Биология ва генетика


-mavzu: Davlat nav sinovi



Download 7,43 Mb.
bet31/110
Sana17.11.2022
Hajmi7,43 Mb.
#867602
TuriЛекция
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   110
Bog'liq
Мойли экинлар

14-mavzu: Davlat nav sinovi

Nav va urug‘ nazorati davlat nazoratiga xamda xo`jalik ichidagi nazoratga bo`linadi. Nazorat ishlari har bir xo`jalikda majburiy bo`lib, uni xo`jaliklarning o`z mutaxassislari olib boradi.


Xo`jalik ichida nav va urug‘larni nazorat qiluvchi shaxslar urug‘chilikni tashkil etishda ishtirok etishlari, nav va tur ofligi bo`yicha o`toq o`tkazish, urug‘liklarni kassalik va zararkunandalardan muhofaza qilish kabi amaliy ishlarni nazorat qilishlari, ularning ko`pchigida bevosita qatnashishlari lozim. Ular navdor urug‘larni ko`payturish, tayyorlash, tozalash, saqlash va boshqa joylarga jo`natish vaqtida bajariladigan barcha isharni hisobga olib, xo`jaliklarni rasmiylashtirishlari va davlat nazoratini o`tkazishda ishtirok etishlari kerak.
Demak, xo`jalik ichidagi nazorat xo`jaliklarida urug‘larni navdorlik va ekish sifatlarini yaxshilash bo`yicha olib boriladigan ishlarning ayrim tomonlarini qayd etishdir. Uning asosiy vazifasi urug‘chilik qoidalari va agrotexnika talablarini buzishga yul qo`ymaslik, urug‘ni etishtitrish, yig‘ishtirish, saqlash va tashishda nav va ekish sifatlarining pasayib ketishga yul qo`ymaslik.
Davlat nab nazorati. urug‘likning genetik (nav) sifati dala va laboratoriyada o`tkazilgan sinov natijalari bo`yicha aniqlanadi.
Yekinbop urug‘liklar etishtirish maqsadida ekilgan navni qishloq xo`jalik ekinlari O`zbekiiston Respublikasi qishloq va suv xo`jaligi vazirligi belgilaydigan tartibda aprobatsiya qilinadi.
Yekish uchun ishlatiladigan urug‘liklar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sertifikatlanishi lozim. Urug‘liklarni sertifikatlash O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi huzuridagi qishloq xo`jalik ekinlari urug‘ining sifatini sertifikatlsh va nazorat qilish davlat markazi tomonida hamda uning joylardagi bo`limlari tomonidan amalgam oshiriladi.
O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jalik vazirligi huzuridagi qishloq xo`jalik ekinlari urug‘liklarini sertifikatlsh va ularning sifatini nazorat qilish davlat markazi hamda uning joylardagi bo`linmalari urug‘liklarni sertifikatlsh va ularning sifatini nazorat qilish bo`yicha davlat organlari hisoblanadi.
Qishloq xo`jalik ekinlarining urug‘liklarini sertifikatlash va ularning sifatini nazorat qilish davlat organlari byudjet hisobidan va (yoki) sinov o`tkazish hamda sertifikatlash borasidagi xizmatlariga to`langan mablag‘lar hisobidan pul bilan ta’minlanadi.
Qishloq xo`jalik ekinlarini sertifikatlash va ularning sifatini nazorat qilish davlat markazi to`g‘risida Nizom O`zbekiston Reespublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Urug‘liklarni sertifikatlash va ularning sifatini nazorat qilish davlat markazi:
- barcha qishloq xo`jalik ekinlarining urug‘liklari sifatini nazorat qilishni tashkil etish bo`yicha joylardagi bo`linmalarning ishiiga rahbarlik qiladi.
- xo`jaliklar, korxonalar, boshqa korxonalar va muassasalarda urug‘liklar va ekialadigan ko`chatlarini navi hamda ekinboplik xususiyatlarini aniqlaydi.
- urug‘liklarning sifatini aniqlash uslublarini ishlab chiqadi, takomillashtiradi va tasdiqlaydi.
Qishloq xo`jalik ekinlari urug‘liklarini sertifikatlash va ularning sifatini nazorat qilish davlat markazining boshlig‘i qishloq xo`jalik ekinlari urug‘liklarni sertifikatlash va ularning sifatini nazorat qilish bo`yicha O`zbekiston Respublikasining Bosh davlat inspektori hisoblanadi.
Urug‘ nazorati. urug‘ nazoratining vazifasi etishtirilgan urug‘ni saqlash va omborlardan chiqarish vaqtlarida urug‘likning ekishga yaroqlik sifatlarini tekshirib turishdir. Urug‘ning ekishga yaroqlik sifatlari urug‘ning tozaligi, 100 donasining vazni, nishlash quvvati, unuvchanligi, hayotchanligi, namligi, kassalik va zararkunandalar bilan shikastlanganligi kabi ko`rsatgichlar yig‘indisi bilan ifodalanadi.
Barcha ekinlar urug‘larining ekishga yaroqlik sifatlariga bo`lgan talablar davlat standartida qat’iy belgilangan, ekishga yaroqlik sifatlari davlat standartida belgilangan darajadan past bo`lgan urug‘lar ekish uchun yaroqsiz hisoblanadi.
Xo`jalik ichidagi urug‘ nazorati har bir xo`jalikning o`z mutaxassislari tomonidan olib boriladi. U urug‘liklarni jamgarish va saqlash qoidalarining to`g‘ri bajarilishini, kassalik va zararkunandalarga qarshi kurash choralari, maxsus urug‘chilik agrotexnikasi qoidalarining bajarilishini tekshirib turish kabi ishlardan iborat.
Davlat urug‘ nazorat davlat urug‘ inspeksiyasiyalari tomonidan olib boriladi. Urug‘ inspeksiyalari hamma xo`jaliklardagi ekishga mo`ljallangan barcha urug‘larni tekshirib turadi. Urug‘lar labaratoriyalarda yagona davlat standarti qoidalari asosida tekshiriladi. Urug‘ inspeksiyalari tomonidan tekshirilib va “Urug‘likning sofligi xaqida” gi guvohnomaga ega bo`lgan urug‘largina ekishga yaroqli hisoblanadi.



Download 7,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish