dasturiy asosnomalarning ayrim qismlari saqlab qolinadi ular esa aktab darsliklarini turli darajalarda qaytarishadi. Shuning uchun mazkur kurslar quyidagilarga yo`naltirilgan bo`lmog`i lozim:
a) ixcham (kompakt) predmeti mavjud bo`lishi, u o`quvchilarni mustaqilliniyuqori darajada ta`minlashi lozim.
a) turli sohalarda bilimlarni yuqori darajadagi integratsiyasi mavjud bo`lgan predmetlarnio`rganishda;
maktablarda o`qituvchilarni qisman yoki to`la kompyuterlar bilan almashtirish;
v) sinf-dars tizimiga asoslanmagan eksperemental ta`limiy texnologiyalarni yaratish;
g) o`quv jarayonida kompyuterlardan foydalanishni yangi yondoshuvlariniishlab chiqish;
d) shaxsga yo`naltirilgan dasturiy asoslarni ishlab chiqish.
Ta`lim muassalarida kompyuterlardan samarali foydalanish qator tashkiliy pedagogik izlanishlarni echish bilan bog`liq.
O`qituvchilarni kompyuterli maktablarda ishlashga tayyorlash muhimmuammo bo`lib hisoblanadi kompyuter texnologiyalarini maktablarda dastlabki davrlarda kam talab etilishi oliy ta`limda ushbu soha bo`yicha etarli bilim berilmasligidir..
Hozirgi davrda juda ko`p darsliklarning elektron versiyalari yaratilmoqda.
Shu munosabat bilan o`quvchilar berilgan mavzuni elektron darslikdan topib uni o`quvchi yordamida, yoki mustaqil o`rganishi mumkin. Darsni o`qituvchi boshqarib turish mukin. Bunda o`qituvchi matnni o`rganishda izohlar berib boradi.
Matndagi chizmalar, rasmlar, kartalar, jadvallar alohida tushuntiriladi. Darsni ohirida o`qituvchi kompyuter orqali o`quvchilarga savollar berishi mumkin.
XULOSA
Umumiy o`rta ta`lim maktablarida tashkil etilgan fan kabinetlari, o`qish va ish xonalari ma`lum darajada ko`rgazmali va texnik vositalar bilan ta`minlangan.
Fan kabinetlarida ko`rgazmali va texnik vositalardan foydalanib dars o`tish o`qituvchilarga katta qo`layliklar yaratdi, o`qitishning sifatini oshirishga imkoniyat to`g`dirdi.
Shuning uchun o`qituvchi o`qitish vositalarni tanlashda yana foydalanganda o`qitish jarayonini tashkil qilish turlarini, an`anaviy va no`ananaviy darslarning xususiyatlarini, qo`llaniladigan pedagogik texnologiyalar bilan o`qitish metodlarini hisobga olish lozim.
Yangi o`quv vositalarini qo`llash o`quvchilarni dunyoqarashini shakllantirishga shaxs sifatida rivojlanishiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. O`qitishning texnik vositalari o`qituvchi yordamida qo`yilgan maqsadga erishishga, o`tkazilayotgan mashg`ulotlarni samaradorligini keskin oshirishga imkon beradi.
O`qitish vositalarni qo`llashni quyidagi afzalliklari mavjud:
- qiziqarliligi, o`quvchilar birinchidan texnika vositalarini o`ziga qiziqsa, ikkinchi tomondan uni ishlatishga va unda ko`rsatilgan ma`lumotlarga qiziqishsa;
- voqealarni tez rivojlanishi va aniq kuzatishlari o`quv materiallarini tez o`zlashtirishga yordam beradi. Masalan, tabiiy geografik jarayonlarni sodir bo`lishi, tekislik va tog` rel`efining turlari va ularning o`ziga xos xususiyatlari tropik o`rmonlarning sharoiti ishlab chiqarish jarayoni va h.k.
- texnik vositalar orqali murakkab o`quv materialini oson tushuntirish mumkin. Masalan, havo massalarini vujudga kelishi, imkoni va antitsiklonlarni shakllantirish, tornadi, tsunami va boshqa tabiiy geografik jarayonlarni hosil bo`lishi va ularning oqibatlari;
- o`quvchilar qabul qilishi murakkab bo`lgan geografik ob`ektlarni texnik vositalar orqali osongina bajarish mumkin. Masalan, temir yo`l paromi, dengizdagi neft`qazib oladigan moslamalar va h.k.
O`qitishning texnik vositalarini qo`llashda quyidagi qoidalarga amal qilinishi lozim:
- texnik vositalardan ko`rsatiladigan geografik voqea va xodisalar dars mavzusiga mos bo`lishi lozim;
- texnik vositalarning qo`llash oldidan uning ishlash tamoiyli, mazkur darsda nima ko`rsatilishi haqida o`qituvchi axborot bermog`i lozim;
- o`qitishni texnik vositalari avvaldan ishga tayyorlab qo`yilishi lozim. Uni darsjarayonida sozlash o`quv soatini ancha qismini olib qo`yilishi mumkin;
- texnik vositalar orqali ma`lum bir mavzuni o`rganishda uni alohida qismlarga bo`lish lozimiligini ko`rib chiqdik.


Download 185,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish