Биология фани укитувчиси Арслонова Лобарнинг малака иши такдимоти



Download 151 Kb.
bet2/2
Sana12.07.2022
Hajmi151 Kb.
#779202
1   2
Bog'liq
Арслонова Лобар

1-лаборатория машгулоти

  • 1.Умумбиологик конуниятлардан джоир масала ва машклар ечиш. Хаётнинг –малекула ва хужайра даражадаги умумбиологик конуниятларга доир масалалар ечиш оркали биологик обектларга борадиган жараёнларни кузатиш ва тажрибалар утказиш хамда хулоса килиш компетенцияларни шакллантириш.

Масала

  • ДНК молекуласи 6000 нуклеотиддан иборат. Шу ДНК молекуласининг узунлигини аникланг
  • Ечиш: 6000*034=2040 нм:2=1020 нм
  • Жавоб: 2040 нм узунликда :2=1020 нм
  • Chala dominantlik. Hayvon va o‘simliklar ustida olib borilgan tajribalarda birinchi bo‘g‘in duragaylarida chala dominantlik hodisasi aniqlandi. Bunday hodisa Mendel tajribalarida ham kuzatildi. Ya’ni birinchi bo‘g‘in duragaylarida ota yoki onaning belgilari to‘liq ko‘rinmaydi. Faqatgina ota yoki onaga ozgina o‘xshaydi. Misol: oq va sariq gulli nomozshomgul chatishtirilib pushti gulli duragay olinadi. Bunda ikkinchi bo‘g‘in duragayning fenotip bo‘yicha ajralishi (3:1) genotip bo‘yicha (1:2:1) ajralishga mos kelmaydi. Chunki geterozigota (Aa) gomozigotadan (AA) tashqi ko‘rinishi bilan farq qilmaydi. Chala dominantlikda 2-bo‘g‘inida duragaylarning belgilar bo‘yicha fenotip va genotip ajralishi bir xil bo‘ladi. Ya’ni dominant gomozigota (AA) geterozigota (Aa) dan farq qiladi. Nisbat quyidagicha bo‘ladi: 1 (AA) sariq: 2 (Aa) pushti: 1 (aa) oq gulli, shartli ravishda sariq - dominant, oq esa - retsissiv deb olinadi. Chala dominantlikni to‘la dominantlikdan ajratish uchun harflar ustiga chiziq qo‘yiladi. Masalan: (Āa).
  • Diduragay chatishtirish. Bir-biridan 2 juft alternativ belgilari bilan farq qiladigan organizmlarni chatishtirish diduragay chatishtirish deyiladi. Mendel o‘z tajribalarida 3-qonuniyatni ham ochib, har xil juft belgilarning bir-biridan mustaqil ravishda nasldan-naslga berilish qonuni deb atadi.
  • Poliduragay chatishtirish. Uchta va undan ko‘p belgilari bilan farq qiladigan organizmlarni chatishtirish poliduragay chatishtirish deyiladi. Misol: guli sariq, doni sariq, silliq o‘simlik - guli oq, doni yashil, burushgan o‘simlik bilan chatishtirilsa, bunda,
  • donning rangini ifodalaydigan gen — A, a;
  • shaklini ifodalaydigan gen — В, в;
  • gulining ranginiki — С, с.
  • trigibrid chatishtirishda ishtirok etadigan 1 ta o‘simlik genotipi AAВВСС, ikkinchisiniki esa aaввсс, F1 da esa duragay genotipi AaВвСс bo‘ladi.
  • AAВВСС aaввсс
  • sariq silliq yashil burushgan
  • sariq gulli oq guli
  • AaВвСс
  • sariq silliq, sariq gul.
  • P AaВвСс x AaВвСс ular o‘zaro chatishganda quyidagi erkak va urg‘ochi gametalar hosil bo‘ladi. Pennet katagiga tushiramiz.
  • Komplementar ta’sir - genotipda allel bo‘lmagan genlarning birgalikda, ya’ni belgilarning rivojlanishiga olib kelishiga tushuniladi. Buni to‘ldiruvchi ta’sir ham deyiladi. Bunda har bir gen alohida biror belgini yuzaga chiqara olmaydi. Misol: xushbo‘y hidli oq gulli no‘xat chatishtirilganda F1 da duragay sariq gulli bo‘ladi. Sariq gullar o‘zaro chatishtirilganda F2 da 9:7 nisbatda, ya’ni fenotipda 9/16 sariq, 7/16 oq gulli bo‘ladi. Sababi genotipdagi dominant bo‘lgan bitta gen A yoki V gulga sariq rang bera olmaydi. Ular birikib rang hosil qiladi. Bunday hodisani sichqonlarda ham, makkajo‘xorida ham, piyozlarda ham ko‘rish mumkin.Ba’zan 1 yoki 2 komplementar gen mustaqil ta’sir etishi ham mumkin. Misol: sharsimon qovoqlar chatishtirilsa F1 da gardishsimon qovoqlar hosil bo‘ladi. (AAвв x aaВВ) F2 da esa cho‘zinchoq qovoq ham hosil bo‘ladi.
  • . Epistaz ta’sir - Fenotipda bir dominant genning allel bo‘lmagan ikkinchi dominant gendan ustunlik qilishiga aytiladi. Epastaz dominantlikka o‘xshaydi. Dominantlikda dominant gen (A va В) retsissiv (a va в) dan ustun chiqadi va bu bir juft allel genlar ichida ro‘y beradi. Epistazda esa boshqa allelomorf juftga oid bo‘lgan bir dominant gen ikkinchisidan ustun chiqadi. Misol: A gen allel bo‘lmagan В gendan ustun chiqadi. A - epistatik, В - giposttik gen deyiladi.
  • Polimer ta’sir - allel bo‘lmagan bir xildagi bir nechta genning bitta belgining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatishiga aytiladi. Bunday genlar yig‘indisi ko‘p bo‘lsa, organizm belgilari kuchli rivojlanadi, kam bo‘lsa sekin rivojlanadi. Polimer hodisa organizmning miqdoriy belgilarida uchraydi. Misol: hayvonlar og‘irligi, o‘simliklar bo‘yi, tarkibi va boshqalar. Polimeriya hodisasida allel bo‘lmagan genlar nazoratida hosil bo‘ladigan 2 yoki undan ko‘p genlar bir belgining rivojlanishiga o‘xshash ta’sir ko‘rsatadi. Bu hodisani 1908 yilda shved genetigi Nilson Ele o‘rgangan.
  • Genlarning modifikator (turlanib) ta’siri - Mendelning irsiyat qonunlaridan ma’lumki, organizmda bir belgining rivojlanishi aloxida bo‘lgan qandaydir bir genga bog‘liq. Organizmlar ontogenezida genlar ostida hosil bo‘ladigan fermentlar o‘rtasida ta’sirlanish reaktsiyasi ro‘y beradi. Biror bir belgining rivojiga bitta ferment ko‘proq ta’sir etadi. Organizmning biror bir xususiyatini rivojlantiruvchi asosiy va aksincha kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi genlar bor.Organizmdagi belgilarni rivojlantirishga ishtirok etmay, asosiy genga ta’sir etuvchi (kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi) allel bo‘lmagan genlar modifikator genlar deyiladi. Kuchaytiruvchi genlar - intensifikator, susaytiruvchi genlar - zaiflashtiruvchi - ingibitor, supressorlar deyiladi. Modifikator genlar hayvonlarda olachipor bo‘lishini yuzaga keltiradi.
  • Pleyotropiya. Bir genning bir qancha belgiga ta’sir etishi pleyotropiya deb ataladi. Bu hodisa tabiatdagi ko‘plab hayvon va o‘simliklarda uchraydi. Masalan: drozofila pashshasi ko‘zining rangsiz bo‘lishini belgilaydigan gen yaxshi o‘rganilgan bo‘lib, u erkak pashshada ko‘zning rangsiz, tuxumlarning esa oddiy kul rang o‘rniga oq bo‘lishini ta’minlaydi. Shu bilan birga erkak pashshaning nasl qoldirishini va hayotchanligini susaytiradi yoki 1 gen gul rangining sariq, bargning binafsha, poyasining uzun bo‘lishini ta’minlaydi. Ba’zi bir genlarning pleyotrop ta’siri turli organizmlarning rivojlanishida katta o‘zgarishlar ro‘y beradi, natijada organizm halok bo‘ladi. Bunday genlar letal - ya’ni zaharli genlar deyiladi. Tovuqda, qo‘yda, cho‘chqada, otda bunday genlar bo‘ladi. Hayotchanligini susaytiruvchi genlar poluletal genlar deyiladi. Organizmdagi har qanday irsiy belgi bir qancha gen bilan, ya’ni genotip bilan aniqlanadi. Shu bilan birga har bir gen ko‘p belgiga ta’sir etadi.
  • To’liqsiz dominantlikga oid masalalar yechish
  • To’liqsiz dominantlikga doir masalalar mashq qilganda o’qituvchi paxta tolasining rangidan, barglarining shaklidan foydalanishi qulay natija beradi
  • 1 - masala. Qo’ng’ir tola beruvchi g’o’zaning yovvoyi turi bilan oq tola beruvchi sanoat navi chatishtirilganda birinchi avlod F1 duragaylari novvot rang tolali bo’lib chiqdi. Ikkinchi avlodda F2 belgilarning irsiylanishi qanday bo’ladi ?
  •  
  • P AA x aa AA-qo’ng’ir tolali g’o’za
  • gam A a aa- oq tolali g’o’za
  • F1 Aa - qora - novvot tolali g’o’za
  • P Aa x Aa .
  • gam A;a A;a
  • F2 AA, Aa, Aa, aa
  • fen 1 ta AA-qizil , 2 ta Aa- novvot,1 ta aa-oq
  • gen 1 ; 2 ; 1
  • Genetika fanidan internet saytlari
  • http://ghr.nlm.nih.gov/chromosomes
  • http://www.biologie.uni-hamburg.de/b-online/e11/11.htm
  • http://www.emunix.emich.edu/~rwinning/genetics/inherit.htm

Эътиборингиз учун
ташаккур
Download 151 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish