Yangi mavzuning bayoni:
Sayyoramizdagi barcha tirik organizmlar ochiq biologik sistemalardir,
ya’ni ular bilan atrof-muhit o‘rtasida uzluksiz modda va energiya almashinuvi bo‘lib turadi. Tirik
organizmlardagi hayotiy jarayonlar, hujayradagi plastik reaksiyalar, membrana orqali moddalar
transporti, hujayralarning o‘sishi va bo‘linishi, to‘qima va organlar faoliyati, tana haroratining
doimiyligini saqlash uchun energiya zarur. Bu energiya oziq moddalarning parchalanish
jarayonida hosil bo‘ladi. Tirik organizmlar tomonidan modda va energiyaning o‘zlashtirilishi oziqlanish
deyiladi. Oziqlanish tirik organizmlarning muhim xususiyati hisoblanadi. Tirik organizmlar uglerod va
energiyaning qanday manbayidan foydalanishiga ko‘ra avtotrof va geterotrofl arga ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |