32-sonli umumta`lim maktabi
10 “_____” sinf o`quvchisi
__________________________ning
BIOLOGIYA
fanidan nazorat ishi
daftari
Sana : ___________
Nazorat ishi-1.Test.
1.Qaysi metod yordamida hujayra nazariyasi ,biogenetik qonun ,irsiy o`zgaruvchanlikning gomologik qatorlar qonuni kashf etilgan ?
A) kuzatish B) taqqoslash C) tarixiy D) eksperimental
2.Organizmlarning sistematik guruhlarini va o`zaro qarindoshlik munosabatlarini biologiyaning qaysi bo`limi o`rganadi?
A) anatomiya B) embriologiya C) sistematika D) etologiya
3.Hayotning qaysi tuzilish darajasida irsiy axborotning saqlanishi , ko`payishi,o`zgarishi hamda moddalar va energiya almashinuvi bilan bog`liq jarayonlar sodir bo`ladi?
A) hujayra B) molekula C) to`qima D) biosfera
4.Hayotning tuzilish darajalari ketma ketligi to`g`ri berilgan javobni aniqlang?
1)hujayra 2)organoid 3)to`qima 4)molekula 5)organ 6)atom 7)organlar sistemasi 8) biosfera 9) organizm 10)ekotizm 11) populatsiya 12) biogeosenoz
A)6,4,2,1,3,5,7,9,11,12,10,8 B) 9,11,12,10,8 6,4,2,1,3,5,7
C) 6,4,2,1,3,5,7,9,8,10,12,11 D) 6,4,2,1,3,12,10,8 ,5,7,9,11
5.Xlorofill molekulasi tarkibiga kiradi.Energiya almashinuvi va DNK sintezini faollashtirishda koferment sifatida ishtirok etadigan elementni aniqlang?
A) magniy B) natriy C) azot D) kalsiy
6.Biogeosenoz o’z ichiga nimalarni oladi?
A) anorganik va organik moddalar B) avtotrof va geterotrof organizmlar
C) o’simliklar va hayvonlar D) A va B
7. Hayotning ……… darajasida hujayralarning ixtisoslashuvi bilan bog‘liq jarayonlar o‘rganiladi.
A) hujayra B) to’qima C) molekula D) organ
8. Organlar bir necha xil to‘qimalardan tashkil topgan bo‘lib, organning bajaradigan vazifasi hayotning qaysi darajasining faoliyati bilan bog‘liq.
A) hujayra B) to’qima C) molekula D) organ
9. Qaysi daraja evolutsiyaning boshlang’ich birligi hisoblanadi?
A) populyatsiya B) organizm C) organ D) biogeosenoz
10 Odamnig terisi qaysi to’qimalardan iborat?
A) muskul va epiteliy B) epiteliy va biriktiruvchi C) nerv va muskul D) epiteliy, muskul, biriktiruvchi
11. … mustaqil hayot kechiruvchi yaxlit yoki bir va ko’p hujayrali tirik tizim?
A) organ B) to’qima C) biosfera D) organizm
12. … kelib chiqishi, yashash sharoiti va hayot tarzlari bir xil organizmlar yig’indisi?
A) populyatsiya B) organizm C) organ D) biogeosenoz
13. Moddalar almashinuvi, irsiy belgilarni o’tkazish va tuzilmalarni avlodlardagi barqarorligi singari jihatlar … kuzatiladi?
A) hujayra B) to’qima C) molekula D) organ
14. hayotga berilgan to’g’ri ta’rifni aniqlang?
A) biosferani hosil qiladi va o‘zgartiradi B) tirik organizmlarda hayotiy jarayonlarning sodir bo‘lishi,
C) bu tirik organizmlarning irsiy axborotni avloddan avlodga o‘tkazish orqali o‘z-o‘zini barpo etadigan jarayon.
D) barchasi to’g’ri
15. «Yerda mavjud bo‘lgan tirik organizmlar, biopolimerlar: oqsil va nuklein kislotalardan tuzilgan. Ular o‘z-o‘zini idora etadigan, yarata oladigan ochiq sistemalardir». Ushbu ta’rif qaysi buyul biolog olimga tegishli?
A) М. V. Volkenshteyn B) Lukretsiy Kar C) I. M. Sechenov D) A. N. Seversov
16. Barcha tirik organizmlar tarkibiga kiruvchi kimyoviy elementlarning 90% dan ortig‘i asosan qaysi elementlar tashkil etadi?
A) uglerod, kislorod, vodorod va azot B) uglerod, kislorod,vodorod, fosfor va azot
C) azot, brom, kalsiy D) vodorod, kislorod, azot, brom
17. Tirik organizmlarning o’z-o’zini idora qilish xususiyati nima bilan bog’liq?
A) metabolizm B) gomeostaz C) ko’payish D) qo’zg’aluvchanlik
18. Barcha tirik organizmlar, ayniqsa barcha … doimiy harakatda bo’ladi?
A) o’simliklar B) zamburug’lar C) hayvonlar D) mikroorganizmlar
19. Organizmlarning qaysi xususiyati tiriklikning eng muhim tomoni hisoblanadi?
A) o’sish B) ko’payish C) rivojlanish D) qo’zg’aluvchanlik
20. Tirik organizmlardagi barcha jarayonlar asosan qanday yo’llar bilan boshqariladi?
A) tashqi muhit bilan B) biologik aktiv moddalar bilan C) nerv va endokrin D) gumoral
t/r
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
11
|
12
|
13
|
14
|
15
|
16
|
17
|
18
|
19
|
20
|
J
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
B
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Nazorat ishini bali: __________
Sana : ________
Do'stlaringiz bilan baham: |