Биология ва генетика



Download 7,43 Mb.
bet55/110
Sana17.11.2022
Hajmi7,43 Mb.
#867602
TuriЛекция
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   110
Bog'liq
Мойли экинлар

11-Amaliy mashg‘ulot


11 mavzu: Moyli zig‘ir navlarining navdorlik belgilari


Mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarga Urug‘larga qo‘yiladigan talablar va ularni klassifikatsiyasini o‘rganishdan iborat
Mashg‘ulotning qisqacha mazmuni: Moyli zigir kadimgi ekinlardan biri bulib, poyasidan tola, uruglaridan istemol uchun moy olinadi. Ibtidoiy odamlar poyasidan tola, uruglaridan turli maksadlardan foydalanishgan. Arxeolog kazilmalar zigir neolit davridan beri ustirib kelinayotganini kursatadi. Yomgir, kor tagida kolib, yumshagan poyasining tolalaridan iplar, turlar, arkonlar tayyorlashgan.
Zigir eramizdan uch ming - turt ming yillar oldin ekilib kelingan. Tolasidan Assiriya, Mesopotamiya va egipetda foydalanishgan. Zigir urugi va tolasi birinchi marta egipetda piramidaga kumilgan Dashur davridagi fir`avinlarning V dinastiyasi kabridan topilgan koldiklari (2400-2200 y. Eramizgacha) zigir tolasidan chiroyli gazlamalar tukilganligini kursatadi. Kadigi egipetliklar zigir tolasidan fakat gazlamalar emas, dengiz sayoxati uchun zarur narsalar, kemaning elkanlari, arkon va turlar tayyorlaganlar. A.Dekandolning «Mestoproisxojdeniya vozdelivaemix rasteniy» nomli kitobida Vavilondagi kadimgi Xaldey kabridan xam zigir tolasi koldiklari topilganligi kayd etilgan. Eng noyob topilamalar Shvetsariyada neolit davriga oid kazilmalaridan topilgan zigir uruglaridir. Shunday topilmalar Germaniyada xam neolit davriga oid edi. Xindistondan topilgan paxta koldiklari bundan besh ming yil mukaddam u erda guza etishtirilganligini kursatadi. Ammo, zigir undan xam oldin ekilib, tolasidan foydalanilganligi tan olingan.
G.Panfil’ev «Ocherki geografii i istorii glavneyshix kul’turnix rasteniy» nomli kitobida zigirning vatani Garbiy eron deb kursatadi. U erondan Xindistonga, undan Xitoyga va Urta Osiyo mamlakatlarida tarkalgan. Zigir tolasida chiroyli gazlamalar ishlab chikarishga dastlab egipetda erishildi va ular sifatli gazlamalarni chetga sota boshlagan. Kadimda Gereklar eramizgacha bulgan VI asrda zigirni «lyon» lotinlar «linum» deb atashgan. Ruscha «lyon» suzi grekcha va lotincha suzlardan kelib chikgan. Rossiya er sharida eng katta maydonlarda zigir etishtiruvchi va eng kup mikdorda zigir tolasi va xilma-xil gazlamalarni eksport kiluvchi mamlakat hisoblanadi. Taxlillar shuni kursatadiki zigir shimoliy hududlarda tola, janubiy hududlarda moy olish maksadlarda etishtiriladi.
Moyli zigir muxim moyli ekinlardan biri bulib hisoblanadi. Zigir moyi uta yaxshi sifatli parxez xususiyatlarga ega bulib, keng miqyosda oziq ovqat tayyorlashda foydalaniladi. Uning moyi kuriydigan (yod soni 160 – 201) tipidagi moy bulib undan olifa, lak va buyoklar tayyorlanadi. Urugining tarkibida 32% dan 52 % gacha moy buladi. Kunjarasida 33,5 % oksil mavjud. Kunjarasining 100 kg.da 185 ozika bioligi bor. Tuyimligi bilan boshka xamma kunjaralardan katta fark kiladi. Ammo, yaxshi pishib etilmagan urugining kunjarasi tarkibida sinil kislotasi saklanadi va u zaxarli hisoblanadi. Bunday kunjarani chorva mollariga pishirib berish zarur. Poyasidan 10-13 % tola chikadi va zigir poyalaridan juda sifatli va kimmatli kogoz tayyorlanadi. Zigirning xosildorligi Urta Osiyoning sugorilmaydigan sharoitida urtacha 4-5 s., shartli sugoriladigan sharoitda 15-20 ts. ni tashkil etadi. Uning vatani Urta er dengizi mamlakatlari va Urta Osiyo hisoblanadi. Zigir tola olish maksadida guzadan oldin ekilgan.
Uzbekistonning togli rayonlarda (dengiz satxidan 2800 m gacha) lalmi erlarda ekilib kelinmoqda. 1998 yilda Uzbekistonning lalmi erlarida 4,0 ming gektarga ekilgan, urtacha xosildorligi 3,0 s/ga. Moyli zigir ekini selektsiyasi shu ekin tarqalgan rayonlarda (Mustakil xamdustlik mamlakatlarining evropa qismi, Sharqiy Sibir, Stavrapol ulkasi, Volgograd, Saratov, Samara, Orenburg, ulkalari, Tataristonning urmon – chul zonalarida bu ekinning karib uchdan bir qismi Uzbekiston, Tojikiston, Qozogiston, Qirgiziston, Armanistonlarning toglik zonalarida) joylashgan bulib, ilmiy muassasalarida – VIR, Stavropol selektsion stantsiyasi, Kuban tajriba stantsiyasi, Uzbekistonda gallachilikning ilmiy tadqiqot institutini Gallaoroldagi filialida va boshqalarda utkazilmoqda.
Zigir – Linum L. turkumi – zigirdoshlar oilasiga mansub usimlik. Uning 200 ga yaqin turi ma’lum. Bular ichida ayniqsa madaniy zigir Linum usitatsisiumum L. – yog va tola olish uchun keng mikyosda ekiladi.
Usimlik buyi 20 – 75 sm, tik usadigan, usimlik tubidan kuchli (sershox) shoxlanadi (kudryash) yoki qisman shoxlanadi (mejeumoq) (45-rasm). Barglari lantset shaklida, yashil yoki yaltiroq yashil. Gul tuplami soyabon shaklida yoki soyabon bilan shingil (kist) oraligidagi shaklda. Gul toj barglari beshtadan, yirik yoki kichik, binafsha, xavo, och xavo, oq va ayrimlarida pushti rangda. Changchilari 5 ta, changdonlari kuk, tuk sariq yoki sariq rangli.
Mevasi – kusak. Kusaklari kichik, urta yoki yirik bulib, kusagining uchi utkir shaklda. Kusakning uzunligi 6 – 11 mm, eni 5,5 – 8 mm. Kusak 5 uyali bulib, xar uyada ikkitadan urug joylashgan. Bir kusakda 10 tagacha urug xosil buladi. (Kusaklari pishganda ochilmaydi, lekin kusagi ochiladigan (yoriladigan) va urugi tuqiladigan shakllari xam mavjud. 1000 urug massasi – 3 – 13 g. Urugi tuk jigar yoki kamroq uchraydigan sariq rangli.
Zigirning vegetasiya davri qisqa. Erta pishar navlarining vegetasiya davri 70 – 75 kun, kechpisharlar esa 90 – 110 kun. Zigir uruglari xarorat 60 S da nishlaydi va una boshlaydi, maysalari xarorat – 40S gacha Sovuqqa chidaydi. Moyli zigir suvga talabchan, ayniqsa xosil shakllanishiga kadar, keyinchalik qurg‘oqchilikka chidamli buladi.
Zigir uzidan changlanuvchi usimlik bulib gulining changchisi va urugchining tumshuqchasi bir vaqtda voyaga yetadi. Gul toj barglari ochilishi bilan changdonlar yorilib, chang donachalari shu gulning urugchigining tumshuqchasiga tuqiladi.
Chetdan changlanish ruy berishi mumkin, lekin uning miqdori juda kam – 0,1 – 2 %. Bir usimlikdagi gullarining gullashi 20 – 45 kun davom etishi mumkin.
Linum turkumiga jaxonning turli zonalarida 200 dan kup turlari tarqalgan bulib, aksariyat turlari Urta yer dengizi mintaqasida uchraydi. Xamdustlik mamlakatlarining ulka va viloyatlarida 24 turi mavjud bulib, bittasi madaniy turdir. Ayrim yovvoyi turlaridan moy ishlab chiqariladi. Moyli zigir klassifikasiyasi buyicha uning 3 tur xili mavjud: mayda urugli, urta urugli va yirik urugli zigir.
Mayda urugli zigirning buyi 20 – 50 sm. sershoxli, kup kusakli va serbarg. Vegetasiya davri qisqa, urta yoki uzoq davrli. Asosiy tarqalgan joylari – Tojikiston, Armaniston, Gruziya, Azarbayjon, Qirgiziston, Dogiston, Ukraina va Rossiyaning Janubiy rayonlari. Bu guruxga Buxarskiy 32, Gissarskiy 1474 kabi navlar kiradi. Urta kattalikdagi urugli mejeumoq (oraliq) urtacha tolali zigirning usimliklari, urta buyli va bir poyali navdali buladi. kusaklari urtacha kattalikda (6,6 – 8mm), uruglari nisbatan yirik 1000 urug vazni 6,6 – 9 g. Urugi jigar rangda. Bu zigir shakllari navlari yuqori xosilli, qurg‘oqchilikka chidamli, kup moyli, kasalliklarga chidamli, urtapishar. Krim, Kozogiston, Kirgiziston va Armaniston, Volga buyi rayonlari, Boshkirdiston, Altoy ulkasida – tarqalgan. Bu gurux zigirlarga VIR 1647, VIR – 1650, VNIIMK 5237 Voronejskiy 1308 va bir kancha maxalliy navlar kiradi.
Urta urugli kudryashlar qisqa tolali zigirning usimliklari, buyi 50 sm gacha bulib, barglari yashil. Gullari gunafsha, urugi jigar rangli. 1000 urug vazni 6,6 – 8,0 g yuqori moyli (visoqomaslichnie), urtapishar, Ozarbayjon va Armanistonda tarqalgan bulib, bu zigirning Unjan va togli rayonlarining maxalliy navlari ekilmoqda.
Yirik urugli zigir usimligining buyi 50sm gacha, bir poyali, barglari juda yirik kukimtir. Gullari yirik, gunafsha rangda gulining diametri 25 – 31 mm, kusaklari yirik, kusagining eni 8,1 – 8,6 mm. Urugi yirik, jigar rangda, 1000 ta urugning massasi 9,1 – 13 g. Gullash jixatidan ertangi pishish jixatidan urtapishar. Yuqori moyliligi bilan boshqa zigirlardan farqlanadi, zang kasalligiga chidamli. Pishish davrida issiq xaroratga talabchan.
Palestina, Shimoliy Afrika, Ispaniya va boshqa mamlakatlarda tarqalgan. Krupnosemyanniy 3, Kubanskiy 9 va boshqa navlari ekilmoqda.
Boshlangich materialdan foydalanish
Zigirning maxalliy navlari VIRda va moyli ekinlar ilmiy tadqiqot institutida tuplab olinib yaxshi urganilgandir.
Maxalliy navlar asosida juda kup yaxshi sifatli yuqori xosilli zigir navlari yaratilgan Donskoy 166, Stavropolskiy 79, Shatilovskiy 39, Shatilovskiy 48 kabi.
Qozogistonda (urta urugli) maxalliy navlardan yuqori moylilik, mexanizasiyaga mos, zang kasaligiga chidamli VIR – 1647, VIR – 1650 navlari yaratilgan. Azarbayjondagi urta urugli mejeumoqlardan VNIIMK 5237 navi xosil qilingan.



Download 7,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish