Биология ва генетика


Vegetatsiya davrining davomiyligiga qarab soya navlarining klassifikatsiyasi



Download 7,43 Mb.
bet58/110
Sana17.11.2022
Hajmi7,43 Mb.
#867602
TuriЛекция
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   110
Bog'liq
Мойли экинлар

Vegetatsiya davrining davomiyligiga qarab soya navlarining klassifikatsiyasi

Navlar

(N.I. Korsakov bo‘yicha)
unib chiqishdan pishgancha davrining davomiyligi, kun

(G.S.Posыpanov bo‘yicha) faol harorat yig‘indisi 0S

O‘ta tezpishar

80 va undan kam

1700 va undan kam

Juda tezpishar

81–90

1701–1900

Tezpishar

91–110

1901–2200

O‘rta tezpishar

111–120

2201–2300

O‘rtapishar

121–130

2301–2400

O‘rta kechpishar

131–150

2401–2600

Kechpishar

151–160

2601–3000

Juda kechpishar

161–170

3001–3500

Haddan tashqari kechpishar

170 dan ko‘p

3500 dan ko‘p

Bu ko‘rsatgich genetik bog‘lanishli bo‘lib o‘ta barqarordir.Soyaning vegetatsiya davri oltita asosiy fazaga bo‘linadi: unib chiqishi, shoxlanishi, gullashi, dukkaklarni hosil bo‘lishi, donning to‘lishi va to‘liq pishishi. Oxirgi yillarda qator mamlakatlarning olimlari soyaning vegetatsiya davrini ikki quyi davrga bo‘ladilar: vegetativ(V) va generativ (G) quyi davri. Birinchi uchtalik bargining paydo bo‘lishi V1 deb belgilanadi, ikkinchisining paydo bo‘lishi V2 va hokazo. Birinchi bargning bo‘ginidan gullarni paydo bo‘lishi G1 ikkinchi uchinchi bargidan G2 G3 va hokazo. Vegetatsiya davrini bu xildagi yaqqol bo‘linish ayniqsa seleksiya ishida juda qulaydir.
Soya o‘simligi o‘z–o‘zidan changlanuvchi, 98% guli kleystogam yopiq, to‘liq ochilmaydigan. Tabiiy duragaylanish 0,1–0,15% ayrim xollarda 0,5% gacha yetadi. Gullash jarayoni cho‘zilishi bilan bir vaqtda, asosiy poya va shoxlarini o‘sishi davom etadi. Avval asosiy poyaning ostki yoki o‘rta qismida yagona gullari paydo bo‘lib, 4–6 kundan keyin o‘simlik to‘lig‘icha gullaydi. G‘unchani o‘sishini boshlanishida urug‘chining ustunchasi parus tomoniga egilgan bo‘lib, tumshuqchasi quruq, o‘sishdan orkada qolgan changdonlar, urug‘chining tumshuqchasidan pastroqda qalin xalqa shaklida joylashgan. Ular sariq – yashil rangli. Undan so‘ng gulkosa tishlari qarama–qarshiga tarqalib orasidan gultoji barglari ko‘rina boshlaydi. Tumshuqcha yuzasi yorug‘ shilimshik suyuqlik bilan qoplanib chang donachalarini qabul qilishga tayyor bo‘ladi. Shu payt gulni bichish va changlatish uchun eng qulay (ertalab soat 4–5da boshlanadi). Agar o‘tgan kun quruq va issiq bo‘lgan bo‘lsa changdonlarni yalpi yorilishi soat 5–7 da agar sovuq va namgarchilik bo‘lsa – soat 9–10 yoki undan kechroq boshlanadi. Bir gulning ichidagi changdonlar bir necha minut mobaynida yoriladi. Shunda binafsha rangli gultojilar pushti rangli tus oladi, oqlari esa och sariq bo‘ladi. O‘simlikdagi hamma changdonlarni yorilishi 2–3 soat davom etadi.
Chang donachalari urug‘chining tumshuqchasiga tushganidan 10–20 minut o‘tgandan keyin o‘sa boshlaydi. Chang donachalarini o‘sishi boshlangandan 20–30 minutdan so‘ng gultoji ochilib, uning yaproqlarining tarangligi yo‘qoladi. Kunning o‘rtalarida changdonlarni yorilishi to‘xtalib soat 17–18 da davom etadi. Tunda soya gullamaydi. Changlangan gulning gultoji barglari tunning davomida ochiq holda kolib, ikkinchi kun so‘liy boshlaydi va 1–2 kundan keyin to‘qiladi. Gultojining so‘lishi bilan tuguncha o‘sib yana 2–3 kundan keyin gulkosaning ichida dukkak paydo bo‘ladi.
Soya o‘simligining xususiyati ko‘p gullarini to‘kilishidir (14–90 %) va dukkak hamda urug‘ini tashlashi (40% gacha). Bu esa hosildorlikni keskin kamayishiga olib keladi. Dukkaklarni to‘qilishi kuchli qurg‘oqchilik sharoiti, ayrim oziqa moddalarining yetishmasligi va yorug‘ kunlilikni o‘ta cho‘zilishi o‘zgarishi natijasida ro‘y beradi. Urug‘ini tashlashi (abortivnost’) o‘stirish sharoitiga va navning genotipiga bog‘liq. Har xil navlarda bir xil sharoitda bu ko‘rsatgich 15%dan 34 % gacha bo‘ladi.

14-Amaliy mashg‘ulot



Download 7,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish