Биология ва генетика



Download 7,43 Mb.
bet50/110
Sana17.11.2022
Hajmi7,43 Mb.
#867602
TuriЛекция
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   110
Bog'liq
Мойли экинлар

4000676 Tashkentckiy 122


Butun ittifok usimlikshunoslik institutining
Osiyo filiali Uzbekiston usimlikshunoslik ilmiy tekshirish institutining seleksion navi. Maxalliy navdan yakkalab tanlash yuli bilan yaratilgan.
Mualliflar: Papova G.M., Venslavovich F.S.
1942 yildan Respublika buyicha davlat reestriga kiritilgan.
Usimlik baland buyli, sugoriladigan sharoitda 150 sm gacha, lalmikor erlarda 100 sm. Doni urtacha yiriklikda, jigarrang.
1000 ta donining vazni 3,0 – 3,5 g. Poyasi shoxlangan, yigik, yaxshi barglangan.
Urtacha don xosildorligi sugoriladigan erlarda gektaridan 13,0-17.5 tsentner.
Nav urta kechpishar. Sugoriladigan sharoitda 125-126 kun, lalmikorlikda 100-110 kunda pishadi.
Donidagi yog mikdori 50,0-61,0%, doni tukilishiga bardoshli, kurgokchilikga chidamli.
Nav kishlok xujalik kasalliklari va xasharotlariga chidamli.


9-Amaliy mashg‘ulot


9 mavzu: Maxsar navlarining navdorlik belgilari


Mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarni maxsar ekinining urug‘larini ekib, o‘rganib ko‘rish mobaynida urug‘ning fiziologik yetilishi, urug‘ni unish sharoitlari, unib chiqish uchun optimal xarorat, urug‘ni amaliyda unuvchanligini foizlarda hisoblash va unga ko‘ra daladagi unuvchanlikni belgilashni o‘rganadilar.
Mashg‘ulotning qisqacha mazmuni: Maxsar astradoshlar Asteraceae oilasiga, Cartamus L. turkumiga mansub. Uning 19 turi ma’lum, shulardan faqat bitta tur C. tinctorins madaniy hisoblanadi.
Maxsar (saflor) ekini Markaziy Osiyoning qurg‘oqchilik, ayniqsa lalmi yerlar sharoiti uchun katta ahamiyatli va istiqbolli ekin bo‘lib hisoblanadi.
Maxsar eng qadimiy madaniy o‘simliklardan bo‘lib hisoblanadi. Lekin katta maydonlarda jahonda unchalik ko‘p tarqalmagan. Uning ekin maydonlari asosan Zakavkaze va Markaziy Osiyoda uchraydi (Janubiy Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston, qisman Qirg‘iziston). O‘zbekistonda uning maydoni 1998 yilda 40,38 ming gektarga tarqalgan edi, hozirda O‘zbekistoning lalmikor yerlarida 15–20 ming gektar maydonga ekiladi. Urug‘ining o‘rtacha hosildorligi 10–12 s/ga, sug‘oriladigan yerlarda 19–22 s/ga.
Ilgari zamonda maxsarning tozalangan moyi iste’mol qilish uchun tozalanmagani esa chiroq yoqish uchun foydalanilgan, uning kizil gulli shakllaridan buyoq olinardi. Lekin kimyoviy usulda arzon va yuqori sifatli buyoq olinishining rivojlanishi bilan uning buyoq usimligi sifatida ahamiyati pasayib koldi, faqat qisman O‘zbekistonda gilam tukish ishlab chiqarishda bu o‘simlik buyogidan foydalinishmoqda.
Bugungi kunda maxsarning moyli ekin sifatida ahamiyati oshib bormoqda. Maxsarning moyi oziqa sifatida boshqa o‘simlik moylari qatorida iste’mol kilinadi. Uning moyi yuqori sifatliligi bo‘yicha kungaboqar moyining ko‘rsatkichlaridan kolishmaydi. Maxsarning gultoji barglari shafran urnida ishlatilishi mumkin. Bu o‘simlikning urug‘i parrandalar (tovuqlar) uchun yaxshi yem bo‘lib hisoblanadi. Urug‘idan moy chiqishi miqdori 30 – 35 %. Maxsar ekini katta agrtexnik ahamiyatga ega. Bu ekin qurg‘oqchilikdan kurkmaydigan, qator oralari ishlanadigan ekinlardan Markaziy Osiyoning lalmi yerlarida yagona ekin bo‘lib hisoblanadi. Yovvoyi holda O‘zbekistonning chul adirlarida ko‘p miqdorda o‘sadi.
Shunday xususiyatlari bulgani uchun maxsar ekini kungaboqar, kunjut va boshqa o‘simliklar yaxshi natija berolmaydigan Markaziy Osiyo mamldakatlarining (Urta Osiyo va Qozog‘iston) bahorikor lalmi yerlarida keng tarqalishi mumkin.
Maxsar lalmi yerlarda kungaboqarga nisbatan 40 – 60% ko‘proq hosil beradi. O‘zbekistonda lalmi yerlarda ekilib ayrim xo‘jaliklarda yuqori hosil olinishni (katta maydonlardan hosildorligi gektaridan o‘rtacha 5 sentner) ta’minlaydi.
Maxsar moyli ekin sifatida ekilib, yem – hashak – hashaki ekin sifatida foydalanilishi mumkin. Ayniqsa lalmi yerlarning qurg‘oqchilik – tekislik lalmi yerlarda, urug‘ hosili kam bo‘lsa ham uning urib olinadigan massasi yaxshi oziqa bo‘lib hisoblanadi. Maxsar ekinining yana bir ijobiy tomoni ekishdan yig‘ib olguncha hamma agrotexnik jarayonlarini mexanizasiya usulida ijro etish va hosilni kombayin bilan yig‘ib olish mumkin.
Maxsarning ildizi – o‘q – ildiz bo‘lib, tuproqqa chuqur kirib joylashadi.
Poyasi tik bo‘lib o‘sadi, qo‘pol, qattiq kirrali, yaltiroq rangda, shoxlanuvchan, ichi yumshoq to‘qima bilan tuldirilgan.
O‘simlik bo‘yi 40–50 sm dan 100 – 200 sm gacha bulishi mumkin. Poyaning ustki qismida 20 – 30 sm balandlikda yon shoxlari hosil buladi. Asosiy poyasining uchida gul to‘plami hosil buladi. Madaniy maxsar navlarini ikki guruhga bulish mumkin. Birinchi guruhga tubining kompakt shaklli, ko‘p shoxlarni asosiy poyaga kisilib joylashganlari va ikkinchi guruh o‘simliklari tubining yoyilib o‘sadigan, shoxlari asosiy poyadan chetga qarab o‘sadigan. Maxsar usimligining barglari yalang‘och, qupol, qattiq, har – xil shaklli rangli, chetlari tishsimon, aksariyati tikonli (46-rasm).
Maxsarning hamma shakllari ikki guruhga bulinadi: tikonli va tikonsiz. Gul to‘plami – savatcha, ko‘p gulli, ko‘p urug‘li bo‘lib, savatcha turli shakl va kattalikda buladi. Savatcha diametri 1 – 4 sm gacha. Savatchada 20 dan 100 gacha urug‘ joylashadi.
Bir o‘simlikda odatda 5 – 6 dan 15 – 20 tagacha va undan ko‘p savatcha shakllanadi. Maxsar urug‘lari to‘kilmaydi.
Maxsarning guli – nay shaklida, ustki qismida 5 bulakchali. Gulining rangi oq, kizil, sariq, to‘q sariq. Aksariyat gullari sariq rangli. Har gektardan 50 kg dan 200 kg gacha quruq gullar yig‘ib olish mumkin va shu o‘simliklardan ham gul ham urug‘ yig‘ib olish mumkin. Maxsarning gullari yaxshi yoqimli xidli, nektar saqlanganligi uchun asal arilar uchun – asal beruvchi o‘simlik hisoblanadi. Guli chiroyli bulganligi uchun ko‘p joylarda manzarali o‘simlik – gul sifatida ekiladi.
Maxsarning urug‘i (pistasi) yalang‘och, oq yaltiroq – turt kirrali uzunchoq shaklda, kungaboqar urug‘iga uxshash. Uning kattaligi navga va ustirish sharoitiga qarab har xil buladi. 1000 ta urug‘ining vazni 20 – 60 g. Urug‘ining uchida soch (xoxoloq) buladi yoki bo‘lmaydi. Bu nav belgisi bo‘lib hisoblanadi. Urug‘ida po‘chog‘ining miqdori 40 – 60% buladi. Bu xususiyat maxsar naviga va ustirish sharoitiga bog‘liq.
Urug‘i mag‘zining (yadrosi) moyliligi 47 – 61%, butun urug‘larining moyliligi esa 25 – 34 % buladi. maxsarning moyi yarim kuruvchan, (yod soni 85 – 130). Maxsar bir yillik, bahori – erta pishar o‘simlik. Vegetasiya davrining davomiyligi navga va ustirish sharoitiga bog‘liq. O‘zbekiston bahorikor yerlari sharoitida maxsar shakllari, navlarining unib chiqishdan pishgancha bulgan davr 95 – 135 kun davom etadi.
Maxsar qurg‘oqchilikka o‘ta chidamli. Uning ildiz sistemasi kuchli rivojlanib, yerga chuqur joylashadi va suvni tejab sarflaydi. Tuproq qurgoqchiligiga chidamli bo‘lsa ham havo kurgoqchiligi (garmsel) vaqtida hosildorligi ancha pasayadi. Ayrim vaqtlarda 7 – 15 s hosil tuplashi mumkin.
Maxsar issiqlikka talabchan o‘simlik bo‘lib 1 – 20 S unib chiqishi boshlanadi, – 6 – 70 S sovuqni ko‘taradi. Urug‘lanish bir gul to‘plami gullari orasida yoki bir gul to‘plami bilan shu o‘simlikning boshqa gul to‘plami orasida va boshqa o‘simliklar orasida chetdan changlanish ro‘y beradi. Chetdan changlanish asosan asal arilari va boshqa hasharotlar yordamida o‘tadi. Madaniy maxsar bilan tikonli yovvoyi maxsar orasida osonlik bilan changlanish ro‘y berishi mumkin. Yovvoyi maxsar yo‘l yoqalarida ko‘p miqdorda tarqalgan bo‘lib o‘sadi. Bunday chetdan changlanish zararli bo‘lib, yovvoyi masxar ta’siri ostida yaxshi navlarning ijobiy xususiyatlari, hosildorligi, sifatlari pasayib ketadi.
Maxsar – Carthamus tinctorius Asteraceae L, astralar oilasiga (murakkab gullilar Compositae L) Carthamus turkumiga mansub.
Carthamus turkumiga 19 tur birlashib, bittasi – madaniy. 15 turi bir yillik, 1 – turi ikki yillik va 3 tasi ko‘p yillik. 14 turi o‘rta yer dengizi hududida tarqalgan. Hamma turlari bittasidan (C.helentoides) tashqari barg va gul to‘plamlarida tikonli. Madaniy maxsar navlarida tikonsiz mutantlar borligi aniqlangan. Hamma turlarning urug‘ida moyi saqlanadi, ayrimlarida esa ko‘p moylilik C. Exyacantha MV.
Madaniy maxsar – bir yillik o‘simlik, C.tinctorius ni yovvoyi holatda borligi aniklanmagan. Madaniy holda Yevroosiyo hamda Markaziy va Janubiy Amerika va Avstraliyada tarqalgan. A.I.Kunsov maxsarning sistematikasi va ekologiyasini chuqur urganib regional ekotiplarning quyidagi tartibini anikladi:
Pomirli, kuchli shoxlanuvchan juda ko‘p mayda savatchali bo‘lib Pomir toglaridagi kishloqlarda tarqalgan
Shimoliy afgonli – kechpishar yirik yalpoq savatchali
Armanistonli – savatchalari o‘ta tikonli o‘ramali
Gerotli
Kavkazorti – tikonsiz, savatchalari gumbaz shaklli
Janubiy Fransiyali
Shimoliy Turonli
Ya.G.Mamot bularni chuqur urganib, o‘ta ertapishar bo‘lib Azarbayjonli, Kichik Osiyoli, Suriyali, Ispaniyali shakllari, o‘ta kechpmsharlari esa Xitoy, eron va Afgoniston namunalari, baland bo‘ylilar – G‘arbiy Xitoy, Azarbayjon, armaniston, eron, Afganiston shakllari, yirik urug‘lilar – Suriya va Isroil shakllari ekanligini anikladi.

Download 7,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish