Turlararo duragaylash. Kelib chiqishi bir biriga yaqin bo‘lganligi uchun populyatsiya navlari va duragaylarining o‘simliklari genetik jixatdan bir xiligi kungaboqar kasalliklarini ko‘payishiga qulay sharoit tug‘diradi. Natijada kasallanish bilan birga oxirgi yillar kungaboqar hosildorligi oshmay balki pasayishi kuzatilmoqda.
Bir yillik madaniy kungaboqar bilan ko‘p yillik madaniy kungboqarni, Bir yillik madaniy kungaboqar bilan bir yillik va ko‘p yillk yovvoyi kungaboqar turlarini chatishtirish turlararo duragaylshga misol bo‘ladi.
Kungaboqarning ko‘p yillik turlari, ayniqsa geksaploid turlar, jumladan H. tuberosus immunitetning kamdan kam uchraydigan qimmatli manbai bo‘lib seleksiyada keng qo‘llanilgan.
Bir yillik kungaboqarning ko‘p miqdordagi yovvoyi populyatsiyalari chidamlilik dominant genlariga ega.
Kungaboqarning uzoq shakllarini duragaylash borasida moyli ekinlar ilmiy tadqiqot institutida (VNIIMK) akademik V.S. Pustovoyt rahbarligida katta muvaffakiyatlarga erishilgan. Ayniqsa H. annuus bilan H. tuberosus turlarini chatishtirish natijasida kungaboqarning yuqori hosilli, shumg‘uyaga, un shudring kasalligiga, vertitsillyoz so‘lishiga, qizil kapalak (Ognevka)ga chidamli Oddeskaya 63, Start, Yubileynыy 60, Progress navlari yaratildi.
H. tuberosus (2n=102) geksaploid, H.annuus (2n=34) diploid turlarni chatishtirish natijasida hosil qilingan duragaylarning (F1) pushtsizligini yengish uchun madaniy kungaboqar bilan uchinchi (F3) pushtidan boshlab madaniy shaklli va guruhli immunitetli duragay o‘simliklarni bir biri bilan changlatish o‘tkaziladi.
Hosil qilingan seleksion material ustida ishlab, provokatsion (infeksion) usul va tanlashlar o‘tkazish natijasida yuqori hosilli, shumg‘uyaga va qator kasalliklarga chidamli navlar yaratilishiga erishiladi.
Kungaboqarning yovvoyi turlaridan seleksiya ishida ayrim xo‘jalik belgi va xususiyatlarini yaxshilash maqsadida foydalaniladi. H. tuberosus turining o‘zidan changlatilgan liniyalarining ishtirokida silosbop Pecheneg navi yaratilgan. Bu nav ko‘p shoxlanuvchi, shumg‘iya va un shudring kasalligiga chidamlidir.
H. lenticularis X. H. Annuus larni chatshtirib turlararo duragaylash asosida Solnechnыy nomli nav yaratilib tezpisharlik, past bo‘yli, yuqori hosilli va ko‘p moylilik xususiyatlari mujassam qilingan. Bu nav tup soni ko‘p qilib qalin joylashgan sharoitda yaxshi nataja beradigan navlardan hisoblanadi. Kungaboqar seleksiyasida turlararo duragaylash o‘tkazilish natijasida o‘ta yuqori hosildor duragaylari yaratilgan. Masalan, Krasnodar o‘lkasining Krasnogvardeysk navsinash shaxobchasida turlararo duragaylash natijasida yaratilgan Progress navi gektaridan 41s hosil berib, moy hosili gektaridan 2000 kg ni tashkil kilgan. Shu bilan birga turlararo duragaylar un shudring kasalligi, zang kasalligi va boshqa kasalliklarga chidamlidir
Kungaboqar seleksiyasida chetdan changlanuvchi dala ekinlari seleksiyasida qo‘llaniladigan yakka-oilaviy va oilaviy –guruhlab tanlash usullari qo‘llaniladi. Bu tanlash usulida kungaboqarning Saratovskiy 169, Saratovskiy ranniy, Zelenka 75, Xorkovskiy 22 – 82, Kruglik 631,
Do'stlaringiz bilan baham: |