III.Yangi mavzuning bayoni:
Paleozoy erasi 340 mln yil davom etgan. Kembriy davrida iqlim
mo‘tadil bo‘lib, o‘simlik va hayvonlar dengizda tarqalgan. Ularning ba’zilari o‘troq, ba’zilari suv oqimi
bilan harakatlangan. Paleozoy erasida hayvonot dunyosi xilma-xil bo‘lgan va nihoyatda tez
rivojlanganligi sababli, kembriy davridayoq, hayvonlarning barcha tiplari mavjud bo‘lgan. Ikki pallali,
qorinoyoqli, boshoyoqli molluskalar, halqali chuvalchanglar, trilobitlar keng tarqalgan va faol
harakatlangan. Umurtqali hayvonlarning dastlabki vakillari – qalqondor baliqlar paydo bo‘lgan, ularda
jag‘ bo‘lmagan. Qalqondorlar hozirgi davrda yashayotgan to‘garakog‘izlilar – minogalar va
miksinalarning olis ajdodi hisoblanadi. Ordovik davrida dengizlar sathi ortib, unda yashil, qo‘ng‘ir, qizil
suvo‘tlari, boshoyoqli, qorinoyoqli molluskalarning xilma-xilligi ortdi. Korall rifl arining
hosil bo‘lishi avj oldi. Bulutlar hamda ba’zi ikki pallali molluskalarning turlitumanligi kamaydi. Silur
davrida tog‘ hosil bo‘lish jarayonlari kuchayib, quruqlik sathi ortdi. Iqlim nisbatan quruq bo‘lgan.
Qirg‘oq yaqinidagi suvlarda tarqalgan ko‘p hujayrali yashil suvo‘tlarining ba’zilari yashash uchun kurash,
tabiiy tanlanish tufayli quruqlikka chiqishga muvaff aq bo‘lgan. Tuproq dastlabki quruqlikdagi
o‘simliklar psilofi tlarning tarqalishiga imkon bergan. Tuproqda organik birikmalarning to‘planishi
keyinchalik zamburug‘lar paydo bo‘lishi uchun imkon yaratgan. Boshoyoqli molluskalar nihoyatda
ko‘paygan. Silur davrida atmosfera havosi bilan nafas oladigan dastlabki quruqlikda yashovchi
bo‘g‘imoyoqlilar paydo bo‘lgan. Markaziy Osiyoda kuchli vulqonli jarayonlar ro‘y bergan. Iqlim iliq
bo‘lgan. Zarafshon tog‘ tizmalarida kovakichli hayvonlar bilan past bo‘yli psilofi tlarning toshga tushgan
tasviri topilgan.
Perm davrining boshlariga kelib iqlim birmuncha quruq va sovuq bo‘lgan.
Bunday sharoitda suvda hamda quruqlikda yashovchilarning anchagina qismi qirilib ketgan. Yashash
uchun kurash, tabiiy tanlanish suvda hamda quruqlikda yashovchilarning ma’lum guruhining o‘zgarishiga
sabab bo‘lgan. Keyin ulardan sudralib yuruvchilar sinfi ning vakillari kelib chiqqan.
.IV.Mustahkamlash:
1. Paleozoy erasi nechta davrdan iborat?
2. Dastlabki quruqlik o‘simliklari qaysi davrda kelib chiqqan?
3. Dastlabki suvda hamda quruqlikda yashovchilarning turlari qaysi davrda
vujudga kelgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |