T elegram: Maktablar_uchun_hujjatlar
7-aprel “Butun jahon salomatlik kuni”ga bag`ishlangan
“Sog` tanda-sog`lom aql” kechasi.
Kecha o`tkaziladigan joy bayramona bezatiladi.
1-boshlovchi: Assalom, deganda oshiladi gul.
Assalom, deganda sayraydi bulbul.
Assalom, deganda alik olgaysiz,
Ushbu tabrigimizni qabul qilgaysiz.
Assalom-alaykum, aziz va mo`tabar ustozlar, jajji ukajonlar, bilimlarga chanqoq o`quvchilar, hurmatli mehmonlar 7-aprel “Butun jahon salomatlik kuni”ga bag`ishlab o`tkazilayotgan “Sog` tanda – sog`lom aql” deb nomlangan kechaga xush kelibsiz. Kechani ochib berish uchun so`z maktabimiz direktoriga. Hurmatli o`quvchilar aziz va mo`tabar ustozlar hamda mehmonlar. Manashu kechani ochiq deb e’lon qilaman va sizlarga po`latdek mustahkam sog`lik, oilaviy xotirjamlik tilayman.
2-boshlovchi: Assalom, ey gulchiroylar,
Guljahonlar, assalom.
Dilrabo, dilkash, dilbar
Aziz mehmonlar, assalom.
“O`ktam avlod” (qo`shiq) Anvar Obidjon she’ri
Aziz mehmonlar, qadrli ustozlar va hurmatli o`quvchilar, jahonda hech bir davlat yangi asrga sog`lom va barkamol avlod bilan qadam qo`yishga davlat miqyosidagi olamshumul vazifa sifatida O`zbekistonimiz va uning dono rahbari I.Karimovdek katta ahamiyat bilan qarayotgani yo`q. Biz bu bilan faxrlansak arziydi.
1-o`quvchi:
Xuddi shunday! Jannatmakon O`zbekiston qalbi va yo`li navqiron o`z avlodini kaftida ko`tarib, e`zozlab turgan. Shu aziz vatanda biz yoshlarning yuragida bitta intitlishdir, u ham bo`lsa farzandlik sharafini ota-ona va Vatan oldida tutmoq, mehr-oqibatning qadriga yetmoq hamda fidoiy inson bo`lmoqdir.
2-o`quvchi:
O`zbekistonning gullab-yashnashiga hissa qo`shgan sog`lom inson bo`lib yetishish, “O`zbek” degan nomni tarannum etib O`zbekiston bayrog`ini baland ko`tarishga tayyormiz.
Chunki bizning jonimizda buyuk ajdodlarimiz Al Xorazmiy, Al Beruniy, Ibn Sino – qonlari jo`sh urmoqda.
1-o`quvchi: Sog` yuray desang, ozoda bo`l,
Deydi bizning bobomiz.
Bu so`z to`g`ri bu so`zga
Amal qiling bolalar.
2-o`quvchi: Bu himmatli maqolga
Men ham amal qilaman.
Ozoda bo`lish ishim,
Vazifam deb bilaman.
3-o`quvchi: Men hech vaqt partada
Qiyshayib o`tirmayman.
4-o`quvchi: Doktorlarning so`ziga
Har chog` quloq solaman.
Vaqtida yeb ovqatni
Vaqtida dam olaman.
5-o`quvchi: Maktabdan kelgach, har mahal
Goh sakrab qo`zichoqdek
Goh toychoqdek chopaman.
6-o`quvchi: Shuning uchun har mahal
Ruhim yengil, ko`nglim shod
Shuning uchun do`stlar, men
Dard ko`rmayman umrbod.
1-bosqich: Tabiat yaratgan mo`jizalardan foyda olmoq uchun inson sog`lom baquvvat hamda zukko bo`lmog`i lozim.
Sahna ko`rinishi:
Kambag`al: Assalomu-alaykum.
Luqmoni Hakim: Valaykum assalom
- Menga to`g`ri maslahat bersangiz. Mening yeyishga na nonim, kiyishga na kiymim bor.
