Yangi mavzuning bayoni: Jinsiy ko‘payishda yangi organizm ota va ona organizmlarining jinsiy
hujayralari – gametalar ishtirokida hosil bo‘ladi. Erkaklik va urg‘ochilik jinsiy hujayralarining qo‘shilishi
natijasida zigota hosil bo‘ladi. Zigotadan yangi organizm rivojlanadi. Yangi organizm genotipi ota-ona
genotipidan farq qiladi. Jinsiy ko‘payish asosida kombinativ o‘zgaruvchanlik yotadi.
Jinsiy ko‘payishning ahamiyati. Jinsiy ko‘payish organizmlar evolutsiyasida muhim rol o‘ynaydi. Bu
jarayon ota-ona irsiy belgilarining birlashishiga imkon beradi. Hosil bo‘lgan yangi avlod ota-onasiga
nisbatan yashovchan va o‘zgargan muhit sharoitiga moslanuvchan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |