Biologiya fakulteti



Download 2,02 Mb.
Sana25.09.2021
Hajmi2,02 Mb.
#185068
Bog'liq
kurs ishi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI

O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI

BIOLOGIYA FAKULTETI

Agrokimyo va agrotuproqshunoslik yo’nalishi

Soatova Gulira’no

MAVZU: Texnogen tuproqlar



KURS ISHI

Ilmiy rahbar: S. Zakirova

Toshkent-2021

MUNDARIJA

Kirish ………………………………………………………………………3

I.BOB. ADABIYOTLAR SHARHI……………………………………….6

1.1. Tuproqlarning og’ir metallar bilan ifloslanish holati……………..6

1.2. Tuproqlarning og’ir metallar ta’sirida o’zgarishi…………………..9

II.BOB. TADQIQOT OB’EKTI VA METODLAR………………………..13

2.1. Geologiyasi…………………………………………………………13

2.2. Biologiyasi…………………………………………………………..16

2.3. Tadqiqot usullari…………….………………………………………20

III.BOB. TADQIQOT NATIJALARI………………………………………22

3.1. Og’ir metallar bilan ifloslangan tuproqlarni o’simliklar bilan xossalarini yaxshilash………………………………………………………..22

3.2. Og’ir metallar tushgan tuproqlarning fizik xossalarini o’zgarishi……………………………………………………………………..23

3.3. Rekultivatsiyadan keyin tuproqlarning faolligi……………………..26

3.4. Biosferaning umumiy tavsifi va tuproq qoplami bilan aloqasi………….31

IV.BOB. XULOSA………………………….....…………………………….34

Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………36



Kirish

Har bir tuproqqa tushgan kimyoviy modda tuproq qatlamlarida saqlanib, miqdori ortib boraveradi, ya’ni tuproq qoplami uzoq yillar davomida zaharli moddalar ta’sirida qoladi. XX asr oxiri va XXI asrning boshlariga kelib dunyoning ko'p mintaqalarida iqtisodiy va ijtimoiy muammolar yetarlicha yechimini topib, bir maromda davom etib kelmoqda. Biroq tabiatning o’zgarishi bilan bog’liq ekologik muammolar hal etilganicha yo’q. Bugungi kun ekologik vaziyati, jumladan tuproq xossa-xususiyatlarining keskin o’zgarishi va qishloq xo'jaligida foydalanilayotgan yerlarning “tanglik” holiga tushib qolishi va boshqa omiilar qatorida insoniyat faoliyatining o’rni ham zalvorli ekanligi bugun barchaga ayon bo’lmoqda. Yil sayin atrof- muhitga tabiiy va inson (antropogen) omillari ta'siri ortib bormoqda. O'zbekiston Respublikasi bo'yicha olib borilgan ekologik kuzatuvlar natijasiga ko'ra, yurtimiz hududini 4 ta ekologik mintaqaga ajratish mumkin. Bugungi kunda dunyo bo’yicha yer resurslarini himoya qilish, ularni qayta tiklash va unumdorligini oshirishga butun jahon hamjamiyati jalb qilinmoqda. Chunki insoniyat turmush farovonligini ta'minlashda asosiy rol o’ynovchi yer resurslari mintaqaviy yoki umumjahon miqyosidagi ekologik muammoga aylanmoqda. Har bir ekologik muammo yer yuzi va tuproqqa aloqador bo'lib, uning hal etilishi, albatta, tuproq qoplami bilan uzviy bog’liq holda amalga oshiriladi. Tuproqlarning kimyoviy ifloslanishida inson faoliyati eng katta o'rin tutadi. Bugungi kunda insoniyat faoliyati tufayli, hatto, Antarktida hududi radioaktiv moddalar. DDT va ayrim og’ir metallar bilan ifloslangan. XXI asrda ikki katta omil atrof-muhitga katta bosim bilan ta'sir etmoqda: birinchisi - yer yuzi aholisining jadal sur’atda o'sishi bo'lsa, ikkinchisi fan - texnikaning taraqqiy etishi va tabiatga ta'siridir. Yer yuzi aholisi 1969 yilda yiliga 2 % ga oshgan bo'lsa, bu ko'rsatkich tobora oshib bordi va 1992 yilda aholi 5,6 mlrd. kishiga yetdi, bugungi kunga kelib bu ko'rsatkich jadal o’sish bosqichida, 2025 yilga borib 7,6 - 9,4 mlrd. kishiga yetish ehtimoli bor. Insoniyat sonining o'sishi bilan yer yuzida va boshqa sferalarda jiddiy o’zgarishlar ro'y beradi. Tuproqlarning ifloslanishi bilan bevosita bog’liq bo’lgan shahar aholisi tomonidan chiqarilayotgan chiqindilar miqdori kun sayin ortib bormoqda. Chiqarilayotgan chiqindidar faqatgina rivojlangan davlatlardagina to ’liq qayta ishlanadi va zararsizlantiriladi, aksariyat davlatlarda esa to 'g ’ridan - to’g ’ri tuproq qoplamiga ko'miladi, natijada yillar o'tishi natijasida sizot suvlari orqali tuproqlaming ifloslanishi vujudga kefadi. Tuproq qoplamining kimyoviy ifloslanishi boshqa muhitlarga nisbatan kengroq ifloslanish imkoniyatiga ega, xususan atmosferaga chiqarilgan gazlar yoki suv manbasiga tushgan kimyoviy modda vaqt o’tishi bilan albatta tuproq qoplamiga tushadi. Tabiat muhofazasi deyilganda insoniyatning hozirgi vakillari va kelgusi avlodlarining moddiy va madaniy ehtiyojlarini qondirish, insoniyat jamiyatining mavjud bo'lishi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish, ularni tiklash va saqlash, atrof- muhitni buzilish va ifloslanishidan muhofaza qilish borasida davlat tomonidan belgilangan ishlar hamda ijtimoiy tadbirlarning rejali tizimi tushuniladi. Atrof - muhitning, jumladan, tuproq qoplamining muhofazasi quyidagi yondashuvlar asosida amalga oshiriladi: ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, ekologik-iqtisodiy, ijtimoiy-gigiyenik, texnika-texnologik, tarbiyaviy-estetik va ilmiy yondashuvlar. Ijtimoiy-siyosiy yondashuv: keng ijtimoiy tizimlardagi ekologik muammolar. Asosan keng masshtabdagi, ya'ni global tarzdagi muammolar. Bular siyosiy kelishuvlar asosida amalga oshiriladi. Birinchidan, bir hududga tegishli bo'lmagan ifloslanish manbalari, ikkinchidan, iqtisodiy va ilmiy tomonlar bilan bog'liq muammolar bo'lib, ular birgina millatga yoki davlatga xos bo’lmay, balki xalqaro miqyosda hal qilinuvchi muammolardir. (Orol va Aydarko'l muammolari). Huquqiy yondashuv: xalqaro, mintaqaviy va respublika doirasidagi muammolar, xususan tuproqlaming kimyoviy iflosîanishi va boshqa muammolaming hal etilishida huquqiy, me'yoriy hujjatlar ishlab chiqiladi (xalqaro konvensiya va kelishuvlar). Ekologik-iqtisodiy yondashuv: vujudga kelgan har qanday muammoni bartaraf etish uchun moliyaviy sarf harajatlar hal eliladi. Ushbu mablag’lar, asosan ma’lum xalqaro va davlat tashkilotlari tomonidan ajratiladi. Ijtimoiy-gigiyenik yondashuv: tuproqlarning kimyoviy ifloslanishi bilan bog’liq muammolarni hal etishda birinchi o'rinda inson sog’ligi e’tiborga olinadi, ya'ni har qanday amalga oshiriluvchi tadbirni ishlab chiqishda inson hayoti bosh mezon qilib olinadi. Ayniqsa katta shaharlar barpo qilinayotgan va sanoat korxonalari yil sayin ortib borayotgan bir pallada bu juda muhim hisoblanadi. Texnik-texnologik yondashuv: ishlab chiqarish faoliyatlarini chiqindisiz yoki kam chiqindili texnologiyalar bilan maksimal darajada ta'minlash va yer resurslaridan maqsadli foydalanish. Tarbiyaviy yondashuv: tabiatga eng katta ta'sir etuvchi insoniyatning ekologik ongini oshirish muhim hisoblanadi. Tug'ilgan har bir insonni yoshligidan to yetuk inson bo'lgunga qadar tabiat qonunlari va undagi bilimlarni o’rgatish lozim.

Estetik yondashuv: tabiatga har qanday yondashuvlar estetik qarashlar bilan boyitilishi va inson ruhiyatiga ijobiy ta’sir etishi lozim.

Ilmiy yondashuv: Muammolarni hal etish jarayonida ilmiy asosning yaratilishi muhim hisoblanadi. Misol uchun radioaktiv moddalar bilan yoki neft mahsulollari bilan ifloslangan tuproq qoplamining atroflicha o’rganilishi natijasida uning ilmiy yechimi topilgan.Respublikamizda atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiat resurslaridan oqilona foydalanish bo'yicha 2005 yilgacha mo’ljallangan Davlat dasturi ishlab chiqilgan.

I.BOB. ADABIYOTLAR SHARHI

1.1. Tuproqlarning og’ir metallar bilan ifloslanish holati

Atrof -- muhitning, jumladan, tuproq qoplamining muhofazasi quyidagi yondashuvlar asosida amalga oshiriladi: ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, ekologik-iqtisodiy, ijtimoiy-gigiyenik, texnika-texnologik, tarbiyaviy-estetik va ilm iy yondashuvlar. Ijtim oiy-siyosiy yondashuv: keng ijtimoiy tizimlardagi ekologik muammolar. Asosan keng masshtabdagi, ya'ni global tarzdagi muammolar. Bular siyosiy keiishuvlar asosida amalga oshiriladi. Birinchidan, bir hududga tegishli bo'lmagan ifloslanish manbalari, ikkinchidan, iqtisodiy va ilmiy tomonlar bilan bog'liq muammolar bo'lib, ular birgina millatga yoki davlatga xos bo’imay, balki xaiqaro miqiyosda hal qilinuvchi muammolardir. (Orol va Aydarko'l muammolari).

Huquqiy yondashuv: xalqaro, mintaqaviy va respublika doirasidagi muammolar, xususan tuproqlaming kimyoviy ifloslanishi va boshqa muammolaming hal etilishida huquqiy, me'yoriy hujjatlar ishlab chiqiladi (xalqaro konvensiya va keiishuvlar).

Ekologik-iqtisodiy yondashuv: vujudga kelgan har qanday muammoni bartaraf etish uchun moliyaviy sarf xarajatlar hal etiladi. Ushbu mablag’lar, asosan ma’lum xalqaro va davlat tashkilotlari tomonidan ajratiladi.

Ijtimoiy-gigiyenik yondashuv: tuproqlaming kimyoviy ifloslanishi bilan bog’liq muammolarni hal etishda birinchi o'rinda inson sog’ligi e’tiborga olinadi, ya'ni har qanday amalga oshiriluvchi tadbirni ishlab chiqishda inson hayoti bosh mezon qilib olinadi. Ayniqsa katta shaharlar barpo qilinayotgan va sanoat korxonalari yil sayin ortib borayotgan bir pallada bu juda muhim hisoblanadi.

Texnik-texnologik yondashuv: ishlab chiqarish faoliyatlarini chiqindisiz yoki kam chiqindili texnologiyalar bilan maksimal darajada ta'minlash va yer resurslaridan maqsadli foydalanish.

Tarbiyaviy yondashuv: tabiatga eng katta la'sir etuvchi insoniyatning ekologik ongini oshirish muhim hisoblanadi. Tug'ilgan har bir insonni yoshligidan to yetuk inson bo'lgunga qadar tabiat qonunlari va undagi bilimlarni o’rgatish lozim.

Estetik yondashuv: tabiatga har qanday yondashuvlar estetik qarashlar bilan boyitilishi va inson ruhiyatiga ijobiy ta’sir etishi lozim.

Ilmiy yondashuv: Muammolarni hal etish jarayonida ilmiy asosning yaratilishi muhim hisoblanadi. Misol uchun radioaktiv moddalar bilan yoki ncft mahsulollari bilan ifloslangan tuproq qoplamining atroflicha o’rganilishi natijasida uning ilmiy yechimi topilgan.

Kimyoviy ifloslangan tuproqlarning xavfli-zaharli xususiyati, kimyoviy tarkibi va umumiy miqdori bo'yicha turlarga ajratiladi. Xavfli-zaharli xususiyati bo'yicha tuproqlar quyidagi kimyoviy ifloslanishlarga ajraliladi: 1. Radioaktiv ifloslanish, 2. Og’ir metallar va kimyoviy moddalar bilan ifloslanish, 3. Turli chiqindilar bilan ifloslanish. Tahlillarga ko'ra radioaktiv ifloslanish eng xavtlisi hisoblsnsdi, chunki radioaktiv ifloslanishda dastlab biologik dunyo jiddiy zarar ko'radi va juda katta radiusda ham ta'sir etish xususiyatiga ega, eng achinarlisi inson sog’ligiga juda xavfli ta'sir etib, uning kelajak avlodlariga genlar orqali ta'sir etishi bilan boshqa ifloslanish turlaridan farq qiladi. Og’ir metallar bilan ifloslanishning xavfli tomoni shundaki, birinchidan, og’ir metallar bilan iflosianishni vujudga keltiruvchi omillar va manbalar ko'p (transportlar va sanoat - korxonalari) bo’lib, ikkinchidan, tuproq qoplamida saqlanish (emirilish) muddati bir necha ming yillarga teng. Tuproqlarni turli chiqindilar bilan ifloslanishi yuqoridagi ifloslanishlar qatori juda ko'p uchraydi. Uning xavfli tomoni shundaki, turli chiqindilar inson ta’siri va sanoat korxonalari tomonidan juda kalta miqdorda tuproq qoplamiga to'planadi. M axsus chiqindilar ko'miladigan “Qabriston” lar yillar davomida atrof - muhit tuproq qoplamiga salbiy ta'sir qiladi. [ 8-17 b]

Tuproqning radioaktivligi, ya’ni alfa, betta va gamma nurlarini tarkatib turish qobiliyati, undagi radioaktiv elementlar miqdoriga bog’liq. Tuproqda 1) tabiiy va 2) sun’iy radioaktivlik ajratiladi. Tabiiy radioaktivlik - tuproqdagi uran, radiy, toriy singari radioaktiv elementlari va kaliy (K40)ning radioaktiv izotopi natijasida yuzaga keladi. Tuproqda radioaktiv elementlar miqdori asosan ona jinslarga bog’liq. Kislota muhitli magmatik Tog’ jinslarining nurli mahsulotlarida hosil bo’lgan tuproqlarda jinslardagina nisbatan radioaktiv elementlar ko’proq bo’ladi. SHuningdek, og’ir mexanik tarkibli tuproqlarda engil tuproqlarga karaganda radioaktiv elementlar miqdori yuqoridir. Tuproqlarda radioaktiv elementlar tuproq profiliga nisbatan tekis tarqalgan bo’lib, faqat allyuvial va gleyli gorizontlarda ko’proqdir. Sun’iy radioaktivlik - tuproqda sun’iy radioaktiv izotoplar ta’sirida yuzaga keladi. Hozirgi kunda 1300 ga yaqin sun’iy radionukleidlar ma’lum bo’lib, bular orasida Sr90 Cs137 tuproqdagi eng havfli izotoplardan hisoblanadilar. Bu izotoplar uzoq yarim parchalanish davri va kuchli nurlanish energiyasiga egadirlar. Strontsiy va seziy izotoplarining umumiy xususiyati - ularning tuproq qattiq qismida deyarli to’liq ravishda singdirilib kolishidir. Ularning asosiy qismi tuproqning eng yuqori qatlamida to’planadi. Gumusga boy tuproqlar mexanik tarkibi va montmorilonit minerallarga boy tuproqlar strontsiy va tseziy izotoplarni ko’p singdiradilar. Radioaktiv strontsiy va tseziy tuproqlarining yuqori qismlarida ko’p to’planganligi sababli, o’simliklarga oson o’tadi. Ildiz mevalilar va boshokdagilarga nisbatan dukkakli ekinlarda strontsiy izotopi ko’proq to’planadi. Erni organik va mineral o’g’itlar bilan o’g’itlash, mikroelementlardan foydalanish storntsiyning o’simlikdan utishini kamaytiradi. Kaliyli o’g’itlar tseziyni ta’sirini kamaytiradi.[ Ural Tojiyev uslubiy qo’llanma].

Biosferaning radioaktiv element va moddalar bilan ifloslanishi XX asming ikkinchi yarmida global muammoga aylandi va barcha ifloslanishlar orasida eng xavfli ifloslanish shakli hisoblanadi. Uzoq yillar davomida radiusli X va ß nurlanish tirik organizmlaming genida salbiy o’zga- rishlar hosii qilib, bir necha avlodlarga zaharli, salbiy ta’sirini ko'rsatadi. Radioaktivlik haqidagi ta'limotga asos solgan olim, ikki karra Nobel mukofoti sovrindori, fizik va kimyogar ayol Mariya Kyuri hisoblanadi. Tuproqlarning radioaktiv elementlar bilan ifloslanishi 1950 yillarda kuzatilgan. Bu vaqtga kelib, yadro qurolini sinash avj olib, tuproqlar ifloslangan. Hozir esa yadro qurolidan tinchlik maqsadida foydalanish yo’llari ko'paydi va ifloslanish xavfi oshdi, bularga AF.S lar, atom muzyorar kemalari, uran shaxtalari, rudniklar, zavodlar va boshqalar kiradi. Ayniqsa slanets bilan ishlaydigan issiqlik elektr stantsiyalari, ko'mir, neft yoqilishi va boshqalar ham atrof - muhitni radioaktiv elementlar bilan ifloslaydi.


1.2. Tuproqlarning og’ir metallar ta’sirida o’zgarishi



Radioaktiv ifloslanish uzoq yillar davomida saqlanish va ifloslanish manbaidan uzoq hududlarda ham zaharli xususiyatini namoyon qilish xususiyatiga ega. Chernobl halokatidan (26 aprel 1986 yil) keyin hozirgi kungacha Rossiya, Belorussiya va Ukraina tuproqlarida radioaktiv elementlar saqlanib turishi aniqlangan. O'sha vaqtda 250 ming kv. km hudud ayanchli holga kelib kolgan. Vaqt o’tishi bilan ayni kunda Belorussiya - 43,5 ming. kv. km, Rossiya - 9.3 ming. kv. km va Ukraina - 37,6 ming kv. km hudud tuproqlari hozirgacha radioaktiv ifloslangan holda turibdi. Ifloslanish manbasi atrofida uzoqlik farqlariga ko’ra turli miqdorda radioaktiv elementlar tuproq qatlamlarida uchraydi va nurlanish bilan atrof-muhitga salbiy ta’sirini o’tkazadi. Tuproq qoplami radioaktiv moddalar bilan ifloslanganda bevosita tuproq qoplami bilan bog’liq biologik dunyo turli yo’Ilar orqali zararlanadi, Buni ichki va tashqi nurlanishlarga bo’lish mumkin. Aksincha ham bo’lishi mumkin, atmosfera yoki gidrosfera qismlari ifloslanganda ham tuproq qoplami radioaktiv ifloslanishga uchraydi. Ifloslanishlar natijasida inson organizmi birinchilar qatorida zarar ko'radi va og’ir kasalliklarga chaünadi. Radioaktiv nurlanish bilan kuchli zararlangan inson 10 yildan ortiq hayot ko'rmasligi aniqlangan. Aksariyat hollarda radioaktivlikdan zararlangan inson rak kasalligiga chalinadi. Insonning radioaktiv nurlanishi faqatgina tuproq yoki oziq-ovqatlar orqali bo’libgina qolmay, balki turmush faoliyati davomida ham vujudga keladi. Zaharl¡ moddalarning atrof-muhitga tarqalish yo'llari va omillariga yer osti va yer usti suvlari, atmosfera omillari va ¡nsoníyat faoliyatini kiritish mumkin. Mustaqillikka erishilgandan so'ng o'ta zaharli moddalar bilan bog’Iiq faoliyatlar tartibga solindi va tuproq qoplami ifloslanish darajasining kamayishiga erishildi. Biroq yillar davomida tuproq qoplamiga tushgan o'ta zaharli moddalar o’zining salbiy ta'sirini hali hanuz o’tkazib kelmoqda. Zaharli moddalarning boshqa kimyoviy ifloslovchi moddalardan xavfli tomoni va farqi shundaki, ularda zahar ta'sirining juda yuqorilígi va ta'sir etish vaqtining kattaligidir. Ifloslovchi zaharli moddalar har bir muayyan hudud va mamlakatda turlicha bo’ladi. Rcspubíikamizda o'ta zaharli moddalar hilan ifloslanish asosan qishloq xo'jaligida o’g’it va pestitsidlardan foydalanish, ayrim lokal nuqtalarda esa chiqindilar orqali vujudga keladi. Tuproq qoplamining o’ta xavfli moddalar pestitsidlar bilan ifloslanishi respubíikamizda ko'proq uchraydi. Chunki davlatimizda qishloq xo'jalik tarmog’i keng yo'lga qo’yilgan. Pestitsidlar kimyoviy tarkibi va qo'llanilish xususiyatiga ko'ra shartli ravishda 3 ga bo’linadi: 1. Gerbitsidlar (begona o'tlarga qarshi qo'llaniladi); 2. Zootsidlar va insektisidlar (zararkunandalarga qarshi qo’llaniladi); 3. Fungitsidlar (kasalliklarga qarshi qo'llaniladi). Mustaqillikka erishgunga qadar dehqonchilik faoliyatida pestitsidlar yoppasiga keng masshtabda qo'llanilgan va yillar davomida ulaming qoldiqlari to'planishi natijasida tuproqning iflosianishi vujudga kelgan.

Hukumat va respublika olimlari tomonidan olib borilayotgan ishlar natijasida tuproq qoplamining xavfli moddalar bilan ifloslanishining kamayishiga erishilmoqda. Tuproqlarni kimyoviy ifloslanishida turli tarmoqlar faoliyatining ulushi turlicha bolib, tuproq qoplamiga chiqarayotgan birikmalari ham turli kimyoviy tarkib va ko'rinishga ega bo'ladi. Tuproqlarni kimyoviy ifloslanishida ko’proq uchraydigan holatlardan biri bir necha ixtisosdagi sanoat korxonalari bir hududga joylashtshi natijasida atrof-muhitning ifloslanishi keng uchramoqda. Jumladan, respublikamizning Toshkent va Navoiy viloyati lumanlarida bir necha ixtisosdagi sanoat korxonalari joylashib, tutash hududdagi tuproqlar turli darajada ifloslanmoqda. Ularning faoliyati mobaynida atrof-muhitga turli ko’rinishda kimyoviy moddalar chiqariladi.

Har bir tuproqqa tushgan kimyoviy modda tuproq qatlamlarida saqlanib, miqdori ortib boraveradi, ya'ni tuproq qoplami uzoq yillar davomida zaharli moddalar ta'sirida qoladi. Yuqoridagi ifloslovchi manbalardan turli ko'rinishda (suyuq, qattiq, gaz va boshqa) tuproq qoplamiga tushadi, ayniqsa sanoatlashgan Toshkent va Navoiy viloyatlarida turli ko'rinishdagi chiqindilar miqdori yuqori bo'lib, ularning asosiy qismi maxsus maydonlarga ko’miladi. Sanoat va maishiy chiqindilar bo'yicha olib borilayotgan amaliy islohatlar natijasida ma'lum qismi zararsizlantirilib, qayta ishlanmoqda, bu bilan tuproq qoplami kimyoviy ifloslanishining kamayishiga erishilmoqda. Bu yo'l bilan sanoat va maishiy chiqindilar 2002 yilda 13,5 % qayta ishlandi va Oxangaron tumanida “Qayta tayyorlash” korxonasi tashkil etildi, bu korxonaning faoliyati yana 4 % chiqindilami qayta ishiash imkonini berdi. Biroq bu yillik chiqayotgan chiqindilami to’liq qayta ishiash uchun yctarli emas. Sanoat va maishiy chiqindilar bilan birga sanoat korxonalaridan atmosfera havosiga ham turli gazlar chiqariladi va atmosfera ifloslanishi bilan bir qatorda ma’lum qismi tuproq qoplamiga tushadi. Tuproq qoplamining kimyoviy ifloslanishi natijasida uning bir qator xossa-xususiyatlari, xususan kimyoviy, fizikaviy, biologik, biokim yoviy, ckologik va boshqa xossalari o’zgarishga uchraydi. Tuproq xossalarining o’zgarishi albatta ifloslanish turi, xarakteri, darajasi va vaqti- ga ko'ra o’zgaradi. Tuproq xossalarining o’zgarishiga qarab, unda o'suvchi o'sim!ik)ar dunyosi va hayvonot olamida ham o’zgarishlar yuz beradi. Har qanday kimyoviy modda tuproq qoplamiga tushganda dastlab tuproqning biologik olami, xususan mikroorganizmlar faolligt va miqdori, ferm entlar faolligi zarar ko'radi. Ya'ni sharlli ravishda toza tuproq deb olingan tuproqda yashayotgan mikroorganizmlar aynmlari tuproqqa tushgan kimyoviy modda ta'sirida nobud bo'ladi, ba'zi bir mikroorganizmlar esa o'z faoliyatini susaytiradi. Agar ifloslovchi moddaning kimyoviy tarkibi juda zararli bo'lsa, tuproq biologik olami to’liq nobud bo'lishi ham mumkin. Biologik olam zararlangandan so'ng tuproqda ular bilan bog’liq bo'lgan biokimyoviy jarayonlar susayadi, tuproqning kimyoviy va boshqa xossalari yomonlashadi. Tuproq qoplamiga tushgan muayyan kimyoviy modda uning bir necha (kompleks) xossalariga ta'sir etadi va boshqa xossalarining o’zgarishiga ham olib keladi. Bunda tuproqning xossalari quyidagi mexanizmlar orqali o’zgarishga uchraydi:

♦ organik moddalarning chirindiga aylanish jarayoni buziladi va chirindining guruhiy tarkibida salbiy o’zgarishlar kechishi kuzatiladi;

♦ tuproq mikrobiologik olami jiddiy zararlanib, ayrim holatlarda asosiy qismi nobud bo'ladi;

♦ tuproqdagi oziqa elementlaming (azot, fosfor va kaliy) harakatchan shakli keskin kamayadi;

♦ tuproqning biologik faol moddalarí ureaza, polifenoloksídaza, katalaza, invyertaza va boshqa fermentlarining faolligi susayadi;

♦ tuproqning nafas olish faolligi sustlashadi;

♦ agrofizikaviy xossalarning o’zgarishi natijasida tuproqning suv va havo rejími izdan chiqadi;

♦ tuproq qoplamida boradigan biokimyoviy jarayonlar o’zgarishi hisobiga moddalar aylanish jarayoni buziladi;

Tuproqlarning og’ir metallar bilan ifloslanish omillari va manbalari

Og’ir melallarga D.I.Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy sistemasidagi atom massasi 50 dan yuqori bo'lgan 40 dan ortiq (V, Cr, Mn, Fe, Co, Ni, Cu, Zn, Mo, Cd, Sn, Hg, Pb, B) elementlar kiradi. Ulaming o'ziga xos xususiyati shundaki. turli og’ir metallar tuproq qoplamiga yoki suv muhitiga tushganda parchalanish (emirilish) davri uzoq davom ciadi, xususan Cd-155 yit, Zn-500 yil, Pb bir necha ming yil parchalanish davriga ega. Og’ir metallar biosferaga tushganda doimiy ravishda ifloslanish masshtabi kengayib boradi. Tuproq qoplamining og’ir metallar bilan ifloslanishini quyidagi asosiy manbalari mavjud: 1) Metal qayta ishlash sanoati chiqindilari; 2) Sanoat korxonalari; 3) Yoqilg’i mahsulotlari; 3) Avtomohillar tutuni; 4) Q ishloq xo’jaligida qo’llaniluvchi kimyoviy moddalar. Ma'lumotlariga ko'ra (Kramarev S.M. Zozulya O.A., 2000) yiliga dunyo bo'yicha mctallurgiya sanoati tomonidan tuproq qoplamiga 150 ming tonna mis, 120 ming tonna rux, 90 m ing tonna qo'rg’oshin, 12 ming tonna nikel, 1,5 tonna molibden, 800 tonna kobalt tushadi.

2.1.Geografiyasi

Tuproqlarning texnogen buzilishiga sanoat, ishlab chiqarish, har xil turdagi konlar, zavod va fabrikalarning faoliyati sabab bo’lmoqda, ulardan chiqayotgan chiqindilar tuproqning mexanik, kimyoviy, fizik, hamda biologik xossalarining o’zgarishiga sabab bo’lib kelmoqda.

Toshkent viloyatida jami 4900 ta atrofida sanoat korxonalari, shu jumladan, 83 ta yirik korxonalar mavjud. Viloyatdagi asosiy sanoat tarmoqlari quyidagilardan iborat[100; 56-b]. elektroenergetika, yoqilg’i, qora metallurgiya, rangli metallurgiya, mshinasozlik va metalni qayta ishlash, kimyo van eft kimyo, o’rmon yog’ochni qayta ishlash va selluloza-qog’oz, qurilish materiallari, yengil, oziq ovqat kabi sanoat tarmoqlari faoliyat ko’rsatmoqda. Ularning soni va egallagan maydoni yil sayin ortib bormoqda. Shuningdek tuproqlarni texnogen buzilishida katta o’rin tutadigan quyidagi undiruvchi sanoatlar ham mavjud.

1-jadval


Toshkent viloyatida tuproqlarning texnogen buzilishiga ta’sir etuvchi unduruvchi sanoatlar haqida ma’lumot

T/r

Unduruvchi sanoat

T/r

Unduruvchi sanoat

1

Qo’ng’ir ko’mir

8

Sement xom ashyosi

2

Mis rudalari

9

Mineral suv buloqlari

3

Oltin

10

Issiqlik stansiyalqari

4

Ohaktosh

11

Gidroelektr stansiyalari

5

Marmar

12

Elektr uzatish tarmoqlari

6

Oyna, chinni qumlar

13

Gaz quvurlari

7

Qum shag’al materiallari

14

Neft quvurlari

Ushbu sanoat korxonalaridan chiqayotgan chiqindilar atrof-muhit va tuproqqa o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatmoqda. Jumladan Ohangaron tumanida joylashgan Angren issiqlik elektr stansiyasining (IES) ta’siri yuqoridir. Yangi Angren stansiyasining qurilishi 1976 yilda boshlangan.

Toshkent viloyati sug’oriladigan hududlari jigarrang, to’q tusli va tipik bo’z tuproqlar, tipik va och tusli bo’z tuproqlar mintaqasida o’tloq bo’z, bo’z o’tloqi, o’tloqi va botqoq o’tloqi tuproqlardan iborat. Tadqiqot hududi tuproqlarini o’rganishda “Yergeodezkadastr” qo’mitasining ma’lumotlaridan foydalanildi.[104; 3-304-b]. viloyat sug’oriladigan tuproqlari subtropik tog’ oldi yarim cho’l mintaqasi, tipik bo’z tuproqlar mintaqasining lyoss va alyuvial yotqiziqlardan tashkil topgan tog’ oldi qiya tekisliklari hamda chirchiq Ohangaron va Sirdaryo daryolari qayir usti terassalari geomorfologik rayonlarida tarqalgan turli litologik, gidrogeologik va tuproq-iqlim sharoitlarda rivojlangan. Viloyat hududida avtomorf, yarim gidromorf va gidromorf tuproqlar tarqalgan. [1; 28-30]

Biosfera turli vaqtlarda olim lar tomonidan turlicha ta’riflangan. Haqiqatdan mavjudlik, tiriklik qatlamning bo’lishidir, ya'ni qaysi sfera qism larida bor bo'lishidan qat'iy nazar tirik mavjudot yashash makonidir. A kadem ik V.I.Vemadskiy ta'lim otiga ko'ra, biosferaga troposferaning butkul hamma qismi, stratosferaning ostki qatlami, litosferaning cho’kindi tog’ jinslari bilan qoplangan qismi kiradi. Biosferaning o’ziga xos asosiy tarkibiy qismi undagi turli organizmlardan tashkil topgan hayotning borligidir. Biosfera tirik va o’lik tarkibiy qismlardan iborat, sayyoramizda yashaydigan hamma tirik organizmlaming yig’indisi biosferaning tirik m oddasini tashkil etadi. Tirik organizmlar asosan yerning gazsimon (atm osfera), suyuq (gidrosfera), qattiq (litosfera) geologik qobiqlarida joylashgan. Biosferaning yuqori chegarasi dengiz sathidan 22 km balandlikda, atmosferaning quyi qatlami troposferada joylashgan bo’lib, bu chegarada quyosh nurlari energiyasi kislorod ozonga aylanadi va ozon ekrani hosil bo'ladi. Ozon ekraniga ta’sir ko'rsatuvchi kosmik va ultrabinafsha nurlaming asosiy qismini yerga o'tkazmaydi.



1-rasm. Atmosferaning yomonlashuvi

Biosferada tirik mavjudotlar qatori insonlar ham bevoslta shu makonda yashaydi. Insoniyatning yil sayin ko'payishi, fan texnikaning rivojlanishi, chtiyojlarning kengayishi natijasida biosfera va uning tarkibiy qismlarini turli kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi vujudga kelmoqda. Yer, ya'ni tuproq qoplami biosferaning bir qismini tashkil etadi va biosferaning xohlagan qismi kimyoviy ifloslansa, uning boshqa qismlari, jumladan tuproq qoplami ham ifloslanadi yoki aksincha tuproq qoplami ifloslansa, biosfera ham ifloslanadi. Asosiy holatlarda biosferaning ifloslanishi pastki qismlar yer va gidrosfera orqali vujudga keladi. Umumiy biosfera xalqasida tuproqning bir qator o'ziga xos vazifalari bo’lib, tabiat tomonidan boshqarib turiladi.

Og’ir metallar bilan ifloslanishning o'ziga xos xususiy ta’rifi shundaki, ifloslanish lokal, regional va global masshtab shakllarida bo'ladi, ya'ni og’ir metallar bilan ifloslanish yer yuzida keng masshtabda uchraydi. S.L.Davidova va V.I.Tagasovlar xuddi shu fikrni ta'kidlagan holda, og'ir metallar bilan ifloslanishni 3 ta guruhga ajratishgan: 1. Global masshtabli ifloslanish, bunda yuqori uchuvchan metall oksidlari (Pb02) va metilsimob (Hg(CH3)), dimetilsimob (Hg(CH3)2) kabilami rnisol o'rnida ko'rsatish mumkin. 2. Regional masshtabli ifloslanish. bunda ifloslanish qisman chegaralangan bo’lib, inson uchun xavfli hisoblanadi, xususan NiOH2 ni keltirish mumkin.

3. Lokal masshtabdagi ifloslanish, kichik maydonlarda uchrab, asosan atmosfera orqali metall oksidlarining aerozol shaklida vujudga keladi. Og’ir metallarning ifloslanish xarakteri ekologik, geologik va biologik muammolar tizimini keltirib chiqaradi, chunki ular turli shaklda barcha sfcralarda (suvda, havoda, tuproqda, o'simliklarda, hayvonlarda, qishloq xo'jaligi va sanoatda) uchraydi. Rundan ko’rinadiki, og’ir metallar bilan ifloslanish biosferaning birgina qismiga ta'sir etmasdan, balki kompleks holda biosfera qismlariga o'zining zaharli ta'sirini o’tkazadi. Tuproqlarning og’ir mctaliar bilan ifloslanishida, asosan, metallurgiya sanoati ifloslantiruvchi manba hisoblanadi. Ushbu manbalar orqali tuproqqa tushgan og’ir melaliar turli omillar ta'sirida boshqa hadud tuproqlariga tarqaladi. Og’ir metallaming o'ziga xos xususiyati shundaki, birinchidan yemirilish davri bir necha ming yilga teng bo’lsa, ikkinchidan deyarli barcha og’ir metallaming zaharii xususiyati yuqori, uchinchidan ifloslanish manbalari soni ortishi bilan ifloslanish holatlari ko'p kuzatiladi.

2.2.Biologiyasi


Tuproq qoplamining kimyoviy ifloslanishi natijasida uning bir qator xossa-xususiyatlari, xususan kimyoviy, fizikaviy, biologik, biokim yoviy, ckologik va boshqa xossalari o’zgarishga uchraydi. Tuproq xossalarining o’zgarishi albatta ifloslanish turi, xarakteri, darajasi va vaqti- ga ko'ra o’zgaradi. Tuproq xossalarining o’zgarishiga qarab, unda o'suvchi o'simliklar dunyosi va hayvonot olamida ham o’zgarishlar yuz beradi. H ar qanday kimyoviy m odda tuproq qoplamiga tushganda dastlab tuproqning biologik olami, xususan mikroorganizmlar faolligt va miqdori, ferm entlar faolligi zarar ko'radi. Ya'ni sharlli ravishda toza tuproq deb olingan tuproqda yashayotgan mikroorganizmlar aynmlari tuproqqa tushgan kimyoviy modda ta'sirida nobud bo'ladi, ba'zi bir mikroorganizmlar esa o'z faoliyatini susaytiradi. Agar ifloslovchi m oddaning kimyoviy tarkibi juda zararli bo'lsa, tuproq biologik olami to ’liq nobud bo'lishi ham mumkin. Biologik olam zararlangandan so'ng tuproqda ular bilan bog’liq bo'lgan biokimyoviy jarayonlar susayadi, tuproqning kimyoviy va boshqa xossalari yomonlashadi. tuproq qoplamiga tushgan muayyan kimyoviy modda uning bir necha (kompleks) xossalariga ta'sir etadi va boshqa xossalarining o’zgarishiga ham olib keladi. Bunda tuproqning xossalari quyidagi mexanizmlar orqaii o’zgarishga uchraydi: ♦ organik moddalarning chirindiga aylanish jarayoni buziladi va chirindining guruhiy tarkibida salbiy o’zgarishlar kechishi kuzatiladi;

♦ tuproq mikrobiologik olami jiddiy zararlanib, ayrim holatlarda asosiy qismi nobud bo'ladi;

♦ tuproqdagi oziqa elementlaming (azot, fosfor va kaliy) harakatchan shakli kcskin kamayadi;

♦ tuproqning biologik faol moddalarí ureaza, polifenoloksídaza, katalaza, invyertaza va boshqa fermentlarining faolligi susayadi;

♦ tuproqning nafas olish faolligi sustlashadi;

♦ agrofizikaviy xossalarning o’zgarishi natijasida tuproqning suv va havo rejími izdan chiqadi;

♦ tuproq qoplamida boradigan biokimyoviy jarayonlar o’zgarishi hisobiga moddalar aylanish jarayoni buziladi; Yuqoridagi holatlarni tahlil etgan holda aytish mumkinki, bu omillar oqibatida tuproq unumdorligi pasayadi va olinadigan qishloq xo’jalik ekinlari hosiliníng miqdori va sifatiga ta'sir qiladi.

Bu omillar oqibatida tuproq unumdorligi pasayadi va olinadigan qishloq xo’jalik ekinlari hosiliníng miqdori va sifatiga ta'sir qiladi. Tuproqning takrorlanmas xususiyatlaridan biri, tabiiy tarzda o’z- o'zini tozalashidir. Ya'ni tuproq qatlamlariga tushgan og’ir mctallar, chiqindilar, pestitsidlar, neft va neft mahsulotlari, radioaktiv moddalar tuproqqa tushganda turli mikroorganizmlar tomonidan o'zlashtiriladi. Misol uchun, neft va neft mahsulotlarini parchalovchí bakteriyalar, og'ir metallar va turli mineral tarkibíi moddaiami parchalovchi mikroorganizmlar, chirituvchi hamda bijg’ituvchi mikroorganizmlar tuproqning o'z-o'zini tozalash imkonini beradi. Tuproqning biologik olami qanchalik boy bo’Isa, tuproq qoplami shunchalik toza, unumdor va scrhosil bo'ladi. Tuproqda mavjud barcha tirik mavjudotlar (mikroorganizmlar, o’simlik va hayvonot dunyosi) uning biomassasini tashkil etadi. Tuproq qoplamidagi tirik olam haqida so'z yuritganda dastlab undagi o'simlik dunyosi va mikrobiologik olami ko’z oldim izga keladi. Yuqorida ma'lum qildikki, tuproq qoplamiga turli ko’rinish va tarkibdagi kimyoviy moddalarning tushishi natijasida dastlab uning tirik olami zarar ko'radi. Bunda tuproq mikroorganizmlari (bakteriyalar, aktinomitsetlar, zamburug’lar va boshqalar), hashoratlar, o'simlik qoplami va boshqalar ifloslovchi moddaning kimyoviy xususiyatiga ko'ra turlicha ta'sir qiladi. Tuproq tarkibida kimyoviy moddalarning qabul qilingan me'yoridan (QQM ) ortishi asosiy tirik qoplamning keskin kamayishiga va ayrim hollarda nobud bo'lishiga olib keladi. Natijada esa tuproq biologik dunyosi qayta tiklanishi uchun bir qator rekultivatsiya ladbirlarini olib borishda 5- 15 yil vaqt talab efadi. Kimyoviy ifloslanishlar natijasida tuproq unumdorligi pasayadi va qishloq xo'jalik ekinlaridan olinadigan hosildorlik miqdori va sifatiga la’sir qiiadi. Tuproq mikroorganizmlarining roli shundaki, tuproqda boradigan bir qator hayotiy jarayonlar, oziqa elemenllarining o'zlashtirilishi, biokimyoviy jarayonlar, chirindi hosil bo’Iishi, nafas olish va boshqalar barchasi mikroorganizmlar ishtirokida kechadi. Tuproq bilan tirik organizmlaming o'zaro bir - biriga ta'siri tuproq hosil bo'lish jarayonining eng asosiy omillaridan biri, biosferaning rivojlanishi va kurrai zaminimiz hayotining evolyutsiyasi bilan bog’liqdir.



2-rasm. Bioolamning zararlangandagi holati

Tuproq mikroorganizmlari har yili yerga lushadigan organik qoldiqlarni qayta ishlash, parchalash va minerai qismini tubdan o'zgartiruvchi qudratli “fabrika” hisoblanadi. Agarda har yili yerda qoladigan o'simlik va boshqa tirik organizmlaming qoldiqlari ko’plab to’planavcrsa, ko'p o'tmay yer usti qoldiqlari bilan qalashib, hayotning davom etishi mumkin bo'lmay qolar zdi. Shu bilan birga oziqa moddalari ham o'sim liklar qabul qilmaydigan organik birikmalar holida bo'Jar edi. Mikroorganizmlar har yili yerda qoladigan organik qoldiqlarni parchalab, uning tarkibidagi moddalarni o'simliklar o'zlashtira oladigan holga aylantirib tuproq qoplamini kimyoviy ifloslanishdan ham saqlaydi. Bugungi kun olimlari uzoq yillar davomida olib borilgan tadqiqotlari asosida ta’kidlashadiki, tuproq qoplamiga tushgan og’ir m etallar (Pb, Cu, Ni, Fe), neft va ne ft mahsulotlari (benzin, mazut, asfalt, motor moyi, etilenglikol va boshqalar), radioaktiv elementlami (U, Th) parchalovchi mikroorganizm avlodlarini topishgan. M ikroorganizmlarning miqdori va faolligida iqlim va tuproq xossalari muhim o'rin tutadi. O'rta Osiyo, xususan, O'zbckiston tuproq- iqlim sharoitida mikroorganizmlarning yashashi uchun optimal harorat 18- 28° S bo'lib, bahor, yoz va kuz fasllarida faol bo’ladi. Bundan tashqari mikroorganizmlarning faolligi tuproqning ekologik holatiga bog’liq bo'lib, agar tuproq tarkibidan biror kimyoviy modda QQM ko'rsalkichidan ortiq bo’lmasa, ya'ni me'yorida bo'lsa 1 gramm tuproqda 25 mlrd. mikroorganizm bo'ladi, ming afsuski sanoat korxona!arining rivojlanishi, insoniyat chtiyojining ortishi va boshqa omillar tuproqlarimizni turli darajada ifloslantirmoqda, natijada, tuoroq mikroorganizmlarining kamayishi kuzatilmoqda.

Mikroorganizmlaming ma’lum bir guruhlari tuproqda oksidlanish- qaytarilish, tiklanish kabi biokimyoviy reaksiyalarni bajaradi. Bularga azoíli va oltingugurt tarkibli organik moddalarni oksidlantirishi, oltingugurí sulfidlarini tiklashi, atmosfera azoti bilan tuproq tarkibini boyitishi, organik qoldiqlami parchalashi va gumus moddalarni yaratishlarini kiritish mumkin. Tirik organizmning har qanday shakli yashash davomida biomassaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Og’ir metallaming tuproq kimyoviy larkibi va agrokimyoviy xossalariga ta'siri yaqqol sezilgan. Biroq og’ir metallaming zaharli la'sirida birinchi o’rinda tuproq biologik faolligi, xususan tuproq fermentlari va mikroorganizmlari zarar ko’rgan. Uzoq vaqtdan beri sug’orilib, dehqonchilik qilinadigan bu tuproqlarda og’ir metallar miqdorining ko’pligi tuproqlardagi gips miqdori, sho'rlanish, yuvilish va sulfatlaming lanqisiigi bilan izohlanadi hamda bu o'simliklar tarkibida ko'p to'planishga sabab bo'ladi. Og’ir metallaming oziq zanjiri orqali turli hayvonlar organizmida qarakatlanishi havodan, ayniqsa sanoat hududi va avtomagistrallar atrofida yuqori bo'ladi. Cho’Ilardagi ekosistcmalarda og’ir metallaming miqdori umurtqasiz va umurtqali hayvonlar organ - to’qimalariga kuchli akkumulyatsiyasi kuzatiladi. Tadqiqotlarning ko'rsatishicha qo'ng’izlar va xashoratxo'r hayvonlar, o’simlikxo'r hayvonlarga nisbatan og’ir metallar bilan ko'proq zaharlanadi. Shular qatorida insonning zararlanishi esa nisbatan yuqori bo’ladi, chunki inson bevosita o'simlik mevalari va xayvon go'shti, suti kabilami iste'mol qilishi hamda atmosfera havosi orqali nafas olishi mobaynida ko'proq og’ir metallar bilan ifloslanadi. Tuproq qoplami esaturli shart-sharoitlar ta'sirida turlicha darajada ifloslanadi.


2.3. Tadqiqot usullari

1. Dala sharoitida ishlar olib boriladi.

Tadqiqot hududi tuproqlarining texnogen buzilishi bo’yicha umumiy ma’lumot yig’ish, tabiiy geografik joylashishi, ayrim o’simlik dunyosining tarqalishi, suv manbalarining holati, tadqiqot hududi atrof-muhitiga boshqa texnogen ta’sirlarning ta’sirini o’rganish kabi tadqiqotlar olib boriladi.

Tadqiqot hududidan mavjud usullar asosida kalit maydonlari tanlandi, tuproq kesmalari qaziladi va morfologik belgilari o’rganiladi. Texnogen buzilgan tuproqlardan rekultivatsiyadan avval va keyin labaratoriya analizlari uchun talab etilgan qatlamlardan namunalar Davlatlararo standart (Gost: 17.4.3.01-83) asosida olindi.

2. Laboratoriya sharoitida tajribalar omalga oshirildi.

Tuproqlarning pH-muhitini aniqlash ISO 10390 uslubi asosida [160; 1-8 b.];

Gumus miqdori-I.V.Tyurin

Tuproqlarning kimyoviy va boshqa xossalarini aniqlash E.V.Arinushkina tavsiya etgan usullar asosida bajarildi [7; 3-488-b.]

Tuproqdagi og’ir metallar va boshqa kimyoviy elementlar MP 003:2015 uslubiy ko’rsatmasi asosida bajarildi [68; 1-25-b.]
Radioaktiv ifloslangan tuproqlami tozalash metodi yoki texnologiyalari respublikamizda hozirgacha yetarli darajada yo'lga qo'yilmagan, chunki radioaktiv ifloslanish boshqa ifloslanishlardan farqli o'laroq nurlar orqali katta xavf tug’diradi. Xorijiy davlatlarda yaqin yillardan boshlab olimlar radioaktiv moddaiar bilan ifloslangan tuproqlarning xossalarini o'rganish va tozalash metodlarini ishlab chiqishgan. Tozalash metodlariga ko'ra ko’proq biologik tozalash metodlari yuqori samara bermoqda, bu o'rinda xorij olimlari radioaktiv elementlarni parchalovchi mikroorganizm shtammlari, o'simlik turlari va lishaynik avlodlarini aniqlashgan. Chcmobl atrofidagi hududlarda M.G.Nifontova tadqiqotlar olib borib, lishayniklar yordamida radioaktiv ifloslanishni kamaytirishga crishgan (21-jadvaI). Lishayniklar luproqda to'planuvchi radionuklidlami o’zida to’plashi hisobigatuproq biologik tozalanadi. Vujudga kelgan radioaktiv iilosianish va nurlanish kuchli bo'lgan sharoitda ham lishaynikning Cladonia amaurocraea, Lasalia pensylvanica va Peltigyera canina turlari o'sib, o'zida radioaktiv elementlarni to'playdi va biologik tozalash jarayonida qatnashadi. Lishayniklar 2-3 yil davomida radioaktiv ifloslangan hududlami yuqori darajada tozalash xususiyatiga ega.

3.1. Og’ir metallar bilan ifloslangan tuproqlarni biologik yo’l

bilan xossalarini yaxshilash

Texnogen buzilgan tuproqlar rekultivatsiyasi bo’yicha dunyo tajribasining aksariyat qismida fitoremidatsiya xususiyatli ekinlardan kebg foydalanish yo’lga qo’yilgan. Olib borilgan tadqiqotlarda ham tuproq unumdorligini tiklash nuqtayi nazaridan ayrim o’simliklar ekildi. Buning uchun tadqiqot hududidan olib kelingan tuproqlarda laboratoriya sharoitida tajribalar o’tkazildi, turli darajada texnogen buzilgan tuproqlarda o’simliklar urug’larining unib chiqish darajasi, keying o’sish rivojlanish holati tahlil etilib, shu asosda tanlab olindi. Dunyo tajribasida birorta o’simlik tuproqdagi kimyoviy moddalarni parchalamaydi, balki tuproqdagi umumiy holatni yaxshilanishiga ta’sir etadi. Ya’ni tuproqda namlikni saqlanishiga, ildiz sistemasi atrofida mikroorganizmlarning tiklanishiga, havo rejimiga, donadorlik holatini yaxshilanishiga ta’sir etadi hamda o’zining turli organlarida kimyoviy moddalarni to’playdi, tuproqda o’zini –o’zi tozalash jarayoniga stimulyativ ta’sir ko’rsatadi. Olib borilgan rekultivatsiya tadbirlari texnik jihatdan tuproqning ustki qatlamlari olib tashlanishga asoslansada, tuproq xossalarini yaxshilash va tuproq unumdorligini tiklash maqsadida bir qator o’simlik ekiladi.

Laboratoriya sharoitida aksariyat o’simliklar dastlab unib chiqishi mumkin, biroq keying vegetatsiya jarayoni juda sust kechadi va oxiriga qadar kuzatilmaydi. Tuproq unumdorligini tiklanishiga stimulyativ ta’sir ko’rsatish maqsadida aniqlangan ushbu o’simliklarni rekultivatsiyaning oxirida siderat o’g’it sifatida qo’llash nuqtayi nazaridan yerga qo’shib haydab yuborish maqsadga muvofiq. Tuproqning o'z-o'zini tozalash qobiliyati elementning qarakatlanish jadalligiga va yemirilish tezligiga bog'liq bo'ladi. Antropogen radionuklidlar tuproqning ustki qatlamiga yoki yuzasiga tushadi. Shu sababli og’ir mexanik tarkibli tuproqlarda, yog'in kam tushadigan mintaqalarda taxminan 10 sm qalinlik atrofida saqlanib, juda xavfli holatni yuzaga keltiradi. Faqat yengil mexanik tarkibli tuproqlardagina 10-15 yil davomida 40-50 sm chuqurga tushishi mumkin. Gumusli tuproqlarning o’z- o'zini lozalashi nisbatan qiyin, chunki, radionuklidlar bunday tuproqlarda yaxshi yutiladi, natijada kuchsiz qarakatlanadi. Sho’r tuproqlarga radionuklidlar kam yutiladi va kam saqlanadi, tog‘li tuproqlarda buning aksi. Xorijiy davlatlarda yaqin yillardan boshlab olimlar radioaktiv moddaiar bilan ifloslangan tuproqlarning xossalarini o'rganish va tozalash metodlarini ishlab chiqishgan. Tozalash mctodlariga ko'ra ko’proq biologik tozalash metodlari yuqori Samara bermoqda, bu o'rinda xorij olimlari radioaktiv elementlarni parchalovchi mikroorganizm shtammlari, o'simlik turlari va lishaynik avlodlarini aniqlashgan. Chernobl atrofidagi hududlarda M.G.Nifontova tadqiqotlar olib borib, lishayniklar yordamida radioaktiv ifloslanishni kamaytirishga erishgan (21-jadvaI). Lishayniklar tuproqda to'planuvchi radionuklidlarni o’zida to’plashi hisobiga tuproq biologik tozalanadi. Vujudga kelgan radioaktiv ifloslanish va nurlanish kuchli bo'lgan sharoitda ham lishaynikning Cladonia amaurocraea, Lasalia pensylvanica va Peltigyera canina turlari o'sib, o'zida radioaktiv elementlarni to'playdi va biologik tozalash jarayonida qatnashadi. Lishayniklar 2-3 yil davomida radioaktiv ifloslangan hududlami yuqori darajada tozalash xususiyatiga ega. Rossiya olimlari radioaktiv moddalar bilan ifloslanishda o'rmon biotsenozining roJi ustida tadqiqotlar olib borishgan va o'rmon mintaqalarida o’suvchi 10 dan ortiq zamburug’larda radioaktiv nurlanishning to'planish jarayonini aniqlashgan. Har bir zamburug' turi radioaktiv ifloslanishni yig’ish xususiyati bilan farq qiladi. Yillar davomida ifloslanish ko'rsatkichining kamayishiga olib keladi. Radioaktiv ifloslanishni tozalashda boshqa usullar ham yaxshi Samara beradi, tuproq tarkibida mavjud radioaktiv elementlar, xususan uran elementini parchalovchi bakteriya shtammlari topilgan va biologik tozalash tadbirlari olib borilgan.

3.2. Og’ir metallar tushgan tuproqlarning fizik xossalarini o’zgarishi


Tuproqlarning texnogen buzilishi natijasida dastlab, uning biologic, mikrobiologik xossalari zarar ko’rsa, undan so’ng fizik xossalari ham keskin o’zgarishga uchraydi.

Kimyoviy moddalar bilan ifloslanish natijasida yillar davomida fizik xossalari zarar ko’rgan bo’lsa, ikkinchi holatda texnogen ta’sirlar natijasida tuproqning genetic qatlamlari buzilgan. Bu esa tuproqlarning boshqa xossalarining o’zgarishiga olib kelgan. Birgina tuproq mexanik tarkibining yengildan og’ir mexanik tarkibga o’zgarib borishi bilan undagi fizik jarayonlar solishtirma yuza, yuza tortishish energiyasi, adsorbsiyalanish kuchlari, oksidlanish-qaytarilish, gidroliz, fizik-mexanik jarayonlar,yopishqoqlik, plastiklik, bo’kish-cho’kish xossalari o’zgaradi. Bundan tashqari mexanik tarkib to’g’risidagi ma’lumotlar tuproqlarga ekologik nuqtai nazardan ilmiy baholash ham muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Tadqiqot o’tkazilgan hudud tuproqlarining maxanik tarkibi bo’yicha bir qonuniyatni ko’rish mumkinki, tadqiqot hududi tuproqlari asosan o’rta va og’ir qumoq mexanik tarkibga ega bo’lganligi, korxonalardan chiqayotgan kimyoviy moddalarni o’ziga yanada ko’proq ushlashiga omil bo’lgan, bu esa tuproqning boshqa xossalariga ham ta’sir etishiga olib kelgan. Tadqiqot hududidagi texnogen buzilgan tuproqlarning fizik xossalarini o’zgarishida mexanik tarkibi nisbatan kam zarar ko’ruvchi xossasi deyish mumkin. Ifloslanish manbaiga nisbatan turli masofalardan olingan yuqoridagi tuproqlaming mexanik tarkibi turlicha bo'lib, o'rta qumoq, yengil qumoq va qumoq mexanik tarkiblidir. Bundan ko'rinadiki, mexanik tarkibga bog’liq holda og’ir metallar to'planadi, ya'ni tuproqning mexanik tarkibi qanchalik og’ir bo'lsa, o’zida og’ir metallami shunchalik ko'p to’playdi. Tuproq qoplamiga tushgan og’ir metallar me'yoridan orlad i va iurli omillar natijasida tuproqda o'suvchi o'simlik dunyosi va bevosita bog’liq bo'lgan hayvonot dunyosiga o'tadi, provardda esa inson organi/miga oziqa zanjiri orqali o'tib, bir qator kasalliklarga olib keladi. Olimlarning ta’kidlashicha, tuproqlarda og’ir metallar miqdorining o'simlik organ - to’qimalariga so’rilishî o'simlik turiga va tuproq tipiga bog’liq bo’lib, vaqt o’tishi bilan inson organizmiga o'tadi. Inson organjzmida turii xususiyaîga ega og’ir metallar, turli kasalliklami keltirib chiqaradi, eng xavfli tomoni shundaki. yuqorida ta'kidlaganimizdek og’ir metallar inson organizmida uzoq saqlanib, o'zining zaharli ta'sirini o'tkazib turadi. Shu o'rinda bir qator og’ir metallarning tirik organizmlarga salbiy la’siri naîijasida kelib chiqadigan kasalliklarni keltiramiz. As - o'pka raki, teri kasalliklari, gemotologik ta'sir, anemiya; Bc - dermatit, yaralar, shilliq qavat zararlanishi; Cd - xronîk va o'tkir o'pka kasalliklari, buyrak, rak kasalliklari; C r-o'pka, oshqozon ichak kasalliklari, dermatit; Pb qon, buyrak, jigar, asab kasalliklari; Ni - o'pka astmasi, majruh tug’ilish, buyrak, o'pka raki; Hg - asab, buyrak kasalliklarini keltirib chiqaradi. Bundan ko'rishimiz mumkinki, bir vaqtning o’zida bir necha og’ir metallar bilan zararlangan inson organizmi juda og’ir vaziyatda qoladi. Og’ir metallarning tuproq va tirik organizmlarga ta'sirini o'rganish natijasida ifloslangan tuproqlami tozalash vazifasi turadi. Bugungi kungacha og’ir metallar bilan ifloslangan tuproqlami qayta tiklashning ikki kimyoviy reaksiyalari orqali to/alash yo'lga qo’yilgan, bunga ko'ra birinchisi yengil harakatchan metallarni yuvish orqali, misol uchun kadmiy va kobaltni, ikkinchisi esa neytrallash kimyoviy reaksiyalari hisoblanadi. Bundan tashqari biologik tozalash mctodi bo'yicha ham bir qator olimlar xorijiy davlatlarda ish olib bormoqdalar. Yaqin yillarda og’ir metallar bilan ifloslangan tuproqlami tozalashning yangi metodlari yaratilish arafasida turibdi. Shu sohaning yetuk olimlari yetakchiligida barqaror tozalash usullari yaratilsa va amaliyotga tatbiq etilsa dunyo bo'yicha keng tarqalgan muammoni hal ctiladi.

Solishtirma og’irlik fizik xossalarining orasida boshqa xossalarga nisbatan kam o’zgaruvchan hisoblanib, bu bir qator o’zaro bog’liqlik va aloqadorlikdagi ko’rsatkichlarga bog’liq. Bular orasida eng asosiysi tuproq hosil qiluvchi ona jinslar tarkibi hisoblanadi.

3.3. Rekultivatsiyadan keyin tuproqlarning faolligi

Og'ir metallar tuproqning organik moddalar transformatsiyasi, tuproq mikroorganizmlariga, fermentlar faolligiga, tuproq nafas olish faolligiga, azot o'zlashtirilish jaravoniga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Mikroorganizmlar hujayrasi tashqi qobig’iga (Erlixom ma'lumotiga ko'ra) misning salbiy ta’siri kuchli bo'lsa, hujayra ichki muhitiga simob kuchii ta’sir ko'rsatib, oqsil va boshqa biomolekulalardagi muhim SH - atom guruhiga, tur tarkibiga, tuproqdagi nafas olish va fermentlar faolligining buzilishiga olib keladi. Nikel, kadmiy va vanadiy elementlari tuproqda C 02 gazining ajralishiga sekiniashtiruvchi ta'sir qiladi. Og’ir metallar bilan ifloslangan tuproq xossalarini o'rganish muhim bo'lib, bir qator olimlarning tadqiqotlarini ko’rsatish mumkin. Xususan, N.A.Kirpichnikov va uning shogirdlari (1993) Moskva atrofidagi o'rmon - podzol tuproqlarida og’ir metallaming ona jins - tuproq - suv - biomassa tizimi doirasida o'rgandi. Bu olimlar Pb, Ni, Zn, Cu, Cd, qatori Pb, Ni, Zn va Cu elcmentlarining qarakatlanishini chuqur o’rgangan. L.K.MitchcIl, A.P.Karathanasis (1992) lar qamish (Scirpus validus) va kichik bargli o't (Typa angustigolia) o'simliklarini og’ir metallar bilan ifloslangan oqava suvida 12 hafta ushlab turish bilan suvdagi og'ir metallami o’simliklar orqali yig’ib olishgan. Bunda 1 litrda Fe - 30 mg, Su - 10 mg, Sr - 5 mg. Ni 5 mg, Pb - 5 mg, Zn - 5 mg, Cd - 0,5 mg miqdorida to’planib, Fe konsentratsiyasi 62 %, Cr - 54 %, Pb - 39 %, Cu - 22 % ga kamaygan. Olib borilgan tadqiqotlar va adabiyot manbalaridan ma'lumki, og’ir metallar tuproqning biologik, kimyoviy xossalariga, organik moddalariga, tuproq organizmlariga, biomassa va boshqa xossalariga ta'sir qiladi. Guzev va boshqalar o'rmon - podzol tuproqlaridagi Pb miqdorini aniqlab, bir qator xossalarini o'rgangan. Uning ladqiqotlariga ko'ra tuproq tarkibidagi 200 mg/kg qo’rg’oshin azotfiksatsiya jarayoniga sekiniashtiruvchi, 10 mg/kg miqdori stimulyativ ta'sir qilgan. Navoiy viloyatining sug’oriladigan tuproqlarining og’ir metallar bilan ifloslanish va bir qator xossalariga ta’sirini o'rganish bo'yicha Sh.Ahmedov (1997) tadqiqotlar olib borgan. U Navoiy shahri atrofida tarqalgan sur tusli qo'ng’ir tuproqlardan 0-200, 0-240 sm genetik qatlamlar bo'yicha turli masofalardan kesmalar qazigan va tuproqlarni makromorfologiya xususiyatlari va tuproq tarkibidagi og’ir metallar miqdorini o'rgangan.





Ifloslovchi manbaga nisbatan turli masofalarda og’ir metallar bilan ifloslanish turlicha bo'lib, ifloslanish manbasi atrofida ifloslanish darajasi bir muncha yuqori. Xuddi shu mexanizmga monand holda hududda tarqalgan o'simlik bargi, poyasi va ildizida turlicha miqdorda uchraydi, bunga ko'ra o'simlik ildi/.ida og’ir metall miqdori ko’p to’plangan, bu esa o'z o'rnida atmosfera havosiga nisbatan tuproq qoplamining kuchliroq ifloslanganügidan dalolatdir. Vaholanki, o'simliklaming asosiy qismlari yer ustida bo'lib, ifloslanish omili ham ko'proq yer usti qismi orqali amalga oshadi. Tuproq qatlamlari esa og’ir metallar miqdori tabiiy holda pastki qatlamga tomon kamayib boradi. Og’ir metallar tuproq qoplamiga tushgandan keyin yillar davomida kompleks holda tuproqqa ta'sir etadi, bu o’rinda kompleks deyilganda bir necha xossalariga bir vaqtning o'zida ta'sir etishi lushuniladi. Og’ir metallarning tuproqning agrokimyoviy xossalariga ta'sir ctish mexanizmi shundayki, tuproqqa tushgan muayyan og’ir metal turi tuproq mikroorgani/mlari faoliyati va biologik faolligiga ta’sir etadi. Natijada umumiy mikroorganizmlar nobud bo'lishi va biologik faolligi susayishi kuzatiladi.Ifioslanish manbalaridan chiqqan og'ir metallar va ularning birikmalari u yoki bu ko'rinishda atrof-muhitga tushadi va biosfera komponentlari orasida bir-biriga ma'lum qonuniyat bilan o'tib, ifloslanishni vujudga keltiradî. BMT xalqaro tashkiloti 1973 yilda inson uchun xavfli bo'lgan moddalar ro'yxatini qabul qiigan, ular orasida S gazi, uglerod oksidi va dioksidi, nitratlar, nitritlar, nitrozaminlar, ammiak, simob, qo’rg’oshin, kadmiy, undan tashqari turli metall konscntratsiyasini tutgan havodagi changsimon zarrachatar ahamiyatga egadir. Tuproq qoplamini og’ir metallar bilan ifloslantiruvchi asosiy manbalar galvanika sexlari. tog’-kon qurilish sexlarî, qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik va kimyo zavodlari hisoblanadi. Og’ir metallar o’g’itlar va pestitsidlar tarkibida ham oz miqdorda bo'ladi. Dunyo bo'yicha bugungi kunda zaharli moddalaming havoda 1300 dan. suvda 1100 dan ortiq turining QQM belgilangan. Hozirgi vaqtda zaharli dcb hisoblangan moddalar 3000 ga yaqinlashgan, ularning ko'pchiligi organik birikmalardir. Amaliy jihatdan barcha metallar biologik jarayonlarda faol qatnashadi, ular barcha fermentlar tarkibiga kiradi. Zichligi 8 g/sm3 dan yuqori bo'lgan metallar og’ir mctallar hisoblanadi. Jumladan bularga cng ahamiyatii bo'lgan 10 ta og'ir metallni kiritish mumkin: Pb, Cu, Zn, Ni, Cd, Co, Sb, Sn, Bi, Ilg. Quyida ayrim og’ir metallarga qisqacha tavsif beriladi: Vanadiy V ^ V 54 Vanadiy ternir rudalari, neft, asfalt. bitum, qaynoq slanetslar, ko'mir va boshqalar tarkibida uchraydi. Vanadiy bilan ifloslanishining asosiy manbasi bo’lib neft va uni qayta ishlash mahsulotlari hisoblanadi. Tabiiy holda vanadiy juda kam konsentratsiyada uchraydi. Biroq suv manbalarida ko’proq uchraydi, xususan daryo suvlarida 0,2-0,4 mkg/dm3, dengi/. suvlarida o’rtacha 2 mkg/dmJ. Suvda vanadiy mustahkam anion kompleksi (V4Ol2)4“, va (V|0O26)6- shaklida uchraydi. Vanadiyning qarakatlanishida uning organik moddalar, ayniqsa gumin kislotalar bilan hosiî qiigan oson eruvchi komplcks birikmalarining roli muhimdir. Vanadiyning yuqori konsentratsiyasi inson sog’ligi uchun zararli hisoblanadi. Uning QQM miqdori 0,01 mg/dm3 ga teng. Vismut - Bi2+ Tuproq qoplamini vismut bilan ifloslantiruvchi manba minerallaming ishqorlanish jarayoni hisoblanadi, undan tashqari farmatsevtika va parfyumeriya zavodlari chiqindi suvlari, oyna ishlab chiqarish zavodlari qoldiqlari hisoblanadi. Vismut ifloslanmagan yer usti suvlarida submikrogramm konsentratsiyada uchraydi. Uning yuqori konsentratsiyasi ycr osti suvlarida 20 mkg/dm3 ni, dengiz suvlarida - 0,02 mkg/dm3 ni tashkil qiladi. Vismutning QQM ko'rsatkichi 0,01 mkg/dm3 gateng. Kadmiy - Cdz+ Kadmiy tuproqqa ishqorlanish, polimetail va ruxli rudalar, suv jonivorlarining chirishi natijasida tushadi. Kadmiy birikmalari yer osti suvlari tarkibiga qo'rg’oshin - rux zavodlari oqava suvlari, ruda qazib olish fabrikalari, galvanik matyeriallar ishlab chiqarish zavodlari chiqindiiari, undan tashqari shaxta suvlari yer usti suvlariga bog’liq holda o'tadi. Kadmiyning eruvchan birikmalari konsentratsiyasi sorbsiya jarayoni va suv organizmlari hisobiga kamayishi kuzatiladi. Kadmiy birikmalari inson va hayvonlar hayot faoliyati jarayonida muhim rol o'ynaydi. Uning yuqori konsentratsiyasi zaharli ta’sir qiladi. Kadmiyning QQM 0,001 mg/dm3 ko'rsatkichga tcng. Kobalt -C o 2+' Co3+ Kobalt birikmalari tuproq qoplamiga rudalardan, organizmlar va o'simliklaming chirishi orqali o'tadi, undan tashqari tuproqlarga metaliurgiya va kimyo zavodlarining oqava suvlari orqali tushadi. Kobalt Vi2 vitamini tarkibiga kirib, kamqonlikning oldini oladi. U azotli moddalarning o’zgarishida faol qatnashadi, xlorofill va askorbin kislotalami ko'paytiradi, biosintezni tezlashtiradi va o’simliklarda oqsil azotining miqdorini oshiradi. Kobalt ifloslanmagan va kuchsiz ifloslangan daryo suvlarida 1 dm3 da mg ning 10 dan to 1000 ulushi oralig’ ida tebranib turadi. Dengiz suvlarida o’rtacha 0,5 mkg/dm3 miqdorda uchraydi. Uning QQM ko’rsatkichi 0,1 mg/dm? ga teng. Qalay - Sn1+, Sn4+ Qalay atrof-muhitga qalay saqlovchi minerallaming ishqorlanish jarayoni natijasida tarqaladi. Undan tashqari tuproqlarga turli ishlab chiqarish korxonalarining chiqindi suvlaridan harn o'tadi Aniqlanishicha, qalayning zararli ta'siri uncha yuqori cmas. Ifloslanmagan tuproqlarda uning miqdori submikrogrammda uchraydi, yer osti suvlarida esa uning konsentratsiyasi 1 dm3 da mg birligigacha ortadi. Qalayning QQM ko'rsatkichi 2 mg/dm3 ga tcng. Kcspublikamizda tuproqlarning og’ir metallar bilan ifloslanishi va tuproq xossalariga ta'siri doirasida ilmiy tadqiqot ishlari yetarlicha olib borilgan. Bu o'rinda yetuk olimlarimiz Riskiyeva X.T., Riskiev R.R.. Nasedjanov M., Mirsadikov M., Abdraxmonov T., Axmedov Sh. va boshqalarni keltirishimiz mumkin. Albatta hukumatning tegishli ilmiy tadqiqot tashkilotlari ham doitniy larzda ish olib borishadi. Keyingi vaqtlarda olib borilgan tadqiqotlar natijasiga ko'ra Toshkent viloyatining ayrim tumanlarida (Olmaliq, Angren) og’ir metallar bilan ifloslanish darajasi ortmoqda. Ayniqsa qishloq xo'jalik ckinlari piyoz, kartoshka, sabzi, lavlagi, karam, bodring, pomidor. makkajo'xori kabi o'simliklarda og’ir metallar miqdorining bir necha marta ortishi kuzatilgan. Aniqlanishicha. Sirdaryo viloyati va Aydarko’l havzasi atrofida ayrim og’ir metallar tuproq, suv va suv o’simliklari tarkibida QQM ko'rsatkichidan bir necha marta oshgan Tuproq tarkibidagi og’ir metallar va boshqa elementlar oksidlarining tuproqda kamayishiga sabab, tuproqning yuza qatlamini texnik tadbirlar asosida olib tashlanishidir. Hozirga qadar og’ir metallar bilan ifloslangan tuproqlarni tozalashning biologic usuli mavjud mavjud emas, ya’ni biror mikroorganizm turi yoki o’simlik tuproqdagi og’ir metallarni parchalamaydi. Faqatgina o’simliklar ma’lum bir qismini o’z tanasida to’playdi va bu ham to’liq tozalash imkonini bermaydi. Laboratoriya sharoitida yaratilgan kimyoviy moddalar qo’llash orqali og’ir metallarni tuproqda harakatsiz shaklga o’tkazib moddalar qo’llash orqali og’ir metallarni tuproqda harakatsiz shaklga o’tkazib qo’yilishi dala sharoitida yuqori samara bermaydi, shu bois og’ir metallar bilan ifloslangan tuproqlarni rekultivatsiyasida texnik usul kutilgan samarani beradi.

Bugungi kunda turli ixtisoslikdagi sanoat korxonalarning soni va ular egallagan maydonni ortishi munosabati bilan tuproq qoplamini ekologik jihatdan zarar ko’rishini inobatga olgan holda, shunday tarzda foydalanish lozim. Sanoatlashgan hudud tuproqlaridan samarali foydalanish uchun aynan o’sha hudud tuproqlari xossa xususiyatlari va texnogen ta’sir darajasiga ko’ra rekultivatsiya texnologiyasini yaratish lozim. Shuningdek ayrim local maydonlar uchun samarali foydalanish yo’llarini ishlab chiqish lozim, aks holda rekultivatsiyadan so’ng ushbu hudud tuproqlari yana ifloslanishi va texnogen buzilishi davom etadi. Eng muhimi respublikamizda sanoat korxonalarining soni yil sayin ortib boorish tendensiyasi davom etmoqda, shu bois bu masalaga tuproqshunoslik va ekologik nuqtayi naaridan yondashib, tadqiqotlar olib boorish yuqori samara beradi.

Tuproqdagi mikrobiologik holatni yaxshilash, organik moddalarning parchalanishi, nitrifikatsiyasi, oksidlanish – qaytarilish jarayonlarini yaxshilash, biologic faollikni yaxshilash maqsadida O’zbekiston Milliy Universiteti Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasida ajratilgan Pseudomonas putida BKPM B-4308 bakteriya shtamidan (Patent №IAP 04299) texnogen ta’sir darajasiga mos holda 5.3x107 -7,9x107 xuj/tuproq miqdorida qo’llanildi. Qo’llanilgan bakteriya shtamlarining miqdori tuproqdagi umumiy mikroorganizmlar miqdorining fondagi miqdoriga bog’liq holda qo’llanildi, tuproq qanchalik kuchli texnogen ta’sir ostida qolib, mikroorganizmlari kamayib ketgan bo’lsa, ko’proq miqdorda shtamlar qo’llanildi.

Tuproqning unumdorlik ko’rsatkichlarini tiklash, tuproqda havo, nam, oziqa rejimini yaxshilash, fermentlar faolligini tiklash va mikroorganizmlar faolligini tiklash maqsadida beda, raygras hamda arpa o’simliklari ekildi. Ushbu o’simliklar o’z vegetatsion davrini tugallamasdan tuproqqa sideral o’g’it bo’lishi uchun haydab yuboriladi. Faoliyatini davom ettirayotgan sanoat korxonalari atrofida rekultivatsiyadan so’ng parnik sifatida tuproqlardan foydalanish yoki texnik ekinlar ekishda foydalanish maqsadga muvofiq, aks holda ifloslanish davom etish hisobiga kutilgan hosil olinmaydi, vaqt o’tishi bilan yerlar qishloq xo’jalik maqsadlari uchun yaroqsiz bo’lib qoladi.

3.4. Biosferaning umumiy tavsifi va tuproq qoplami bilan aloqasi
Biosfera turli vaqtlarda olimlar tomonidan turlicha ta’riflangan. Haqiqatdan mavjudlik, tiriklik qatlamning bo’lishidir, ya'ni qaysi sfera qism larida bor bo'lishidan qat'iy nazar tirik mavjudot yashash makonidir. A kadem ik V.I.Vemadskiy ta'lim otiga ko'ra, biosferaga troposferaning butkul hamma qismi, stratosferaning ostki qatlami, litosferaning cho’kindi tog’ jinslari bilan qoplangan qismi kiradi. Biosferaning o’ziga xos asosiy tarkibiy qismi undagi turli organizmlardan tashkil topgan hayotning borligidir. Biosfera tirik va o’lik tarkibiy qismlardan iborat, sayyoramizda yashaydigan hamma tirik organizmlaming yig’indisi biosferaning tirik m oddasini tashkil etadi. Tirik organizmlar asosan yerning gazsimon (atm osfera), suyuq (gidrosfera), qattiq (litosfera) geologik qobiqlarida joylashgan. Biosferaning yuqori chegarasi dengiz sathidan 22 km balandlikda, atmosferaning quyi qatlami troposferada joylashgan bo’lib, bu chegarada quyosh nurlari energiyasi kislorod ozonga aylanadi va ozon ekrani hosil bo'ladi. Ozon ekraniga ta’sir ko'rsatuvchi kosmik va ultrabinafsha nurlaming asosiy qismini yerga o'tkazmaydi.

Biosferani tashkil etuvchi qismlari orasida litosfera, tuproq qoplami va gidrosfcraning o'mi katta hisoblanadi. Gidrosferani okeanlar, dengizlar, ko'llar va daryolarning suvlari hosil qiladi. U yer sharining 70 % ga yaqin qismini egallaydi. Hayot gidrosferaning hamma qismida, hatto II km gacha bo’lgan chuqurükda ham uchraydi. Hayot yeming qattiq qobig’i litosferaning yuqori qatiamlaridagi 3-4 km chuqurlikkacha tarqalgan. Biosferaning o'lik tarkibiga atmosfera, gidrosfera va litosferaning moddalar va energiya almashuvi jarayonida qatnashuvchi qismlari kiradi. Yer maydoni (tuproq qoplami) biosferaning bir bo'lagi hisoblanib, biosferaning tashkil topishi va rivojlanishida tuproqning qanday aloqasi va o'mi qay darajada? degan savol paydo bo’ladi. Aytish mumkinki, faqat tuproq tufayli yer kurrasining quruqlik qismida yuqori darajada rivojlangan tirik organí/mlar bilan egallangan biosfera hosil bo’Igan. Agarda tog’ jinslarining nuralgan mahsulotlari bilan tirik organizmlar o'zaro bir biriga ta'sir qilmasa quruqlikda taraqqiy etgan tuproq qatlami hosil bo’lmas edi. Biosferada tirik mavjudotlar qatori insonlar ham bevoslta shu makonda yashaydi. Insoniyatning yil sayin ko'payishi, fan texnikaning rivojlanishi, chtiyojlarning kengayishi natijasida biosfera va uning tarkibiy qismlarini turli kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi vujudga kelmoqda. Yer, ya'ni tuproq qoplami biosferaning bir qismini tashkil etadi va biosferaning xohlagan qismi kimyoviy ifloslansa, uning boshqa qismlari, jumladan tuproq qoplami ham ifloslanadi yoki aksincha tuproq qoplami ifloslansa, biosfera ham ifloslanadi. Asosiy holatlarda biosferaning ifloslanishi pastki qismlar yer va gidrosfera orqali vujudga keladi. Umumiy biosfera xalqasida tuproqning bir qator o'ziga xos vazifalari bo’lib, tabiat tomonidan boshqarib turiladi.

Og’ir metallar bilan iíloslanishning o'ziga xos xususiy ta’ritl shundaki, ifloslanish lokal, regional va global masshtab shakllarida bo'ladi, ya'ni og’ir metallar bilan ifloslanish yer yuzida keng masshtabda uchraydi. S.L.Davidova va V.I.Tagasovlar xuddi shu fikrni ta'kidlagan holda, og'ir metallar bilan ifloslanishni 3 ta guruhga ajratishgan: 1. Global masshtabli ifloslanish, bunda yuqori uchuvchan metall oksidlari (Pb02) va metilsimob (Hg(CH3)), dimetilsimob (Hg(CH3)2) kabilami rnisol o'rnida ko'rsatish mumkin. 2. Regional masshtabli ifloslanish. bunda ifloslanish qisman chegaralangan bo’lib, inson uchun xavfli hisoblanadi, xususan NiOH2 ni keltirish mumkin.3. Lokal masshtabdagi ifloslanish, kichik maydonlarda uchrab, asosan atmosfera orqali metall oksidlarining aerozol shaklida vujudga keladi. O g’ir m etallarning ifloslanish xarakteri ekologik, geologik va biologik muammolar tizimini keltirib chiqaradi, chunki ular turli shaklda barcha sfcralarda (suvda, havoda, tuproqda, o'simliklarda, hayvonlarda, qishloq xo'jaligi va sanoatda) uchraydi. Rundan ko’rinadiki, og’ir metallar bilan ifloslanish biosferaning birgina qismiga ta'sir etmasdan, balki kompleks holda biosfera qismlariga o'zining zaharli ta'sirini o’tkazadi.

Xulosa


Yillar davomida turli omillar ta'sirida kimyoviy ifloslangan tuproqlarni chuqur o'rganish, ularning tuproq xossalari va unumdorligiga ta'sir etish tendentsiya va mexanizmlarini ochib berish va qayta tiklash bugungi kunda har bir davlatning ustuvor vazifalari qatoriga qo’yilgan. Bu muammolar hal etilsagina tuproqlardan samarali foydalanish mumkin. Tuproqlarning kimyoviy ifloslanishi turli omillar ta'sirida paydo bo'Iib, yillar davomida tuproq qoplami zararlanishi kuzatiladi. Tuproqlar ifloslanishi turlicha bo'lib, asosan sanoat korxonalari, maishiy va boshqa chiqindilar hamda turli jarayonlar mobaynida ifloslanadi. Har bir davlatda tabiiy resurslar hisoblanuvchi yer resurslarini muhofaza qiluvchi tashkilotlar bo'lib, mazkur tashkilotlar tomonidan doimiy tarzda tuproqlarni kimyoviy ifloslanish holati nazorat qilinadi va shu asosda tegishli tadbirlar belgilanadi. Kimyoviy ifloslangan tuproqlarning xavfli-zaharli xususiyati, kimyoviy tarkibi va umumiy miqdori bo'yicha turlarga ajratiladi. Xavfli-zaharli xususiyati bo'yicha tuproqlar quyidagi kimyoviy ifloslanishlarga ajratiladi: 1. Radioaktiv ifloslanish, 2. Og’ir metallar va kimyoviy moddalar bilan ifloslanish, 3. Turli chiqindilar bilan ifloslanish. Tahlillarga ko'ra radioaktiv ifloslanish eng xavflisi hisoblanadi, chunki radioaktiv ifloslanishda dastlab biologik dunyo jiddiy zarar ko'radi va juda katta radiusda ham ta'sir etish xususiyatiga ega, eng achinarlisi inson sog’ligiga juda xavfli ta'sir etib, uning kelajak avlodlariga genlar orqali ta'sir etishi bilan boshqa ifloslanish turlaridan farq qiladi. Og’ir metallar bilan ifloslanishning xavfli tomoni shundaki, birinchidan, og’ir metallar bilan iflosianishni vujudga keltiruvchi omillar va manbalar ko'p (transportlar va sanoat - korxonalari) bo’lib, ikkinchidan, tuproq qoplamida saqlanish (emirilish) muddati bir necha ming yillarga teng. Tuproqlarni turli chiqindilar bilan ifloslanishi yuqoridagi ifloslanishlar qatori juda ko'p uchraydi. Shu sababli chiqindi va kimyoviy moddalarning iloji boricha zararsiz variantlarini ishlab chiqishimiz lozim. Bugungi kunda respublika miqyosida ifloslanish bo'yicha keng masshlabda uchrovchi m oddalar uchun ham QQM ko'rsatkichlari ishlab chiqilmoqda. Ishlab chiqilayotgan har bir ko'rsatkichlar tuproq-iqlimiy sharoitlarini, tuproqning xossa - xususiyatlarini hisobga oigan holda qabul qilinmoqda. ting muhimi yil sayin iqlimning o'zgarayotgani, antropogen ta’sirning ortayotgani, ayniqsa, kundalik hayot faoliyat mobaynida sanoat korxonalari hamda mahsulotlardan foydalanish natijasida ham tuproq tarkibidagi moddalarning miqdor jihatdan o’zgarishi kuzatilishi, turli moddalaming QQM ko'rsatgichidan oshishiga olib keladi, bu esa QQM ko'rsatkichlarini qabul qilishda ilmiy jihatdan jiddiy yondashishni talab etadi. Bu o'z o'rnida tuproqlari ekologik toza holda asrash, ulardan oqilona foydalanish va inson saiomatligini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.


Foydalanilgan adabiyotlar


1.Abramova M.A., Suxarev Y.I. обоснавание рекулътивации хвостов металлургической промышлунности // Российский государственний аграрний университет, доклады ТСХА Выпуск 290,- Москва,2018 –С,3-4,

2. Belenkov A, Mazirov M., ArefievaV. Theoretical and practical aspects of basic soil treatment in the conditions of modern soil management systems in Russia // Eurasian J Soil Sci. 2018.-V.7(4).-P. 300-307.

3.Muzaffarov A.M. Oltin, uran ajratib olish jarayonlari va ularning ekotizmga texnogen ulushini nazorat qilishning yadro-fizik uslublarini ishlab chiqish.-PhD diss. Avtoref.2017.49b.
4. Nurmatov Sh., Kamilov B. O’zbekiston tuproqlarining unumdorlik holati, muhofazasi, ulardan samarali foydalanishda innovatsion texnologiyani ahamiyati// O’zbekiston tuproqlarining unumdorlik holati, muhofazasi va ulardan samarali foydalanish masalalari” resp.il.-amal.konf.-Toshkent,2013.-B.8-11.
5.Sapayev B., G’iyosov Q., Todjiyev J.N., Razzoqova S.R., Toxirboyeva D.U., Xodjayeva U.Sh., Dehqonova N.T. Kimyoviy moddalar va atrof muhit ekologiyasi//Toshkent Davlat Agrar universiteti innovatsion fan-ta’lim tizimini rivojlantirishning barkamol avlodni voyaga yetkazishdagi roli va ahamiyati.-Il.amal.konf. mater.to’p.-Toshkent,2014.-B.195-196.

6.Булаков В Л. Пакомов А. Е Неотаожные задачи по сохранснию

ранообразия зооцсноза и сго функцнонального потенциала в зкосистемах

промышленных регионов / V Мижнародна наухова конференция Украина,

2009-C 4-7

7.Бобобсков И. Зарафшон вохаси техноген ифлосланган тупрокларида

опр металларнинг салбий таъсирини камайтириш усудлари Самарканд давлат

уиерситети олимларининг инновацион ишланмалари туплами Самарканд.

2017 - Б45

8.Даукаев Р.А., Сулейманов Р.А. Эколого-гигиеническая оценка в.тияния

предприятий черной металлургии

Башкирского зауралья // Экология человека. Уфа, 2008.-Ne.7.-С. 9-13.

Томского государственного университета. Томск, 2018.- 43.-С 174-195.

9. Галиулин Р В., Галиулина Р.А., Башкин В.Н., Алексеев А.О, Арабский

Галямов А.А., Гаевая Е.В., Заҳарова Е.В. Биологическая рекультивация

сельскохозяйственных земель (оленьих пастбищ) на полуострове ямал // Вестник

Крас ГАУ.-Краснодар, 2015.-10. С.17-22.

10. Юлдашева С.Ш., Жумаева Ф.М. Антропоген омилларнинг атроф мухитга таъсири // Agrar sohani barqaror rivojlantirishdа fаn, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasi. Il. amal. konf. - Toshkent, 2017. - 6.1-7

11. Турсунов Х.Х., Исҳоқова ШМ., Турсунов ДҲОханга шаҳарлари тупрок, сув ва усимликларини огир металлар билан и

киш чоралари. // ЎзМУ хабарлари. 2008. - No3. Б. 168-17)

12. Узбекистон Республикаси атроф-муҳит ҳолати ва табиий фойдаланиш тўғрисидаги Миллий маъруза // Ўзбекистон Респуб Мухофаза килиш Давлат қўмитаси. – Тошкент, 2013. – 258
13 Ўзбекистон суғориладиган ерларининг мелиоратив холати на яхшилаш Ўзбекистон Республикаси ер ресурслари, геодезия, картографии

графия ва давлат кадастри давлат қўмитаси М.И.Рузметов, О.А.Жабборов РК СА Абдуллаев, З.А. Жаббаров, А.С.Пулатов, Ж.Б.Мусаев, А.Ж.Эргаше 3ХСаломов, ШВ.Агзамова, М.А.Мирзабоева, О.Сафаров, УХНурмат

Ш.МХолдоров, МРКунгиров, ЖДехқонов. Тошкент, Университет", 2018 - 317 бет.

14. Холбаев Б.М., Рахмонова Н.Ш. Оғир металларнинг инсон организмига ва қишлоқ хўжалиги экинларининг хосилдорлигига таъсири / Таълим, фан ва ! ишлаб чикариш интеграциясида инновацион технологияларни қўллаш - мамлакат тараққиётининг муҳим омили” мавзусидаги XV респ. ил. амал. конф. матер. - Самарқанд, 2018. - Б. 219-222.

15. Barkan V.Sh., Lyanguzova I.V. Changes in the Degree of Contamination Organic Horizons of Al-Fe-Humus Podzols upon a Decrease in Aerotechnogenid Loads, the Kola Peninsula // Eurasian Soil Science. 2018. - V.51. -N 3.-P327-335

16. Bart S. Motelica H. Mikael., Miard F. Joussein E., Soubrand M, Bourgeries! Morabito Domenico Phytostabilization of As, Sb and Pb by two willow species (S. viminalis and S. purpurea) on former mine technosols. // CATENA. 2016. - V.136.-P. 44-52.

17. Beaudet L.V., Rokia S., Nehls T., Schwartz C. //Aggregation and availability of phosphorus in a Technosol constructed from urban wastes // Journal of Soils and Sediments. 2017.-P. 1-14.

18. Belenkov A, Mazirov M., ArefievaV. Theoretical and practical aspects of basic soil treatment in the conditions of modern soil management systems in Russia // Eurasian J Soil Sci. 2018.-V.7(4).-P. 300-307.

19. Ben Sasi J.M., Air Pollution Caused by Iron and Steel Plants // International Journal of Mining, Metallurgy & Mechanical Engineering. 2013. - V. 1. - N 3.-P. 219-222.

19. Bexeitova R, Veselova L., Kassymkanova K, Jangulova G., Baidauletova G., Zhalgasbekov Y., Burlibayeva Sh., TurekhanovaV. The problem of environmental safety of the fields of mining industrial production of arid zone of Kazakhstan Geodesy and Cartography.2018. - V.44.-N.4.-P. 146-155.

20. Borisova V., Samoshkina I. Investment Management of Agro-Ecologie Farms il Contemporary Research Trends in Agricultural Engineering BIO WC Conferences, 2018. - N.10.-P. 1-8.

21. Bubnova M. The application of remote sensing data for the assessment man-made environments in the coal regions of the south of the Far East Interational Scientific Conference "Problems of Complex Development Georesources". 2018.-P. 1-7.

come il co Borisova T. 2018

22. Chaparro M.A., Gogorza C.S.G. Lavat A. Pazos S. Sinito AM Preliminary Results of Magnetic Characterisation of Different Soils in the Tandil Region (Argentina) Affected by the Pollution of Metallurgical Factory // European journal of environmental and engineering geophysics. 2002. V.7. - P. 35-58

23 Chen G., Wang X., LI J., Yan B., Wang Y, Wu X, Velichkova R Cheng Z., Ma W. Environmental, energy, and economic analysis of integrated

integrated treatment of municipal solid waste and sewage sludge: A case study in China // Science of the Total Environment. 2019.- V. 647.-P. 1433-1443



24. Халиева А.С. Влияние постоянного магнитного поля и ультрафиолетового излучения на процессы роста высших растений и фиторемедиацию ими почв от тяжелых металлов и нефтепродуктов. – Автореф. дисс. на соиск. учен. степени канд. биол. наук Пенза – 2013. С.24.


Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish