Биология ва генетика



Download 7,43 Mb.
bet70/110
Sana17.11.2022
Hajmi7,43 Mb.
#867602
TuriЛекция
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   110
Bog'liq
Мойли экинлар

1. TALABALAR MUSTAQIL IShLARINING MAZMUNI VA ShAKLLARI
Talabalar mustaqil ishi (TMI) fandan o‘kuv dasturida belgilangan bilim, ko‘nikma va malakaning ma’lum bir kismini talaba tomonidan fan o‘qituvchisi konsultatsiya va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan tashqarida o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan tizimli faoliyatdir.
Mustaqil ishni bajarishdan asosiy maqsad kafedra professor-o‘kituvchilarining bevosita rahbarligi va nazorati ostida o‘kuv semestri davomida talabalarni « MOYLI ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi» fanini uzluksiz o‘rganishini tashkil etish, auditoriya mashg‘ulotlarida olingan bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash, navbatdagi darslarga mustaqil tayyorgarlik ko‘rish, ularning aqliy mehnat madaniyatini, yangi bilimlarni mustaqil ravishda axtarib topish va o‘zlashtirishni shakllantirish negizida hozirgi kun talablariga har tomonlama javob bera oladigan raqobatbardosh ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashga erishishdan iborat.
Mustaqil ish uchun beriladigan topshiriklarning shakli va hajmi, ular-ning murakkablik darajasi o‘kuv rejasida ko‘zda tutilgan mavzularni o‘zlashtirib borish davomida talabalarda fan bo‘yicha yetarlicha ko‘nikmalar mujassamlanganligiga muvofiq o‘zgarib boradi. Bunda talabalarni topshi-riqlarni bajarishga tizimli va ijodiy yondoshishga yo‘naltirgan holda mustaqil ishlash qobiliyati darajasini asta-sekin shakllantirib borish talab etiladi.
« MOYLI ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi » fani bo‘yicha mustaqil ishni tashkil etishda talabalarning akademik o‘zlashtirish darajalari va qobiliyatlarini inobatga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanladi: 1) fanning ayrim mavzularini tavsiya etilgan o‘quv va o‘quv-uslubiy adabiyotlardan foydalangan holda mustaqil o‘zlashtirish; 2) amaliy mashg‘ulotlarga mustaqil tayyorgarlik ko‘rib borish; 3) mustaqil o‘rganiladigan mavzular bo‘yicha referat tayyorlash; 4) munozarali savollar va topshiriqlarga tayyorgarlik ko‘rish; 5) talabalarning ilmiy jamiyatlari va to‘garaklarida ishtirok etish; 6) ilmiy maqola, tezislar va ma’ruza matnlarni tayyorlash; 6) axborot-resurs markazida belgilangan mavzular bo‘yicha nazariy, amaliy va statistik ma’lumotlarni yig‘ish, ularni qayta ishlash va muayyan tizimga solish; 7) belgilangan mavzular bo‘yicha zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida takdimot materiallari tayyorlash; 8) talabalar turar joyida, ma’naviyat xonasi, kutubxona, zamonaviy axborot texnologiyalar markazi imkoniyatlaridan foydalanilgan holda mustaqil o‘qish jarayonlarida ishtirok etish; 9) kafedraning ilmiy hamda ilmiy-uslubiy ishlarida faol ishtirok etish va boshqalar.
Talabalarning mustaqil ishi ta’lim va tarbiyaning shunday vazifalariga qaratilganki, bunda butun o‘quv jarayoni talabalar tomonidan fan asoslarini to‘laligicha faol, ongli, puxta va tizimli ravishda o‘zlashtirish va qishloq xo‘jaligida zarur bo‘ladigan: boshlang‘ich man’ba, dala ekinlari genofondi va uni qo‘llash usullarini; seleksiya uchun boshlang‘ich man’bani yaratish usullarini (duragaylash, sun’iy mutagenez, poliploidlarni sun’iy yaratish va hokazo); tanlash usullari va xillari hamda ularni amalga oshirish tartibini; superelita, elita va navdor urug‘lar yetishtirish usullarini; navlarni yomonlashish sabablari (biologik va mexanik ifloslanish) va nav tozaligini saqlash yo‘llarini; dala ekinlarida aprobatsiya o‘tkazish tartibini; asosiy dala ekinlarida ayrim belgilarni naslga o‘tish qonuniyatlari o‘rgatadi
. Mavzuni mustakil o‘zlashtirish. Fanning xususiyati, talabalarning bilim darajasi va qobiliyatiga muvofiq ishchi o‘kuv dasturida ko‘zda tutilgan alohida mavzular mustaqil ravishda o‘zlashtirshp uchun talabalarga topshiriladi. Bu yerda mavzuning asosiy mazmunini ifodalash va ochib berishga imkon beruvchi tayanch iboralar, mavzuni tizimli bayon qilishga xizmat qiluvchi savollarga e’tibor qaratish, asosiy adabiyotlar va axborot manbalari ko‘rsatiladi.
Topshirikni bajarish jarayonida talabalar o‘kuv adabiyotlaridan mustaqil ravishda foydalanib, berilgan mavzuning qisqacha mazmunini konspekt-lashtiradilar, tayanch iboralarning mohiyatini anglagan holda mavzuga taalluqli savollarga javob tayyorlaydilar. Zarur hollarda (o‘zlashtirish nisbatan murakkab bo‘lsa, mavzuga oid ba’zi savollar paydo bo‘lganda, adabiyotlar yetishmaganda, mavzuni yetarlicha tizimli bayon eta olmaganda va h.k.) o‘qituvchidan konsultatsiyalar oladilar. Mustaqil o‘zlashtirilgan mavzu bo‘yicha tayyorlangan referat o‘qituvchiga topshiriladi va himoya qilinadi.
O‘quv jarayonining tarkibiy qismi bo‘lgan « Moyli ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi » fanidan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha mustaqil ishlar asosan referatlar ko‘rinishida takdim etiladi.
Referat talabalar mustaqil ilmiy ishining alohida shakli hisoblanadi. Talabalarning ilmiy ijodi o‘quv jarayonining bir turi sifatida o‘qitish, bilim berish va tarbiyalash vazifalarini bajarishda o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bunda talaba ilmiy tadqiqot faoliyatiga jalb qilinib, u ilmiy adabiyotlar bilan ishlash, soha bo‘yicha kerakli ilmiy materiallarni to‘plash, ularni umumlashtirish, qayta ishlash va tahlil qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi, o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha fan-texnika yutuqlarini tanqidiy baholashni o‘rganadi, nazariyani amaliyot bilan bog‘laydi va h.k.

Download 7,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish