2-Amaliy mashg‘ulot
2 mavzu: Moyli ekinlarda chatishtirish o‘tkazish tartibi(Kungaboqar)
Mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarni seleksiya jarayoninida Chatishtirish uchun juft tanlash prinsiplarini,duragaylash tartibi va changlash usullarini bilan tanishtirish.
Mashg‘ulotning qisqacha mazmuni: Kungaboqarning yangi navlari va duragylarini yaratish uchun :tur ichida va turlararo duragaylash, poliploidiya, mutagenez va getrozis usullaridan foydalaniladi.
Tur ichida duragaylash. Madaniy kungaboqarning populyatsiyalari ichida va shuningdek bitta turga oid navlar va duragaylar bir biri bilan chatishtirilib ham yuqori hosilli urug‘ida moy miqdori ko‘p tezpishar texnik vositalar bilan ishlov berishga yaroqli yangi navlar va duragylar yaratiladi. Duragaylash ishlarini o‘tkvzish uchun. oddiy va murakkab chatishtirishlar (pog‘onali, to‘yintirish chatishtirish) o‘tkaziladi. Kungaboqarni duragaylash (chatishtirish) uchun quyidagi materiallar va ish qurollari kerak bo‘ladi: lupa, doka matosidan tayyorlangan (savatcha yuzasiga teng 25x25 sm.li kattalikdagi) izolyator xaltacha, likopcha, paxta, chyotkacha, qalam, qog‘oz, qaychi, spirt va x.k.
Duragaylash tartibi 3 ta boskichdan iborat: 1.Gulni chatishtirishga tayyorlash. 2.Gulda bichish (kastratsiya) o‘tkazish. 3. Gulning changini yig‘ish va changlatish o‘tkazish.
Duragaylash o‘tkazish uchun kungaboqarning serhosil, urug‘ida moy miqdori ko‘p, tezpishar, kasalliklar va zararkunandalar bilan zararlnishga bardoshli, texnik vositalar bilan ishlov berishga qulay navlarini yaratish uchun seleksionerning maqsadiga muvofiq navlarning ota-ona (erkak va urg‘ochi) shakllari tanlanadi. Dastlabki ish navning urg‘ochi (germofradit) o‘simligini bichishga tayyorlashdan boshlanadi. Buning uchun tanlangan urug‘ochi shakldagi o‘simlikning guli ochilish arafasida to‘pgulga izolyator xalta kiygiziladi. Chunki kungaboqarning gullari ochilish boshlanishi bilanoq hasharotlar va asalarilar bilan changlanib qolish mumkin. Gulni bichishga tayyorlash uchun gul ochilib boshlangandan 3-4 kuni ertalab soat 8-10 o‘tkaziladi. Gulni bichishga tayyorlash tartibi. Dastlab to‘pgulning chetidagi o‘rama barglar qaychi bilan kesib tashlanadi. Undan so‘ng savatchaning chetidagi tilsimon gullar xam olib tashlanadi. Bundan tashqari savatchaning chetki birinchi ikkinchi poyaslarida joylashgan naysimon gullar xam qisqich (pinset) bilan terib tashlanadi. (qaychi va pinset ishlatishdan oldin spirt bilan paxta yordamida artib turiladi). So‘ng savatchaning markaziy qismidagi poyaslarda joylashgan naysimon gullar xam olib tashlanadi. Xullas savatchaning 3-6 poyaslarida 50-60 ta yaxshi rivojlangan naysimon gullar qoldiriladi. Boshqa gullar qoldirilmasdan terib tashlandi va keyin savatchaga izolyator xalta kiygizilib qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |