Navoiy Davlat pedagogika instituti
Tabiiy fanlar fakulteti
“Biologiya o’qitish metodikasi”
yo’nalishi 4-bosqich A-guruh
talabasi Shodiyeva Nilufarning
pedagogik amaliyot davrida
bajargan ishlari
HISOBOTI
Men Shodiyeva Nilufar 2018-yil 3-fevraldan 21-aprelgacha Navoiy olimpia zahiralari kollejida o’qituvchi Sh.Azizova rahbarligida pedagogik amaliyot o’tadim.
Biz amaliyotni kollej jamoasi, o’quv xonalari, kutubxona, faollar zali, aport zal, fan o’qituvchilari bilan yaqindan tanishishdan boshladik.
Kollej direktori va o’qituvchimiz bizlarni alohida yig’ib bu yerdagi ish tartiblari, guruh rahbarlari ish yuritish hujjatlari bilan tanishtirdilar.
Ma’naviyat ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari o’quvchilarning psixologyasi, kollejdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarning tartib qoidalari bilan tanishtirdilar. Ma’naviyat xonasi, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bilan tanishib o’tdik. Bu davrga menga o’qituvchining asosiy vazifalari, tematik reja tuzish, sinov va ko’rgazmali dars berish usullarini hamda o’quvchilar bilan qanday ishlash sirlarini o’rgatdi. Amaliyot davrida kollejdagi o’qituvchilarning darslarini kuzatdim va yangi pedagigik metod va usullarni o’rgandim. Kuzatish jarayonida olgan bilimlarim va ustozim nazoratida dars o’tdim.
8-“A”, “B”sinf va 1-16, 2-16, 3-16 guruh o’quvchilari bilan dars amaliyotini birga bajardik.
Kuzatib o’rganganimdan so’ng, o’zim biologiya fanidan sinov darslarini o’ta boshladim. Darsimni berkitilgan o’qituvchihamda metodist o’qituvchimiz kuzatib kamchiliklarini ttushuntirib berdilar. Men keying darsimga bu kamchiliklarimni bartaraf etib, darslarga juda chuqur tayyorlanib, o’z ustimda ishladim.
Men 2-bosqich o’quvchilari bilan birgalikda “balli yigitlar” tadbirini tashkil etdik. Sinf rahbarlik ishlari bilan to’liq tanishib chiqdim.
Menga kollej hayotidagi ijodiy va amaliy jarayonlar juda yoqdi. Kelajakda o’qituvchilik faoliyatimda o’rganganlarim katta yordam beradi deb ishonaman. Amaliyotchi o’rtoqlarimning darslarini kuzatdim va tahlil qildim.
Kollej direktori: B.M.Qurbonov
Kollej O’IBDO’: F.Nazarova
O’qituvchi: Sh. Azizova
Navoiy Davlat pedagogika instituti
Tabiiy fanlar fakulteti
“Biologiya o’qitish metodikasi”
yo’nalishi 4-bosqich A-guruh
talabasi Shodiyeva Nilufarga
Navoiy olimpia zahiralari kolleji
tomonidan berilgan
TAVSIFNOMA
Shodiyeva Nilufar hozirda Navoiy Davlat Pedagogika Institutining “Tabiiy fanlar” fakulteti “Biologiya o’qitish metodikasi” yonalishida tehsil olmoqda.
Navoiy olimpia zahiralari kolleji 2018-yil 3-fevraldan 21-aprelgacha bo’lgan pedagogik amaliyotni kollej o’qituvchisi Sh.Azizova rahbarligida pedagogik amaliyot o’tadi.
Amaliyot davomida o’qituvchilar darsini kuzatib, o’rganib boorish va o’rgangan metodlarini dars o’tishda noan’anaviy va interfaol usullarni qo’llab dars olib bordi. Shuningdek shu vaqt davomida talaba 8-“A”, “B”sinf va 1-16, 2-16, 3-16 guruh o’quvchilari bilan dars amaliyotini birga bajardi.
2-bosqich o’quvchilari bilan birgalikda “balli yigitlar” tadbirini tashkil etdi. Uni metodik jihatdan to’g’ri ko’rgazmalardan foydalangan holda tashkil qilishga harakat qildi.
O’quvchilar o’rtasida o’ziga xos hurmat qozondi.
Shodiyeva Nilufar talabchan, izlanuvchan, tirishqoq, mehnatsevar talaba. Uning kelajakda ajoyib tajribali, mohir pedagog bo’lib yetishiga ishonch bildirib pedagogik amaliyotni “ _ ” ( ) deb baholayman.
Kollej direktori: B.M.Qurbonov
Kollej O’IBDO’: F.Nazarova
O’qituvchi: Sh. Azizova
Do'stlaringiz bilan baham: |