Biologiya darslarida interfaol metodlardan foydalanish



Download 3,6 Mb.
Sana08.09.2017
Hajmi3,6 Mb.
#19541


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
SAMARQAND VILOYAT XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING

MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI

TABIIY VA ANIQ FANLAR TA’LIMI KAFEDRASI


BIOLOGIYA DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH

Samarqand - 2016







O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
SAMARQAND VILOYAT XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI TABIIY VA ANIQ FANLAR TA’LIMI KAFEDRASI

Samarqand shahar 14-umumta’lim maktab biologiya fan o`qituvchisi Bobonorova Zulayxoning


ISH TAJRIBASIDAN
BIOLOGIYA DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH


Samarqand 2016


Bobonorova Zulayxo Qudratovnaning ish tajribasidan.Biologiya darslarida interfaol metodlardan foydalanish.Umumta’lim maktablarining biologiya fani o’qituvchilari uchun uslubiy ko’rsatma. – Samarqand , 2015, 24 bet.
Tuzuvchilar: Z.Bobonorova -Samarqand shahar 14-umumta’lim maktab biologiya fan o`qituvchisi

N.Yunusova –Samarqand VXTXQTMOI

“ Tabiiy va aniq fanlar ta’limi” kafedrasi assistenti



Mas’ul muharrir: S.Yuldosheva-VXTXQTMOI “Til va adabiyot ta’limi” kafedrasi dotsenti
Taqrizchilar: Z.F.Xalimov-SamDU tabiiy fanlar fakulteti dotsenti
F.Batirova -VXTXQTMOI Tabiiy va aniq fanlar ta’limi kafedrasi katta o’qituvchisi
Quyida tavsiya etilayotgan qo’llanma biologiya fani o’qituvchilari foydalanishlari uchun mo’ljallangan.


Uslubiy korsatma institut imiy kengashining 2016-yil ……………… -sonli yig`ilish qarori bilan nashr etishga ijozat berilgan.
BOBONOROVA ZULAYXO QUDRATOVNA
Bobonorova Zulayxo Qudratovna 1981-yilda Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tavallud topgan. Hozirda Samarqand shahar 14-umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilariga biologiya fanidan dars berib kelmoqda.ssssss

Zulayxo Bobonorova izlanuvchan, intiluvchan, o’z ishiga sidqidildan yondashadi.O’qituvchining ish faoliyatidagi shiori - “Dars - muqaddas, uning bir daqiqasi ham qadrli, uni san’at asari darajasiga yetkazish lozim”.

Bugungi kun ta’limi o’qituvchilardan kompitentli bo’lishni talab qilar ekan, Z.Bobonorova ana shunday o’qituvchilardan biri. O’qituvchi darsda yangi pedagogik texnologiyalardan juda samarali va o’rinli foydalanadi. Darslarda ko’rgazma qurollar bilan bir qatorda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan ham foydalanadi. Dars jarayonida o’qituvchi nazariy bilimlarni shunchaki tushuntirib emas, balki ko’rsatib, bajarib ko’rsatib, tirik tabiat ob’ektlarining o’zini ko’rsatib tushuntirib berishga harakat qiladi. O’qituvchi har bir darsni noan’anaviy usulda tashkil etib, o’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishini yanada oshirishga harakat qiladi.Bundan tashqari o’qituvchi o’quvchilarning ijodiy izlanishiga ham alohida e’tibor qaratadi, qo’shimcha manbalar bilan ishlashga undaydi, o’quvchi shaxsining har bir harakatini ijobiy rag’batlantiradi. Z.Bobonorova shahar, viloyat miqyosida o’tkazib kelingan turli tanlov, tadbirlarda faol qatnashib keladi. Bir necha yillardan beri o’qituvchi Viloyat xalq ta’liml xodimlarini qayta taqyyorlash va ularning malakasini oshirish instituti biologiya kursi tinglovchilariga ochiq darslar, tadbirlar namoish etmoqda va me’yoriy hujjatlar bo’yicha o’z tavsiyalarini berib kelmoqda. Ish faoliyati davomida ko’plab shogirdlarga ustozlik qildi, o’z ustida tinmay izlanadi, ota-onalar va shogirdlar hurmatiga sazovor bo’ldi.

Taqdim etilayotgan bu uslubiy qo’llanmada biologiya darslarida qo’llaniladigan samarali interfaol usullar, tadbir va ochiq dars ishlanmalaridan namunalar keltirilgan bo’lib, bu jamlanma biologiya fani o’qituvchilari uchun xizmat qilsa ajab emas.



Yunusova N.A.

Samarqand VXTXQTMOI

Tabiiy va aniq fanlar ta’limi”



kafedrasi assistenti

BIOLOGIYA DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH

1.“Kamalak” usuli .

Bu usulni biror bob yoki bo’lim yuzasidan o’tkazish mumkin.Bunda birinchi ustindagi asosiy tushunchalar har xil ranglarda beriladi. Jadvalning qolgan qismlarida so’zlar aralash yozilgan bo’ladi. O’quvchilar ushbu tushunchalarni asosiy tushuncha ranglariga mos ranglarda ifodalahslari shart.Bunda jadval bo’yatiladi yoki yopishuvchi rangdor qog’ozlar to’plamidan foydalanib to’ldiriladi. Bu usulning afzalligi shundan iboratki, bir paytning o’zida 9 nafar o’quvchining bilimi sinab ko’riladi.



Dastlabki holati

Mitoz



Konyugatsiya, krossingover sodir bo’ladi.

Xromosomalar soni ikki hissa kamaygan hujayralar hosil bo’ladi.

Yumaloq, amyobasimon shaklli, harakatsiz hujayra

Meyoz



Bu hujayralar ma’lum shakl va hajmga ega bo’ladi

Gametogenez, spermatogenez, ovogenez

Sitoplazma bo’linib, ikkita yangi qiz hujayra hosil bo’ladi.

Jinsiy hujayralar



Anafaza II da sentromera bilan birikkan xromatidlar bir biridan ajraladi.

Somatik hujayralarning bo’linish usuli

Mitoz va meyoz bo’linish kuzatiladi.


Tayyor holati

Mitoz



Konyugatsiya, krossingover sodir bo’ladi.

Xromosomalar soni ikki hissa kamaygan hujayralar hosil bo’ladi.

Yumaloq, amyobasimon shaklli, harakatsiz hujayra

Meyoz



Bu hujayralar ma’lum shakl va hajmga ega bo’ladi

Gametogenez, spermatogenez, ovogenez

Sitoplazma bo’linib, ikkita yangi qiz hujayra hosil bo’ladi.

Jinsiy hujayralar


Anafaza II da sentromera bilan birikkan xromatid-lar bir biridan ajraladi.

Somatik hujayralarning bo’linish usuli

Mitoz va meyoz bo’linish kuzatiladi.

Topshiriq javoblari albatta tahlil qilinadi.Noto’gri belgilangan tushunchalar to’grilanadi.Bu topshriqni to’g’ri bajargan o’quvchilar bir ballni qo’lga kiritishadi.
2.”Domino” usuli.

Bu usulni biror bob yoki bo’lim yuzasidan o’tkazish mumkin.Bunda o’quvchilar atama yoki biologiya faniga oid so’zning oxirgi harfiga keyingi so’zni bog’laydi.Masalan:



Amyoba-askarida-ayiq-qo’ng’iz-zigota va hokoza.
3.”Pochta qutisi”usuli.

Bu usulni guruhlarda ham, kichik juftliklarda ham qo’llash mumkin.Bunda o’quvchilarga turli mavzular yuzasidan aralash atama va tushunchalar aralash holatda beriladi. Pochta qutisi berilgandan so’ng o’quvchilarga quti ichidagi so’z yoki atamalarni mos tarzda ajratishi aytiladi.Masalan:



Tobulg’i, archa, vergin, savr, maymunjon, itsigak, bo’ritaroq, afsonak, yeryong’oq, talg’ir lola, qarag’ay, sarvi archa.

Bunda ochiq urug’li va yopiq urug’li o’simliklarni ajtaring deb topshriq beriladi. Topshiriqni bajarish uchun so’zlar soniga qarab vaqt beriladi.Bundan tashqari ikki oila o’rtasida(6-sinflarda), ikki sinfni , turkumni(7-sinflarda), ichki, tashqi, aralsh bezlarni, odam organizmidagi organlarni(8-sinflarda) bir biridan ajratib olishida ham qo’llash mumkin.


4.”Matn+test” usuli.

Bunda o’quvchilarga matn o’qib beriladi yoki ovozli moslama yordamida matn eshittiriladi. O’quvchilar diqqat bilan tinglaydi va quyida beriladigan testlarning yechimini topishadi.Bu usul orqali o’quvchilarning diqqat va xotirasi mustahkamlanadi.Bu usul butun sinf bilan ishlaganda qo’llanadi.

Masalan:

Bir tup o’simlik ildizining tukchalari bir-biriga ulab chiqilsa, uzunligi 20 kmga yetishi mumkin.Ildiz tukchalarining faoliyati 10-20 kun davom etadi.Ildizning po’st hujayralari tirik, yumaloq va yupqa qobiqli bo’ladi.Makkajo’xorining 1 mm2 so’rish qismida 700 ta ildiz tukchalari bo’ladi.G’o’za nihollarining ildizi bir kecha kunduzda 2-3 sm o’sadi.

Test

1.Bir tup o’simlik ildizining tukchalari bir-biriga ulab chiqilsa uzunligi qancha bo’ladi?



a)10 km b)20 sm d)20 km

2.Ildiz tukchalarining faoliyati necha kun davom etadi.

a)10-20 kun b)20-31 kun d)18-48 kun

3.Ildizning po’st hujayralari qanday tuzilgan?

a)o’lik, yumaloq, yupqa qobiqli

b)tirik, yumaloq, yupqa qobiqli

d)tirik, cho’ziq, qalin qobiqli

4.Makkajo’xorining 1mm2 so’rish qismida qancha ildiz tukchalari bor?

a)700 ta b)500 ta d)300 ta

5.Go’za nihollarining ildizi bir kecha kunduzda qancha o’sadi?

a)5 sm b)10-20 sm d) 2-3 sm
5.”Ertak matn”usuli.

Ertak-matn usulida o’quvchilar diqqati oshadi.Sababi matn ichida noto’g’ri fikrlar, atamalar berilgan bo’ladi.To’g’ri javobni topish uchun o’quvchi matnni diqqat qilib tinglashi shart.

Bir bor ekan, bir yo’q ekan.O’zbekiston degan yurt bor ekan.Tabiati xushhavo, maydoni bisyor ekan.Ana shunday dalalardan biri Bilmasvoyning e’tiborini tortibdi.Bu dala ikki urug’pallali o’simlik bo’lgan bug’doy dalasi ekan.

-Boy, buning oltinday qovoq mevasini-ey-debdi.

Uzoq sayrdan so’ng Bilmasvoy taassurotlarini bobosiga quyidagicha so’zlab beribdi.

-Bobojon, oltin boshoq o’simlikni ko’rdim.Barglaridagi tomirlari to’rsimon ekan, ildizi uzun o’q ildiz bo’lsa kerak-a, bobo, siz bu o’simlikni taniysizmi?-so’rabdi Bilmasvoy.

Shunda bobosi Bilmasvoyga bilganlari haqida quyidagicha so’zlab beribdi.

Qani bolalar, siz nima deb o’ylaysiz, bobosi Bilmasvoyga nimalar haqida so’zlab berdi.

6.”Topib ko’rchi”usuli.

Bunda o’quvchilardan bir nafari doskaga chiqadi.Fanga oid rasmlardan birini doskadagi o’quvchi orqasidan o’tirganlarga ko’rsatadi.O’tirgan o’quvchilar shu rasmga tegishli tushunchalarni ayta boshlaydi.Doskadagi o’quvchi rasmda nima tasvirlanganligini topadi.


7. “Hayvonlar xaritasi”usuli

Bu usul hayvonlar yoki o’simliklarning tarqalish joylarini eslab qolishlari uchun qo’llaniladi.Bunda o’quvchilarga “xarita” va hayvonlar nomlari yozilgan varaqchalar beriladi.O’quvchilar hayvon yoki o’simliklarni ular taqalgan xududlarga joylashtirib chiqishadi.

Qora dengiz-lansetnik, ildizog’iz medusa

O’rta Osiyo, Kavkaz, Qrim-qoraqurt

Yaponiya –Tut ipak qurti

Orol-laqqa

Sirdaryo-bakra

Zarafshon –mo’ylov baliq

Qizilqum-tez kaltakesak

Mirzacho’l-qalqontumshuq





8.”Masalalar yechish” usuli

Bu usulda o’quvchilarda matematik kompitensiyalar shakllantiriladi, masalalar yechimi topish yo’llarini izlashga undaydi, topqirlik va ziyraklini oshiradi.



5-sinf

1) 1 tup makkajo’xori yoz davomida 200 l, shirinmiya 600 l suvni bug’latishi hammaga ma’lum.1 gektar maydonda 40 tup makkajo’xori, 18 tur shirinmiya o’sgan bo’lsa, hammasi bo’lib qancha suv bug’latiladi?



6-sinf

1) 1 gektar maydonda tugunak bakteriyalar 200 kg azotni to’plasa, 11.000 kv.m maydonda qancha azot to’planadi?


2) Bir dona kungaboqar urug’i tarkibida 1 gr moy mavjud.1 kgmida 1000 dona kungaboqar bo’ladigan bo’lsa, undagi moyning miqdorini toping.

3) No’xat urug’i tarkibida oqsil ko’p bo’lishi ma’lum.Bitta no’xat tarkibida 2,5 gr oqsil bor.Yarim kgmida 5000 dona no’xat bo’lsa, undagi oqsil miqdorini hisoblang.



7-sinf

1)Tuyaqush tuxumining og’irligi 100 grammdan 1.5 kg gacha keladi.1 ta 30 talik feykaning 3/1 qismiga 100 gli, 3/1 qismiga 1 kg li, qolgan qismiga 1.5 kg li tuyaqush tuxumlari joylashtirilgan bo’lsa, fleykadagi jami tuyaqush tuxumlarining og’irligi qancha?

2)Ot sutemizuvchi hayvon.Undan bir kecha kunduzda o’rtacha 500 ml ter ajraladi.Ot yugurganda bu ko’rsatkich 1.5 baravar oshadi.Ot yugurganda ajraladigan ter necha ml?

3)500 ml ter tarkibida 10 ml tuz ajraladi deb faraz qilsak, ot yugurganda ajralgan terning terning tarkibida qancha tuz ajraladi?



8-sinf

1)Berilganlarni sonlarga aylantiring.

Nafas havosi + qo’shimcha havo +rezerv havo=o’pkaning tiriklik sig’imi

9-sinf

1)180 gr glyukozaning C, H, O atomlari orasidagi bog’larda to’plangan potensial energiya miqdori 2800 kj ga teng.540 gr glyukozaning C, H, O atomlari orasidagi bog’larda to’plangan potensial energiya miqdori qancha?


9. Zig-zag usuli

Bu usulda 1-qatorning ikki o’quvchisi juftlikda ishlab, savolga javob yozishadi. 2-qatorning ikki o’quvchisi juftlikda ishlab, savolning javobini tekshirib berishadi. 3-qatorning ikki o’quvchisi juftlikda ishlab javobni baholashadi.

Masalan:

Sutemizuvchilarning ter bezlari tana harorati doimiyligini saqlash bilan birga yana qanday vazifa bajaradi.
Bajaruvchi: ____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

Tekshiruvchi:

____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

Baholovchi :

____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
10. Shaxmat jadvali

Bunda o’quvchilar “oq” kataklarga “qora” kataklardagi belgi va xususiyatlarga tegishli javoblarni yozishadi.




t/r

Hayvon nomi , belgi, xususiyati

Hayvon nomi, belgi, xususiyati

1

Qanotlari taxlanmaydi





2




Qon so’rib oziqlanadi


3

Juda ochko’z



4




Lichinkasi suvda yashaydi


5

Xonadonlarda non, sabzavot qoldiqlarini terib yeydi.




6




Rivojlanishida tuxum, g’umbak, voyaga yetgan hashorat bosqichlari bo’ladi.



11.”Bir savolda ikki test” usulida test sinovi

Bu usulda raqamlangan javoblar bir marta yoziladi.O’quvchilar bir nechta savolga javobni shu raqamlardagi javoblardan mosini tanlab belgilashadi.Bunda o’quvchilarda axborot bilan ishlash kompitensiyalari shakllantiriladi..

Masalan:

1.O’rta ichak epiteliysi. 2.Hazm bezlari. 3.O’pka epiteliysi. 4.Muskul to’qimasi. 5.Biriktiruvchi to’qima. 6.Yurak-qon tomir sistemasi. 7.Ayirish sistemasi. 8.Jabra epiteliysi.

1.Mezodermadan qanday organlar rivojlanadi?

A)1, 2, 3, 8 B)4, 5, 6, 7 D)1, 3, 5, 7 E)2, 4, 6, 8

2.Endodermadan qanday organlar rivojlanadi?

A)1, 2, 3, 8 B)4, 5, 6, 7 D)1, 3, 5, 7 E)2, 4, 6, 8
































































    • Uyga vazifa – mavzuni 3 marta o`qish, konspekt.

    • O`quvchilarni baholash;

    • Darsni yakunlash;





5-sinf




Savollar

Javoblar




1.Yer yuzida tabiiy holda o`sadigan o`simliklar soni qancha?

2.Botanika so`zining ma`nosi?

3.Yovvoyi yem-xashak o`simliklari?

4.Gulli o`simlik deb nimaga aytiladi?

5.Yer yuzidagi gulli o`simliklarning necha oila, necha turkum, necha turi bor?

6.Tabobatimiz gavhari hisoblangan o`simliklar?

7.Guli suv yuzsida ochiladigan o`simliklar?

8.600 yil umr ko`radigan daraxt nomi?

9.Gulli o`simliklar qachon va qaysi o`simliklardan kelib chiqqan?

10. O`simliklarning qanday hayotiy shakllari bor?

11.Zirk, na`matak, qoraqat, ligistrum qanday hayotiy shaklga mansub o`simliklar?

12.Yer yuzidan 5-20 sm ko`tarilib o`sadigan bir yillik o`tlar qaysilar?

13. Kuzgi teng kunlik qachonga to`g`ri keladi?

14.Iliq kelgan kuz oylarida ham gullashda davom etadigan madaniy o`simliklar qaysilar?

15.Bargi qor tagida qishlab bahorda yana o`sishda davom etadigan o`simliklar?

16.Hujayra haqidagi fan qanday nomlanadi?

17.Mikroskop nechta asosiy qismdan iborat?

18.Buyumning necha marta kattalshganligin qanday hisoblaymiz?

19.O`simliklarda necha xil plastidalar bor?

20.To`qima deb nimaga aytiladi?



1. 500.000

2.–o`t, o`lan, ko`kat

3.-shuvoq, sebarga, burchoq, shuvoq, yantoq, beda, sebarga, izen, keyreuk

4.- hayoti davomida gul hosil qiladigan o`simliklar

5.-533 oila, 13.000 turkum, 533 oila

6.-isiriq, chakanda, namatak, suvqalampir

7.-nilufar

8.-ajdar


9.-40 mln yil ilgari urug`li qirqquloqlardan

10.-daraxt, buta, chala buta, o`t.

11.-buta

12.-momaqaldirmoq, qo`ytikan

13. -23 sentabr

14.-atirgul, xrizantema, kartoshkagul

15.-bug`doy, gulxayri, qoqio`t, jag`-jag`, qurttana

16.- sitologiya

17. 3ta, optic, mexanik, yorituvchi

18.-ob`ektiv va okulyardagi sonlarni bir biriga ko`paytirib.

19.-3 xil, xloroplast , xromoplast, leykoplast

20.- kelib chiqishi, tuzilishi, vazifasi o`xshash hujayralar yig`indisi







6-sinf



Javoblar

Savollar




1.Gulning asosiy qismlarini ayting ?

2.Gulqo`rg`on deb nimaga aytiladi ?

3.Gul diagrammasi nima-?

4.Bir jinsli gul deb nimaga aytiladi ?

5.Aktinomorf gullarni sanang?

6.To`pgul deb nimaga aytiladi?

7.Changlanish deb nimaga aytiladi?

8.Urug`lanish deb nimaga aytiladi?

9.Chang hujayrasi nechta hujayradan tuzilgan?

10.Urug`langan tuxum hujayradan nima hosil bo`ladi ?

11.Tugunchaning o`zidan hosil bo`lgan mevalar qanday mevalar deb aytiladi?

12.Chatnaydigan mevalarga 3 ta misol ayting?

13.Hadisda mevalar haqida qanday yozilgan?

14.O`zbekistonda ko`p ekiladigan ziravor o`simliklarni ayting?

15.Urug` qanday qismlardan tashkil topgan?

16.Ikki urug`pallalilarga xos belgilarni sanang?

17.Urug`ida oqsil ko`p uchraydigan o`simliklar?

18.Urug` nafas olganda nimalar ajratadi?

19.Nish nima?

20.Avtoxor o`simliklarni ayting?

21.O`simliklar sitematikasini ayting?

22.Turni ikki nom bilan atash yoki binar nomenklatirani kim fanga kiritgan?

23.Mikroblarni kim, qachon fanga kiritgan?

24.Tuganak bakteriyalar qaysi o`simliklar ildizida yashaydi?

25.Zambrug`lar qanday ko`payadi



1.–gulkosacha, gultoj, changchi, urug`chi

2.–gul ochulgunga qadar tashqi tomondan o`rab turuvchi qismi

3.Gul diagrammasi nima-gul qismlarining sxemada ifodalanishi

4. -agar gulda faqat changchi yoki urug`chi bo`lsa

5. -lola, olma, suvyig`ar

6. -Bitta umumiy bandda bir nechta gul joylashgan bo`lsa

7. -yetilgan chang donachasining urug`chi tumshuqchasiga tushushi

8. -chang hujayradagi ikkita spermiyning tuxum va markaziy hujayra bilan qo`shilishi

9. -2 ta, vegetativ, generativ

10. -murtak

11. -chin mevalar

12. -mosh, loviya, no`xat

13. -Biror musulmon daraxt eksa-yu, uning mevasidan qushlar va odamlar esa sadaqa o`rniga o`tadi.

14. -zira, olqor, kashnich, sedana, murch

15. -po`st, urug`palla, murtak

16. -ildizi o`q ildiz, bargi panjasimon tomirlangan, poyasi kambiyli, to`pguli murakkab

17. -loviya, mosh, no`xat

18. -suv, issiqlik, karbonat ahgidrid

19. -urug`dan o`sib chiqan nozik yosh o`simta

20. -nina , burchoq, o`qotar bodring

21. -tur, turkum, oila, sinf, bo`lim, o`simliklar dunyosi

22. -K.Linney

23. -A.Levenguk

24. -dukkakdoshlar oilasiga kiruvchi o`simliklar

25. -vegetativ, jinsiy, jinssiz





7-sinf



Savollar

Javoblar




1. -500 ta

2. -Qashqarov

3. -2.5 mln

4. -184 tur

5. -qon

6. -osh tuzli suvga solsak soxta oyoqlarini tortib oladi



7. -soxta oyoqlilar sinfiga

8. -pichan ivitmasi

9. -nurli simmetriya

10. -oraliq hujayralar

11. -to`garak chuvalchanglar

12. -halqum usti, halqum usti nerv tugunu, qorin nerv zanjiri

13. -qizil chuvalchang

14. -tanasining orqa tomonida

15. -jag` , yurish, qorin oyoqlari bor

16. -dafniya, siklop

17. -zahar va o`rgimchak bezlari bor.

18. -ko`tarilish yuzasini hosil qiladi, uchishda qatnashmaydi.

19. -20-24 kun

20. -yon chiziqlari yordamida





1.Arastu qancha hayvon turiga tavsif bergan?

2.Hayvonlarning ekologiyasini o`rgangan O`zbekistonlik olim?

3.Yer yuzida hayvonlarning nechta turi tarqalgan?

4.O`zbekiston Qizil kitobining 2003 yilgi nashriga qancha tur hayvon kiritilgan?

5.Suyuq biriktiruvchi to`qimaga nima kiradi?

6.Amyobaning ta`sirlanishi qanday?

7.Forameniferalar, kremniy skeletli nursimonlar sodda hayvonlarning qaysi sinfiga mansub?

8.Infuzoriya so`zining ma`nosi?

9.Gidra qanday simmetriyali hayvon?

10.Hayvonlarda regeneratsiya qaysi hujayralar hisobiga boradi?

11.Bolalar gijjasi qaysi tipga mansub?

12.Yomg`ir chuvalchangining nerv sistemasi?

13.Chuchuk suvda yashaydigan kam tukli chuvalchang?

14.Molyuskaning yuragi qayerda joylashgan?

15.Daryo qisqichbaqasining qanday oyoqlari bor?

16.Plankton qisqichbaqalarni ayting?

17.O`rgimchakning qanday bezlari bor?

18.Yashil bronza qo`ng`izining ust qanotlariga xos xususiyatlar?

19.Tut ipak qurtining qurtlik davri qancha davom etadi?

20.Ko`r bo`lib qolgan baliqlar suv ostidagi to`siqni qanday sezadi?







8-sinf



Javoblar

Savollar



1.-teri ustki yuzasi, nafas olish , ovqat hazm qilish organlari, ayirish organlari ichki yuzasida

2. -mitoz

3. -nerv hujayralarini oziqlantirish

4. -4-xil naysimon, yassi, g`ovak, g`alvirsimon

5. -raxit

6. -tik turish, start oldi holati,

7. -oyoq kaftining ko`proq qismi o`yiq, ozroq qismi, gumbaz.

8. - 7.6-8.1 atm

9. -4-6 mln

10. -Landshteyner, Yanskiy

11. -180-220 gr

12. -hiqildoq

13.- ferment

14. -koronka bo`yin, ildiz

15. -2.5 l

16. -biror vitamin mutlaqo yo`qolsa

17. - buyrak darvozasi

18. -3 xil, tashqi, ichki , aralash

19. ……derma

20. -tewtaniya





1.Epiteliy to`qima qayrda uchraydi?

2.Hujayralar qaysi usulda bolinib ko`payadi?

3.Negroliyaning asosiy vazifasi nima?

4.Suyaklar tuzilishiga ko`ra necha xil bo`ladi?

5.D vitamin yetishmasligi oqibatida qanday kasallik kelib chiqadi?

6.Muskulning statik ishiga misol ayting?

7.To`gri rivojlangan oyoq qanday shaklda bo`ladi?

8.Qonning osmotic bosimi nechaga teng?

9.1 mm3 qonda qancha eritrositlar bo`ladi?

10.Qonning eritrositlari tarkibida agglutinogen, plazmada agglutinin moddalari bo`lishini qaysi olimlar aniqlashgan?

11.Ayollarda yurakning og`irligi qancha?

12.Nafas olish organlarining qaysi biri ovoz apparati deb ham yuriiladi?

13.Proteaza nima?

14.Tish qanday qismlardan tashkil topgan?

15.Me`daning hajmi qancha?

16.Avitominoz nima?

17.Buyrakning botiqroq qismi bo`lib, u qanday nomlanadi?

18.Odam organizmidagi bezlar necha xil bo`ladi-?

19.Asl teri qavati bu ……?

20.Tutqanoq kasalligining ikkinchi nomi?





Javoblar

Savollar

9-sinf




1.-kuzatish, taqqoslash, eksperement , tajriba, tarixiy.

2.-biogeosenozda

3.-3.5 mlrd yi oldin

4. -viruslar

5. -bakteriyalar, ko`k yashi suv o`tlar

6. -tugunak bakteriyalar.

7. -qattana, tallom

8.- achitqi zambrug`i

9. -ildizning ichki to`qimalariga

10. -zambrug` va suvo`tlarning simbioz yashasidan hosil bo`lgan organizmlar

11. -taksis

12. -Shleydin va shvann

13. -10-2000 marta

14. -20 xil

15. -nuklein kislotalar

16.- kartoshkagul, ioq, g`umay, ajriq, binafsha, shirinmiya

17. -gametogenez

18.-Profaza 1

19. -M.Navashin

20. uglevodlar




1.Biologiya sohalarida foydalanilayotgan ilmiy tadqiqot usullarini ayting?