Nima qilay, juda qiynalib ketdim.
- Bo`lmasa menga o`ng qo`lingni sot, men senga pul beraman.
- Iye, o`ng qo`lim o`zimga kerak.
- Bo`lmasa o’ng ko`zingni sot.
- Nega men sizga o`ng ko`zimni sotishim kerak? U menga ko`rish uchun kerak.
Ey, birodar! Bo`lmasa nega zorlanadi to`rt muchang sog` bo`lsa, aqlni ishlatib mehnat qilsang kuning o`taveradi. Shuning uchun ham “Tani sog`lik-tuman boylik” deb aytishadi. Chunki sog`lik har qanday boylikdan a’lo, dunyodagi eng boy odamsan.
2-boshlovchi:
Besh narsadan oldin besh narsaning qadrini bil!
- kasal bo`lmasdan oldin sog`lik qadrini
- qarimasdan-avval yoshlik qadrini
- qashshoqlikdan avval boylik qadrini
- qaramlikdan avval ozodlik qadrini
- o`limdan avval esa tiriklik qadrini
1-boshlovchi:
Endi navbat esa savollarga.
1. Tana haroratini o`lchaydigan asbob?
2. Tish tozalaydigan asbob? (cho`tka)
3. Inson uchun qimmatli boylik? (sog`lik)
4. Sezgi organlariga nimalar kiradi? (quloq, ko`z, burun, til)
5. Odamda nechta tish bor?
6. Prezidentimiz 2011-yilni qanday nomladi?
7. Gigiyena nima?
8. Ovqatlanishdan oldin qo`lni nega yuvish kerak?
9. Odam kuch-quvvatni qayerdan oladi?
10. O`simlik va uy hayvonlaridan olinadigan oziq-ovqat mahsulotlariga nimalar kiradi?
2-bosqich:
Endi esa Ibn Sino bobo-ulashar davo. (o`gitlar) Po`lat Mo`min.
Xom suvni ichma,
Sog`likdan kechma.
Badantarbiya –
Kuch etar hadya.
Yo`lda yeyish non
Yomondan yomon
Yeb bo`lib ovqat,
Yugurma faqat.
Yurmoqlik iflos
Kasalga asos.
Pashshadan kasal
Tarqar har mahal.
Ozoda hovli,
Kasaldan holi.
Kim harakatda
Sog`lom, albatta.
2-boshlovchi:
Sog`lik to`g`risida o`quvchilar yod olgan maqollarni aytib berishadi.
Och holini to`q bilmas,
Kasal holini sog`.
Sog`likda xo`rlik yo`q
Sog` yurak, tog` yurak
Sog` tanda sog` aql.
Salomatlik-tuman boylik
El sog`ligi-yurt boyligi.
O`ktam avlod (Qo`shiq)
Anvar Obidjon
Aziz ota-onamizning qalqonimiz
Buyuk xalqim, suyuk xalqim, bizga ishon
Fidodir bu qutlug` Vatanga jonimiz
Buyuk xalqim, suyuk xalqim, bizga ishon
Al-Beruniy, At-Termiziy hazrat bizga
Ulug`bek – u, Al Farg`oniy savlat bizga
Temur bobo, Manguberdi davlat bizga
Buyuk xalqim, suyuk xalqim, bizga ishon
Yurtning do`stga oshiq bag`ri bag`rimizdir,
Alpomishning yovga qahri qahrimizdir
Navoiyning turkiy tili faxrimizdir,
Buyuk xalqim, suyuk xalqim, bizga ishon
Ilm-u mehnat bilan inson nasli a’lo,
Inoq bo`lsak, yuz o`girmas tole aslo
Ajdodlardek bizlar doim g`olib, dono
Buyuk xalqim, suyuk xalqim, binga ishon
1-boshlovchi:
Kechani “Xorazm lazgisi” bilan yakunlash. Shuning bilan bugungi kechamizni tugatar ekanmiz, sizlarga yana bir bor uzoq-umr, sixat-salomatlik, oilaviy baxt tilab qolamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |