Ko’rgazmali qurollar: «Biologiya» darsligi, «Biologiya fanidan o’quv uslubiy qo’llanma»Fanga oid
ko’rgazmali qurollar va rasmlar
, doska bo’r, daftar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: O’qituvchining salomlashishi, jurnalga yo’qlama qilishi,sinf o’quvchilarini darsga jalb
qilib, ishchi muhitini yaratish.
Uy vazifasining bayoni:______________________________________________________________
__________________________________________________________________________________
Yangi mavzuning bayoni:
Organizmlar genlari yoki genlar majmuasining faoliyatini inson
manfaatlarini ko‘zlagan holda o‘zgartirilishiga gen muhandisligi (gen injeneriyasi yoki genetik
injeneriya) deb ataladi. Gen muhandisligi – rekombinant RNK va DNKlar olish, organizm (hujayra)dan
genlarni ajratish, genlarni boshqarish (manipulatsiya), genlarni boshqa organizmlarga kiritish va DNKdan
tanlangan genlarni olib tashlash yo‘li bilan sun’iy organizmlar yaratish texnologiyalari va
usullari jamlanmasidir. Bir molekula oqsilning biologik sinteziga javobgar bo‘lgan, DNK zanjiridagi
nukleotidlar qatori gen deb ataladi. Murakkab biologik jarayon ketma-ketligini boshqarishda ishtirok
etadigan, genetik tuzilishi bo‘yicha deyarli bir-biriga o‘xshash bo‘lgan bir necha genlar, genlar majmuasi
yoki oilasini tashkil qiladi. Gen muhandisligi fanining maqsadi genlarning ichki tuzilishini va
xromosomada tutgan o‘rnini ehtiyojga mos ravishda o‘zgartirib, ularning faoliyatini idora etishdir.
Natijada har qanday tirik mavjudotni, albatta, imkoniyat darajasida maqsadga yanada ko‘proq muvofi
qlashtirish yo‘li bilan sanoat miqyosida oqsil moddalar ishlab chiqarish, o‘simlik va hayvon turlarini
inson ehtiyojiga mos ravishda o‘zgartirish, irsiy va yuqumli kasalliklarni aniq va tez tashxis qilish hamda
sabablarini aniqlash usullari yaratildi. Gen muhandisligi (gen injeneriyasi) fani irsiyatning moddiy asosi –
DNK molekulasini spetsifi k tarzda bo‘laklarga bo‘luvchi va har qanday DNK bo‘lagini bir-biriga uchma-
uch biriktiruvchi enzimlar hamda DNK bo‘laklarini uzunligi bo‘yicha bir-biridan o‘ta aniqlik bilan ajrata
oluvchi elektroforez usulining kashf etilishi oqibatida vujudga keldi. Ayniqsa, DNK molekulasini
tashkil etuvchi nukleotidlarning spetsifi k ketma-ketligini (izchilligini) aniqlash hamda xohlagan DNK
bo‘lagini avtomatik tarzda sintez qilish usullarining va uskunalarining kashf etilishi bu fanning jadal
sur’atlar bilan rivojlanishini ta’minladi.
1950–1970-yillarda DNKning qo‘sh zanjir ekanligi, DNKning
ma’lum qismini kesuvchi restriktaza fermenti, genetik kod va uning oqsilni sintez qilishdagi ahamiyati
o‘rganilgan, laboratoriya sharoitida gen sintez qilingan. 1970–1990-yillarda DNKni klonlash
texnologiyasi, somatik hujayralarni gibridlash yo‘li bilan monoklonal antitanani ishlab chiqaruvchi
gibridoma yaratilgan, rekombinant bakteriyalar yordamida birinchi marotaba somatostatin
gormoni olingan, transgen o‘simlik yaratilgan. Rekombinant DNKdan foydalanish istiqboli fanda yangi
yo‘nalish – gen muhandisligining paydo bo‘lishiga zamin yaratdi. Mustaxkamlash:Yangi mavzu savol -
javob orqali mustaxkamlanadi
V. Baholash Faol qatnashgan faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |