II. Uyga vazifani tekshirish 12 minut
O’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilar bilan “Test’’ metodi orqali bilimlarini tekshirish.
Barcha o’quvchilar 3 guruhga bo’linadi.
Har bir guruhga test tarqatiladi.
Test
1. Hayotning turdan yuqori tuzilish darajasidagi biologik sistemalar to’g’ri ko’rsatilgan qatorni aniqlang? 1. hujayra 2. To’qima 3. Organ 4. Organism 5. Populatsiya 6. Biotsenoz 7. Jamoa 8. Biogeotsenoz 9. Ekosistema
A) 1,2,3 B) 4,5,6
C) 6,7,8,9 D) 1,2,3,4,5,6,7,8,9
2. Hayotning turdan yuqori tuzilish darajasidagi biologik sistemalar noto’g’ri ko’rsatilgan qatorni aniqlang? 1. hujayra 2. To’qima 3. Organ 4. Organism 5. Populatsiya 6. Biotsenoz 7. Jamoa 8. Biogeotsenoz 9. Ekositema
A) 1,2,3,4,5 B) 5,6,7 C) 6,7,8,9 D) 6
3. Ekosistemaning tarkibiy qismlari to’g’ri ko’rsatilgan qatorni aniqlang? 1. Populatsiya 2. Biotsenoz 3. Ekotop 4. Bitop 5. Klimatop 6. Mikroorganizm 7. Jamoa 8. Biogeotsenoz
A) 3,4 B) 2,4 C) 1,7,8 D) 5,6
4. Ekosistemaning tarkibiy qismlari noto’g’ri ko’rsatilgan qatorni aniqlang? 1. Populatsiya 2. Biotsenoz 3. Ekotop 4. Bitop 5. Klimatop 6. Mikroorganizm 7. Jamoa 8. Biogeotsenoz
A) 3,4 B) 2,4 C) 1,3,5,6,7,8 D) 1,2,3
5. Tirik organizmlar o’z hayot faoliyati davomida muhitning abiotik shart-sharoitlari (a) ga o’z ta’sirini o’tkazib ………(b) ga o’zgartiradi.
1.ekosistema, 2.biogeotsenoz, 3.biotsenoz, 4.biotop, 5.ekotop, 6.klimatop
A) a-4, b-5 B) a-2, b-1
C) a-6, b-3 D) a-5, b-4
6. Ekosistemaning abiotik muhitini tashkil qiluvchi tarkibiy qism(lar)i to’g’ri ko’rsatilgan qatorni aniqlang? 1. O’simlik 2. Hayvon 3. Bakteriya 4. Zamburug’ 5. Bosim 6. Harorat 7. Tuproq
A) 1,2,3,4 B) 7
C) 3,5,6 D) 1,2,3,4,5,6,7
7. Ekosistemaning abiotik muhitini tashkil qiluvchi tarkibiy qism(lar)i noto’g’ri
ko’rsatilgan qatorni aniqlang? 1. O’simlik 2. Hayvon 3. Bakteriya 4. Zamburug’ 5. Bosim 6. Harorat 7. Tuproq
A) 1,2,3,4 B) 7
C) 4,5,6 D) 1,2,3,4,5,6,7
8. Ekotop (I), klimatop (II) va edofatop (III) larga mos bo’lgan javobni aniqlang?
1.tuproq 2.havo 3.namlik 4.abiotik muhit 5. Harorat 6.yorug’lik
A) I-4, II-2,3,6, III-1,5 B) I-1, II-2,3,4,5, III-4
C) I-1,4, II-2,3, III-5,6 D) I-4, II-2,3,5,6, III-1
9. Ekotop (I), klimatop (II) va edofatop (III) larga mos bo’lmagan javobni aniqlang?
1.tuproq 2.havo 3.namlik 4.abiotik muhit 5. Harorat 6.yorug’lik
A) I-4,5, II-2,6, III-1,3 B) I-1,4, II-2,3,4,5, III-1,6
C) I-1, II-4, III-2,3,5,6 D) I-4, II-2,3,5,6, III-1
10. Ekotop (I) va biotop (II) larga tegishli bo’lgan javobni aniqlang?
1.tirik organizmlar tomonidan o’zgartirilmagan muhit 2.o’z tuprog’iga ega muhit 3.o’z iqlimiga ega muhit 4.tirik organizmlar tomonidan o’zgartirilgan 5. Ma’lum turdagi o’simlik va hayvon turlari yashaydigan hudud 6. Hali o’simlik va hayvon turlari yashamaydigan hudud
A) I-2,3,4,5, II-1,2,3,6 B) I-1,2,3,6, II-2,3,4,5
C) I-1,6, II-2,3,6 D) I-1,5, II-2,3,5,6
11. Ekotop (I) va biotop (II) larga tegishli bo’lmagan javobni aniqlang?
1.tirik organizmlar tomonidan o’zgartirilmagan muhit 2.o’z tuprog’iga ega muhit 3.o’z iqlimiga ega muhit 4.tirik organizmlar tomonidan o’zgartirilgan 5. Ma’lum turdagi o’simlik va hayvon turlari yashaydigan hudud 6. Hali o’simlik va hayvon turlari yashamaydigan hudud
A) I-2,3,4,5, II-1,2,3,6 B) I-1,2,3,6, II-2,3,4,5
C) I-1,4,6, II-2,3,6 D) I-1,2,5, II-2,3,4,6
12. Ekotopga xos bo’lgan hudud (lar) ko’rsatilgan javobni aniqlang?
a) vulqon otilishidan hosil bo’lgan yangi hudud, b) tog’ jinslari ustida lishayniklar rivojlanayotgan hudud, c) suvi turib qolgangan ko’lmakda bakteriyalarning rivojlanishi, d) non ustida zamburug’larning ko’payishi, e) yangi paydo bo’lgan korall orollari, f) ko’lga yangi baliq turlarini olib kelish.
A) a,e B) b,c C) d,f D) b,c,d,f
13. Ekotopga xos bo’lmagan hudud (lar) ko’rsatilgan javobni aniqlang?
a) vulqon otilishidan hosil bo’lgan yangi hudud, b) tog’ jinslari ustida lishayniklar rivojlanayotgan hudud, c) suvi turib qolgangan ko’lmakda bakteriyalarning rivojlanishi, d) non ustida zamburug’larning ko’payishi, e) yangi paydo bo’lgan korall orollari, f) ko’lga yangi baliq turlarini olib kelish.
A) a,e B) b,c,e C) a,d,f D) b,c,d,f
14. Biotsenozning o’simlik (a), hayvon (b), zamburug’ (c) va mikroorganizm (d)
lariga xos javobni aniqlang? 1.fitosenoz, 2.zoosenoz, 3.mikosenoz, 4.mikrobiotsenoz
A) a-1, b-2, c-4, d-3 B) a-2, b-1, c-3, d-4
C) a-1, b-2, c-3, d-4 D) a-4, b-3, c-2, d-1
15. Ekologik xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiluvchi ekosistemalarning funksional guruhlari to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang?
A) Produtsent, konsument, redutsent
B) ekotop, biotop, klimatop
C) barcha hayvon, xemosintezlovchi bakteriyalar
D) fitosenoz, zoosenoz
16. Trofik zanjirga xos bo’lgan javobni aniqlang?
A) Organik moddalarni hosil qiluvchilardan iste’mol qiluvchilarga bosqichma-bosqich modda va energiyani uzatuvchi organizmlar ketma-ketligi
B) Organik moddalarni iste’mol qiluvchilardan hosil qiluvchilarga bosqichma-bosqich modda va energiyani uzatuvchi organizmlar ketma-ketligi
C) Organik moddalarni iste’mol qiluvchilar bir-birlariga bosqichma-bosqich modda va energiyani uzatuvchi organizmlar ketma-ketligi
D) Organik moddalarni hosil qiluvchilar bir-birlariga bosqichma-bosqich modda va energiyani uzatuvchi organizmlar ketma-ketligi
17. Konsementlarga mansub bo’lgan qatorni ko’rsating?
1. Zarpechak, 2. Sachratqi, 3. Qoqio’t, 4. Qo’ypechak, 5. To’qay mushugi, 6. Karnaygul
A) 1,4 B) 1,5 C) 2,3,5 D) 2,3,4,6
18. Konsementlarga mansub bo’lmagan qatorni ko’rsating?
1. Zarpechak, 2. Sachratqi, 3. Qoqio’t, 4. Qo’ypechak, 5. To’qay mushugi, 6. Karnaygul
A) 1,4 B) 1,5 C) 2,3,5 D) 2,3,4,6
19. Redutsentlarga xos bo’lgan qatorni toping? 1. Organik birikmalarni onorganik moddalarga aylantiradi, 2. Onorganik birikmalarni organik moddalarga aylantiradi, 3. Geteratrof organizmlar, 4. Xematrof organizmlar, 5. Qoldiq organik birikmalar bilan oziqlanadi, 6. Mineral moddalar bilan oziqlanadi, 7. Ular tomonidan hosil bo’lgan moddalar geteratroflar tomonidan o’zlashtiriladi, 8. Ular tomonidan hosil bo’lgan moddalar avtotroflar tomonidan o’zlashtiriladi
A) 2,4,6,7 B) 2,3,6,8 C) 1,3,5,8 D) 1,4,5,7
20. Redutsentlarga xos bo’lmsgan qatorni toping? 1. Organik birikmalarni onorganik moddalarga aylantiradi, 2. Onorganik birikmalarni organik moddalarga aylantiradi, 3. Geteratrof organizmlar, 4. Xematrof organizmlar, 5. Qoldiq organik birikmalar bilan oziqlanadi, 6. Mineral moddalar bilan oziqlanadi, 7. Ular
tomonidan hosil bo’lgan moddalar geteratroflar tomonidan o’zlashtiriladi, 8. Ular tomonidan hosil bo’lgan moddalar avtotroflar tomonidan o’zlashtiriladi
A) 2,4,6,7 B) 2,3,6,8
C) 1,3,5,8 D) 1,4,5,7
21. Biogeotsenozlarning o’zini-o’zi boshqarish xususiyati nimaga olib keladi?
A) Bir xil turlar sonining ortishiga olib keladi
B) Bioritm davomiyligi ta’minlanadi
C) Har xil turlarning o’zaro aloqalari kamayishiga olib keladi
D) ekologik suksessiyaga sabab bo’ladi
22. Biogeotsenozlarning barqarorlik xususiyatini nima (lar) ta’minlaydi?
A) Turlar sonining ortishi, bioritm davomiyligi
B) Turlar bir xilligi
C) Turlarning xilma-xilligi
D) ekologik suksessiyaga va turlar sonining kamayishi
23. Biogeotsenozning tabiiy yoki antropagen ta’sirlardan so’ng turlar o’rtasidagi muvozanatni tiklash xususiyati ko’rsatilgan javobni aniqlang?
A) o’zini-o’zi boshqarish B) Barqarorlik
C) o’zini-o’zi yaratish D) rivojlanish
24. Biogeotsenozdagi biotik munosabatlar nima (lar) ni belgilaydi?
1. turlar sonining doimiyligi, 2. turlar sonining kamayib borishi, 3. turlar sonining ortib borishi, 4.abiotik omillarning kuchayishi, 5. Biotik omillarning kuchayishi
A) 2,4 B) 1 C) 3,5 D) 3
25. Biogeotsenozlarning rivojlanish xususiyati qanday o’zgarish(lar) bilan bog’liq?
1. davriy, 2. Siklik, 3. Tadrijiy, 4. Izchil, 5. Sutkalik, 6. Mavsumiy, 7. Bioritmik
A) 1,5,6,7 B) 2,5,6,7
C) 1,3 D) A, B va C
26. Biogeotsenozlarning siklik (a) va izchil (b) o’zgarishlariga xos bo’lgan qatorni ko’rsating?
1. muhit omillarining sutkalik o’zgarishi, 2. muhit omillarining mavsumiy o’zgarishi, 3.Bioritmlarning o’zgarishi, 4. Bir biogeotsenozning boshqasi bilan asta-sekin almashinishi, 5.Bioritmlarning doimiyligi, 6. muhit omillarining o’zgarmasligi, 7.biogeotsenozning doimiyligi
A) a-4, b-1,2,3 B) a-1,2,3, b-7
C) a-1,2,3, b-4 D) a-5,6, b-7
27. Archazor o’rmoniga vulqon otilishi natijasida hosil bolgan tuproqdagi tog’ jinslarida yangi lishayniklarning rivojlanishi biogeotsenozlarning qaysi rivojlanish xususiyati orqali amalga oshadi?
A) Tadrijiy o’zgaruvchanlik B) Davriy o’zgaruvchanlik
C) Sutkalik o’zgaruvchanlik D) Mavsumiy o’zgaruvchanlik
28. Biogeotsenozlarning qaysi rivojlanish xususiyati o’zgarishi natijasida biotsenozlar dastlabki holatiga qaytadi?
1. Davriy-siklik o’zgaruvchanlik, 2. Sutkalik o’zgaruvchanlik, 3. Mavsumiy o’zgaruvchanlik, 4.Bioritmli o’zgaruvchanlik, 5. Tadrijiy o’zgaruvchanlik, 6. Izchil o’zgaruvchanlik
A) 2,3,6 B) 1,5 C) 5,6 D) 1,2,3,4,
29. Sho’rlangan tuproqda buloq hosil bo’lishi natijasida yangi suv o’tlarining rivojlanishi biogeotsenozga xos bo’lgan qaysi xususiyat hisoblanadi?
1. biogeotsenozlarning tadrijiy o’zgarishi, 2. Ekologik suksessiya, 3. biogeotsenozlarning davriy o’zgarishi, 4. Muhitning mavsumiy o’zgarishi,
A) 3,4 B) 1,2 C) 2,3 D) 1,3
30. Suksessiyaga xos bo’lgan ta’riflar berilgan qatorni aniqlang?
1. ekosistemani tashkil etgan turlarning tarkiban o’zgarishi, 2. ekosistemani tashkil etgan turlarning doimiyligi, 3. Jamoa tarkibiy tuzilishining izchil asosida o’rin almashinishi, 4. Tarkibning o’zgarmasligi,
A) 3,4 B) 1,2 C) 2,3 D) 1,3
31. Suksessiyaga xos bo’lmagan ta’riflar berilgan qatorni aniqlang?
1. ekosistemani tashkil etgan turlarning tarkiban o’zgarishi, 2. ekosistemani tashkil etgan turlarning doimiyligi, 3. Jamoa tarkibiy tuzilishining izchil asosida o’rin almashinishi, 4. Tarkibning o’zgarmasligi,
A) 2,4 B) 1,2 C) 2,3 D) 1,3
Do'stlaringiz bilan baham: |