Биология ва генетика



Download 7,43 Mb.
bet23/110
Sana17.11.2022
Hajmi7,43 Mb.
#867602
TuriЛекция
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   110
Bog'liq
Мойли экинлар

8-mavzu: Raps seleksiyasi


Reja:

  1. Raps axamiyati, ekilish tarixi va maydonlari.

  2. Raps seleksiyasida dastlabki materialdan foydalanish.

  3. Seleksiya yo‘nalishlari va vazifalari.

  4. Selessiya usullari, duragaylash, poliploidiya, mutagenez va geterozisdan foydalanish.

Talabalarga urug‘larni omborlarda saqlanishini ko‘rsatib, namunalar olib o‘rgatishdan iborat. Ish PSUEAITI va O‘zO‘ITI omborxonalarida o‘tkazilishi mumkin. Super elita, elita va reproduksiya urug‘lar bilan tanishish.


Mashg‘ulotning qisqacha mazmuni: Raps bir yillik o‘t o‘simlik bo‘lib, kuzgi va bahorgi xillarda bo‘linadi.Kuzgi raps kuzda ekilganda bir necha bargdan tashkiltopgan tupbarg hosil qiladi, qishlab chiqqandan keyin bahordapoya chiqarib, gullaydi va urug‘ tugadi. Bahori rapsbahorda va yozda ekiladi, undan o‘sha yilning o‘zidayoqurug‘ hosili olinadi. Kuzgi rapsdan ancha yuqori ko‘k massava urug‘ hosili olinadi. Raps yaxshi rivojlanadigan o‘q ildizchiqaradi.
Poyasi — tik o‘sali, ko‘p shoxlanadi, yon shoxlari yaxshirivojlanadi, poyasi tuksiz, bo‘yi 100—150 sm, tusi surma rang bo‘ladi. Raps o‘simligi yaxshi rivojlanadigan tup holida o‘sadi.
Barglari — bandli, tuksiz, surma rang bo‘ladi. Pastkibarglari lirasimon-patsimon kertilgan, o‘rtadagi barglarilirasimon, yuqorigilari cho‘zinchoq-lansetsimon butun bargbo‘lib, poyasining yarmini o‘rab turadi.
T o‘pguli — sochoq shingil. Guli to‘rt bo‘lakli, och sariq tusda. Mevasi to‘g‘ri yoki egilgan ingichka quzoqcha bo‘lib, bo‘yi 5—10 sm, ingichka, uzun (10—15 mm li) tumshuqchasi bo‘ladi, yetilgandan chatnamaydi. Quzoqchalari to‘pgulining
o‘qiga nisbatan o‘tkir burchak ostida chiqib, yuqoriga tomon yo‘nalgan bo‘ladi.
Urug‘i — mayda, sharsimon, qora, kulrang-kora, to‘q jigarrang tusda. Yuzi mayda katakchali. 1000 donasining vazni 3—7 g keladi. Undan o‘t ta’mi keladi. Namlanganda shilimshiqlanmaydi. Sug‘oriladigan yerlarda angizga ekiladigan ekin tariqasida rapsning Nemerchanskiy, espirgazi, Yaneskiy rapsi, Shenlisosoy
navlari ishlatiladi.
B aland bo‘lib o‘sadigan moyli ekinlar-kungaboqar, kanakunjut kvadrat uyalab yoki qatorlab ekiladi. Don ekinlaridan makkajo‘xori ekish me’yori qay tariqa aniqlansa, kungaboqar bilan kanakunjut ekish me’yori ham xuddi shunday aniqlanadi.
oshqa moyli ekinlar qator oralarini 45—60 sm qilib keng qatorlab (maxsar, kunjut, yeryong‘oq) yoki oddiy qatorlab (moyli zig‘ir, xantallar, raps) ekiladi. Bulaming ekish me’yori ham ekish usuli o‘xshash bo‘lgan tegishli g‘alla ekinlarini ekish me’yori kabi aniqlanadi.
Moyli ekinlar morfologik belgilari jihatidan juda xilmaxil bo‘lganligi va juda turli-hudud usulda ekiladigan bo‘lgani, turlicha parvarish qilinishi sababli ularning hosildorligi ham juda har xil bo‘ladi.
Tajribaxona mashg‘ulotlari vaqtida o‘simliklarning hosildorligi tayyorlab qo‘yilgan bir bog‘ materialdan tanlanmasdan yoppasiga olingan 20—25 ta o‘simlikka qarab aniqlanadi. Hosildorlikni o‘simliklar yetilayotgan davrda dalada aniqlash ham mumkin. O‘simliklardan yig‘ib olingan meva zarur bo‘lsa quritilib,yanchiladi. Olingan urug‘lar tarozida tortilib, vazni olingan ma’lum sondagi o‘simliklar soniga bo‘linadi. Bunda chiqqan og‘irlik bir tup o‘simlikdan olinadigan urug‘ hosiliga teng bo‘ladi.Moyli ekinlarning biologik hosili namuna maydonchalardan olingan hosilga qarab aniqlanadi. Baland bo‘yli o‘simliklar uchun 1 m2, past bo‘yli o‘simliklar uchun 0,25 m2 metrli namuna maydonchalari ajratiladi. Ekinlar kvadrat uyalab ekilgan joylarda moyli o‘simliklaridan kamida 10 ta uyadan 4 qaytadan namuna olinadi.Namuna. maydonchalaridan olingan o‘simliklar bog‘I yanchilib, urug‘i tortiladi va olingan urug‘ hosili bir gektarga aylantirib hisoblanadi. Bu urug‘ning biologik hosili bo‘ladi. Oziq o‘mida ishlatiladigan ko‘k massaning biologik hosili ham namuna maydonchalaridagi o‘simliklarga qarab, xuddi urug‘ hosili aniqlangan tartibda aniqlanadi. Namuna maydonchalardan o‘rib olingan ko‘k massa tarzida tortilib, og‘irligi bir gektarga aylantirib hisoblab chiqiladi.



Download 7,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish