18-Amaliy mashg‘ulot
18 mavzu: Moyli ekinlarning rayonlashtirilgan navlari tavsifi
Mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarga urug‘larni omborlarda saqlanishini ko‘rsatib, namunalar olib o‘rgatishdan iborat. Ish PSUEAITI va O‘zO‘ITI omborxonalarida o‘tkazilishi mumkin. Super elita, elita va reproduksiya urug‘lar bilan tanishish.
Mashg‘ulotning qisqacha mazmuni:
Rayonlashtirilgan soya navlaridan bazi birlarining tavsiflari keltiriladi va qolganlarining tafsiflarini talabalar o‘zlarining xarakat va qidiruvlari natijalarida adabietlardan foydalangan xolatda malum tartib bilan o‘zlarining ishchi daftarlariga to‘ldirishadilar. Navdorlik belgilari esa navdorlikni ko‘rsatuvchi asosiy belgilar orqali o‘rnatiladi va amaliyot o‘qituvchisi yordamida maxsus jadvallar to‘ldiriladi.
Uslubiy ko‘rsatmalar
Do‘stlik navi. O‘zbekiston sholichilik ilmiy tekshirish institutida VIRning № 4706 namunasidan yakka tanlash usuli bilan yaratilgan. Mualliflar Saltas M. Bo‘rыgina O.V, Bekmatova T. 1984 yilda Andijon, Namangan, Farg‘ona, Buxoro, Toshkent, Samarqand, Sirdaryo viloyatlarining sug‘oriladigan yerlarida, don va yashil oziqa uchun Davlat reesstriga kiritilgan.
Poyasining bo‘yi 130 sm gacha, yashil, tukli. Barg kirralari butun, uchi o‘tkir, bargliligi 45 – 55%, gullari mayda oq, Dukkagi to‘q jigar rang, uch urug‘li. Doni tuxumsimon, sariq rangli. 1000 ta donning vazni 170,3 g.
1996 – 1998 sinov yillarida o‘rtacha don hosildorligi Toshkent viloyati O‘rtachirchiq nav sinash shaxobchasida gektaridan 26,4 sentnerni tashkil qildi. Nav o‘rtapishar, vegetatsiya davri 160 – 165 kun. Oqsil miqdori 16,0 – 38,0 %, yog‘ miqdori 20%, bakterioz bilan kuchsiz darajada zararlanadi.
Uzbekskaya 2 navi. O‘zbekiston sholichilik ilmiy tekshirish institutida mahalliy yashil soyadan tanlash yo‘li bilan yaratilgan.
Mualliflar: Saltas M.M., Yugay T.A., Buragina O.V. Kagay M.T.
1981 yildan respublika bo‘yicha sugoriladigan yerlarda ekish uchun Davlat resstriga kiritilgan.
O‘simlikning bo‘yi 115 sm gacha. Bargi uch bargli, uzunchoq, tuxumsimon, cheti tishchali, uchi to‘ntiq. Poyasi sariq yashil oq tukli. Dukkagi uzunchoq, yapaloq uchi o‘tkir jigar rang sariq ser tukli. Doni tuxumsimon yaltiroq sariq ayrim xollarda yashil.
oshkent viloyati O‘rtachirchiq nav sinash shaxobchasining ma’lumotiga ko‘ra 1996–1998 yillari o‘rtacha don hosildorligi gektaridan 23,8 g. tashkil etdi. 1000 ta donining vazni 186,5 g. nav o‘rtapishar vegetatsiya davri 162 kun. Donidagi oqsil miqdori 17,0–39,0%, yog‘ miqdori 20,2 %. Nav mexanizm bilan o‘rishga yaroqli. Qishloq xo‘jalik kasalliklari va zararkunandalariga chidamli.
Do'stlaringiz bilan baham: |