Plastik almashinuv. Fotosintez, xemosintez.
Hujayra tiriklikning irsiy birligi. Hujayrada irsiy axborotning amalga oshirilishi. Matritsali sintez reaktsiyalari.
Hujayra sikli. Xromosoma – genlar tizimi sifatida. Hujayraning bo‘linishi: mitoz, meyoz. Somatik va jinsiy hujayralar. Xromosomalarning strukturasi. Xromosomalar soni, shakli va o‘lchami.
1-laboratoriya mashg‘uloti. Umumbiologik qonuniyatlarga doir masala va mashqlar yechish.
IV BOB. Hayotning organizm darajasidagi umumbiologik qonuniyatlari
(24 soat, B1+: 48 soat)
Hayotning organizm darajasi va uning o‘ziga xos jihatlari. Organizm – o‘z-o‘zini boshqaruvchi tirik tizim. Bir va ko‘p hujayrali organizmlar, ularning hayotiy faoliyatidagi o‘ziga xos jihatlari.
Tirik organizmlarning oziqlanishiga ko‘ra turlari. Geterotroflar (saprofitlar, golozoylar, parazitlar), avtotroflar (fototroflar, xemotroflar).
Do'stlaringiz bilan baham: |