2.Tiriklikning qaysi tuziishida energiya to`panadi va taqsimanadi?

3.Yerda tirik mavjudotlar qanchon keib chiqqan?

4.Hayotning hujayrasiz shaklari?

5.Prokariot organizmarni sanang?

6.Dukkakli o`similar ildizida yashaydigan bakteriyalar?

7.Tuban o`simliklar tanasi nima deyiadi?

8.Kurtakanib ko`payuvchi zambrug`?

9.Endotrof mikorizada zambrug` o`simlikning qaysi qismiga kirib oladi?

10.Lishayniklar qanday organizmar?

11.Tashqi muhitning ta`sirlariga sodda hayvonlarning harakatlanish orqali beradigan javob reaksiyasi nima deb ataladi?

12.Hujayra nazariyasini yaratgan olimar?

13.Yorug`ik mikroskoplari tasvirni qancha kattalshtiradi?

14.Oqsillar tarkibida qancha aminokislotalar bor?

15.Yadrodan ajratib olingan organic birikmalar?

16.Ildizpoyalari orqai ko`payadigan o`simliklar?

17.Jinsiy hujayralarning rivojlanishi nima deb ataladi?

18.Konyugatsiya, krossingover meyozning qaysi bosqichida sodir bo`ladi?

19.Endospermanining triploid tabiatini ochib bergan olim kim?

20.Organik birikmalardan qaysi biri karbon suvlar deb ham ataladi ?



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch.-Toshkent: «Ma’naviyat», 2008.

2. Uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standarti va oquv dasturi; Biologiya,- Toshkent-2010.

3. O. Mavlonov “ Zoologiya” 7-sinf uchun darslik. – Toshkent: “ O`zbekiston” , 2011.

4.O. Mavlonov “ Zoologiya fanidan o`quv qo`llanma” 7-sinf “ O`zbekiston” , 2011.

5.O`. Pratov, A.To`xtayev, F.O.Azimova “Botanika” 5-6-sinf Toshkent-“O`zbekiston”-2011 yil

6.O.Mavlonov “ Zoologiya” 7-sinf , Toshkent-2011 yil

7.B.Aminov, T.Tilavov, O.Mavlonov “Odam va uning salomatligi”, Toshkent-2010 yil

8. A.Zikiryayev, A.To`xtayev, I.Azimov “Biologiya” 9- sinf, Toshkent-2011

9. Tolipova J. O., G’ofurov A. T. “Biologiya ta’limi texnologiyalari”,-Toshkent: “O’qituvchi” 2002 .

10. J. O`. Tolipova, M.T.Umaraliyeva. “Botanika darslari”. “O`qituvchilar uchun metodik qo`llanma”. Toshkent 2011 yil.

11.Tolipova J.O. Biologiyani o`qitishda pedagogik texnologiyalar. O`quv qo`llanma. Toshkent 2004

12.Maktabda biologiya 2015 yil 8-son.

13.Maktabda biologiya 2016 yil 10-son.

14. www.ziyonet.uz



BOBONOROVA ZULAYXO QUDRATOVNA

BIOLOGIYA DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH
Terishga berildi:____________

Bosishga ruxsat etildi:__________

Ofset bosma qog`ozi. Qog`oz bichimi 60х80 1/16

«Тimes» garniturasi. Ofset bosma usuli

1 bosma taboq

Adadi: 25 nusxa

Buyurtma №_____
Samarqand viloyati xalq ta’limi

Xodimlarini qayta tayyorlash va ularning

malkasini oshirish instituti

Bosmaxonasida chop etildi.



Samarqand shahar, Boysunqur ko`chasi 3-uy.


https://encrypted-tbn0.gstatic.com/images?q=tbn:and9gctzenakvi4iukkbbeujinhoc-ywu_oakzfgd-3ixe4bbh6ap6ta6q






Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish