- guruh.
Bahorgi efemer o‘simlik- …. oq ( shuvoq )
O‘t o‘sadigan joy -- …. oq ( o‘tloq )
Katta sudralib o‘suvchi o‘simlik -- …. oq ( qovoq )
Dukkakli moyli o‘simlik -- …. oq ( yeryong‘oq )
Cho‘l o‘simligi --….. oq ( iloq )
O‘simlik o‘sadigan juda namli joy -- …. oq ( botqoq )
O‘simlik o‘sadigan qumli joy -- ….oq ( qumloq )
O‘simlik shakli, meva turi -- ….oq ( qovoq )
Daraxtning qismi -- …. oq ( po‘stloq )
Gulxayridoshlarga mansub o‘simlik -- ….. oq ( bo‘ritaroq )
Dukkakli o‘simlik -- ….. oq ( burchoq )
Karamdoshlar mevasi -- …. oq ( qo‘zoq )
Sigirning bolasi -- ….. oq ( buzoq )
Odam bolasi -- ….. oq ( chaqaloq )
Otning bolasi -- …..oq ( toychoq )
Juft tuyoqli hayvon -- ….. oq ( sayg‘oq )
Mushukning nomi -- …. oq ( baroq )
Baqaning tana qismi -- ….. oq ( oyoq )
Gekkan turi -- …. oq ( chiyildoq )
Baqa ko‘zining usti -- …. oq ( qavoq )
boshlovchi:
Endi to‘rtinchi shartga o‘tamiz. Bunda guruhlar biologiya faniga oid topishmoqlarni topishlari kerak.
Oltin kosada toshib turar
Dala husnini ochib turar? ( Paxta )
Qip – qizilu, anormas ,
Cho‘g‘ga o‘xshar, yonolmas, Mo‘ralaydi egatdan,
Joy oladi savatdan. ( Qulupnay )
Cheti gulli, patir non,
Ichi to‘la g‘ij – g‘ij don. ( Kungaboqar )
Dum – dumaloq jajji oy ,
Chaqib yesang, g‘ij – g‘ij moy. ( Yong‘oq )
Yashil gumbaz ichida. Qip – qizil xona
Bir xil libos , teng bo‘yli. Ming bir dugona. ( Tarvuz )
Onasidan kiyim – boshim, Bolasidan moyli oshim. ( Paxta )
Bir nechtadan ko‘zi bor,
Olma kabi yuzi bor. ( Kartoshka )
O‘zi pillaga o‘xshar,
Ichi tillaga o‘xshar. ( Yeryong‘oq )
Suv tubida bor ekan tomchi,
Qanday tirik jon ekan – topchi. ( Amyoba )
Maysa rangli mitti ko‘zi,
Bor xivchini, bordir ko‘zi. ( Yashil evglena )
Suvga biroz pichan soldik , O‘sha suvdan tomchi oldik. Unda tirik jonni ko‘rib,
Biz hammamiz hayron qoldik. ( Tufelka )
Bir ozig‘ga o‘n xizmatkor,
Qanday o‘lja unga darkor? ( Gidra )
Soyabonga o‘xshar tanasi,
Gar teginsang, chaqar ninasi. ( Meduza )
Ichakda bor bir xivich.
Bo‘yi rosa bir qarich. ( Askarida )
O‘n oyoqlab olg‘a yurar,
Shoshar bo‘lsa, ortga suzar. ( Qisqichbaqa )
Bir otim bor ajabgina,
Dumlari bor, gajakkina. ( Chayon )
To‘ni zardan - yaltiroq, Mo‘ylovi mitti – taroq.
Chiroy berar yashil qanoti,
Qani top – chi , nimadir oti. ( Bronza qo‘ng‘izi )
Qanoti gulga o‘xshar,
Xartumi qilga o‘xshar. ( Kapalak )
Beli qilday,
Boshi xumday. ( Chumoli )
Ildam – ildam Sakrab o‘tadi, Tutay desam
Qochib ketadi. ( burga)
Natijalar hisoblanib chiqiladi.
boshlovchi: Qaysi guruh kam ball yig‘gan bo‘lsa boshqa guruh ballidan bir ball ziyod ball uchun hal qiluvchi savol o‘ynaladi.
Mantiqiy savol.
Akbar mushugini ermak qilib taroziga tortib ko‘rgandi uning og‘irligi 1 kg chiqdi. Shu kechasi dadasi bozordan olib kelgan bir kg go‘sht yo‘qoldi. Asosiy gumondor esa mushuk edi. Undan shubxalangan Akbar mushugini yana tarozida tortib ko‘rdi. Mushukni og‘irligi 1kg 100 gramm chiqdi. Agar bu mushukni og‘irligi bo‘lsa, go‘sht qani, agar bu go‘shtni og‘irligi bo‘lsa mushuk qani?
Do'stlaringiz bilan baham: |